Цели и задачи преподавания английского языка студентам юридических факультетов
Аннотация
В данной статье основной целью обучения иностранному языку (английскому языку) студентов-нефилологов является помощь им в освоении иностранного языка в практических и коммуникативных целях с учетом их профессиональных потребностей, языка как инструмента обучения студентов и в рамках их основной деятельности. специальности. Особое внимание уделяется развитию прикладных функциональных навыков.
Обсуждаются цели и задачи преподавания английского языка студентам-юристам, а также сущность профессиональной терминологии. Определены особенности преподавания иностранного языка в кредитно-модульной системе для студентов-юристов. Анализируются несколько важных этапов изучения английского языка для студентов-юристов. В статье также подчеркивается важность практических занятий и специальных занятий для развития навыков чтения и письма.
Ключевые слова:
глобализация и интеграция иностранные языки английский язык нефилологическое направление студенты-юристы кредитно-модульная система международные документыJahon miqyosida roʻy berayotgan globallashuv va integratsiya jarayonlarida xorijiy tillar ahamiyatining tobora ortib borishi va ularda xorijiy tilning muhim vosita sifatida qaralishi lingvodidaktika va chet tillar oʻqitish metodikasini tubdan qayta koʻrish va isloh qilishni taqozo etadi. Bu oʻz navbatida xorijiy tillarni oʻrganishni yanada takomillashtirish sari tashlangan ilk qadamlardan edi. Mamlakatimizda xorijiy tillarni oʻqitish va oʻrganishga jiddiy eʼtibor berilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 24-sentyabrdagi 637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi, 2019-yil 29-oktyabrdagi 576-sonli “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli, 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida Xorijiy til (ingliz tili)larni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-sonli, 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-sonli xorijiy tillarni oʻqitish va oʻrganishni yanada takomillashtirish haqidagi qarorlari fikrimiz dalilidir.
Bugungi kunda xorijiy tilni bilish oʻta muhim ahamiyat kasb etganligi bois chet tili oʻqitish tizimini ham isloh etish, dars jarayonlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻqitishning ilgʻor interfaol usullarini qoʻllash taʼlim tizimidagi dolzarb masalalardan biriga aylandi (Dummet & Hird, 2019; Vicary, 2014). Globalizatsiya jarayoni tobora kuchayib borayotgan bugungi kunda dunyo miqyosida o‘zaro hamkorlik va integratsiya kuchayib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, turli sohalarda, xususan, huquq sohasida ham ingliz tilining ahamiyatini oshirmoqda. Ingliz tili hozirgi kunda xalqaro aloqa vositasi sifatida tan olingan va deyarli barcha sohalarda, shu jumladan, huquq sohasida ham keng qo‘llanilmoqda (Kaminская & Лазовская, 2002).
Nofilologik yo‘nalishdagi talabalarga til o‘rgatishdan asosiy maqsad — ularning kasbiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda chet tilni amaliy va kommunikativ maqsadlarda o‘zlashtirishiga yordam berishdir. Bu talabalar uchun til vosita sifatida qaraladi va ularning asosiy mutaxassisliklari doirasida qo‘llaniladigan funksional ko‘nikmalarni rivojlantirishga urg‘u beriladi (Samatova, 2021). Huquqshunoslik yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarda chet tilini kredit-modul tizimida o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu, ko‘p bosqichli mashqlardan iborat bo‘lib, kasb faoliyati bilan uyg‘unlashish, istiqbolda talabalar huquqshunoslikka oid materialni chet tilida o‘zlashtirish darajasi va tezligini mustaqil ravishda amalga oshirish kompetentligini qo‘lga kiritadi. Masalan, Essina va Abramovaning (2013) ta’kidlashicha, chet tili nafaqat huquqshunosning umumiy madaniyatini oshirishga yordam beradi, balki kelajakda mutaxassis sifatida shakllanishiga ham asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Huquqshunos talabalar uchun ingliz tilini bilish bir necha jihatdan muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, globalizatsiya sharoitida huquqiy tizimlar o‘zaro yaqinlashmoqda va xalqaro huquqning roli oshib bormoqda. Xalqaro shartnomalar, konventsiyalar va boshqa huquqiy hujjatlarning aksariyati ingliz tilida tuziladi. Shu sababli, huquqshunos-talabalar bu hujjatlarni o‘qib tushunish, tahlil qilish va ular asosida ish yuritish uchun ingliz tilini bilishlari zarur. Ikkinchidan, xalqaro hamkorliklarning kuchayishi bilan huquqshunoslar chet ellik hamkorlar bilan muloqot qilishga majbur bo‘ladilar. Bunday muloqotlarni samarali olib borish uchun ingliz tili bilish juda muhim (McCarthy & O‘Dell, 2008).
