Maxsus matnlar tarjimasining nazariy tavsifi

Аннотация
Ushbu maqola maxsus matnlar tarjimasining nazariy tavsifini taqdim etadi, tarjimashunoslikda uning ahamiyatini va o‘ziga xos xususiyatlarini muhokama qiladi. Tarjima jarayonida ixtisoslashgan bilimlarning zarurligi, badiiy tarjimadan farqi va maxsus matnlarning muhimligi ko‘rsatilgan. Maqolada maxsus tarjima, fan, texnologiya, iqtisod kabi sohalardagi matnlar uchun chuqur bilim talab qilishi zarurligi, shuningdek, tarjimonlarning bu bilimlarni o‘zlashtirishlari va doimiy ravishda yangilab turishlari kerakligi ta’kidlanadi. Maxsus tarjimaning zamonaviy tadqiqotlarda o‘rni, uning adabiy bo‘lmagan muloqotdagi roli va professional muhitda axborot almashishni osonlashtirishi haqida ham so‘z yuritiladi. Xulosa qilib, maxsus tarjima tarjimashunoslikda muhim o‘rin tutadi va tilshunoslar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Ключевые слова:
Maxsus tarjima ixtisoslashgan matnlar ilmiy matnlar tarjimashunoslik tarjimon bilimlari terminologiya professional muloqotDunyoda fanning barcha jabhalari jadal rivojlanar ekan, ilgari ma’lum bo‘lgan fanlar mustahkamlanib, tilshunoslik va tarjimashunoslikka tegishli yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lmoqda. Inson faoliyatining yangi tarmoqlari paydo bo‘lishi bilan beixtiyor ularning batafsil tavsifi yuzaga kelib, tarjima nazariyotchilari va amaliyotchilarining doimo diqqatini chekmoqda. Albatta, tarjimashunoslikda maxsus deb atalgan ushbu turdagi adabiyotlarni tarjima qilishda “maxsus matn” tushunchasiga aynan nimalar kiritilganligini, bu matn qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini tushunish muhimdir.
Maxsus tarjima - bu tarjimonlik kasbi va tarjimonlik maktablarida qoʻllaniladigan atama va tushunchadir. Agar tarjima qilish jarayonida tarjimonning umumiy bilimiga tegishli bo‘lmagan soha bo‘yicha bilim talab qilinsa, tarjima qilinadigan matn ixtisoslashtirilgan hisoblanadi.
Tarjima qilinishi kerak bo‘lgan maxsus matnni tushunish va tarjimani yozish uchun tarjimon tegishli sohada biroz chuqqur bilimga yoki hatto yuqori saviyada (advanced knowledge) murrakkab tushunchalar haqida bilimga ega bo‘lishi yoki o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Biroq, ixtisoslashtirilgan matnlarni tarjima qilish uchun zarur bo‘lgan tushunish darajasi afsuski, ushbu sohaning amaliyotchilari ega bo‘lgan darajadan ancha pastroq. Ba’zida hatto tajribali tarjimonlar ham bilimlari yetarli bo‘lmaganda amaliyotchilar bilan maslahatlashishlari kerak (Gouadec, Daniel, 2007).
Zamonaviy tarjimashunoslikda maxsus tarjima (specialized translation) atamasining sinonimlari faol qo‘llanilib kelmoqda. Ba’zi tilshunoslar texnik tarjima (ingl technical translation), pragmatik tarjima (ingl pragmatic translation) yoki LSP tarjimasini sinonim sifatida ishlatishadi (LSP = maxsus maqsadlar uchun til yoki muayyan maqsadlar uchun til). or ( ing LSP translation language for special purposes or language for specific purposes) (Gotti, Maurizio; Sarcevic, Susan, 2006).
1) Ixtisoslashtirilgan tarjima badiiy tarjimadan holi tarjimaga tegishli boʻlgan ixtisoslashgan mavzularni qamrab oladi, ulardan eng koʻzga koʻringanlari fan va texnologiya, iqtisod, marketing, moliya huquq, siyosat, tibbiyot va ommaviy axborot vositalarini oʻz ichiga oladi. dengiz navigatsiyasi, arxeologiya va hokazolar.
