Основные принципы планирования урока

Авторы

  • Наманганского государственного университета
Основные принципы планирования урока

Аннотация

В статье рассматриваются основные принципы планирования урока, которые способствуют эффективности урока. В качестве обзорной статьи были рассмотрены некоторые исследовательские работы и недавние исследовательские статьи некоторых ученых, а также включены основные выводы. Кроме того, были даны ценные рекомендации и предложения по повышению вовлеченности, участия и выражения результатов обучения учащихся.

Ключевые слова:

основные принципы планирование урока эффективность урока вовлеченность учащихся

Kirish. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda Yangi Oʻzbekistonni barpo etish masalasi keng qamrovli islohotlar joriy etishni talab qilayotgan bir vaziyatda ta’lim sifatini tubdan yaxshilash, malakali kadrlarni tayyorlash masalalarining yanada dolzarbligi ortmoqda. Jamiyatning har qaysi sohasini boshqaruvchi yetakchi kuch bu-sifatli kadrlar guruhi ekan, ularni shakllantirish, ta’lim sifatini yaxshilash masalalari yanada muhim ahamiyat kasb etadi.

Oʻz navbatida jamiyatga bu kuchni tayyorlab beruvchi, dars samaradorligini ta’minlovchi asosiy omil-pedagoglar hisoblanadi. Shuningdek, pedagoglarning mahorati, darsni samarali tashkil etishdagi asosiy tamoyillari hamda muammolarini oʻrganish hozirgi vaziyatga yechim oʻlaroq muhimdir.

Yurtimizda pedagoglarning asosiy qismini yoshlar tashkil etganligini hisobga olgan holda, milliy va xorijiy tajribalarga murojaat qilgan holda eng malakali va yuqori dars samaradorligiga ega soha mutahassislaridan darsni yanada foydali tashkil etish usullari toʻg‘risida kichik tadqiqot oʻtkazdim. Bunda asosiy e’tiborni koʻpchilik soha olimlari tomonidan taqdim etiladigan darsni loyihalashda e’tibor qaratilishi lozim boʻlgan darsning tarkibiy qismlari emas, balki dars samaradorligini oshiruvchi asosiy omillar va ravsiyalarga qaratdim.

Tadqiqot metadologiyasi. Ushbu maqolada chet tili oʻqitish boʻyicha koʻplab tadqiqotlar oʻtkazgan jahon olimlarining, jumladan Starr S, Jensen, L, Lee Ann Jung boshqalarning tadqiqot natijalaridan foydalandim. Koʻplab olimlar bu sohada oʻz qarashlari va tavsiya modellarini taqdim qilgani holda, Sackstein oʻz maqolasida dars samaradorligini belgilovchi asosiy omil bu-pedagogning oʻy-fikrlari, oʻquvchilari toʻg‘risidagi xulosa va kutuvlari ekanligini aytadi. Uning tadqiqot natijalariga koʻra, mashg‘ulot jarayonlarida hamda uni rejalashtirishda pedagoglar talabalar yaxshi shakllantirgan koʻnikmalardan koʻra oʻquv materialining oʻquvchilar bilmaydigan jihatlariga  yoki oʻquvchilarda zaifroq rivojlangan nutq koʻnikmalarini mashq qildirishga koʻproq e’tibor qaratadilar. Bu esa  koʻpchilik talabalarning darsni ozlashtirishga boʻlgan ichki turtki(motivatsiya) sini pasayishiga sabab boʻluvchi asosiy omillardan hisoblanadi (Starr Sackstein, 2019). Psixologiyadan ma’lumki, har qanday shaxsning oʻzining yaxshi oʻzlashtirishini, oʻrganish jarayonida oʻz kichik yutuqlarini koʻrishi, uning uchun asosiy ichki turtki manbai hisoblanadi.

Muallim darsni rejalash jarayonida ham oʻquvchilar bilimi va salohiyatiga ijobiy yondashuv asosida yondoshsa, bu oʻquvchilar uchun til materialini yaxshi oʻzlashtirishlaridan tashqari til oʻrganishga boʻlgan ichki turtkisini ham kuchaytirishga xizmat qiladi. Shunigdek, oʻquvchilarga oʻz til koʻnikmalarining rivojlanganligini, ular harakatlari natija berayotganini vaqti-vaqti bilan koʻrsatib turish ularning oʻzlariga boʻlgan ishonchlarini yanada kuchaytiradi hamda yangi bilimlar olishlariga qanot bag‘ishlaydi.

Masalan, bunga pedagog chet tili darslarida  odatdagi qiyinroq til materiallari bilan bir qatorda vaqti-vaqti bilan oʻquvchilar osonlik bilan bajaradigan eshitish koʻnikmasi uchun kichik multfilmlar yoki oʻqish materiallarini taqdim qilish orqali erishish mumkin.

Tahlillar va natijalar. Tadqiqotlar natijasida koʻplab malakali va tajribali pedagoglardan olingan soʻrovnomaga koʻra,  darsni samarali tashkil etishning bir necha asosiy tamoyillari ta’kidlab oʻtiladi. Jumladan, Jensenning fikriga koʻra, asosiy tamoyillar uchta boʻlib, ular izchillik, xilma-xillik hamda moslashuvchanlikdir.

