Методика использования литературных произведений в обучении английскому языку

Авторы

  • Самаркандский государственный институт иностранных языков
  • Самаркандский государственный институт иностранных языков
Методика использования литературных произведений в обучении английскому языку

Аннотация

Целью данной статьи является анализ роли и эффективности литературных произведений в процессе изучения английского языка. Помимо традиционных методов обучения английскому языку, таких как упражнения по грамматике и лексике, рассматриваются преимущества и недостатки изучения языка с помощью литературных произведений. В статье исследуется, как литературные произведения могут помочь развить навыки аудирования, чтения и письма при изучении языка, а также их роль в ознакомлении учащихся с культурным и социальным контекстом.

Ключевые слова:

литературное произведение метод письмо чтение слушание говорение игра стихотворение роман рассказ

Ingliz tili o‘qitish metodikasi so‘nggi yillarda sezilarli o‘zgarishlarga uchradi. Avvalgi metodlar, masalan, grammatik-tarjima metodi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri metod, asosan tilni strukturaviy va gramatik jihatdan o‘rganishga qaratilgan edi. Biroq hozirgi zamon pedagogikasida til o‘rgatishning interaktiv, kommunikativ va talabalarning amaliy nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlari ommalashgan. Masalan, kommunikativ yondashuv (Communicative Language Teaching, CLT) va talabaga yo‘naltirilgan metodlar hozirgi zamonning asosiy metodik trendlari hisoblanadi. Bu yondashuvda o‘quvchilar tilni faqat grammatika va lug‘atni o‘rganish uchun emas, balki uni real hayotdagi vaziyatlarda, ya'ni muloqotda ishlatish uchun o‘rganadilar. O‘qitish jarayoni amaliy faoliyatlarga asoslanadi, o‘quvchilarga turli muloqot vaziyatlari, rol o‘yinlari, guruhli ishlar, munozaralar orqali ingliz tilida fikr almashish imkoniyati beriladi. Bir nechta mashhur olimlar ingliz tili o‘qitish metodikasiga doir o‘z fikrlarini bildirgan va turli yondashuvlarni ishlab chiqqan. Jumladan, J.C. Richards Communicative Language Teaching, CLT metodining hozirgi kunda rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. U, tilni o‘rganishning asosiy maqsadi uning kommunikativ imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘lishi kerakligini ta'kidladi (J.C.Richards, 2000). Uning fikricha, tilni o‘rganishda amaliy muloqotga, ya'ni o‘quvchilarga real hayotdagi kommunikativ vaziyatlarda tilni ishlatishga katta ahamiyat berilishi lozim. Richardning fikricha, tilni o‘rgatishda tilni faqat grammatik qoidalar orqali emas, balki muloqot vositasi sifatida o‘rgatish kerak.

Shunday ekan, hozirgi kunda ingliz tilini turli xil metodikalar orqali o‘rgatish dolzarb masala hisoblanib, mazkur bobda ingliz tilini o‘rgatishda adabiy asarlardan  foydalanish metodikasi va ularning afzalliklari haqida izohlar keltirilib o‘tiladi. Shu qatorda D.Qurbonovning metod haqidagi fikrini aytib o‘tishni joiz deb bildik:  Metod va uslub kesishgan nuqtada adabiy yo‘nalish vujudga keladi (Qurbonov, 2007).

Ingliz tilini o‘rgatishda adabiy asarlardan foydalanish, o‘quvchilarga nafaqat tilni o‘rganishda yordam beradi, balki ularning madaniyat va kommunikativ qobiliyatlarini ham rivojlantiradi. Adabiyot, til o‘rganish jarayonini qiziqarli va samarali qilishda muhim vosita sifatida foydalanilishi mumkin. Ushbu bobda ingliz tilini o‘rgatishda adabiy asarlarni qo‘llashning turli usullari va metodlari haqida so‘z yuritiladi.

Ingliz tilini o‘qitishda adabiy asarlardan foydalanish metodikasi tilni o‘rganish jarayonida badiiy va adabiy materiallar, masalan, hikoyalar, romanlar, she'rlar, pyesalar va boshqa badiiy asarlardan foydalanishning ilmiy asoslangan usulidir. Adabiy asarlar, nafaqat tilni o‘rganishning samaradorligini oshirish, balki o‘quvchilarga yangi til muhitini tushunish, madaniyatni o‘zlashtirish va tilni jonli, amaliy ravishda ishlatish imkoniyatini yaratadi (Nazarova, 2020).

Ingliz tilini o‘qitishda adabiy asarlardan foydalanishning asosiy tamoyillari quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi:

Tilni kontekstda o‘rganish. Adabiy asarlar o‘quvchiga tilni nafaqat grammatika va lug‘atni o‘rganish, balki uni real hayotdagi kontekstlarda qanday ishlatilishini ko‘rsatadi. Masalan, adabiy asarlarda o‘quvchilar aniq va jonli nutqni, so‘z boyligini, idiomatik ifodalarni o‘rganadilar.

