Практическое применение задачного обучения (TBLT) для решения проблем в обучении устной речи

Аннотация
Данная статья посвящена теме "Применение на практике обучения языку на основе задания (task based language teaching) для устранения проблем, возникающих при обучении устной речи," в ней проанализированы сущность, цели и задачи, а также особенности метода “TBLT” современные теоретические взгляды и мнения ряда ученых, проводивших исследования в этой области, изучен опыт применения метода TBLT в устранении проблем, возникающих при обучении устной речи в отечественной и зарубежной методике. Вместе с тем, методы TBLT и их достоинства и недостатки, а также отличительные особенности от других методов, особенности их использования освещены на примерах. Также проанализированы и сравнительно изучены преимущества практического применения TBLT в поэтапном устранении проблем, возникающих при обучении устной речи.
Ключевые слова:
устная речь метод упражнения и задания цель интеграция проблема научные исследования диалог.Kirish. Zamonaviy ingliz tili o‘qitish metodikasining asosiy talablaridan birio‘rganuvchilarning haqiqiy hayotdagi og‘zaki muloqoti va faoliyatini ta’minlash maqsadida ingliz tilida so‘zlashuv muhitini yaratishdir. Shu sababli chet tili o‘qituvchilari o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirib, dars jarayonida yodlash emas, balki kommunikativ muloqot o‘rnata olish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan yangi pedtexnologiyalar va metodlardan foydalanishlari zamon talabiga aylanmoqda.
Og‘zaki nutqni o‘rgatishda uchraydigan muammolarni bartaraf etish chet tili o‘qitish jarayonining qiyin va muhim qismidir. Bu murakkab jarayonni samarali va bosqichma-bosqich halqilishdaTBLT metodini qo‘llash eng mahsuldor usullardan biridir.
Maqola maqsadi Og‘zaki nutqni o‘rgatishda uchraydigan muammolarni bartaraf etish uchun vazifa asosida til o‘rgatishni (Task based language teaching) amalda qo‘llash.
Og‘zaki nutqni o‘rgatishda uchraydigan muammolarni bartaraf etish uchun vazifa asosida til o‘rgatishni (Task based language teaching) amalda qo‘llashdan oldin quyidagi vazifalarni hal qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
- og‘zaki nutqni o‘rgatishda uchraydigan muammolar va ularning klassifikatsiyasi.
- og‘zaki nutqni o‘rgatishda TBLT ning ahamiyatini o‘rganish;
- og‘zaki nutqni o‘rgatishda uchraydigan muammolarni bartaraf etishda qo‘llanadigan TBLT ga oid mashq va o‘yinlar klassifikatsiyasi;
- og‘zaki nutqni o‘rgatishda uchraydigan muammolarni TBLT yordamida bartaraf etish usullari;
Chet tili o‘qitish metodikasida nutq faoliyatining eng murakkab, shu bilan birga, muhim turlaridan biri og‘zaki nutqdir. “Gapirish muloqotning og‘zaki shakli bo‘lib, uning yordamida til vositalari bilan amalga oshiriladigan ma’lumot almashinuvi sodir bo‘ladi, aloqa va o‘zaro tushunish o‘rnatiladi, suhbatdoshga so‘zlovchining kommunikativ maqsadiga muvofiq ta’sir ko‘rsatiladi” (Donika, 2019). Nutqning o‘ziga xos xususiyatlari orasida spontanlik, vaziyatlilik, hissiy bo‘yoqdorlik, kabilarni ajratib ko‘rsatish mumkin vabu xususiyatlarchet tilini o‘qitish jarayonida og‘zaki nutqni o‘rgatishda turli xil xarakterdagi ko‘plab qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin.
Tadqiqot vazifalariog‘zaki nutqni o‘rgatishda uchraydigan muammolarning turi va murakkabligidan kelib chiqib TBLT metodidan to‘g‘ri foydalanish.
