Investigation of the Category of Variability in Orthology: A Case Study of University Discourse

Authors

  • Uzbekistan National Pedagogical University
Исследование категории изменчивости в ортологии: на материале университетского дискурса

Abstract

This article is devoted to outlining the theoretical foundations of orthology and its position within the system of modern linguistics. The main focus of the research is the category of variability in orthology, and the nature of this phenomenon is examined through a practical analysis of university classroom discourse. The article presents a comparative study of linguistic and nonverbal aspects of speech norms found in film samples depicting traditional university life and communicative models observed in the contemporary higher education environment. Additionally, changes occurring in Uzbek and English classroom interaction, mechanisms of norm renewal, degrees of variation, and the transformation of communicative etiquette are closely investigated. The findings show that orthology is a constantly evolving system whose normative boundaries are continuously reshaped under the influence of social, technological, and cultural factors; nonverbal means, meanwhile, are identified as secondary yet essential components that complement communicative content and contribute to determining the orthological value of speech. This perspective makes it possible to reinterpret orthology not only as a theory of norms but also as a system connected to linguocultural dynamics and the history of discourse. Furthermore, the study analyzes emerging communicative competencies in higher education and presents scholarly reflections on the potential future development of orthological processes.

Keywords:

Orthology speech norms variability category of changeability verbal communication nonverbal communication linguocultural transformation norm transformation discourse dynamism

Kirish

Til tirik organizmdir. U jamiyat bilan birga o‘zgaradi, yangilanadi, kengayadi va vaqt o‘tishi bilan yangi shakllarga ega bo‘ladi. Shu sababli nutq madaniyatini me’yorlashtirish, uni ilmiy tasnif va baholash orqali boshqarish tilshunoslikning muhim tadqiq yo‘nalishidir. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mazkur yo‘nalish alohida fan sifatida shakllanib, ortologiya nomi bilan ilmiy muomalaga kirdi.

Ortologiya lingvistikaning adabiy nutq me’yorlarini, ularning qo‘llanish shart-sharoitlarini va o‘zgaruvchan tabiati asosida shakllanadigan variantlarni o‘rganadigan mustaqil yo‘nalishidir. Ahmanova, Belyaev va Veselitskiy (1965) o‘z tadqiqotida ortologiyani “nutq me’yorining asosiy tushunchalarini o‘rganuvchi soha” sifatida izohlaydi. Atamaning kelib chiqishi yunoncha orthos- “to‘g‘ri, me’yoriy” va logos – “ta’limot, fan” so‘zlari bilan bog‘liq bo‘lib (Wikipedia, 2025), u mazkur sohaga nutqning to‘g‘riligini ta’riflash, baholash va tartibga solish vazifasini yuklaydi. O‘zbek tilshunosligida ortologiya til tizimining me’yoriy sifatlarini tadqiq qiluvchi nazariy-empirik fan sifatida qaraladi; uning diqqat markazida nutqning qabul qilingan, me’yoriy shakllarini aniqlash, me’yor buzilish holatlarini tavsiflash va normativ baholash mezonlarini ishlab chiqish turadi.

Ortologiya XX asrning o‘rtalarida fanga kirib kelgan bo‘lib, dastlab rus tilshunosligida shakllangan. Saydiganiyeva ma’lumotlariga ko‘ra, O.S. Axmanova, Yu.A. Belchikov va V.V. Veselitskiylar ushbu yo‘nalishning ilk nazariy konseptsiyasini yaratgan va nutqni me’yorlashtirishning lingvistik asoslarini ishlab chiqqan (Saydiganiyeva, 2023). Ularning yondashuviga ko‘ra, til me’yorlarini shakllantirish fonologiya, morfologiya, sintaksis, leksikologiya va stilistika kabi bo‘limlarga tayangan holda amalga oshirilishi lozim. Vinogradov (1996) ga ko‘ra, nutq madaniyatining normativ va kommunikativ-pragmatik jihatlari ortologiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, to‘g‘ri nutq faqat rasmiy me’yorlarga emas, balki pragmatik moslik, etiket, intonatsion aniqlik va stilistik tozalikka ham bog‘liq. Shirinova (2019) fikricha, ortologiya “so‘zlarning to‘g‘ri qo‘llanishini o‘rganuvchi fan” bo‘lib, nutqning barcha formal va funksional jihatlarini me’yorlashtiradi.

