Кросс-культурный подход и характеристика компаративных фразеологических единиц

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
  • Узбекский государственный университет мировых языков
Кросс-культурный подход и характеристика компаративных фразеологических единиц

Аннотация

В последние годы появление и активное применение в научной среде таких концептуальных направлений, как кросс-культурная психология, кросс-культурный менеджмент, кросс-культурная педагогика, свидетельствует о высокой актуальности данного подхода. Однако проведённые исследования в данной области всё ещё не смогли найти решения для ряда важных вопросов. Кроме того, в научных и толковых словарях понятие "кросс-культурный" до сих пор не имеет четкого определения и не представлено в полной мере, что указывает на необходимость его дальнейшего детального изучения. В данной статье рассматриваются теоретические основы кросс-культурного подхода, анализ фразеологизмов и компаративных фразеологических единиц, а также оценивается их роль в научном дискурсе и исследуются сферы практического применения.

Ключевые слова:

фразеологизм картина мира кросс-культурный стиль культурный код компаративные фразеологические единицы.

Zamonaviy tilshunoslikda kommunikatsiyaning milliy madaniy o‘ziga xosligini ko‘rib chiqishda, ayniqsa, tillarni qiyosiy-chog‘ishtirib taqqoslash katta samara berishi tadqiqotlarda o‘z isbotini topmoqda. Tillarni o‘rganishga bo‘lgan bunday yondashuv fanda kross-madaniy uslub nomini olgan.“Kross-madaniy uslub” termini tilshunoslikda, to‘g‘rirog‘i til terminologik apparatiga yangi kirib kelayotgan til hodisalaridan biri bo‘lib, kross-madaniy termini antoropolog J.P.Murdok tomonidan 1930-yilda fanga kiritilgan. Bugungi kunda barcha sohalarda, jumladan psixologiyada ham kross-madaniy usuldan “kishilar xulqining madaniy faktorlarga bog‘liqligini” o‘rganishda foydalanilmoqda.

Tilshunoslikda muayyan tillar frazeologiyasini keng o‘rganish o‘sha tillarga xos bo‘lgan tafakkur tizimini tushunish, madaniy kodini anglash uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shu sababli bu sohaga dunyoning akademik olimlari butun ilmiy faoliyatlarini bag‘ishlaganlar. Yevropa tilshunoslaridan Sh. Balli, X.Kasares, G.Corpas Pastor, A.Tristá  Pérez, H.Тhun va b., rus olimlaridan А.Kunin, G.Stepanov, V.Teliya va b., o‘zbekistonlik olimlardan Sh.Rahmatullaev, G‘. Salomov, А.Mamatov, M.Umarxo‘jaev, A.Bushuy kabi qator olimlar iboralarni o‘rganish, xususan, frazeologiyani fan sifatida rivojiga munosib hissa qo‘shgan.

Rus olimi А.Nazaryan maqol va matallarni frazeologik birlik (FB)lar tarkibiga kiritgan, А.Liss ham ilmiy tadqiqotida shu fikrga qo‘shilgan. O‘zbek tarjima maktabi asoschisi G‘.Salomov ham «frazeologizm» atamasini keng talqin qilib, uning tarkibiga maqol, matal va idiomalarni ham kiritgan, keyinchalik professor А.E.Mamatov ham tadqiqotlarida frazeologizmlarni keng doirada tushunishni davom ettirgan.

Bugungi kunga qadar jahon xalqlari tilshunosligi va folklorshunosligida mazkur paremik janrlarning o‘zaro farqlari hamda qorishiq jihatlari ko‘plab bahslarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu bo‘limda frazelogiyaning ajralmas tarkibi komparativ frazeologik birliklar (KFB) tahlili kross-madaniy usulda tahlil qilindi.

Kross-madaniy tushunchani madaniyatlarni o‘rganishdagi qiyosiy-tarixiy, komparativistik metodlariga yoki “madaniyatlararo” leksemasiga sinonim sifatida tushunish mumkin. Bizningcha ham madaniyatlararo termini kross-madaniy konseptiga yaqin, chunki “kross” leksemasi ko‘p maʼnoli so‘z bo‘lib, u o‘zbek tilida “kesishgan” semasini ham ifodalaydi. Demak, “kross-madaniy” bu, madaniyatlar chorrahasi, madaniyatlararo kesishishdir. Kross-madaniy yondashuv esa bu, ikki va undan ortiq har xil etnosga xos va mos bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy qarashlarni qiyosiy-tarixiy, qiyosiy-chog‘ishtirma jihatdan taqqoslash, bu qarashlarning u yoki bu jamiyatga tegishli odamlar ongiga, xulqiga taʼsir doirasini aniqlash, ularning o‘ziga xos tomonlarini olamni konseptuallashtirishdagi o‘rnini o‘rganish, etnoslar madaniyatidagi o‘ziga xoslik va umumiylikni solishtirish va shular orqali to‘plangan madaniy-kommunikativ barcha bilimlar hosilasidir.