Qiyinchiliklarning xilma-xilligi shuni ko‘rsatadiki, ular turli omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ya’ni turli mezonlarga ko‘ra turlicha klassifikatsiyalanishi mumkin. Chunonchi, gapirishga o‘rgatishdagi qiyinchiliklarni subyektiv, ya’ni o‘quvchining o‘ziga taalluqli bo‘lgan qiyinchiliklarga va tashqi sharoitlarga bog‘liq bo‘lgan obyektiv qiyinchiliklarga bo‘lish mumkin. Subyektiv qiyinchiliklar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- o‘rganuvchining psixologik va emotsional holati;
- u ega bo‘lgan lingvistik, madaniyatshunoslik, mamlakatshunoslik va boshqa bilimlar hajmining yetarli emasligida.
Subyektiv qiyinchiliklar har qanday sharoitda, o‘qitishning tashqi muhiti sharoitlaridan qat’iy nazar, yuzaga kelishi mumkin. Bunday turdagi muammolarni bartaraf etish o‘qituvchi oldida alohida qiyinchiliklar tug‘diradi, chunki o‘qituvchi turli sohalarda: ijtimoiy, yoshga doir, pedagogik psixologiya, chet tilini o‘qitish metodikasi, bevosita o‘qitilayotgan tilni har tomonlama bilish bo‘yicha keng ko‘lamli bilimlarni to‘liq egallashi kerak. Bundan tashqari, bunday xarakterdagi muammolarni hal qilish o‘qituvchining guruh bilan va alohida talaba bilan yaqin aloqada bo‘lishini, talabaning o‘quv jarayoni haqidagi kechinmalaridan xabardor bo‘lishini nazarda tutadi.
Obyektiv qiyinchiliklar esa, aksincha, tashqi, o‘rganuvchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarni aks ettiradi. Bunga quyidagilarni kiritish mumkin:
- auditoriyaning yetarli darajada moddiy-texnik ta’minlanmaganligi;
- guruhda talaba soni ko‘pligi;
- pedagogning malakasizligi;
- og‘zaki nutqni o‘rgatishga ajratilganvaqtining yetishmasligi;
- o‘quv-uslubiy majmuaning og‘zaki nutqni o‘rgatish maqsad va vazifalariga mos kelmasligi.
Bunday turdagi qiyinchiliklar guruhining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularning ba’zilarini hal qilish ko‘pincha pedagogga bog‘liq emas.Pedagog bu vaziyatda mavjud sharoitga moslashishi va o‘z pedagogik mahorati yordamida o‘quv jarayonidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishi kerak bo‘ladi.
Shu o‘rinda og‘zaki nutgni o‘rgatishda til tuzilishi bilan bog‘liq lingvistik va ekstralingvistik qiyinchiliklarni ham aytib o‘tish kerak. Lingvistik muammolar muayyan tilning tuzilishi, fonetik, grammatik, sintaktik va boshqa me’yorlarini tushunish va o‘zlashtirish bilan bog‘liq muammolar bilan bog‘liq.
Ekstralingvistik qiyinchiliklarga esa quyidagilarni kiritish mumkin:
- chet tilida gapirishdan uyalish (bu dastlabki bosqichda so‘z boyliginingyetishmasligi va boshqalar tomonidan tushunilmaslikdan qo‘rqish tufayli yuzaga keladi);
-muhokama qilinayotgan mavzu bo‘yicha ma’lumotning yo‘qligi yoki yetishmasligi (ba’zi holatlarda berilgan mavzu bo‘yicha hatto o‘z ona tilida ham ma’lumotga ega emasligi tufayli nima deyishni bilmaslik holati yuzaga keladi);
- nutq vazifasini tushunmaslik;
- mavzu bo‘yicha muloqotni amalga oshirishga motivatsiyaning yo‘qligi. Motivatsiya umuman o‘qitish jarayonida belgilovchi element bo‘lib, bu ayniqsa og‘zaki nutq faoliyatida yaqqol namoyon bo‘ladi.
