Внутренний психологический конфликт в рассказах Саида Ахмада
Аннотация
В художественном произведении психология занимает важное место. Независимо от того, является ли произведение прозой, поэзией или драмой, внутренний мир героев, их эмоциональные переживания и психологические процессы остаются основной темой. Ведь художественное слово, как и человек, не может существовать без психологии. Работа над психологией образов впервые возникла в Европе, развилась и оставила заметный след. В узбекской литературе психологизм начал активно исследоваться после первой половины XX века, сначала проявляясь в поэзии. В прозе наблюдалось стремление уйти от поверхностного реализма и показать глубокие слои человеческой психики, особенно в 1980-е годы. Этот период стал временем подъема для рассказа и повествовательной прозы. Такая смена качества была связана с изображением психологии в художественном произведении, и писатели начали отображать внутренний мир человека через различные психологические средства. В результате появились образы, которые глубоко западают в сердце читателя, отражают национальный характер и человеческие качества. Кроме того, его рассказы объединяют социальные проблемы общества и человеческие переживания, оставляя глубокое впечатление на читателя.
Ключевые слова:
Психология художественное произведение психика персонаж социальная проблема война художественная идея автора психологический образ лаконизм образ философское обобщение верность геройKirish
Badiiy asarda ruhiyat muhim o‘rin tutadi. Xoh nasriy asar bo‘lsin, xoh nazmiy, xoh dramatik asar, har bir asar qahramonlarining ichki olami, hissiy kechinmalari va ruhiy jarayonlari asosiy masala hisoblanadi. Chunki badiiy so‘z ham, inson ham ruhiyatsiz mavjud bo‘la olmaydi; ruhiy olam va ichki kechinmalar badiiy obrazni hayotiy qiladi, uni kitobxon qalbida jonlantiradi. Obrazlar psixologiyasi ustida ishlash dastlab Yevropada paydo bo‘lib, rivojlandi, taraqqiy etdi va turli adabiy makonlarda o‘z izini qoldirdi (Jo‘rayev, 2009). Evropa adabiyoti tarixida bu yo‘nalish ko‘plab yozuvchilar tomonidan chuqur o‘rganilib, psixologik realizmning rivojlanishiga zamin yaratdi (Jo‘rayev, 2009).
O‘zbek adabiyotida psixologizm XX asrning birinchi yarmidan keyin keng tadqiq etila boshlandi. Dastlab bu holat she’riyatda namoyon bo‘ldi; shoirlar inson ruhiyatining nozik kechinmalarini, ichki hissiyotlar va xayoliy olamni ifodalashga harakat qildilar. Nasrda esa yuzaki realizmdan qoniqmaslik, odatiy tashqi tasvirlardan voz kechib, inson ruhiyatining chuqur qatlamlariga sayohat qilish xususiyati 1980-yillar adabiyotida yaqqol kuzatildi (Jo‘rayev, 2009). Shu davrda qissachilik va hikoyachilik ko‘tarilish davrini boshidan kechirdi. Badiiy asar mualliflari inson ruhiyatini turli psixologik vositalar orqali ochib berishga harakat qildilar, natijada kitobxon qalbiga singadigan, milliy xarakter va insoniy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan obrazlar paydo bo‘ldi (Umrzaqov, 2015). 80-yillar adabiyoti shuningdek, ichki kechinmalarni tasvirlashda yangi uslublarni sinovdan o‘tkazdi, ruhiyatning nozik qatlamlarini ochishda ijodkorlarning mahorati sezilarli darajada oshdi.