Kross-madaniy tadqiqotlar olamning madaniy jihatdan asoslangan manzaralarini aniqlashga qaratilgan. Olamning tildagi manzarasi voqelikni olamning madaniy manzarasi orqali aks ettiradi, yaʼni etnik komponentdan tarkib topadi. Olamning tildagi manzarasi deganda konseptuallashtirish uslubi, yaʼni dunyoni kategoriyalarga bo‘lish va buni tabiiy tilning verbal vositalari bilan mustahkamlab qo‘yishni tushunish qabul qilingan. Shu tariqa maxsus model, yaʼni dunyoni ko‘rishning milliy manzarasi hosil bo‘ladi (Baxronova, Daliyeva). Bu borada lingvokognitiv konseptlarni aks ettiruvchi metaforik modellashtirishlar hamda KFBlar madaniyatlararo taqqoslashda, o‘xshatishda eng samarali usul hisoblanadi. Metaforik modellashtirishlar va frazeologizmda, aniqrog‘i ularning ichki shaklida ifodalangan dunyoqarash u yoki bu etnos tomonidan dunyoni o‘zlashtirish jarayonida shakllangan kognitiv va madaniy tasavvurlarni aks ettiradi. KFBlar dunyo va madaniyatni o‘rganishda, fikrni yorqin ifoda etishda, disskurs taʼsirchanligini oshirishda eng samaralidir. KFBlarni o‘zbek olimi N.Mahmudov “turg‘un o‘xshatish iboralar” deb ham atagan (qarang, Mahmudov, 2013).

Kross-madaniy o‘ziga xoslikni KFBlar orqali tushuntirganda, shuni taʼkidlash joizki, ularni o‘rganishda asosiy bo‘lgan o‘xshatish tafakkur kategoriyasi til universaliyasi sifatida barcha tillarda u yoki bu shaklda mavjud bo‘ladi. Zero, inson borliq, voqealar, belgilar, obʼektlar haqidagi o‘z xabarlarida ularni boshqa obʼektlar, harakatlar, belgilar bilan o‘xshatishga, taqqoslashga moyil bo‘ladi. V. Teliya fikricha: funksional semantik kategoriya sifatida tushuniladigan komparativlik kategoriyasi taqqoslashlar orqali tenglik/tengsizlik tushunchasini ifodalash, belgini gradatsiyalash va narsa-predmetlar hamda hodisalar sifatining turli darajasini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan til vositalarining keng turlarini qamrab oladi (Teliya, 1986). Shuningdek, o‘xshatish etalonlari anʼanaga kirgan, ajdoddan avlodga o‘tib kelayotgan obrazlar sifatida xalqning dunyoni o‘ziga xos idrok etishining ifodachisi sifatida KFBlar tarkibida alohida o‘rin tutadi va til, milliy madaniyat va mentalitet munosabatlarini belgilash jihatidan favqulodda muhimdir.

KFBlarning semantik tuzilishi oddiy emas, mental-madaniy maʼnodan tashqari u baholash maʼnosini ham ifodalaydi. KFBning obrazliligi tom va ko‘chma maʼnolarning qarama-qarshiligi negiziga quriladi. KFB semantikasini o‘rganish uchun komparantning frazeologik mazmuni va semantik hajmining tuzilishini ko‘rib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. Bizningcha, KFB tasnifi ikki mezon asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi: komparant nima bilan taqqoslanayapti (semantik tasnif) va KFB nimani taʼriflayapti (funksional tasnif).

Muayyan narsa-predmet, artefakt, jumladan hayvonlar miflar, afsonalar, ertaklar, dostonlarda ega bo‘lgan xususiyatlar u yoki bu madaniyat sohiblari ongida mustahkamlanadi va biror belgisi etalon xususiyat sifatida yuzaga chiqadi. Jumladan, o‘zbeklarda o‘xshatish uchun it, mushuk, ot, tuya, eshak, xo‘roz, tovuq, eshak, qo‘y, qo‘chqor, sigir, buzoq, ho‘kiz, cho‘chqa, to‘ng‘iz, bo‘ri, sher/arslon, ayiq, maymun, ohu, kiyik, quyon, tulki va boshqa uy va yovvoyi hayvonlar xizmat qilsa, ispanlarda asos sifatida gato, gata, perro, gallo, vaca, puerco, lechon, cerdo, cabra, cabrito, oveja, becerro, caballo, yegua, lobo, zorra, zorro, liebre, oso, león, tigre, pantera, gamo, ardilla, ciervo, burro, burra, mono, mona, camello,  inglizlarda Monkey, Dog, Cat, Fox, Bear, Lion, Tiger, Owl, Horse, Wolf, Eagle, Sheep, Goat, Donkey, Dolphin va hk. hayvonlar taqqoslanadi. Bu misollardan kuzatiladiki, o‘zbek, ispan, ingliz tillarining KFBlari mushtarak bo‘lishi, biroq ularning obrazli asoslari farqlanishi mumkin. Masalan, ispancha como los toros KFBda ispanlarning dunyoqarashiga xos milliy xususiyatlar namoyon bo‘ladi, ular uchun qo‘pol, ters, bezbet odamlar buqaga qiyoslanadi; o‘zbek millatiga mansub inson esa bu hayvon bilan boshqa fazilatlarni bog‘laydi: kuchli, chidamli insonlar bizda buqaga qiyoslanishi mumkin: buqadek kuchli, buqadek baquvvat, buqadek sog‘lom. Mas.: Usti yupun bo‘lsa ham, buqadek baquvvat, gavdali kishi edi (Gazetadan). Bu misolda usti yupunlik qahramonning nochor tomoni, buqaga o‘xshash kuchliligi uning yutuq tomoni, yaʼni buqa obrazining ijobiyligi muallif tomonidan gap semantikasiga singdirilgan. Ingliz tilida esa, bull asosan kuch, qaysarlik va tajovuzkorlik timsoli sifatida qiyoslanadi, masalan, Strong as a bull, Stubborn as a bull kabi. Ingliz tilida ham o‘zbek tilidagidek o‘xshash sema bor, o‘zbek tilida “ho‘kiz” qaysarlikni ifoda etadi.