- talaba shaxsi bilan bog‘liq qiyinchiliklar (xarakter, temperament xususiyatlari va h.k.);
- xato qilishdan qo‘rqish;
Lingvistik qiyinchiliklar orasida quyidagilarni uchratish mumkin:
- til va nutq vositalarining yetishmasligi. Har qanday tilning leksik qatlamini "qurilish materiali" deb ataydigan bo‘lsak, uning yordamida fikr tuzilishi amalga oshiriladi. Bunda talaba o‘zining ham faol va ham passiv so‘z boyligi hajmini hisobga olishi kerak, bu unga nafaqat o‘z jumlalarini yaratish imkoniyatini, balki suhbatdoshining nutqini tushunishni ham ta’minlaydi. Biroq, so‘zlar yakka holda to‘liq ma’noni shakllantirmaydi, balki faqat tilning boshqa darajalari bilan ajralmas birlikda muloqot aktini tashkil qiladi. Bundan og‘zaki nutqni amalga oshirishda quyidagi muammolar kelib chiqadi:
- fonetika, leksika, grammatikani bilmaslik.
Tilning mazkur bo‘limlari asosan turli tipdagi mashqlar majmualari orqali o‘rganilib, talaba ongida tayyor fonetik, leksik, grammatik va boshqa namunalarni shakllantiriladi, ular keyinchalik muloqot jarayonida qo‘llaniladi. Shuning uchun ham, og‘zaki nutqni o‘rgatishga doir mashqlar, odatda, mashqlar tizimini yakunlaydi, shunda o‘quvchi olingan ma’lumotlarni amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Pedagogning topshiriqlar ketma-ketligini buzishi ko‘pincha til me’yorlarini tushunmaslikka yoki to‘liq o‘zlashtirmaslikka olib keladi.
- Tillararo va til ichidagi interferensiya
Ushbu hodisa alohida qiyinchilik tug‘diradi, bu ona tili va o‘rganilayotgan til yoki bir nechta o‘rganilayotgan xorijiy tillarning og‘zaki nutq jarayonida til hodisalarini ongli ravishda yoki avtomatik ravishda almashtirishda namoyon bo‘ladi.
- Ona tilidan foydalanish.
Yuqorida sanab o‘tilgan muammolardan tashqari pedagog og‘zaki nutqni o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarning yosh, psixologik va boshqa xususiyatlari bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan ko‘plab boshqakutilmagan qiyinchiliklarga ham duch kelishi mumkin. Aynan shuning uchun pedagog universal qiyinchiliklardan tashqari, o‘zi o‘qitayotgan muayyan tilga xos bo‘lgan muammoli vaziyatlarni ham hisobga olishi kerak. Shunday qilib, o‘qituvchining vazifasi chet tilidagi og‘zaki nutqni o‘rgatishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, shuningdek, mavjud muammolarni hal qilish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat. Aniq tasniflarning mavjudligi pedagogga yuzaga kelgan u yoki bu qiyinchilikning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqroq belgilashga va uni bartaraf etish bo‘yicha o‘quv harakatlari tizimini qisqa vaqt ichida aniqlashga yordam beradi.
Tadqiqot metodologiyasi. Talabalarga og‘zaki nutqni o‘rgatishda uchraydigan muammolarni bartaraf etishda yaxshi samara beradigan, ulardamuloqotga kirishishga motivatsiya o‘yg‘otadigan usullardan biri bu vazifa asosida til o‘rgatish (Task Based Language Teaching) bo‘lib, u darsda vazifalarni ketma-ket bajarish metodidir. Bu usul nafaqat grammatika va lug‘at bo‘yicha savollarga javob berishni, balki tildan haqiqiy hayotiy vaziyatlarda foydalanishni nazarda tutadi. U talabalarga muloqotga kirishish, qo‘yilgan vazifalarni yechish bo‘yicha hamkorlikda ishlashda ishtirok etish imkonini beradi. Talabalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmalar olish o‘rniga, amaliy topshiriqlar orqali o‘qitish tilining tuzilishi va ishlatilishi haqida bilim oladilar. Bunady turdagi vazifalar yordamida talabalar muloqotga tabiiy kirishish va tilni intuitiv tushunishga erishadi. Bir qanch olimlarningta’kidlashicha, vazifalarga asoslangan ta’limning afzalligi shundaki, u talabalarga mavjud ko‘nikmalardan foydalanish imkonini beradi va tilni qo‘llash orqali ularni rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Bundan tashqari, talabalar diqqatini ma’lum bir maqsadga yo‘naltiradi, bunda til vosita bo‘lib xizmat qiladi va undan foydalanish zarur bo‘lib qoladi.