Ortologiyaning o‘zbek tilshunosligidagi shakllanishi ham izchil davom etmoqda. Nutq mahorati- ortologiya, ma’naviyat va ma’rifatning integrativ obyekti sifatida nomli maqolada (Ahmedova, 2022) nutqni ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar bilan bog‘lagan holda ortologiya nutq sifati va notiqlik madaniyatining asosiy ilmiy ko‘rsatkichlaridan biri sifatida talqin qilinadi.

Hozirgi globallashuv, internet nutqi va shaxsiy identitning tezkor o‘zgarishi fonida ortologiyaning dolzarbligi yanada kuchaymoqda. Til bir vaqtning o‘zida madaniyat tashuvchisi va ijtimoiy ong ko‘zgusi bo‘lganligi sababli, uning me’yoriy yo‘nalishini izchil saqlash jamiyatning nutqiy madaniyatini mustahkamlashda hal qiluvchi omildir. Adabiy norma buzilishi nafaqat tilning strukturaviy barqarorligini, balki milly-madaniy uzviylikni ham izdan chiqarishi mumkin. Shu bois ortologiya nafaqat lingvistik, balki sotsiokutural funksiyani ham bajaradi.

Ortologiyaning o‘zgaruvchanlik kategoriyasi

Til doimiy harakatdagi sistemadir. U jamiyat bilan rivojlanadi, yangilanadi va uning me’yoriy qatlamlari ham vaqt o‘tishi bilan transformatsiyaga uchraydi. Shuning uchun ortologiyaning markaziy nazariy tushunchalaridan biri o‘zgaruvchanlik kategoriyasi sanaladi. O‘zgaruvchanlik tilning tarixiy dinamikasini ham, unga xos normative qarashlar o‘zgarishini ham ifodalaydi. Me’yor bir paytlar qat’iymezon asosida baholangan bo‘lsada, zamonaviy lingvistika uni barqaror emas, balki moslashuvchan, vaqtga doir shaklga ega tizim sifatida qayta talqin qilmoqda.

Saydiganiyeva ta’rifiga ko‘ra, ortologiyaning aosiy o‘rganish obyekti aynan variantdorlik bo‘lib, u me’yorning tarkibiy qismi vat il tizimidagi tabiiy holat sifatida qaraladi (Saydiganiyeva, 2023). Variant- bu shaklning buzilishi emas, balki me’yorning imkoniyatlar diapazonidir. Ba’zan me’yor bir emas, ikki yoki hatto bir nechta muqobil realizatsiya ko‘rinishida mavjud bo‘lishi mumkin. Gorbachevich (1978) tadqiqotlarida variantdorlik (variantnost’) til me’yorining tabiiy tarkibiy qismi ekani, har qanday adabiy me’yor bir nechta qabul qilinadigan variantlarga ega bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanadi. Tilning o‘sishi va kengayishi ko‘pincha ana shu variantlar orqali sodir bo‘ladi; ularning ayrimlari norma sifatida tan olinadi, boshqalari esa vaqt o‘tishi bilan tizimda yo‘qoladi.

Ortologiyaning o‘zgaruvchan tabiati eng aniq tarzda jonli muloqot makonida namoyon bo‘ladi. Universitet muhiti-aynan shunday maydon. Oqituvchi va talaba nutqi tezkor fikrlash, yangi ilmiy terminlar, global axborot almashuvi ta’sirida tez sur`atda o‘zgaradi. Kechagi dialog bugungi suhbatdan butunlay farq qilishi mumkin. Akademik jarayonlarda tilning texnologiyalashuvi (onlayn ta’lim, masofaviy platformalar, chat-kommunikatsiya) esa ortologik normani yanada erkin, analitik va interaktiv shaklga o‘tkazmoqda.

O‘zgaruvchanlikning ko‘rinishlari uch asosiy elementda namoyon bo‘ladi:

 

 

O‘zgarish turi

Namoyon bo‘lish shakli

Misol

Verbal

 

Lug‘aviy yangilanish, terminlar ko‘payishi

Deadline, seminar plan, academic writing kabi qo‘shimchalar

Pragmalingvistik

 

Murojaat etiketi, ohang, nutq soddalashuvi

“Hurmatli kamkasblar”-“O‘rtoqlar, boshladik”

Noverbal

 

Ko‘z kontakti, tana masofasi, jestikulyatsiya

1990-yillar filmida-rasmiy, yangi filmlarda -erkin dinamika

1-jadval. O‘zgaruvchanlikning elementlari

 

 

Shu nuqtai nazardan, ortologiya faqat norma nazariyasi emas, balki tilning o‘zgarish mexanizmini tushuntiruvchi dinamik modelga aylanadi.