Madaniyatni o‘rganish. Har bir adabiy asar o‘z davrining ijtimoiy va madaniy muhitini aks ettiradi. Adabiy materiallar orqali o‘quvchilar ingliz tilining madaniy o‘ziga xosliklarini, an'analari va qadriyatlarini o‘rganishlari mumkin. Bu til o‘rganishning ko‘proq global va madaniy yo‘nalishini rivojlantiradi.

Fikr va emotsiyalarni ifodalash. Adabiy asarlar til o‘rganuvchiga til orqali fikr va his-tuyg‘ularni ifodalash imkonini beradi. Masalan, she’rlar yoki hikoyalar yordamida o‘quvchilar o‘z emotsiyalarini, tuyg‘ularini ifodalashda qanday usullarni qo‘llashni o‘rganadilar.

Adabiy materiallar yordamida talabalar qiziqishini oshirish. Adabiy asarlarni o‘rganish orqali o‘quvchilarda ingliz tiliga nisbatan qiziqish va motivatsiya yuzaga keladi. O‘quvchilar o‘zlari qiziqadigan badiiy asarlarni o‘qish orqali tilni o‘rganish jarayonidan zavq olishlari mumkin.

Sinov va ifodalash qobiliyatlarini rivojlantirish. Adabiy asarlarning tilida ma'nolarni qidirish, matnni tahlil qilish va o‘z fikrlarini aniq bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu esa o‘quvchilarda tilning semantik va pragmatik tomonlarini tushunishni ta'minlaydi.

Adabiy asarlarni ingliz tilini o‘qitishda qo‘llashning afzalliklari   ingliz tilini o‘rganishning samaradorligini oshirish, o‘quvchilarni tilga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va madaniy bilimlarni oshirishga yordam beradi. Adabiy asarlarni o‘qish nafaqat til ko‘nikmalarini rivojlantirish, balki o‘quvchilarga tilni real kontekstda ishlatish imkoniyatini ham yaratadi. Quyida adabiy asarlardan ingliz tilini o‘qitishda foydalanishning bir nechta afzalliklari keltirilgan:

Lug‘at boyligini oshirish. Adabiy asarlar, ayniqsa, hikoyalar, romanlar va she'rlar, o‘quvchilarga yangi so‘zlar, iboralar va frazeologizmlar o‘rganish imkoniyatini yaratadi. Badiiy asarlar orqali o‘quvchilar kengaytirilgan so‘z boyligi va tilning boy rang-barangligini o‘zlashtiradilar. Masalan, ingliz tilidagi mashhur adabiy asarlar, so‘zlashuv va yozishuvda keng qo‘llaniladigan ifodalarni o‘rgatadi.

Talaffuz va intonatsiyani rivojlantirish. Badiiy asarlarda so‘zlarning talaffuzi, intonatsiyasi va urg‘u tushirish jihatlari ko‘p holatda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘quvchilar she’rlar yoki teatr asarlari orqali talaffuzni to‘g‘ri va ma'no yuzasidan qanday ishlatishni o‘rganadilar. Masalan, Shakespeare pyesalari va boshqa ingliz tilidagi badiiy asarlar talaffuz va intonatsiya haqida qimmatli ma'lumotlar beradi.

Fikrni tushunish va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish. Adabiy asarlar matnini tahlil qilish o‘quvchilarga nafaqat tilni, balki o‘quv materialidagi ma'no va subyektiv fikrlarni ham tushunishga yordam beradi. Bu, o‘z navbatida, o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga, mantiqiy va noaniq ma'nolarni aniqlashga undaydi. Masalan, ingliz tilidagi hikoyalarda simvollarni va ularning ma'nolarini tushunish orqali o‘quvchilar chuqurroq fikrlashni o‘rganadilar.

Yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirish. Adabiy asarlar tilni o‘rganishda yozuv ko‘nikmalarini oshirish uchun samarali vositadir. O‘quvchilar badiiy asarlar orqali yozuv shakllarini va stilistik ifodalarni o‘rganadilar. Masalan, hikoya yozish yoki pyesa yozish, o‘quvchilarga o‘z fikrlarini aniq va izchil ifodalashni o‘rgatadi.

 Emotsional rivojlanish. Badiiy asarlar yordamida o‘quvchilar nafaqat tilni, balki o‘zlarining emotsional rivojlanishini ham boshqaradilar. Adabiy asarlarda o‘quvchilar turli xarakterlar va ularning ruhiy holatlari orqali emotsiyalarni ifodalashni o‘rganadilar. Bu, ayniqsa, ingliz tilini o‘rganayotgan o‘quvchilarga tilning barcha boyliklarini tushunishga yordam beradi.