Adabiyotlar sharhi. N. Prabxu, M. Long, T. Piku, D. Nunana, R. Ellisa, J.Harmer, Skehan, K. Van den Branden kabi dunyoning yetuk olimlari o‘z ishlarida chet tili o‘qituvchilari chet tili bo‘yicha o‘quv rejasini ishlab chiqishda va mashg‘ulotlarni tashkil etishda TBLT metodidan aktiv foydalanishga chaqirishadi. Buning asosiy sababi, TBLT talabalarda, ayniqsa, mixed-level guruhlarda, og‘zaki muloqot ko‘nikmasini o‘rgatishda uchraydigan muammolarni bartaraf etishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni samarali bartaraf qilish borasida chet tili o‘qituvchilariga ko‘makchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
TBLT metodikasidan foydalanishning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
1) ta’lim jarayoni o‘qituvchiga emas, balki talabalarga qaratilgan;
2) til o‘qitish maqsadi sifatida emas, balki muloqot vositasi sifatida qabul qilinadi;
3) metodika tilning nazariy bilimlari va uning real qo‘llanilishi o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishga yordam beradi;
4) talabalarga fikr bildirish erkinligi beriladi, ular qat’iy nazoratga olinmaydi, barcha mavjud bilimlardan foydalana oladi;
5) chet tilini o‘qitishda kommunikativ-yo‘naltirilgan yondashuv;
6) video filmlarni tomosha qilish, o‘qish, tinglash, muammolarni hal qilish, rolli o‘yinlar, so‘rovnomalar va boshqalar kabi turli xil topshiriqlardan foydalanish;
7) topshiriqlar talabalarning individual ehtiyojlarini, ularning qiziqish va ishtiyoqlarini hisobga oladi, chet tilini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani oshiradi.
Har qanday metodikada bo‘lgani kabi TBL metodikasidan foydalanishda ham ba’zi qiyinchiliklar mavjud. Metodika, birinchi navbatda, mavjud nutq ko‘nikmalarini takomillashtirishga qaratilgan, ammo yangi iboralar va tuzilmalarni o‘rganishga qaratilmagan (Paxotina, 2016).
TBLT metodikasi bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazish pedagogdan puxta tayyorgarlikni talab qiladi. Kommunikativ topshiriqlarni tanlashda o‘qituvchi shuni yodda tutishi kerakki, uning topshiriqlari talabalarni faol munozara va muloqotga undashi, qo‘yilgan maqsadga mos kelishi kerak. O‘qituvchi qaysi til materialini qo‘llash mumkinligini diqqat bilan o‘ylab ko‘rishi kerak. Topshiriqlar zerikarli bo‘lmasligi, ta’lim oluvchilarda jonli qiziqish uyg‘ota olishi muhim.
O‘qitishninggrammatik yondashuvga asoslangan an’anaviy metodikasiga ko‘nikib qolgan talabalar uchun dastlab Task-Based Learning Teaching usulida ishlash odatiy bo‘lmasligi mumkin, ammo TBLTni grammatika va leksikaga tizimli yondashuv bilan integratsiyalash orqali talabalarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishda ajoyib natijalarga erishish mumkin.
TBLT topshiriqlari talabalarning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishga, ularning o‘z fikr va g‘oyalarini chet tilida ifodalash qobiliyatiga urg‘u berilishi bilan ajralib turadi. Metod guruhda hamkorlik qilish va tildagi muammolarni hal qilishga asoslangan bo‘lib, bu materialni yanada samarali o‘zlashtirishga va ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani oshirishga yordam beradi (Ellis, 2003).
Og‘zaki nutqni o‘rgatishdagi muammolarni bartaraf etish uchun TBLT doirasida turli xil mashqlar va o‘yinlardan foydalaniladi, ularni quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin:
- Interfaol muloqot mashqlari:
Ushbu turdagi mashqlar talabalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani rivojlantirish va til to‘sig‘i (baryer)ni bartaraf etishga qaratilgan.
