B1 darajadagi talabalarga o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda online resurslardan foydalanish

Авторы

  • Кокандский государственный педагогический институт
B1 darajadagi talabalarga o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda online resurslardan foydalanish

Аннотация

Mazkur tezisda B1 darajadagi talabalarning o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun onlayn resurslardan foydalanish samaradorligini chuqur tadqiq qilishni o‘z ichiga oladi.  Onlayn resurslarning asosiy xususiyatlarini aniqlash, ularni an’anaviy o‘qitish usullari bilan taqqoslash, mavjud muammolar va imkoniyatlarni ko‘rib chiqish hamda onlayn resurslarni aralash o‘qitish usuliga integratsiya qilishni o‘rganishni maqsad qilgan.

Ключевые слова:

AKT online resurs o‘qib tushunish Integratsiya

Kirish. Darsning asosiy elementlaridan biri o‘quv dasturida nazarda tutilgan savollarni o‘z ichiga olgan materialni tushuntirishdir. Materialni tushuntirish darslariga qo‘yiladigan asosiy talab bu ongli ravishda darajani o‘zlashtirishdir. Bunga erishish va o‘quvchilarga chet tilini o‘rganishda keyingi bosqichga o‘tishda yordam berish uchun, atamalar va tushunchalarni sinchiklab tushuntirish zarur. Ushbu ish ingliz tilini o‘qitish jarayonida o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rganish strategiyalaridan foydalanishga bag‘ishlangan. Bugungi kunda til o‘rgatishning maqsadi nafaqat kasbiy matnlarni o‘qish va tushunish, balki tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, syujet va g‘oyalarni anglash qobiliyatini shakllantirishdan iborat. To‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rganish strategiyalari yozish, o‘qish, tinglash va gapirish kabi ko‘nikmalarni yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam beradi.

   Hozirgi kunda ta’lim jarayonida texnologiyalardan foydalanish juda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, B1 darajadagi talabalarning o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishda online resurslar katta yordam beradi ammo o‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) joriy etishda bir qator muammolar yuzaga kelishi mumkin[1]:

  1. Texnik infratuzilmaning yetarli emasligi
    Ba’zi ta’lim muassasalari zamonaviy kompyuterlar, internetga ulanish va boshqa zarur texnik vositalar bilan to‘liq jihozlanmagan. Bu holat AKTni ta’lim jarayoniga joriy etishni qiyinlashtiradi. Ayniqsa, qishloq hududlaridagi ta’lim muassasalarida bu muammo keskin seziladi.
  2. O‘qituvchilarning AKT bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarining yetarli emasligi
    AKTni samarali qo‘llash uchun o‘qituvchilar malakasini oshirish zarur. Ba’zi o‘qituvchilarning texnologiyalar bilan ishlash tajribasi cheklangan bo‘lishi mumkin, bu esa ularning AKTni dars jarayonida faol qo‘llash imkoniyatlarini kamaytiradi.
  3. Dasturiy ta’minot va o‘quv resurslarining yetishmasligi
    AKT yordamida dars o‘tishda maxsus dasturlar va elektron o‘quv materiallariga ehtiyoj katta. Lekin ba’zi hollarda, ayniqsa mahalliy ta’lim tizimlarida, zaruriy dasturiy ta’minot va o‘quv materiallari yetishmaydi yoki ular sifat jihatidan zamonaviy talablarni qondirmaydi[2].
  4. Ta’lim sifatiga ta’siri bo‘yicha muommolar
    Ba’zi o‘qituvchilar va mutaxassislar AKTning haddan tashqari ko‘p qo‘llanilishi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotirda. Masalan, interaktiv dasturlar o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi jonli muloqotni kamaytirishi mumkin, bu esa o‘quvchilarning bilimlarni chuqur o‘zlashtirishiga ta’sir qilishi mumkin.
  5. AKTga moslashtirilgan o‘quv dasturlarining yetishmasligi
    Ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi bilan birga, o‘quv dasturlari ham zamonaviy talablarga mos ravishda qayta ishlanishi kerak. Ba’zi hollarda, mavjud o‘quv dasturlari AKT imkoniyatlarini hisobga olmasdan tuzilgan bo‘lishi mumkin, bu esa dars jarayoniga texnologiyalarni samarali joriy etishni qiyinlashtiradi.
  6. Muommolarning mavjudligiga qaramasdan bir qancha afzalliklari ham borligi va ularni ham bir ko‘rib chiqish kerakligini unutmaslik kerak.
  7. Turli xil materiallar: Online resurslar talabalarga turli xil o‘quv materiallariga kirish imkonini beradi. Masalan, veb-saytlar, elektron kitoblar, maqolalar va video darslar orqali talabalar o‘z qiziqishlariga mos keladigan mavzularni tanlashlari mumkin. Bu, o‘z navbatida, o‘qish jarayonini qiziqarli va samarali qiladi.
  8. Interaktivlik: Ko‘plab online platformalar interaktiv o‘qitish usullarini taklif etadi. Bu, masalan, onlayn testlar, viktorinalar yoki o‘yinlar orqali amalga oshiriladi. Interaktiv usullar talabalarni faol ishtirok etishga undaydi va o‘qish jarayonini yanada qiziqarli qiladi.
  9. Oson kirish imkoniyati: Online resurslarga kirish juda qulay. Talabalar istalgan vaqtda va joyda o‘qishlari mumkin. Bu esa ularning o‘z vaqtlarini rejalashtirishiga yordam beradi va o‘qishni yanada qulaylashtiradi.
  10. Tilni rivojlantirish uchun qo‘shimcha manbalar: Online resurslar yordamida talabalar o‘z tillarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha manbalarni topishlari mumkin. Misol uchun, ingliz tilida podcastlar, bloglar yoki video darslar orqali tilni yanada chuqurroq o‘rganish imkoniyati mavjud.
  11. Tahlil va fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish: Online resurslardan foydalanish talabalarni o‘qilgan materialni tahlil qilishga va fikr bildirishga undaydi. Ular o‘z fikrlarini yozma ravishda ifodalashlari yoki forumlarda muhokama qilishlari mumkin. Bu esa ularning mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi[3].

 Xulosa. B1 darajadagi talabalarning o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishda online resurslardan foydalanish juda samarali usuldir. Turli xil materiallar, interaktivlik, qulay kirish imkoniyati va qo‘shimcha manbalar orqali talabalar o‘z bilimlarini kengaytirishi va rivojlantirishi mumkin. Shuning uchun, o‘qituvchilar va talabalar online resurslardan to‘g‘ri foydalanishga e’tibor berishlari zarur.

 

[1] Bankova, T. B., & Kalitkina, G. V. (2000). Lexicographic description of the ritual word. To the problem statement. In T. A. Demeshkina (Ed.), Actual problems of Russian language studies: Collection of articles (pp. 128-144). Tomsk. (In Russian).

[2] Jonassen, D.H. (1999) Educational Technology Conference and Exhibition, Oxford University Press.

[3] Scott, W.A. va Ytreberg, L.H. (2000). “Teaching English to children”, New York: Longman

Библиографические ссылки

Bankova, T. B., & Kalitkina, G. V. (2000). Lexicographic description of the ritual word. To the problem statement. In T. A. Demeshkina (Ed.), Actual problems of Russian language studies: Collection of articles (pp. 128-144). Tomsk. (In Russian).

Jonassen, D.H. (1999) Educational Technology Conference and Exhibition, Oxford University Press.

Scott, W.A. va Ytreberg, L.H. (2000). “Teaching English to children”, New York: Longman

Rodrieguez, R.J. va White, R.N. (2003). “From role play to the real world”, Oxford University Press.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Мадина Хасанова ,
Кокандский государственный педагогический институт

O‘qituvchi

Как цитировать

Хасанова , М. (2024). B1 darajadagi talabalarga o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda online resurslardan foydalanish. Лингвоспектр, 2(2), 147–148. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/235

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.