  1. Izchillik. Yaxshi tashkil etilgan dars jarayoni izchillikka hamda uzviy bog‘liqlikka ega boʻladi. Ya’ni, dars bu- alohida –alohida ajratilgan mashqlar majmuasi emas, balki, bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikka ega boʻlgan jarayondir.

Yillik yoki oylik oʻquv rejasi kesimida olinganda, darslar bir-biriga uzviy bog‘langan, bitta ipga tizilgan turli mavzudagi oʻquv mashg‘ulotlari toʻplamidir. Kunlik tashkil etiladigan darslar kesimida esa oʻquvchilar har bir bajarilayotgan topshiriqning mantiqiy asosini bilmog‘i lozim, shu bilan birga ular bir-biriga oʻzaro bog‘langan boʻlganda ularni oʻzlashtirish ancha osonlashadi.

  1. Xilma-xillik.Yaxshi tashkillangan dars oʻzida xilma-xillikni namoyon etadi. Bu xilma-xillik yillik oʻquv rejasi kesimida ham, bitta dars jarayoni ham aks etmog‘i lozim. Ba’zi oʻquvchilar uchun dars jarayonini, undagi topshiriqlar, tashkillash jarayonlarini oldindan taxmin qilish ancha qulaylik tug‘dirsa-da, sinfda zerikarli muhitning oldini olish maqsadida darslarni doimo bir xil andozada tayyorlamaslik darkor. Yillik oʻquv rejasi kesimida yil boʻyida darslar mavzular, qoʻllaniladigan nutq mashg‘ulotlari, oʻqitiladigan til materiallari va til koʻnikmalari xilma-xillik kasb etishi lozim.

Kundalik darslar esa darslarning olib borilish tezligi, topshiriqlarga ajratilgan vaqtlar koʻlami hamda til materiallarining qiyinlik darajasiga koʻra turlicha tashkillangan boʻlishi lozim. Shuningdek, muallim  va oʻquvchi nutq vaqtlarida ham xilma-xillik ta’minlangan holatda ma’lum darslarda oʻquvchilardan oʻta faollik talab etilsa, ba’zi dars jarayonlarida esa ular yangi til materialini  oʻzlashtirish chog‘ida oʻqish yoki eshitish til koʻnikmasini mashq qilib qabul qiluvchi rolida boʻlishlari maqsadga muvofiqdir.Bu jarayonni ba’zi mutaxassislari ‘harakatlan’(ing.’stir’) yoki ‘oʻtir’(ing.’settle’) deb nomlashadi.

Darslardagi vazifalar singari har bir dars sinfni tashkillash jihatidan ham turlicha yondashuvga ega boʻlishi lozim. Masalan, ma’lum dars va nutq mashg‘ulotlari butun sinf ishtiroki bilan olib borilsa, keyingilarida kichik guruhlarda, juftlikda yoki yakka holda ishlash oʻrinlari boʻlishi lozim. Shunigdek, muallimning mayli, oʻquv muassasasidagi turli tadbir yoki hodisalarga qarab ham darsning kayfiyati turlicha boʻlishi mumkin.

  1. Yaxshi tashkillangan dars moslashuvchan xarakterga ega boʻlmog‘i lozim. Dars rejasi- pedagogni avvaldan yozib qoʻyilgan rejaga qattiq bog‘lab turadigan vosita emas. Malakali pedagoglar har doim oʻz darslarini reja qiladilar, ammo vaziyatga qarab qachon oʻzgartirish kerakligini ham tez payqaydilar. Chunki bitta oʻquvchining qiziqarli savoli darsning yoʻnalishini oʻzgartirib yuborishi va natijada barcha oʻquvchilar bu vaziyatdan koʻproq foyda olishlari mumkin. Ba’zan esa muallim doskaga yozayotgan jarayonda qandaydir yaxshi g‘oya keladi va buni sinash darsda qandaydir xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan holatga tavakkal qilishga ham arziydi. Aslida xoh malakali, xoh yosh pedagog boʻlsin, darsdagi yoʻl qoʻyilgan xato-kamchiliklardan yanada koʻproq saboq oladilar (Jensen, 2001).

Shunigdek, Lee A.J oʻz maqolasida darsni barcha oʻquvchilar uchun samarali tashkil etish uchun har qanday pedagog quyidagi uchta prinsipni yodida tutmog‘i lozimligini aytadi:

  1. Oʻquvchilarning diqqatini darsga jalb qilish hamda ushlab qolishning bir emas, bir necha usullaridan foydalaning;
  2. Yangi til materiali oʻquvchilarning barchasiga tushunarli boʻlishi uchun mavzuni turli usullar va yoʻllar yordamida taqdim eting;
  3. Talabalarga oʻz bilimlarini koʻrsatishga yordam bering, hamda bunda bir emas, bir nechta harakat va ifoda vositalaridan foydalaning (Lee Ann Jung 2021).