Tadqiqot materiali va metodlari

Ortologik o‘zgarishning jonli va tabiiy aks etgan shaklini kuzatish uchun tadqiqot materiali sifatida universitet hayotini aks ettiruvchi eski va zamonaviy badiiy filmlar tanlandi. Filmlar nafaqat lingvistik nutq namunasini, balki noverbal kommunikatsiyaning visual ko‘rinishini ham o‘z ichiga olgani uchun ularni ortologik tahlil qilish ayniqsa samarali hisoblanadi. Eski va yangi filmlar solishtirilganda nutq me’yorlari, murojaat shakllari, pragmatic ohang, auditoriya psixologiyasi hamda noverbal elementlar kabi ko‘rsatkichlar Keskin farqlanishi aniqlandi.

Kino diskurs tahlili quyidagi mezonlar asosida olib borildi:

 

 

Tanlash mezoni

Talab

Davr

1970-1990 yillardagi filmlar va 2015-2025- yillar filmlari

Konteks

Universitet auditoriyasi, dars jarayoni yoki talaba-professor muloqoti

Lingvistik material

Rasmiy nutq, norasmiy dialog, bahs, munozara

Noverbal omil

Jest,mimika, intonatsiya, masofa, nutq sur`ati

2-jadval. Diskurs tanlovi mezonlari

 

Tadqiqot natijalari va muhokamasi

 

 

Belgilar

Eski filmlar – Dead Poets / Yoshlik

Yangi filmlar – The Chair / O‘qituvchi

Murojaat shakllari

 

“Sir”, “Mr. Anderson”, “Gentlemen, pay attention”

“Guys”, “Friends”, “Team”, Salom, boshlaymiz”

Modal fe’llar

 

must, shall, will → buyruq ohangi kuchli

could, might, can → maslahat, yumshoqlik

Verbal registr

 

standart, rasmiy, grammatik og‘ir

soddalashgan, qisqa gaplar, inglizcha o‘zlashmalar

Termin qatlami

 

classical, lecture, curriculum

presentation, deadline, task-based learning

Dialog modeli

monolog + tinglovchi jim

interaktiv, savol-javob, bahs

Noverbal element

 

kam jestlar, masofa saqlanadi

Ko‘p sonli jestlar, yaqin masofa, ko‘z kontakti kuchli

Pedagogik rol

o‘qituvchi markaz — avtoritet

o‘qituvchi fasilitator — hamkorlik

Til o‘zgaruvchi elementi

Variant kam, norma qat’iy

Inglizcha kod-miks, metaforik shakllar ko‘p

Nutq tempi

sekin, pauzali

tezroq, jonli, dinamik

3-jadval. Kino diskursi tahlili natijalari

 

 

Tahlil shuni ko‘rsatadiki, eski kino diskursida auditoriya muloqoti me’yoriy qat’iylik, buyruq ohangi va professordan tinglovchiga yo‘naltirilgan biryoqlama nutq oqimi bilan tacsiflangan. Modal fe‘llar ko‘pincha must, shall, will orqali buyruqni kuchaytirgan, ya’ni ortologiya statik, tartibga soluvchi mexanizm sifatida namoyon bo‘lgan.

Yangi filmlarda esa normative tizim tubdan o‘zgargan: interaktiv, demokratik muloqot modeli paydo bo‘lgan, could, might, maybe, let`s discuss kabi birliklar mulohazaga aylangan davomiylikni kuchaytirgan. O‘zbek kino diskursida ham shunga yaqin tendensiya kuzatiladi- deadlayn, prezentatsiya, savollar bo‘lsa ochiqmiz kabi inglizcha akademik kodlar variantdor normaga aylanmoqda. Bu ortologiyaning o‘zgaruvchan tabiatini kuchli dalillaydi.

Xulosa shuki, ortologiya endi qat’iynazorat mexanizmi emas, ijtimoiy-madaniy dinamikaga moslashuvchi nutq qonuniyatidir.

