Использование материалов прессы при изучении французского языка

Авторы

  • Бухарский государственный педагогический институт
 Использование материалов прессы

Аннотация

Данная статья посвящена теме «Использование материалов прессы в изучении французского языка» и анализирует значение материалов прессы в изучении французского языка, методы их использования и их эффективность. Благодаря использованию материалов прессы, различных статей, подкастов и журналов было изучено, как и почему следует придавать важное значение иностранным языкам. Кроме того, подчеркнуты возможности и удобство aутентичных материалов.

Ключевые слова:

пресса газета журнал аутентичность мастерство интонация методология.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi «Pedagogik
ta’lim sohasini yanada rivojlantirish choratadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ 4623-son
Qarorida «Mamlakatimizda pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilgʻor xalqaro
standartlar asosida takomillashtirish, oliy pedagogik ta’limga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash pirovardida pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish, yuksak madaniyatli, amaliy, kasbiy koʻnikmalarga ega, tarbiya, oʻqitish metodlari va baholash mezonlarini puxta egallagan zamonaviy pedagogic kadrlarni tayyorlash» kabi ta’lim sohasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilab berildi ( O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, 2020).

 Dunyo tillarini oʻrganishda zamonaviy axborot texnologiyalariga moslashish jarayonlari nihoyatda jadal ketmoqda. Chet tilini, xususan, fransuz tilini o‘rganishda turli usullar mavjud bo‘lib, ulardan biri matbuot materiallaridan foydalanishdir. Gazeta va jurnal maqolalari, onlayn yangiliklar va intervyular nafaqat til bilish darajasini oshirishga, balki madaniy kontekstni tushunishga ham yordam beradi (Dupont, 2015).

Til oʻrganishda matbuot materiallarining ahamiyati, ayniqsa fransuz matbuot materiallari real hayotiy til namunalarini o‘z ichiga oladi. So‘z boyligini oshirish uchun yangiliklarda eʻlon qilingan maqolalar va intervyular orqali o‘quvchilar turli mavzular bo‘yicha yangi so‘z va iboralarni o‘rganishlari mumkin. Bundan tashqari matbuot materiallari grammatik jihatdan ham qimmatli bo‘lib, o‘quvchilarga turli murakkab tuzilmalardan foydalanishni o‘rgatadi (Tagliante, 2006). Masalan: majhul nisbat (La voix passive) oladigan bo‘lsak, jurnalistik uslubda xabar berishda keng qo‘llaniladi.

Misol : Une nouvelle loi a été adoptée par le Parlement- yangi qonun parlament tomonidan qabul qilindi. Subjonctif zamoni noaniqlik, istak va ehtimollikni ifodalash uchun ishlatiladi.

Misol uchun Il est important que le gouvernement prenne des mesures-hukumat choralar ko‘rishi muhim.

 Bundan tashqari talaffuz va intonatsiyani shakllantirish audio va video formatdagi matbuot materiallari yaxshi samara berishi mumkin. Matbuot materiallarni oʻqish orqali oʻquvchilar fransuz madaniy tushunchalarini chuqur anglash va fransuz jamiyatidagi muhim masalalar, urf-odatlar va ijtimoiy muammolar haqida ma’lumotga ega boʻlishlari ham mumkin (Martin, 2019).

Matbuot materiallaridan samarali foydalanish usullaridan yana biri bu boshlang‘ich darajadagi o‘quvchilar uchun osonroq maqolalar tanlanishdir. Masalan, « Le Petit Quotidien » kabi jurnali ( Hudelot, C., & Verdelhan-Bourgade, M. 2018). Bunda kalit so‘zlar va asosiy iboralarni ajratib yozish birinchidan oʻquvchining lugʻat boyligini oshiradi. Ikkinchidan yozma nutqini ham oʻsishiga yordam beradi. Fransuz matbuoti har kuni yangi voqealar va dolzarb mavzularni yoritgani uchun unda turli mavzularga oid so‘z va iboralar uchraydi. Bu o‘quvchilarga lug‘at boyligini kengaytirish imkonini beradi. O‘rta va yuqori darajadagi o‘quvchilar uchun Le Monde, Le Figaro kabi gazetalar va France 24 kabi yangiliklar saytlaridan foydalanish tavsiya etiladi (Leclercq, 2021). Bunda qiyin so‘z va iboralarni kontekst orqali tushunishga harakat qilish lozim. Sababi til koʻnikmalarini oʻstirishda bu samarali xizmat qilishi mumkin.