Natijada, bu davrning adabiy merosi o‘quvchiga inson ruhining murakkabligi, hissiy kechinmalarning o‘ziga xosligi va shaxsiyat shakllanishidagi ichki kurashni yanada chuqurroq his qilish imkonini berdi. Shu jihatdan Said Ahmad ijodi alohida e’tiborli bo‘lib, uning asarlarida qahramonlarning psixologiyasi va ichki olami yanada teran va hayotiy tasvirlangan (Jo‘rayev, 2009). 1980-yillar qissachilikda ko‘tarilish davri bo‘ldi. Bu nafaqat qissalarga, balki butun nasriy janrlar, xususan, hikoyachilikka ham xosdir. Bunday ijodiy o‘sish, asosan, badiiy asardagi ruhiyat tasviri bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu davr ijodkorlari inson ruhiy olamini turli psixologik vositalar orqali tasvirlay boshladilar. Natijada kitobxon ruhiyatini rom etuvchi, milliy xarakter va insoniy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan obrazlar shakllana boshladi (Umrzaqov, 2015). Milliy xarakterlarni shakllantirishda Said Ahmad ijodi alohida ahamiyatga ega. Ijodkor qaysi janrda ijod qilmasin, obrazlar psixologiyasini ochishdagi mahorati bilan ajralib turadi. Umuman olganda, badiiy asarda inson ruhiyati tasvirlanar ekan, uni shakllantiruvchi va yuzaga chiqaruvchi asosiy vosita jamiyat, ijtimoiy muhit va tarixiy sharoit ekanligi aniq seziladi. Shu nuqtai nazardan, Said Ahmadning “Sarob” hikoyasi alohida ahamiyatga ega, chunki unda azaliy ijtimoiy muammolarga xos avlodlar silsilasi, otalar va bolalar o‘rtasidagi murakkab munosabatlar hamda ijtimoiy ruh alohida o‘rin tutadi.
Ushbu hikoyada ota va o‘g‘il o‘rtasidagi keskin munosabatlar, ularning qarama-qarshiliklari asr fojiasi, mustabid tuzum siyosati, mafkurasi va axloqiy qadriyatlar bilan bog‘langan. Ya’ni barcha ko‘rguliklar va fojialar, mash’um siyosatning insoniyatga keltirgan oqibatlari tarzida ochib berilgan. Muallif hikoyalarining o‘ziga xos tomoni ham shundaki, u hayotiy masalalarni hajmi kichik bo‘lgan hikoyaga ham muvaffaqiyatli joylashtira oladi, natijada o‘quvchi qahramonlarning ichki olami va ruhiy kechinmalarini chuqur his qiladi.
“Sarob” hikoyasining mavzusi asar epigrafi orqali o‘z mohiyatini ochib beradi. Hikoyada epigraf sifatida Buxorolik 100 yil yashagan temirchi Usto Amin boboning so‘zlari keltiriladi: “Ota qarg‘ishi misoli o‘q-u u oxiratda emas, shu dunyoning o‘zida nishonga tegadi” (Umrzaqov, 2015). Ushbu epigraf hikoyaning asosiy g‘oyaviy yo‘nalishini belgilab, o‘quvchiga asardagi voqealarning dahshatli mohiyatini sezdiradi.
Hikoyada fojeaviy voqea, o‘g‘il bilan ota o‘rtasidagi murakkab va og‘ir munosabatlar orqali ochiladi. Ushbu munosabatlar yorug‘ dunyoning naq do‘zaxi ichida, mustabid tuzumning qurbonlari bo‘lgan mahbuslar jam bo‘lgan lagerlarda o‘z nihoyasiga yetadi. O‘sha davr tuzumining millatga qarshi ikkiyuzlamachi siyosati shunday edi: hukumat rahbarlari o‘g‘londan zamon ramzi bo‘lgan Pavlik Marozov izdoshini yaratib, millatparvar, ziyoli insonga qarshi kurashga boshladilar va ota haqida kerakli ma’lumotlarni yig‘ishga erishdilar. Natijada otani xalq dushmaniga aylantirib, qamoqqa olishdi. Shu tariqa o‘g‘il qahramonga aylanib, shon-shuhratga erishadi.
Hikoyada ko‘rsatilganidek, lagerdagi o‘g‘il “vatanparvar” sifatida tan olinadi, ammo u ota bilan yuzma-yuz qarashganda ham otani tanimaydi. Tuhmatlar va zulmlar ota yuragini og‘ritgan bo‘lsa-da, vijdoni hech qachon buzilmagan. Farzand esa yoshligidagi xatti-harakatlaridan kelib chiqqan telbalik va azobni davom ettiradi. Natijada uning qo‘li singib, yurganda boshi o‘z yoqiga og‘ib ketadigan bo‘ladi. Shu holatda o‘g‘lini ko‘rish ota uchun juda og‘ir, uning xayolida nimalar kechgani esa har bir o‘zbek otasiga chuqur ta’sir qiladi.