Muhokama. Turli manbalarda soha mutaxassislari tomonidan turli tavsiya va fikrlar berilgani holsa, Sackstein darsni samarali tashkil etishning asosiy tamoyillarni quyidagicha izohlaydi:

  1. Pedagog talabalarga qanday va nimani oʻrganishlarini tanlash imkonini beradigan oʻrganish tajribasini berishi lozim. Yoshi qanday boʻlishidan qat'i nazar, ularga jarayonning bir qismi boʻlishga imkon bering
  2. Oʻquv jarayoni davomida oʻtilayotgan darslar haqida talabalarning fikr-mulohazalarini oling va uni tinglang. Soʻrashning oʻzi yetarli emas, biz ularni tinglashimiz va keyin javoban nimadir qilishimiz yoki oʻzgartirishlar kiritishimiz kerak.
  3. Darslarni rejalash jarayonida oʻquvchilaringizning qobiliyat va bilim darajalarini hisobga oling, shunda ular siz yuklagan vazifalarni muvaffaqqiyat bilan uddalay oladilar. Ularda til materialini oʻzlashtirish jarayonida uchrashi mumkin boʻlgan qiyinchiliklarni taxmin qilishga harakat qiling va ularga bu jarayonlarda yordam bering.
  4. Yangi til oʻrganish oʻziga xos mashaqqatli jarayon ekanligini hisobga olgan holda ularga oʻz muammolariga oʻzlari yechim topishlariga koʻmak bering. Doimo savollariga siz javob berishingiz ularga yordam bermaydi, aksincha, oʻzlari izlanishlariga imkon bering.
  5. Til oʻrganish jarayoni bisqichma-bosqich sodir boʻluvchi jarayon boʻlib, har bir bosqichdagi kichik muvaffaqqiyatlarni ham qayerda va qachon sodir boʻlishidan qat'iy nazar nishonlang.
  6. Talabalarga oʻzlarining oʻsishini koʻrishga imkon beradigan tuzilmalarni joylashtiring. Muntazam ravishda aks ettirish, portfolio yig‘ish yoki tengdoshlarni koʻrib chiqish, talabalar oʻzlarining oʻsib borayotgan samaradorligini tan olishlari kerak.
  7. Oʻrganish oson jarayon emas, shu sabab, pedagog sifatida oʻquvchilar uchun har qanday berayotgan xulosa va mulohazalaringiz ijobiy boʻlsin. Bu talabalarga oʻz kamchiliklari oʻrniga imkoniyatlarini koʻrishga yordam beradi. Ularning zaif tomonlari ularning oʻsishi uchun koʻproq imkoniyatlar beradi. Agar biz ushbu vaziyatlarda qiyinchiliklarga qarashimizni oʻzgartirsak, xatolarga kamchilik emas, yana bir imkoniyat deb qarasak,unda oʻquvchilar oʻsishda davom etishadi. Buning uchun biz ularga oʻz ishonchini mustahkamlashga yordam berishimiz kerak.
  8. Har doim talabalar muvaffaqiyat mezonlari nima ekanligini bilishlariga yordam bering, shunda ular nimaga intilayotganini bilishadi. Imkon boʻlsa, ularni muvaffaqiyat mezonlarini oʻzlari ishlab chiqishlariga jalb qiling. Bu muntazam ravishda oʻrganish belgilagan maqsadlariga mos boʻlishi lozim. Muvaffaqiyat hech qachon ajablanarli holat boʻlmasligi darkor (Starr Sackstein, 2019).

Xulosa. Chet tili darslarini yanada samarali tashkil etish tamoyillari toʻg‘risida oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga tayanib shunday xulosa qilish mumkin-ki, bunda asosiy talab pedagoglarga qoʻyiladi. Soha mutaxassislari tomonidan yangi ishlab chiqilgan tamoyillarga koʻra oʻquvchilarni darsga jalb etishda, ularning darsga faol ishtirokiga erishishda endi bir emas, bitta dars mobaynida bir necha xil metod va uslublardan foydalanish lozim. Chunki har bir oʻquvchi alohida fazilat va qobiliyatga ega shaxs hisoblanadi. Dars jarayonlarini eng ichki turtkisi past oʻquvchini hayolimizga keltirga holda darsni rejalasak, uni darsga jalb qilish yoʻllarini ishlab chiqsakkina, shunda butun sinfdagi oʻquvchilarning darsdagi faolligiga erishiladi.

Библиографические ссылки

Jensen, L. (2001). Planning lessons. In M. Celce-Murcia (Ed.), Teaching English as a second or foreign language (pp. 403-413). Boston, MA: Heinle & Heinle Publishers.

Jung, L. A. (2021). Lesson planning with universal design for learning. Educational Leadership, Summer 2021. ASCD. Retrieved from https://www.ascd.org

Sackstein, S. (2019, March 15). Let’s focus on what learners CAN do, and plan from there. EdWeek. Retrieved from https://www.edweek.org

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Дилшода Махкамова,
Наманганского государственного университета

Докторант

Как цитировать

Махкамова, Д. (2025). Основные принципы планирования урока. Лингвоспектр, 2(1), 462–465. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/451

Похожие статьи

<< < 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.