Matbuot materiallaridan foydalangan o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki 3 oy davomida gazeta maqolalarini muntazam o‘qigan talabalar so‘z boyligini 25-30% ga oshirgan (Dupont, 2015). Audio yangiliklarni tinglagan o‘quvchilar esa fransuz tilidagi tezkor nutqni tushunish qobiliyatini 40% ga yaxshilagan ( Martin, 2019) Matbuot materiallari asosida yozma topshiriqlar bajargan talabalar grammatik xatolarni kamroq qilganligini kuzatishimiz mumkin (Leclercq, 2021).

Bundan tashqari fransuz matbuoti o‘ziga xos grammatik xususiyatlarga ham ega. Masalan qisqa va lo‘nda gaplar, axborot tez va aniq yetkaziladi. Masalan: Le président a annoncé de nouvelles mesures – Prezident yangi choralarni e’lon qildi ( Saidovna, 2023).

Fransuz matbuoti jamiyatning muhim masalalarini yoritadi va o‘quvchilarga mamlakat ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayoti haqida tasavvur beradi. Masalan Siyosiy mavzular – hukumat qarorlari, saylovlar, xalqaro diplomatiya , Ijtimoiy mavzular- ta’lim, atrof-muhit, gender tengligi, migratsiya, madaniy mavzular – san’at, adabiyot, teatr, musiqa bo‘lishi mumkin. Misol uchun: Le Monde gazetasining madaniy bo‘limi Le Monde Culture san’at va adabiyot olamidagi muhim yangiliklarni yoritadi. Fransuz jurnalistikasi tanqidiy va tahliliy yondashuvga katta e’tibor qaratadi. Ayniqsa, Charlie Hebdo kabi satirik nashrlar jamiyat va siyosatni hajv orqali yoritadi. Fransuz tilidagi matbuot materiallarini o‘rganish orqali boshqa madaniyatlar bilan solishtirish va global muammolarni tushunish osonlashadi. Misol: Courrier International gazetasi dunyo matbuotidan maqolalarni fransuz tiliga tarjima qilib chop etadi, bu esa turli madaniy yondashuvlarni ko‘rishga yordam beradi. Umumiy so‘zlar asosiy gazeta yangiliklarida ishlatiladigan oddiy so‘zlar. Masalan : économie – iqtisodiyot, éducation – ta’lim, climat – iqlim. Mutaxassislik terminlari siyosat, fan, madaniyat yoki iqtisodga oid maqolalarda uchraydigan so‘zlar. Misol uchun inflation – inflyatsiya, réforme fiscale – soliq islohoti kabi. Jurnalistik iboralar fransuz matbuotiga xos bo‘lgan iboralar va sarlavhalardagi ifodalar mettre en lumière – biror narsani yoritish, lever le voile sur – sirni ochish.

Quyidagi jadvalda matbuot materialining jaihatlarini, foydali tomonlarini va tilni o‘rganishda nimalarga ahamiyat berishimiz lozimligini ko‘rishimiz mumkin.

Asosiy Jihatlar

Matbuot Materiallarining Foydalari

Amaliyot uchun Tavsiyalar

Lug‘at Boyligini Kengaytirish

Har kuni yangi so‘zlar va iboralar o‘rganiladi, ayniqsa turli mavzularni yoritgan matbuot materiallaridan.

- Gazetalar va jurnallardan yangi so‘zlarni yozib borish.
- So‘zlarni kontekstda qo‘llash va gaplarda ishlatish.

Grammatik Tushunchalar va Tuzyilmalar

Matbuot materiallari grammatik uslub va tuzilmalar uchun samarali misollar beradi (passiv, subjonctif).

- Murakkab matnlarda grammatik tuzilmalarni tahlil qilish.
- Passiv va subjonctif shakllarini o‘rganish.

O‘qish Ko‘nikmalarini Rivojlantirish

Matnni o‘qish orqali tezkor tushunish, xulosa chiqarish va tafsilotlarni aniqlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.

- Har kuni matnlarni o‘qib, ularning asosiy mazmunini qisqacha ifodalash.
- Muayyan maqolalar asosida savollar tuzish.

Tinglash va Tushunish Ko‘nikmalarini Oshirish

Matbuotning audiovizual shakllari (radioshoulard, video) tilni tushunishda yordam beradi.

- RFI yoki France 24 kabi fransuz yangiliklari yoki podcastlarni tinglash.
- So‘zlashuvni qayta tinglab, transkript qilish.

Madaniyat va Jamiyatni Tushunish

Fransuz jamiyatidagi ijtimoiy va siyosiy masalalarni va madaniyatni o‘rganish imkonini beradi.

- Fransuz ijtimoiy, siyosiy masalalari haqida muhokamalar tashkil qilish.
- Madaniy yangiliklarni o‘qib, tahlil qilish.

Yozish Ko‘nikmalarini Takomillashtirish

Matbuot materiallaridan ilhomlanib, o‘z fikrlarini yozma tarzda bayon qilish.