Eng daxshatlisi shundaki, o‘g‘il ota ko‘z o‘ngida azoblanib jon beradi va janozasiz bekafan ko‘miladi. Aynan shu voqeada otasiga tuhmat toshlarini otgan paytda o‘g‘lini duo qilgan Olimjon Rahmonovning so‘zlari keltiriladi: “E-e, attang, attang! – deya o‘g‘lning betiga qarab: – Iloyo, juvonmarg bo‘l! Umring xor-zorlikda o‘tsin! – deb yuziga fotiha tortdi (Umrzaqov, 2015). Ushbu sahna hikoyaning eng og‘ir va emotsional jihatlarini ochib beradi, o‘quvchida kuchli hissiy iz qoldiradi.
Ushbu jumlalar asar epigrafi sifatida keltirilgan jumlaga naqadar mos tushgani va bu hayot haqiqati ekanligini ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsa-da, farzandining ahvolini lagerda yuqorida ta`riflangan holda ko‘rish ota uchun juda ayanchli holdir. Farzandini qarg‘agan bo‘lsa-da, lagerda uni ko‘rish qalbini iztirobga solganligi tayin. Mana uning farzandini qamoqda ko‘rgandagi holati:
“Boya oftobda yotgan mahbuslarga qarab yum-yum yig‘laydi…
Olimjon domla oldimga kelib, orqa o‘girib tizzaladi-da, yelkasini tutdi.
Yangilar kelgandan beri domla ozib ketdi. Yana besh-olti yosh qarigandek edi.
- Domla, yaxshi yuribsizmi? – dedim yelkasiga raqam yozarkanman.
- Xudoga shukur, o‘lmagan qul yashayverarkan (Meliyeva, 2012).
O‘sha paytda otaning xayollaridan nimalar kechganini tasavvur qilish juda mushkul. Ushbu mudhish hodisalarni, fojeaviy qismatlar haqida yozish asar muallifiga oson bo‘lmagan, albatta. “Hikoya adibning lager hayotidan olib yozgan ilk asari, hikoyadagi roviy – mahbus rassom yozuvchining o‘zi. Muallif 50- yillar boshlarida hikoyada tasvir etilgan lagerda bo‘lgan va bu hayotni u ichdan biladi. Shunday bo‘la turib, nega bu haqida uzoq yillar yozmadi. Ehtimol qo‘rquv saltanati bunga yo‘l bermagandir, ehtimol, mudhish hodisalar haqida yozish azobiztirobi uni qiynagandir. Har ikki tahminda ham asos bor. Faqat mustaqillik yillaridagina vujudidagi qo‘rquv chekinib, lager hayotidan dadil so‘z ochishga jur`at eta oldi. O‘zi uchun qanchalik azob bo‘lmasin, lager hayotiga oid xotiralarni, o‘sha mudhish voqealarni qog‘ozga tushirishga jazm etdi” (Meliyeva, 2012).
Barchamizga ma’lumki, urush insoniyat tarixida qancha oilalarni baxtsizlikka mahkum qilgan. Onadan farzandni, farzanddan otani, ayoldan erini ajratgani esa urushning eng achchiq va qo‘rquvli haqiqatlaridan biridir. Ushbu dahshatli voqealar adabiyotda ko‘plab asarlar, qissalar, dostonlar va she’riy meros shaklida ifodalangan bo‘lib, ular insoniyatning urush orqali boshdan kechirgan azob-uqubatlarini, ruhiy iztiroblarini va ijtimoiy beqarorlikni yoritishga xizmat qilgan. Urushning o‘tkir tig‘i hali-hanuz odamlar qalbini o‘rtib kelmoqda, uning og‘ir izlari esa avlodlar ongida saqlanib qolmoqda, odamlarning ruhiyatiga chuqur ta’sir etmoqda.
