Principles of creating control works in foreign language education

Authors

  • Uzbek State World Languages University
Принципы создания контрольных работ

Abstract

The main requirement for choosing forms of control in a foreign language is that they be adequate to the types of speech activity they test. With current control of knowledge at school, the teacher widely uses observation, that is, systematic study of students in the learning process, identification of many indicators indicating the formation of skills and competencies, and behavioral manifestations. Current and periodic testing of knowledge allows the teacher to obtain sufficiently complete information about the student: his level of knowledge, skills in a foreign language, attitude to learning, the level of his cognitive activity, consciousness, thinking ability; helps to independently solve various types of problems. This article discusses the principles of creating control tasks in foreign languages, their semantic-structural types, linguistic features, and various situations encountered when creating them.

Keywords:

nazorat ishi bilim o‘quvchi o‘qituvchi diagnostika o‘zlashtirish ko‘nikma test.

KIRISH. Bugungi kunda ta’lim jarayonining muhim tarkbiy qismlaridan biri – nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O‘qituvchi nazorat va hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlab berishi lozim. Nazorat umumiy o‘rta ta’limda tahsil oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash tekshirish deb ham ataladi. Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida teskari aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o‘quvchining bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o‘quv mehnati hajmini ham aniqlashdani borat. Boshlang‘ich sinflarda pedagogik diagnostika va korreksiya o‘tkazish uchun o‘quvchilarda o‘qish, matematik, grammatik kabi savodxonlikni aniqlashga ustuvorlik beriladi. Masalan, matematik savodxonlikni diagnostika qilish –shaxsning matematik fikrlash va real hayotdagi turli muammolarni yechishda ularni matematik ifodalash, qo‘llash va sharhlay olish qobiliyatini tashxislashga aytiladi. Ushbu diagnostika turi bo‘yicha o‘rganilayotgan o‘quvchi shaxsi hodisalarni tasvirlashi, tushuntirishi va oldindan aytish uchun matematik tushunchalar, jarayonlar, dalil va vositalardan foydalanish ko‘nikmalariga egaligi aniqlanadi. Buning uchun turli masala, misol, test va topshiriqlardan foydalanish mumkin. Nafaqat ta’lim tizimida, balki boshqa sohalarda ham yutuqlarga erishish uchun asos bo‘ladigan, kelajakda ham inobatga olinadigan savodxonlik, kattalar hayotining turli jabhalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishlari uchun muhim omil hisoblanadi. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida pedagogik tekshirish bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi. Ya’ni:

O‘quvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash. Odatda, u o‘quv yili boshida o‘quvchilar tomonidan avvalgi o‘quv yilida o‘zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o‘quv yilining o‘rtasida yangi bo‘lim (kurs)ni o‘rganishga kirishilganda ham o‘tkazilishi mumkin va o‘rinli.

Har bir mavzuni o‘zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o‘zlashtirish darajasini tashxislash imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi alohida olingan muayyan vaziyatni o‘rganishdir. Bunday tekshirish shakl va metodlari turlicha bo‘lib, ular o‘quv materiali mazmuni, murakkabligi, o‘quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta’lim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga muvofiq belgilanadi.

Oraliq tekshirish bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish. O‘quvchilarning o‘quv materialining muayyan bob yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Yangi mavzuni o‘rganish bilan birga o‘quvchilar avval o‘zlashtirilganlarni takrorlaydilar. Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko‘maklashadi, biroq o‘quv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarning mustahkamlik darajasini tashxislash imkonini bermaydi. Tashxisning boshqa shakl va metodlari bilan birga qo‘llanilsagina ushbu tekshirish kutilgan samarani beradi .