Adabiy asarlardan foydalanishning usullari tilni o‘rganishda samarali metodlarni yaratadi. Birinchi usul  matnli tahlil bo‘lib, bunda o‘quvchilar badiiy asarni o‘qib, matnning ma'nosini tushunish va tahlil qilishadi. Bu orqali ular yangi so‘zlar va iboralarni o‘rganadilar. Ikkinchi usul  dialog va rolli o‘yinlar, unda o‘quvchilar adabiy asarlardan olingan qismlarni ijro etadilar, bu esa talaffuz va intonatsiyani yaxshilashga yordam beradi. Lug‘atni kengaytirish usulida, o‘quvchilar matnda uchragan yangi so‘zlarni o‘rganib, ularni kontekstda ishlatishga harakat qilishadi (Nuan, 2003). Badiiy asarni muhokama qilish esa o‘quvchilarga matnning chuqur ma'nosini tushunish va fikrlarini ifodalash imkoniyatini beradi. Bu usullar, tilni o‘rganishning nafaqat samarali, balki qiziqarli va ijodiy bo‘lishini ta'minlaydi. Ularning har biri haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:

Matnli tahlil usuli. O‘quvchilar adabiy asarni o‘qib, matnni tahlil qilishlari kerak. Tahlil qilish orqali ularning tilga oid bilimlari, ma'no aniqligi va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari rivojlanadi. Bundan tashqari, tahlil jarayonida o‘zbek tili bilan taqqoslagan holda stilistik qurilmalarning farqi, ularning qo‘llanilishi haqida ham bilimga ega bo‘ladilar. Matndagi asosiy fikrlarni va uni ifodalovchi so‘zlarni aniqlash orqali so‘zlarning kontekstdagi ko‘chma ma’nolarini ham o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 Dialog va rolli o‘yinlar. Adabiy asarlar orqali o‘quvchilar turli rollarni o‘ynashlari va rollarni ijro qilish orqali lug‘at boyligini oshirish, hamda o‘sha asardagi hissiyotlarni idrok etishlari  mumkin. Masalan, pyesalardan yoki hikoyalardan qismlar olingan bo‘lib, o‘quvchilar ularni sahnada ijro etishlari mumkin. Bu metod, nafaqat tilni o‘rganish, balki o‘quvchilarning o‘zlarini ifodalashda yangi imkoniyatlar yaratadi. Rolli o‘yinlar sust o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni ham darsga qiziqtirish imkonini beradi.

Lug‘atni kengaytirish. Adabiy asarlardan foydalanib, o‘quvchilar yangi so‘zlarni o‘rganadilar. O‘qituvchi har bir yangi so‘z yoki iboraning ma'nosini izohlab beradi va o‘quvchilarni ularni kontekstda qanday ma’noda kelayotganligi aniqlab, kunlik muloqotda ishlatishg undaydi. Bu usul so‘z boyligini va nutqning aniq bo‘lishini ta'minlaydi. Shu bilan bir qatorda, ba’zi bir so‘zlarning kontekstda ko‘chma ma’noda kelib, leksik ma’nosini yo‘qotganligini ko‘rish va ularni qanday holatlarda ko‘chma ma’noda qo‘llash mumkinligini o‘rganib olishga yordam beradi.

Adabiy asarlarni tahlil qilish va muhokama qilish. O‘quvchilar biror badiiy asarni o‘qib, uning muhim jihatlarini muhokama qilishadi. Bu jarayon o‘quvchilarda tilni o‘zlashtirish bilan birga, ularni tilning madaniy va ijtimoiy jihatlarini ham tushunishga yordam beradi. Bundan tashqari, asar tahlil qilish barobarida o‘sha til madaniyati va turmush tarzi haqida ham ma’lumotlarga ega bo‘lishadi.

Ingliz tilini o‘rgatishda adabiy asarlardan foydalanish, tilni o‘rganish jarayonini nafaqat qiziqarli, balki samarali va interaktiv qiladi. Bu metod, o‘quvchilarning tilga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularga nafaqat bilim, balki estetik zavq ham beradi, hamda ularni ko‘proq kitob o‘qishga undaydi.  Shu bilan birga, ularga nafaqat yangi bir tilni o‘rganish emas, balki o‘sha til madaniyati, an’analari va qadriyatlari haqida bir qancha tushunchlarga ega bo‘lish imkonini ham beradi. Bu imkoniyatlar esa ularning kelajakda o‘z yo‘llarini topishga yordam beradi.

Библиографические ссылки

Nazarova R.T. (2020). Ingliz tilini o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish. Zamonaviy ilm-fan va ta’lim istiqbollari, 7-10.

Nunan D. (2003). Practical English Language Teaching. – U.K.: Univ.press, 234.

Qurbonov D. (2007). Adabiyotshunoslikka kirish. – T.: Xalq merosi nashriyoti, 211.

Richards J.C. (2000). Communicative Language Teaching Today. – U.K.: Cambridge Univ. press, 207.

Опубликован

Загрузки

Биографии авторов

Фарида Хамроева,
Самаркандский государственный институт иностранных языков

Старший преподаватель

Нодира Хамроева,
Самаркандский государственный институт иностранных языков

Студентка

Как цитировать

Хамроева, Ф., & Хамроева, Н. (2025). Методика использования литературных произведений в обучении английскому языку. Лингвоспектр, 4(1), 95–98. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/274

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.