Shuningdek, og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish amaliyotining samaradorligi haqida ta’kidlangan (Williams, 2005). Huquqshunoslik bo‘yicha xalqaro miqyosdagi mashg‘ulotlarda talabalar ingliz tilida so‘zlashish va yozish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi (Hewings, 2005).
Uchinchidan, ingliz tili huquqiy adabiyotlarning asosiy tili hisoblanadi. Dunyodagi eng nufuzli huquqiy jurnallar, kitoblar va maqolalar ingliz tilida chop etiladi. Shu sababli, huquqshunos-talabalar o‘z bilim darajalarini oshirish, yangi qonunchilik va huquqiy tendentsiyalar haqida ma’lumot olish uchun ingliz tilidagi adabiyotlarni o‘qishlari zarur (Kaminская & Лазовская, 2002; Vicary, 2014). To‘rtinchidan, ko‘plab xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar o‘z ishini ingliz tilida olib boradilar. Shu sababli, huquqshunoslar bu tashkilotlarda ishlash yoki ular bilan hamkorlik qilish uchun ingliz tilini bilishlari kerak (Dummet & Hird, 2019).
Beshinchidan, ingliz tili huquqiy ta’limning ham muhim tarkibiy qismidir. Ko‘plab universitetlar va huquq fakultetlari o‘z dasturlarida ingliz tiliga katta e’tibor beradilar. Bu esa, o‘z navbatida, bitiruvchilarning ish topish imkoniyatlarini oshiradi (Essina & Abramova, 2013). Ingliz tilini bilishning asosiy foydalaridan biri xalqaro huquqiy hujjatlar va qonunchilikni tushunishdir. Xalqaro qonunlar, shartnomalar va qarorlarning ko‘pchiligi ingliz tilida yoziladi. Masalan, BMT, Jahon savdo tashkiloti yoki Yevropa Ittifoqi kabi yirik tashkilotlarning hujjatlari ko‘pincha ingliz tilida tayyorlanadi. Huquqshunos talabalar ushbu hujjatlarni nafaqat o‘qiy olishlari, balki ularning mazmunini to‘g‘ri talqin qila olishlari ham zarur (McCarthy & O‘Dell, 2008).
Bulajak huquqshunoslar uchun ingliz tili nafaqat hujjatlarni o‘qish, balki muloqot vositasi sifatida ham muhimdir. Xalqaro darajadagi muloqot ko‘nikmalari, ayniqsa, chet el mijozlari, investorlar yoki hamkorlar bilan ishlashda muhim rol o‘ynaydi. Xorijlik mijozlar bilan shartnomalar tuzish, ularning huquqlarini himoya qilish yoki nizolarni hal qilishda ingliz tilini yaxshi bilish muloqotni samarali va aniq o‘tkazishga yordam beradi (Hewings, 2005; Vicary, 2014). Bundan tashqari, ingliz tili xalqaro sud jarayonlarida ishtirok etishda ham talab etiladi. Xalqaro arbitraj yoki sud muhokamalarida qatnashayotgan huquqshunos, hujjatlarni to‘g‘ri taqdim etish va o‘z nuqtai nazarini ravon ifodalash uchun ingliz tiliga ehtiyoj sezadi. Bu esa, o‘z navbatida, xalqaro maydonda huquqshunosning mavqeini mustahkamlaydi (Williams, 2005).