O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari diagnostika qilingandan so‘ng o‘rganilgan o‘quv materialining strukturaviy elementlaridagi bo‘shliqlarni to‘ldirish, o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘zlashtirish sifatini oshirish uchun o‘tkaziladi. O‘quvchilar bilimini tizimlashtirish va umumlashtirish uchun pedagogik diagnostika va korreksiya ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida amalga oshirilib boradi. Nazorat, shuningdek, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini baholash va tahlil qilishni ham o‘z ichiga oladi. O‘zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallarida baholar shartli belgilar, kod signallari, xotirlash belgilari va hokazolar baho ko‘rinishida qayd etiladi. O‘quvchining o‘zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo‘ladi. Bunda o‘quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor ko‘rsatkichlari ko‘proq ballar yoki foizlarda. Sifat ko‘rsatkichlari esa a’lo, yaxshi, qoniqarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir baholovchi fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ma’lum ball, ko‘rsatkich (masalan, o‘rin – 1, 2, 3, 4 va hokazo) tayinlanadi. Nazoratning turi o‘quv ishini tashkil etish shakliga bog‘liq. O‘qituvchi mavzudan kelib chiqib, nazoratning quyidagi shakllaridan foydalanadi: 1) nazoratning ommaviy (frontal) shakliga ko‘ra o‘qituvchi o‘quvchilarga materialning ma’lum bir hajmi bo‘yicha savol beradi, o‘quvchilar unga qisqacha javob qaytaradilar. Bu kabi so‘rash ko‘pchilik o‘quvchini bir vaqtning o‘zida nazorat qilishni ta’minlaydi va butun guruhni faollashtiradi. Ammo bu nazoratni o‘quvchilarning bilim darajasini har tomonlama aniqlash uchun qo‘llab bo‘lmaydi; 2) nazoratning guruhli shakliga ko‘ra o‘quvchilarning ma’lum bir qismi nazorat qilinadi.

O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar guruhiga vazifa beriladi va uni guruh muayyan vaqt oralig‘ida bajaradi. Lekin masalani hal qilishda boshqa o‘quvchilar ham ishtirok etishlari mumkin. 3) nazoratning individual shaklidan har bir o‘quvchining bilim. ko‘nikma va malakalari darajasini mukammal tashxislash uchun foydalaniladi. Nazoratning bu shaklida, odatda o‘quvchilar javob berish uchun sinf yozuv taxtasi oldiga chaqiriladi: 4) nazoratning uyg‘unlashtirilgan (kombinatsiyalangan) shakli individual nazoratni ommaviy va guruhli shakllar bilan birlashtirishni taqozo etadi. Bu nazoratdan yirik hajmli mavzularni bir vaqtning o‘zida barcha o‘quvchilardan so‘rash maqsadida foydalaniladi, har bir o‘quvchiga alohida topshiriq beriladi va bir vaqtda bir necha o‘quvchini tekshirish imkoniyati yuzaga keladi; 5) o‘z-o‘zini nazorat qilish ta’lim jarayonida ichki qaytar aloqani yuzaga keltirishga xizmat qiladi va psixologik mezonlarga asoslanadi. Uning samaradorligi o‘qituvchining kasbiy mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilarning faoliyatini nazorat qilish metodlari quyidagilar: og‘zaki tekshirish, yozma tekshirish, amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish, uy vazifalarini tekshirish. Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir. Tekshirish chog‘ida o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham ataladi. Og‘zaki tekshirishda o‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan o‘quvchilarga savollar beradi. Biroq, o‘quvchilarning nutqini o‘stirish hamda ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo‘lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. Keng tarqalganligi va samarali ekanligiga qaramay og‘zaki tekshirish ayrim kamchiliklarga ham ega. Chunonchi, uni qo‘llash jarayonida: nisbatan ko‘p mehnat sarflanadi; dars mobaynida 3-4 nafar o‘quvchinigina bilimini tekshirish mumkin. Yozma tekshirish. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, ularning ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Unga ko‘ra o‘qituvchi alohida mavzu yoki o‘quv dasturining ma’lum bo‘limini o‘tib bo‘lganidan so‘ng o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashni tashkil etadi. Yozma tekshirish nazorat ishi, insho, bayon, diktant va boshqalar yordamida olib boriladi. Ushbu jarayonda o‘qituvchining bajarilgan ish bilan tanishib chiqishi, uning sifatini tekshirishi uchun ko‘p mehnat va vaqt sarflanadi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida bevosita aloqaning yo‘qligi sababli uning fikrlashini kuzatish imkoni bo‘lmaydi. Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari) ning to‘g‘riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo‘ladi. Tekshirishning bu shaklidan o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha bilimlarini hisobga olishda keng foydalaniladi. Uy vazifalarini tekshirish. 

O‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilish uchun ular tomonidan uyga berilgan vazifalarning bajarishlarini tekshirish katta ahamiyatga ega. Uy vazifalarini tekshirish o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga bo‘lgan munosabatini, o‘rganilgan materialni qanchalik egallaganligini, uy vazifalarini bajarishdagi mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradi. Shkalalash. Aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. Uning turli uslublari sifat tavsiflarini miqdoriy o‘zgarishlarga aylantirishga yordam beradi. Dasturiy ta’minot. Maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi Moodle, WordPress, PHP, Turbo Site, Bandicam, Audisity, Movavi Video, Editor Plus, AutoPley, Media Studio 8, Macromedia Flash bajarilgan elektron axborot sinov vositasi. Pedagogik amaliyotda Moodle, WordPress, PHP, Turbo Site, Bandicam, Audisity, Movavi Video, Editor Plus kabi dasturiy vositalardan foydalanish mumkin. Bunda bir qator afzalliklar ko‘zga tashlanadi. Ular quyidagilardir: 1) nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi; 2) nazariy va amaliy bilim darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkonining mavjudligi; 3) bir vaqtda ko‘p sonli o‘quvchilar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi; 4) bilim natijalarining o‘qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi; 5) barcha o‘quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi. O‘quvchilar bilimini baholashning besh balli tizimining eskirganligi, zamon talablariga javob bera olmagani uni reyting tizimi asosida baholash uslubi bilan almashtirishni taqozo etdi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida, shu jumladan boshlang‘ich ta’limda xam o‘quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarining shakllanganlik darajalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalari, shuningdek, sinf. guruhdagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. Baholash mezonlarini ishlab chiqishda o‘quvchilarning og‘zaki javob berishlari, ko‘nikma va malakalariga, kompetensiyalariga alohida-alohida yondashish lozim.(Achilova, 2025)

Ta’lim samaradorligining oshishi o‘quvchilar muvaffaqiyatini baholash sifatining oshishi bilan bevosita bog‘liqdir. (To‘xtayeva, 2022) An’anaviy nazorat vositalari talab qilinadigan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlashga imkon beradi. Ammo talabalarga yo‘naltirilgan ta’lim tizimida bilimlarni boshqarishning an’anaviy vositalari, bu erda talaba o‘rganish ob’ekti sifatida emas, balki sub’ekt sifatida qaraladi. Tadqiqot predmeti pozitsiyasining tarkibida to‘rtta asosiy vakolatlar ajratiladi:

  • kognitiv,
  • tartibga solish,
  • ijodiy,
  • shaxsiy va semantik.