Misollar:
Axborot bo‘shlig‘i (Information gap activities) – bir talaba boshqasida bo‘lmagan ma’lumotlarga ega bo‘lib, ular bo‘shliqni to‘ldirish uchun muloqot qilishlari kerak bo‘ladi. Shu jihati bilan bunday turdagi vazifalar talabalarda qiziqish o‘yg‘otadi.
Rolli o‘yinlar (Role-plays) – tilni real hayotda qo‘llashni talab qiladigan vaziyatlarni modellashtirish (masalan, restoranda ovqat buyurtma qilish).
Munozara va debatlar (Discussions & Debates) – talabalar o‘z nuqtayi nazarlarini asoslab, dolzarb mavzularni muhokama qiladilar.
- Nutq ravonligini rivojlantiruvchi o‘yinlar
Bu o‘yinlar suhbatga kirishishdan qo‘rqishni yengishga, fikrni tabiiy muhitda ifodalash ko‘nikmalarini yaxshilashga yordam beradi.
Misollar:
"20 ta savol" (Twenty Questions) o‘yini – bir talaba bir so‘zni o‘ylab topadi, qolgan talabalar esa uni topish uchun savollar beradi.
"Hikoya zanjiri" (Story Chain) – har bir ishtirokchi umumiy hikoyaga bir gap qo‘shadi va natijada bir butun hikoya kelib chiqadi.
"Tasviriy mimika" (Describe & Act) – bir ishtirokchi so‘z yoki vaziyatni imo-ishoralar bilan tushuntiradi, boshqalari esa uni toppish uchun taxminlar qilishadi.
- Xatolarni tuzatish va talaffuzni takomillashtirish mashqlari.
Bu mashqlar fonetik xatolarni bartaraf etishga va nutqning aniqligini oshirishga qaratilgan.
Misollar:
Nutqni yozib olish va tahlil qilish (Recording & Self-evaluation) – talabalar o‘z nutqlarini yozib oladilar, so‘ngra xatolarni tahlil qiladilar.
Shivirlash zanjiri (Whispering Chain) – jumlalar shivirlab zanjir bo‘ylab bir ishtirokchidan boshqasiga uzatiladi, maqsad, uzatilgan jumlaning zanjir oxoridagianiqligini tekshirish.
Maqsadli grammatik dialoglar (Targeted Grammar Dialogues) - muammoli grammatik tuzilmalarga e’tibor qaratgan holda dialoglar yaratish.
- Loyihaviy va kreativ topshiriqlar
Loyihalar o‘quvchilardan katta hajmdagi topshiriqlar ustida ishlashni talab qiladi, ularni tildan tabiiy sharoitda foydalanishga undaydi.
Misollar:
Video loyihalar yaratish (Video Projects) – talabalar ma’lum bir mavzu bo‘yicha video yozib oladilar.
Native speakerlar bilan intervyu (Interview Tasks) – faol ishtirok, diqqat bilan tinglash va javob berishni talab qiladigan haqiqiy intervyularni amalga oshirish.
Guruh ssenariylari (Script Writing & Role-plays) - ssenariylar yaratish va ularni ijro etish.
- Ishbilarmonlik va muammoli masalalar (Problem-solving & Decision-making tasks)
Bu mashqlar o‘quvchilarni ma’lum vaziyatlarda yechim topishga undaydi.
Misollar:
Vaziyatlarni modellashtirish (Scenario-based Tasks) – masalan, do‘konda chegirma haqida qanday kelishish.
Qaror qabul qilish masalalari (Decision-making tasks) – masalan, sayohat byudjetini muhokama qilish.
Mantiqiy boshqotirmalar (Logic Puzzles) – masalaning yechimini muhokama qilish va tushuntirish talab etiladi.
Ushbu mashq va o‘yinlarning barchasi og‘zaki nutqni o‘rgatishdagi muammolarni bartaraf etishga, og‘zaki nutqni rivojlantirishga, til to‘siqlarini yengishga, ravonlikni yaxshilashga yordam beradigan TBLTga oid mashqlar va o‘yinlarning ba’zi bir turlariga misollar edi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, vazifalarga asoslangan til o‘qitish (Task-Based Language Teaching, TBLT) og‘zaki nutqni o‘rgatishda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishda samarali yondashuv hisoblanadi. U real kommunikativ muammolarni hal qilishga qaratilgan bo‘lib, gapirishni o‘rganishda keng tarqalgan muammolarni bartaraf etishga yordam berishi mumkin. (Vystavelova, 2009). Shu o‘rinda, TBLT yordamida og‘zaki nutqni o‘rgatishda yuzaga keladigan asosiy muammolar va ularni bartaraf etish usullarini ko‘rib chiqamiz.