- Yangi maqolalarga sharhlar yozish yoki ijtimoiy masalalar haqida qisqacha maqola tayyorlash.

Fransuz tilini o‘rganishda matbuot materiallaridan foydalanish juda samarali usullardan biri hisoblanadi albatta. Matbuot real hayotda ishlatiladigan tilni o‘z ichiga olgani sababli o‘quvchilarga autentik manbalar bilan ishlash imkonini beradi.

Xo‘sh autentik material o‘zi nima? “Autentik” so‘zi qadimgi yunon tilidan (authentikos) “asl, haqiqiy” degan ma’noni anglatadi. Til ta’limida “autentik” tushunchasi til va nutq materialining real hayotda nutqiy muloqotni amalga oshirishni ta’minlaydigan xususiyatini anglatadi.

Fransuz matbuoti grammatik tuzilmalarning tabiiy qo‘llanilishi, turli uslublar rasmiy, norasmiy, badiiy, jurnalistik bilan tanishish imkonini beradi. Shuningdek, gazetalar va jurnallar madaniyat, jamiyat va siyosiy hayot haqida bilimingizni oshirishga yordam beradi. YouTube va boshqa platformalarda fransuz tiliga oid juda ko‘p bepul content mavjud bo‘lib, bu talabalar uchun juda foydali manba bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu resurslardan foydalanib, talabalar o‘zlarining eshitish nutqini va tushunish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar, bu esa ularning tilni yanada chuqurroq o‘zlashtirishlariga yordam beradi.

Xulosa

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, fransuz tilini o‘rganishda matbuot materiallari juda katta rol o‘ynaydi. Ular o‘quvchilarga jonli til bilan tanishish, so‘z boyligini oshirish va madaniy kontekstni yaxshiroq tushunish imkonini beradi. Ushbu usuldan samarali foydalanish uchun maqolalarni muntazam o‘qish, yangi so‘zlarni o‘zlashtirish va ularni amaliyotga tatbiq etish tavsiya etiladi. Fransuz matbuot materiallari til o‘rganish jarayonida nafaqat grammatik va lug‘at boyligini oshirish, balki f ransuz madaniyatini chuqur anglash imkonini ham beradi. Lisoniy va madaniy jihatlar birgalikda o‘rganilganda, fransuz tilini yanada samarali o‘zlashtirish ehtimoli katta . So‘ngi so‘z sifatida quyidagilarni keltirib o‘tamiz. Fransuz matbuoti til o‘rganish jarayoniga quyidagi yo‘llar bilan ijobiy ta’sir ko‘rsatadi:

✅ Lug‘at boyligini kengaytirish

✅ Grammatik tuzilmalarni mustahkamlash

✅ O‘qish va matn tahlili ko‘nikmalarini rivojlantirish

✅ Tinglab tushunish va talaffuzni yaxshilash

✅ Fransuz madaniyati va jamiyatini chuqur tushunish

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi «Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi PQ 4623-son Qarori.

Saidovna, S.Z. (2023). SPECIFICITES DES VERBES TRANSITIFS EN LANGUES FRANÇAISE ET OUZBEKE. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036, 12(06), 18-20.

Germain, C., & Netten, J. (2017). La lecture et l’apprentissage des langues: Théorie et pratique. Presses Universitaires de France.

Hudelot, C., & Verdelhan-Bourgade, M. (2018). Compréhension orale et écrite en français: Une approche interactive. Didier.

Tagliante, C. (2006). Former des lecteurs autonomes en français langue étrangère. Clé International.

Beacco, J.C., & Porquier, R. (2007). Guide pour l’analyse des discours médiatiques en FLE. Hachette.

Dupont, M. (2015). L’utilisation des journaux pour améliorer l’acquisition du vocabulaire en classe de FLE. Revue Française de Linguistique Appliquée, 20(2), 45-60.

Martin, L. (2019). L’impact des médias numériques sur l’apprentissage du français langue étrangère. Études en didactique des langues, 25, 87-102.

Leclercq, C. (2021). Les stratégies de lecture et de compréhension des articles de presse en FLE. Cahiers de Linguistique Appliquée, 18(1), 67-81.

Le Monde en français. Retrieved from https://www.lemonde.fr

RFI Savoirs. Retrieved from https://savoirs.rfi.fr

TV5Monde Apprendre. Retrieved from https://apprendre.tv5monde.com

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Зарина Саидова ,
Бухарский государственный педагогический институт

Преподователь французского языка

Как цитировать

Саидова , З. (2025). Использование материалов прессы при изучении французского языка. Лингвоспектр, 3(1), 564–567. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/578

Похожие статьи

1 2 3 4 5 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.