Yuqoridagi ko‘rsatkichlar odatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatuvdan yashiriladi. Shubhasiz, ularni amalga oshirish uchun maxsus vositalar to‘plami va boshqa narsalar qatori o‘quvchilarning shaxsiy yutuqlari va ijodiy yutuqlarini boshqarish va baholashga yordam beradigan zamonaviyroq vositalardan foydalanish talab etiladi. Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan adabiyotlarda ushbu mablag‘lar to‘g‘risida tarqoq ma’lumotlar mavjud. Bundan tashqari, o‘quv natijalarini baholashning barcha zamonaviy vositalaridan faqat pedagogik testlarga ahamiyat beriladi, garchi bir xil darajada samarali vositalar arsenaliga ega bo‘lsa. Shunday qilib, aniqlangan muammolar o‘quv natijalarini yuqori sifatli baholashni ta’minlashni qiyinlashtiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining qaroriga binoan pedagogika oliy o‘quv yurtlari dasturiga yangi “O‘quv rejasi, baho va baholash” fani kiritildi. Ushbu fanni o‘rganishdan maqsad talabalarni bilimlarni test nazoratining uslubiy va nazariy asoslari, yagona davlat imtihonini tashkil etish va o‘tkazish tartibi, shuningdek, umuman, zamonaviy nazorat vositalaridan foydalanish bilan tanishtirishdir.Shu sababli, o‘quv natijalarini baholashning zamonaviy vositalaridan foydalanishda to‘plangan nazariy material va amaliy tajribani umumlashtirish va tizimlashtirish darslik nashr etish bilan maqsadga muvofiq ko‘rinadi.Ushbu kurs nazorat qilish, baholash, baholash konseptsiyasining asosini beradi, an’anaviy baholash tizimini talabalarning ta’lim yutuqlarini baholashning zamonaviy yondashuvlari bilan taqqoslaydi, o‘quv natijalarini baholashning turli zamonaviy vositalarini o‘rganadi pedagogik test, reyting, monitoring, portfel, yagona davlat imtihonlari. Ta’lim natijalarini monitoring qilish va baholashning zamonaviy vositalarining tavsiflari asosan taniqli nashrlardan, etakchi o‘qituvchilarning amaliy tajribalaridan olingan.

Bugungi kunda Markaziy va Sharqiy Evropaning aksariyat davlatlari, shu jumladan, o‘z mamlakatlarining ta’lim tizimlarini global isloh qilish doirasida ta’lim faoliyatini monitoring qilish va baholash uchun asos ishlab chiqdilar. Ushbu mamlakatlar ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda normalarni (standartlarni) aniqlay boshladilar, bu ajralmas qism sifatida milliy ta’lim siyosati va sifatni nazorat qilishning muhim bosqichidir. Ushbu me’yorlar (standartlar) ta’limning maqsadlarini belgilash, mamlakatda yagona pedagogik makonni yaratish uchun zarur asos bo‘lib, buning natijasida turli xil ta’lim muassasalarida yoshlar tomonidan qabul qilinadigan umumiy ta’limning yagona darajasi ta’minlanadi.Ammo, umuman olganda, O‘zbekistonda ta’lim muassasalari va umuman ta’lim tizimini ishini baholashning muntazam tizimini yaratish bo‘yicha hali zarur choralar ko‘rilmagan. Shuni ta’kidlash kerakki, bu sohada tub qaramaqarshilik mavjud: bir tomondan, o‘quv dasturlarini belgilash sohasida davlatdan ta’lim muassasalari va o‘qituvchilar tarkibining avtonomiyasi sezilarli darajada kengaymoqda; boshqa tomondan, ta’lim muassasalari va o‘qituvchilarning avtonomligi ularning faoliyatini davlat tomonidan baholashning tizimli jarayoniga zid bo‘lishi mumkin.(Davronova, 2022)