- Til amaliyotining yetishmasligi muammosi.
Usul: Faol muloqotni talab qiladigan topshiriqlardan foydalanish, masalan, rolli o‘yinlar, munozaralar, suhbatlar va muammolarni hal qilish.
Misol: Talabalarga birorta bayramga atabtadbir rejalashtirishni yoki dolzarb muammoni muhokama qilishlari kerak bo‘lgan topshiriqni berish. Ushbu holatda ular bir mavzuga doir til birliklaridan foydalanishga majbur bo‘ladi.
- Xato qilishdan qo‘rqish va o‘ziga ishonchsizlik muammosi.
Usul: Xatolarga o‘rganishning bir qismi sifatida qaraladigan qulay muhit yaratish. Bosimni kamaytirish maqsadida juftlik va guruhlarda ishlash topshiriqlaridan foydalanish .
Misol: Kichik guruhlarda ishlash, bunda talabalar g‘oyani muhokama qiladilar, so‘ngra bitta vakil uni auditoriyaga taqdim etadi.
- So‘z boyligining kamligi.
Usul: Topshiriqlarga maqsadli lug‘at elementlarini kiritish, kontekstual ta’limdan faol foydalanish.
Misol: Topshiriqdan oldin talabalarga vazifani bajarishga yordam beradigan asosiy so‘z va iboralar ro‘yxatini berish.
- So‘zlarni mantiqiy ketma-ketlikda ishlatishdagi muammolar.
Usul: Nutqni shakllantirishni talab qiladigan topshiriqlardan foydalanish (masalan, hikoyani qayta so‘zlab berish, rasmlar asosida hikoya tuzish).
Misol: Talabalar juftlikda ishlaydilar, bunda biri voqealar ketma-ketligini aytib beradi, ikkinchisi esa uni o‘z so‘zlari bilan qayta aytib berishi kerak.
- Passiv ishtirok vamotivatsiyaning sustligi.
Usul: Talabalarning qiziqishlariga mos keladigan mavzularni tanlash, musobaqa va ijodiy topshiriqlardan foydalanish.
Misol: Talabalar o‘z nuqtayi nazarlarini himoya qiladigan bahs-munozaralarni tashkil etish.
- Talaffuz muammolari
Usul: Audio va videomateriallar, taqlid topshiriqlari, juftlik mashqlari.
Namuna: Talabalar dialogni tinglaydilar va keyin uni juft-juft bo‘lib, ohang va talaffuzga taqlid qilgan holda takrorlaydilar.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, TBLT tabiiy muloqot uchun sharoit yaratadi, bunda talabalar og‘zaki nutq ko‘nikmalarini yodlash orqali emas, balki amaliyot orqali egallaydilar. Xilma-xil topshiriqlardan foydalanish o‘quv jarayonini yanada samarali va qiziqarli qiladi.
Библиографические ссылки
Donika, E.S. (2019). Klassifikatsii trudnostey pri obuchenii ustnoy inoyazichnoy rechi. Mezhdunarodnyy studencheskiy nauchnyy vestnik, 1.
Pakhotina, S.V., & Tsalikova, I.K. (2016). Preimushchestva ispol'zovaniya tekhnologii TBLT (Task-Based Learning and Teaching) dlya razvitiya kommunikativnoy kompetentsii u studentov nefilyologicheskikh profil'ey podgotovki. Pedagogicheskoe obrazovanie i nauka, 2, 139-143. https://doi.org/EDN WLYPUH
Ellis, R. (2003). Task-based language learning and teaching (pp. 1–400). Oxford University Press.
Vystavelova, L. (2009). Common EFL methods applied at language school in the Czech Republic: PPP & TBL (pp. 1–61). Masaryk University Press.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Дилбар Шомурадова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.