Shu kabi insoniy va ijtimoiy falokatlarni hikoya qiluvchi asarlardan biri Said Ahmadning “To‘lqinlar” hikoyasidir. Garchi bu asar nisbatan qisqa bo‘lsa-da, u kitobxon qalbida o‘chmas iz qoldirishga muvaffaq bo‘ladi va inson ruhiyatining eng nozik, eng ta’sirchan qatlamlarini ochib beradi. Hikoya o‘quvchini voqealar markaziga tortib, urushning individual va jamiyat hayotiga bo‘lgan halokatli ta’sirini chuqur his qilishga undaydi. Shu bilan birga, asar insoniy sadoqat, fidoyilik, vatanparvarlik va haqiqiy muhabbat tushunchalarini o‘quvchiga o‘rgatadi. Hikoyadagi qahramonlar – O‘sarboy va Jo‘raxon – urush sharoitida yuzaga kelgan murakkab insoniy va ijtimoiy vaziyatlarda ham o‘z axloqiy va ruhiy prinsiplarini saqlashga intiladi.
“To‘lqinlar” kitobxonni faqat voqea tafsilotlari bilan tanishtirib qolmaydi, balki ularni insoniy his-tuyg‘ular, ruhiy iztiroblar va o‘zaro munosabatlarning murakkab qatlamlari bilan tanishtiradi. Hikoyada urushning salbiy oqibatlari – ajrimlar, tashvishlar, umidsizliklar va oilaviy ziddiyatlar – tasvirlangan bo‘lib, ularni o‘quvchi o‘z qalbi orqali his etadi. Shu tariqa, Said Ahmad o‘quvchiga inson ruhiyatini, uning ichki kechinmalarini va ijtimoiy muhit bilan bog‘liq murakkabliklarini chuqurroq tushunish imkonini beradi.
Asarda O‘sarboy va Jo‘raxon sadoqati shunday tasvirlanaganki, yorga sadoqatni aynan shu asar qahramonlaridan o‘rganish insonlar uchun ibrat maktabi bo‘lsa arziydi. Jo‘raxon frontga ketgan turmush o‘rtog‘i O‘sarboyni intiq kutadi. Nafaqat o‘zini, balki butun qishloq ayollarini himoya qiladi, nomuslarini saqlaydi. Lekin taqdirda shunday qismatlar borki, insonlarga saboq bo‘lib qoladi. Insonlar bunday qismatlardan hayratlanadi, yuragi achishadi. Jo‘raxon vafo bilan O‘sarboy Omonboyevni kutdi. O‘sarboy Omonboyev dushmanning uch tankini mag‘lubiyatga uchratgan qahramon. Uning nomi juda mashhurdir. Said Ahmad O‘sarboy Omonboyev haqida ocherk yozishga qaror qilib uning qishlog‘iga boradi. O‘sarboy Omonboyev va Jo‘raxon haqidagi hikoyalarni tinglaydi. Qalbi ozorlanadi va “To‘lqinlar” hikoyasini yaratadi. Asar boshlanishidagi jumlalarning o‘ziyoq kitobxonni o‘ziga bog‘lab oladi: “Yigitlar frontda jon olib, jon berayotgan ogʻir kunlar edi. Dala ishlari ayollarga qolib ketgan, hammasi tajang, hammasi asabiy edi. Ularning intizor ko‘zlari front yo‘lida, qo‘llari mehnatda, frontchilarni zoriqtirmaslik, dushmanni tezroq yakson qilish uchun tinimsiz ishlar edilar. Stalingrad ostonalaridagi janglarda dushmanning uchta tankini yondirgan qahramon Oʻsarboy Omonboev oilasi haqida ocherk yozish uchun xuddi shu yoʻldan yurib qishloqqa kelgan edim…”
Asarda tasvirlangan Jo‘raxonning fidoyiligi va sadoqati kitobxonni hayratga soladi. U nafaqat o‘zini, balki butun qishloq ayollarini himoya qiladi, ularning nomusini saqlash va hayotini xavfsizligini ta’minlash yo‘lida jasorat ko‘rsatadi. Jo‘raxonning bu jasorati va halolligi uning shaxsiy fazilatlari, iroda va axloqiy majburiyat bilan uyg‘unlashganini ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsa-da, taqdirning murakkab o‘yinlari sababli u O‘sarboy Omonboyev bilan qayta uchrasha olmaydi. Frontdan olti oy avval O‘sarboy qaytishidan oldin Jo‘raxon vafot etadi, va uning halokati inson qalbiga chuqur iz qoldiradi. O‘sarboy Omonboyev esa umr bo‘yi uylanmaydi, bu esa haqiqiy muhabbatning va sadoqatning inson ruhiyatida qanday chuqur aks etishini ko‘rsatadi.