Huquqshunos-talabalar uchun ingliz tilida o‘qish va yozish qobiliyatlari ko‘pincha xalqaro darajada huquqiy faoliyat yuritishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Huquqiy matnlarni o‘qib tushunish ko‘nikmasi, avvalo, ingliz tilida murakkab huquqiy terminlar va iboralarni bilishni talab qiladi. Xalqaro hujjatlar ko‘pincha maxsus terminologiya va rasmiy uslubda yozilgan bo‘lib, ularni tushunish uchun tilni chuqur bilish zarur. Masalan, xalqaro konvensiyalar, shartnomalar va sud qarorlarini o‘qishda matn mazmunini noto‘g‘ri talqin qilish ehtimoli mavjud. Shu sababli, huquqshunos talabalar o‘qish ko‘nikmalarini takomillashtirish orqali hujjatlarni to‘g‘ri tahlil qilish va ularning asosiy mazmunini anglash imkoniyatiga ega bo‘ladilar (Sattarov, 2005).
Ingliz tilida yozish esa huquqshunos-talabaga xalqaro darajada o‘z huquqiy fikrlarini aniq va mantiqiy tarzda ifodalash imkonini beradi. Masalan, xalqaro shartnomalar yoki huquqiy xulosalarni tayyorlashda yozma nutqning lo‘ndaligi va aniqligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ingliz tilida yozish ko‘nikmalari bilan huquqshunos talaba o‘z mijozlari uchun sifatli hujjatlar tayyorlashi, sud jarayonlari uchun zarur materiallarni yozma ravishda taqdim etishi yoki xalqaro hamkorlarga o‘z nuqtai nazarini ravon yetkazishi mumkin (Legg et al., 2014).
Og‘zaki nutq ko‘nikmalari esa zamonaviy huquqiy faoliyatda huquqshunosning muvaffaqiyati uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, talabaning huquqiy bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatlarini oshiradi (Hewings, 2005).
O‘qish va yozish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun amaliy mashg‘ulotlar va maxsus darslarning ahamiyati katta. Huquqshunos talabalar ingliz tilida yozilgan huquqiy matnlarni o‘qish va ularni tahlil qilish bo‘yicha muntazam mashq qilishlari kerak. Bunday mashg‘ulotlar davomida ularning so‘z boyligi kengayadi, terminologiya bo‘yicha bilimlari chuqurlashadi va o‘qilgan matn mazmunini tez va to‘g‘ri anglash qobiliyati rivojlanadi. Shu bilan birga, yozish qobiliyatini takomillashtirish uchun yozma ishlar bajarish, shartnomalar loyihalarini tayyorlash va huquqiy xulosalar yozish bo‘yicha topshiriqlar bajarish muhimdir. Amaliy mashg‘ulotlar davomida huquqshunos talabalar ingliz tilida ish yuritishning barcha jihatlarini o‘rganib, ularni amalda qo‘llash tajribasini oshiradilar (Williams, 2005; Sattarov, 2005).
Huquqshunos talabalar uchun og‘zaki nutq ko‘nikmalari zamonaviy huquqiy faoliyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda huquqshunos faqatgina hujjatlar bilan ishlash yoki qonunlarni tahlil qilish bilangina chegaralanib qolmaydi, balki turli darajadagi muloqotlarda ishtirok etishi, o‘z fikrlarini aniq va ishonchli tarzda ifoda eta olishi zarur. Bu qobiliyat nafaqat huquqiy sohadagi faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil etish, balki professional rivojlanish va yuqori darajadagi obro‘-e’tiborni ta’minlash uchun ham muhimdir (Hewings, 2005). Og‘zaki nutq ko‘nikmalarining yana bir muhim jihati bu huquqshunosning prezentatsiyalar tayyorlash va ularni himoya qilish qobiliyatidir. Bugungi kunda huquqshunoslar ko‘pincha o‘z yutuqlari yoki ish natijalari haqida hisobotlar taqdim etishi, yangi qonunlar yoki huquqiy loyihalar bo‘yicha ma’lumot berishi talab qilinadi. Prezentatsiyalarni samarali tayyorlash va taqdim etish qobiliyati huquqshunosga o‘z g‘oyalari va qarashlarini keng auditoriyaga yetkazish imkonini beradi (Vicary, 2014).