Talabalar bilimini nazorat qilish ta’lim sifatini baholashning asosiy elementlaridan biridir. O‘qituvchilar har kuni talabalarning o‘quv faoliyatini og‘zaki so‘roq qilish va yozma ishlarni baholash orqali kuzatib boradilar. Ta’lim muassasasi faoliyati doirasida sof pedagogik maqsadni ko‘zlagan ushbu norasmiy baho har bir o‘quvchining natijalari kamida o‘rtacha bo‘lishi kerakligini hisobga olgan holda tabiiy me’yorlarga tegishli. Boshqacha qilib aytganda, o‘qituvchining bahosi deyarli har doim "normal" ni ko‘rsatadi, bu uning qiymatini cheklashi aniq. Umumiy ta’limdagi natijalarni baholashning zamonaviy yondashuvi yanada muhimroq. Darhaqiqat, yondashuvlarning o‘zi va baholash mezonlarini tanlash juda ehtiyotkor bo‘lib qoldi. Shu bilan birga, biz baholash natijalarini keyinchalik gaplashadigan pedagogik yoki selektiv diagnostika maqsadlarida foydalanish imkoniyatiga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondosha boshladik. U yoki bu maqsadda foydalanish uchun baholash natijalari uchta sifatga ega bo‘lishi kerak: - ular "haqiqiy" bo‘lishi kerak (o‘quv dasturlariga aniq mos keladi), - qat’iy ob’ektiv va barqaror (ya’ni vaqtga yoki imtihonchining tabiatiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgarishi mumkin emas), - "mavjud" (ya’ni vaqt, ularni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ilmiy kuchlar va mablag‘lar berilgan davlatga tegishli bo‘lishi kerak). Pedagogik nazorat pedagogik tizimning muhim tarkibiy qismi va ta’lim jarayonining bir qismidir. Hozirga qadar kompyuterning natijasi so‘zsiz talabalar faoliyatini baholash deb hisoblanadi. Baholash o‘quvchilar faoliyatining muayyan pedagogik tizim va butun ta’lim tizimining talablariga muvofiqligini belgilaydi. (НИШОНОВ, 2015) Bilimlarni tekshirish va baholash muammosi holatining xususiyatlarini tahlil qilib shuni ta’kidlash kerakki, bu muammo ko‘p qirrali bo‘lib, tadqiqotchilar tomonidan har tomonlama ko‘rib chiqilgan. Mamlakatimizda bilimlarni sinash va baholashning funktsiyalari, usullari, tamoyillari, umumiy va alohida baholash masalalariga oid ko‘plab asarlar nashr etilgan. Ushbu muammoni o‘rganishda bir necha asosiy yo‘nalishlar mavjud.Katta guruhni o‘quv jarayonidagi bilimlarni tekshirish va baholash funktsiyalari, shakllangan bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarga qo‘yiladigan talablar, o‘quvchilarni nazorat qilish usullari, an’anaviy ta’lim tizimidagi bilimlarni hisobga olish turlari (M.I.Zaretskiy) asarlari namoyish etadi. , II Kulibaba, I.Ya.Lerner, E.I.Perovskiy, S.I.Runovskiy, M.N.Skatkin, V.P.Strezikosin va boshqalar)

XULOSA. Nazorat ishlarini yaratish chet tili o‘qituvchisi uchun eng dolzarb bo‘lib, sinovdan o‘tgan shaxsning kommunikativ kompetensiyasi qanchalik muvaffaqiyatli shakllanganligini va u oldindan belgilangan kommunikativ vazifalar doirasida chet tilidagi muloqotga tayyormi yoki yo‘qligini aniqlash vositasi hisoblanadi. Ularning maqsadi joriy yoki yakuniy nazorat vositasi, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirish, ko‘nikmalarni shakllantirish va ko‘nikmalarni rivojlantirish o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi.

References

To‘xtayeva G.A. (2022) "NAZORAT QILISH VA BAHOLASHNING PEDAGOGIK TAHLILI". International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities Hosted from Livorno, Italy https: econferencezone.org May 2 nd -3 rd

Achilova, D. K. (2025). OʻZBEK VA FRANSUZ XALQ MAQOLLARINING MILLIY XUSUSIYATLARI. Журнал гуманитарных и естественных наук, (19 [1]), 16-19.

Davronovna, K. S. (2022). SOME FEATURES OF CERTAIN PHRASEOLOGICAL UNITS TRANSLATION USED IN FRENCH LITERATURE OF THE NINETEENTH CENTURY. European Journal of Interdisciplinary Research and Development, 9, 70-74.

Патхиддин НИШОНОВ, (2015), ЧЕТ ТИЛИ ТАЪЛИМИДА ТАЛАБАЛАР БИЛИМИНИ БАҲОЛАШ МУАММОЛАРИ, “O‘zbekistonda xorijiy tillar” elektron jurnali, 2(6), www.fledu.uz., 86-90

Published

Downloads

Author Biography

Dilnoza Achilova ,
Uzbek State World Languages University

mustaqil izlanuvchi

How to Cite

Achilova , D. (2025). Principles of creating control works in foreign language education. The Lingua Spectrum, 3(1), 403–408. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/551

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.