Xulosa

Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ortologiya nutq me’yorlarini faqat nazariy darajada emas, balki real kommunikativ jarayonlarda, ayniqsa universitet auditoriya diskursida faol namoyon bo‘ladigan, o‘zgaruvchan va dinamik tizim sifatida talqin qilish zarur. Eski kinolar diskursida til qat’iy normativ me’yorlarga tayanib, rasmiy, sintaktik jihatdan og‘ir va masofali muloqot modeli bilan tavsiflangan bo‘lsa, zamonaviy filmlarda nutq soddalashgan, pragmatik erkinlik kuchaygan, o‘zlashmalar aralashuvi (o‘zbek+ingliz) kuchli, talaba va o‘qituvchi teng munosabatli suhbatdosh sifatida shakllangan. Modal fe‘llar tizimining buyruqdan maslahatga evrilishi, dialogning ineraktiv tus olishi, auditoriya muloqotida noverbal belgilar- ko‘z kontakti, jestikulyatsiya, harakatning ortishi ortologiyaning faqat me’yor nazariyasi emas, baki tilning ijtimoiy-psixologik tarixi, o‘zgarish mexanizmi va kommunikativ madaniyat evolyutsiyasini aks ettiruvchi fan ekanini namoyon qiladi.

            Demak, ortologiya doimiy yangilanib boruvchi tizim bo‘lib, uning me’yorlari jamiyat taraqqiyoti, global til oqimi va ta’lim madaniyati bilan uzviy bog‘langan holda yil sayin transformatsiyaga uchraydi. Universitet diskursi ushbu o‘zgarishni empirik ko‘rsatib beruvchi eng yorqim maydon bo‘lib, kino-dialoglar asosidagi tahlil tilning tarixiy va zamonaviy rivojlanish fazalarini solishtirish imkonini beradi. Shuning uchun ortologiyani kelgusida korpus-lingvistik yondashuv asosida chuqurroq o‘rganish, talaba-o‘qituvchi nutqining milliy va global komponentlarini statistic kesimda tahlil qilish, noverbal kommunikatsiyaning normative-lingvistik xususiyatlarini mustaqil tadqiqot obyektiga aylantirish tavsiya etiladi.

References

Ahmanova, O. S., Belyaev, V. D., & Veselitskiy, V. V. (1965). Ob osnovnyh ponyatiyah “normy rechi” (ortologiya) [On the basic concepts of “speech norm” (orthology)]. Filologicheskie nauki, 4, 88–98.

Ahmedova, I. Sh. (2022). Nutq mahorati – ortologiya, ma’naviyat va ma’rifatning integrativ obyekti sifatida. Scientific Progress, 3(4), Article 84.

Schulman, T. (Writer). (1989). Dead Poets Society – Final Script [Screenplay]. https://sfy.ru/?script=dead_poets

Gorbachevich, K. S. (1978). Variantnost slova i yazykovaya norma [Word variation and the language norm]. Nauka.

Saydiganiyeva, S. S. (2023). Adabiy til me’yorlari haqidagi fan – ortologiya muammosining o‘rganilishi va bugungi kundagi ahamiyati. In ILM-FAN va Innovatsiya ilmiy konferensiyasi

Shirinova, M. Sh. (2019). Ortologiya – adabiy me’yor haqidagi fan sifatida. BuxDU ilmiy axboroti, 3(75), 127–131.

Peet, A., & Wyman, D. (Creators). (2021). The Chair [TV series]. Netflix.

Vinogradov, S. I. (1996). Normativnyj i kommunikativno-pragmaticheskij aspekty kultury rechi. In Kultura russkoj rechi i effektivnost obshcheniya (pp. xx–xx). Nauka.

Wikipedia contributors. (2025, July 28). Orthology (language). In Wikipedia, The Free Encyclopedia. Retrieved 07:46, December 1, 2025, from https://en.wikipedia.org/w/index.php?title=Orthology_(language)&oldid=1302983855

Published

Downloads

Author Biography

Dilrabo Xudoyorovna Kosheva ,
Uzbekistan National Pedagogical University

Doctor of Philosophy in Philology, Associate professor

How to Cite

Kosheva , D. X. (2026). Investigation of the Category of Variability in Orthology: A Case Study of University Discourse. The Lingua Spectrum, 12(1), 39–44. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1402

Similar Articles

<< < 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.