Doimiy o‘rganish jarayonida motivatsiyani saqlab qolish ham juda muhimdir. Ingliz tilini o‘rganish ba’zida qiyin va charchatadigan jarayon bo‘lishi mumkin, lekin huquqshunos talabalar o‘z maqsadlarini aniq belgilab olishlari va ularga erishish yo‘lida qat’iyatli bo‘lishlari kerak. Masalan, ingliz tilini o‘rganish orqali xalqaro darajada faoliyat yuritish imkoniyatlari kengayishi, xorijiy mijozlar bilan ishlash yoki xalqaro tashkilotlarda ish topish imkoniyati yaratilishi kabi omillar motivatsiya manbai bo‘lishi mumkin (Samatova, 2021).
Huquqshunos talabalar uchun ingliz tili kurslari kelajakda ko‘plab istiqbollarni taqdim etadi. Ingliz tilini bilish, talabalarni professional rivojlanish, xalqaro huquqiy tizimlarga moslashish va o‘z bilimlarini kengaytirishga yordam beradi. Huquqshunos talabalar uchun ingliz tilini bilish bugungi kunda zaruriy talabga aylangan. Ingliz tilini mukammal o‘zlashtirish orqali huquqshunos talabalar nafaqat xalqaro darajadagi hujjatlarni o‘qib tushunish va tahlil qilish, balki xalqaro muloqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar (Hewings, 2005; Dummet & Hird, 2019).
Shu bilan birga, amaliy mashg‘ulotlar orqali tilni o‘zlashtirish jarayonini yanada samarali qilish, professional ko‘nikmalarni rivojlantirish va xalqaro huquqiy maydonda muvaffaqiyat qozonish mumkin. Ingliz tilini bilish nafaqat huquqshunosning professional rivojlanishi, balki uning xalqaro maydondagi obro‘si uchun ham muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, huquqshunos talabalar o‘zlarining til o‘rganish jarayoniga katta e’tibor qaratishlari va amaliy mashg‘ulotlarga faol ishtirok etishlari lozim (Sattarov, 2005; Legg et al., 2014).
Библиографические ссылки
Илиаде Ю.А. Английский язык для юристов: - М.: Проспект, 2006.
English for law students (International Law Specialty): Е.В.Каминская, Н.В.Лазовская. – Саратов,2002.
Parliamentary Elections in Britain. Foreign and Commonwealth Office. - London, 1996.
Eссинa И.Ю., Aбpaмовa Н.В. Инновaционнaя стpaтeгия изучeния юpидичeского aнглийского языкa // Eвpопeйский жуpнaл eстeствeнной истоpии. 2013. № 5. С. 38–39.
Paul Dummet & Jon Hird, Oxford EAP .A course in English for Academic Purposes, . Oxford University Press, 2019.
Michael McCarthy, Felicity O‘Dell. Academic Vocabulary in use. Cambridge University Press, 2008.
Martin Hewings. Academic Grammar in Use. Second edition. Cambridge University Press, 2005.
Katherine S.Williams. Textbook on criminology. Sixth edition. Oxford University Press, 2005.
Т.Sattarov, English for Law students, Tashkent, 2005.
Miranda Legg, Kevin Pat, Steve Roberts, Rebacca Welland, Letty Chan. Academic English. Skills for Success. Hong Kong University Press, 2014.
Anne Vicary. English for Academic Study Grammar for Writing. Garnet Publishing, 2014.
B.Samatova, “Нофилологик йўналиш талабаларининг хорижий тилларни ўзлаштириш мотивацияси” (юриспруденция йўналиши талабалари мотивацияси мисолида) TSUL- 2021
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2024 Сарвара Акобирова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