Ushbu asar nafaqat insoniy tuyg‘ularni his etishga, balki ularni anglashga ham undaydi. Kitobxon Jo‘raxonning fidoyiligi va O‘sarboyning umr bo‘yi saqlagan vafosini kuzatib, haqiqiy muhabbat, sadoqat, fidoyilik va insoniylik tushunchalarini chuqurroq his qiladi. Shu tariqa, asar o‘quvchida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar bilan bog‘liq ichki tafakkur uyg‘otadi, inson qalbida iztirob va empatiya hissini uyg‘otadi. Bu hikoya bugungi kun uchun ham dolzarb bo‘lib, inson ruhiyatini, uning sadoqat va fidoyilik bilan bog‘liq ijtimoiy va axloqiy qatlamlarini anglashga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, Said Ahmad mustaqillik davrida ham samarali va mazmunli ijod faoliyatini davom ettirdi. Uning har bir janrda yaratilgan asarlari o‘quvchi qalbiga chuqur singib boradi, inson ruhiyatini, uning ichki kechinmalarini va ijtimoiy muhit bilan bog‘liq psixologik jarayonlarini chuqur aks ettiradi. Jumladan, deyarli barcha hikoyalari badiiy mustahkamligi, strukturaviy uyg‘unligi va mavzularning insoniy qadriyatlar bilan boyitilganligi bilan adabiyotshunoslarning diqqatini jalb qiladi.
Said Ahmadning qahramonlar ruhiyatini chuqur tasvirlash, ularning psixologiyasini ochib berishdagi mahorati adibning o‘ziga xos ijodiy yondashuvi va badiiy asar yaratishdagi ustalik darajasini ko‘rsatadi. Har bir obraz nafaqat o‘zining ichki dunyosini, balki jamiyat bilan bo‘lgan munosabatini, tarixiy va ijtimoiy kontekstda shakllangan xulq-atvorini aks ettiradi. Shu bois, adibning hikoyalari o‘quvchiga insoniy qadriyatlarni, axloqiy prinsiplarni va ruhiy kechinmalarni chuqurroq tushunishga yordam beradi.
Shuningdek, Said Ahmad ijodi o‘quvchini faqat estetik zavq bilan cheklamay, uning ruhiy dunyosini boyitadi, empatiya va hissiy anglashni rivojlantiradi, insoniylik, sadoqat, vafokorlik va fidoyilik tushunchalarini yanada chuqurroq his qilish imkonini beradi. Uning hikoyalari ijtimoiy va tarixiy muammolarni ham qamrab olib, o‘quvchida o‘tmish va hozirgi zamon o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglashga yordam beradi, shuningdek, insoniyatning azob-uqubatlariga nisbatan mas’uliyat va hissiyot uyg‘otadi.
Bugungi kunda ham Said Ahmadning ijodi o‘quvchi va adabiyotshunoslar uchun ilhom manbai bo‘lib qolmoqda, uning asarlari madaniy meros sifatida qadrlanadi va milliy adabiyotimizning rivojlanishida alohida o‘rin egallaydi. Shu bois, Said Ahmadning ijodi faqat badiiy zavq manbai emas, balki o‘quvchining ruhiy va axloqiy tarbiyasida ham muhim rol o‘ynaydi.
Библиографические ссылки
Jo‘rayev, T. (2009). Ong oqimi modern. Farg‘ona.
Meliyeva, U. (2012). Said Ahmad – hikoyanavis. Samarqand.
Mirvaliyev, S. (1993). O‘zbek adiblari (pp. 68–69). Toshkent: Fan.
Rejapov, I. O. (2023). Sonlarning badiiy matndagi ramziy ahamiyati. Ilm sarchashmalari, 10, 168–172. Urganch.
Said Ahmad. (2000). Tanlangan asarlar (Vol. 1). Toshkent: Sharq.
Said Ahmad. (n.d.). Hikoyalar. www.ziyouz.com
Umrzaqov, R. (2015). “Oydinda yurgan odamlar” qissasida obrazlar psixologiyasi. In Filologiyaning dolzarb muammolari: Ilmiy-nazariy anjuman materiallari. Farg‘ona.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Акбарбек Аллашев

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