2) "Ingliz tilidagi "texnik" ‘technical’, sifatdoshining semantik yakdilligi yo‘qligi bois bu atama texnologiya va muhandislik yoki har qanday ixtisoslashgan soha tarkibiga tegishlidir. Ushbu atama tor ma’noda tushuniladi. Kengroq ma’noda, bu faoliyat “maxsus matn tarjimasi” deb ham ataladi.
3) “Maxsus matn tarjimasiga bag‘ishlangan jurnal ham adabiy bo‘lmagan muloqot sohasidagi tadqiqotlarni rag‘batlantirish, ham tarjimonlar, mavzu bo‘yicha mutaxassislar va olimlar o‘rtasida ma’lumot almashishni osonlashtirish uchun zarur ekanligini his qildim” deya e’tirof etadi olim. (Lucille Desblache, 2004).
Anglashiladiki, maxsus tarjima ko‘pincha badiiy tarjimaga qarama-qarshi holatda namoyon bo‘ladi. Faqatgina Rogers, Margaret bu nuqtai nazarni keskin rad etib qoralaydi va o‘zining ‘Specialized translation: shedding the ‘non-literary’’ deb nomlangan asarida maxsus tarjima: "badiiy tarjimaga tegishli emas" degan yorlig‘ini tashlashga undaydigan qarashni ilgari suradi. (Rogers, Margaret, 2015).
Ba’zi tarjimashunoslar "umumiy" ‘general’ matnlar (faqat soha bo‘yicha umumiy ma’lumotni talab qiluvchi), "ixtisoslashgan" ‘specialized’ matnlar (soha bo‘yicha chuqur bilimlarni talab qiluvchi) va "yuqori darajada ixtisoslashgan" ‘highly specialized’ matnlarga (mukammal bilimlarni talab qiluvchi) tavsiflab, ularni bir biridan keskin farq qilinishini ta’kidlashadilar. Bunday holatlarda tarjimonlar sohaga oid tushunchalardan tashqari, ikkala tilda ham tegishli terminlarni bilishlari yoki kashf qilishlari kerak.
Maxsus matnlar tarjimasining nazariy tavsifi, zamonaviy tarjimashunoslikda o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Ushbu maqola, maxsus tarjima tushunchasining ahamiyatini, uning badiiy tarjimadan farqini va tarjimonning ixtisoslashgan bilimlar zarurligini ta’kidlaydi. Maxsus matnlar, fan, texnologiya, iqtisod va boshqa sohalarda chuqur bilimlarni talab qiladi, shuning uchun tarjimonlar o‘z mutaxassisliklari doirasida yetarli bilimga ega bo‘lishlari shart.
Zamonaviy tarjimashunoslikda "maxsus" va "ixtisoslashgan" tushunchalar o‘rtasidagi farqni aniqlash, shuningdek, umumiy va yuqori darajada ixtisoslashgan matnlar o‘rtasidagi farqlarni ko‘rsatish muhimdir. Bu, tarjima jarayonida to‘g‘ri terminologiya va kontekstni tushunishga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, maxsus tarjima, tarjimashunoslikning muhim qismi sifatida, til va madaniyatlarni o‘zaro bog‘lashda, ilmiy va professional muloqotni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Tarjimonlar esa, ushbu jarayonda yetakchi ahamiyatga ega bo‘lishlari uchun doimiy ravishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini yangilab turishlari zarur.
Библиографические ссылки
Gouadec, Daniel (2007). Translation as a Profession. Amsterdam/Philadelphia: John Benjamins. p. 91.
Gotti, Maurizio; Sarcevic, Susan (2006). Insights Into Specialized Translation. Peter Lang. p. 9. ISBN 9783039111862.
Desblache, Lucille (January 2004). "Editorial". Journal of Specialised Translation. Issue 1
Rogers, Margaret (2015). Specialised translation: shedding the ‘non-literary’ tag. Palgrave. ISBN 978-1-137-47840-5
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2024 Шохида Абдуллаева

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.