KFBlar nazariyasini o‘rgangan olimlarning fikricha, (Mahmudov 2013, 2015; Fedulenkova 2007; Lyubova 2009) KFBlardan tanlab olingan material shartli ravishda uch guruhga taqsimlanishi mumkin: 1. Ham umumiy maʼnosi bo‘yicha, ham obrazli etalon bo‘yicha taqqoslanayotgan tilda bir-biriga mos keluvchi to‘liq semantik ekvivalentlar; 2. Bir xil umumiy maʼno, lekin turli taqqoslash etalonlariga ega va qisman mos keluvchi; 3. Bir xil etalon, lekin har xil obrazli belgilar/asoslarga ega va shu boisdan butun KFBning boshqa umumiy maʼnosiga ega birliklar; 4. Garchi birliklarning umumiy semantikasida moslik bo‘lsa-da, o‘zbek tilida na taqqoslash etaloni, na obrazli asosi bo‘yicha ekvivalentlari bo‘lmagan noyob KFBlar. Bundan ispan va ingliz tillaridagi KFBlarni a) o‘zbek tilida muqobili bor KFBlar va b) muqobilsiz KFBlarga ajratish mumkin.

Olimlar muqobillikning o‘zini ham a) to‘liq muqobillik; b) qisman muqobillik; v) nisbiy muqobillikka ajratadilar. Bu borada А.Kunin frazeologik ekvivalentlikning ikki turi mavjudligi haqidagi fikrni ilgari suradi: 1. Monoekvivalentlik (inglizcha FBlarni tarjima tilidagi yagona muqobilligi). Bunda mazmun va shakl birligi ham ko‘zda tutiladi; 2. Ekvivalentsiz FBlar. Bunda ular tarjima tilidagi mazmunan o‘xshash frazeologik sinonimlar bilan tarjima qilinadi. (Kunin, 1996: B. 380). Tillararo ekvivalentlik masalasi V.Gakning ishlarida birmuncha boshqacha tasnif qilinadi. U ekvivalentlarni to‘liq, qisman, absolyut va nisbiy turlarga ajratadi (Gak, 2000: B. 311).

Umumiy aytganda, metafora va KFBlar nutqdan avvalgi shaklda namoyon bo‘lib, bu turdagi assosiyatsiyalar ontologik maqomga ega; hamda, bu metaforizatsiya paytida qayta anglanadigan nomning maʼnosi hisoblanadi. U birinchi ikki manba o‘rtasidagi vositachi vazifasini bajaradi. Metafora subʼektning mohiyati, uning assosiativ majmuasi va belgisi o‘rtasida o‘rnatiladigan munosabatdir. Bunda mohiyat sifatida asos, maqsad, niyat kabilar tushuniladi. Jarayon esa quyidagilarda namoyon bo‘ladi: sizib o‘tish jarayoni (yillar qaʼridan yetib kelish), eʼtiborga olish jarayoni (predmetlarni o‘xshatish) va geterogen (turli xil) mohiyatlarning eng muqobil o‘xshashlarini tanlash jarayoni. Har bir xalqning milliy tafakkurida shu xalqqa xos va mos bo‘lgan, ijtimoiy - tarixiy sharoitlar taʼsiri natijasida shakllangan jihatlar mavjudki, u shu xalqning ruhiyati, mentaliteti, xarakterini ifodalaydi, ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti rivojini taʼminlashda muhim o‘rin tutadi. Metaforalar va KFBlar bu borada xalq tilining o‘ziga xos boy fondini tashkil etadi.

Библиографические ссылки

Бахронова Дилрабо Келдиёровна (2016). Лингвокультурные особенности зооморфных фразеологических единиц. Вестник Челябинского государственного университета, (9 (391)), 36-43.

Беспамятных Н.Н. Методология кросскультурного анализа: базовые концепты, направления и перспективы исследований.//Наука. Общество. Сборник. – Москва, 2008. – С. 11-19.

Гак В. Язык как форма самовыражения народа. ‒ М.: Наука, 2000. ‒ 311 с.

Кунин А.В. Фразеология современного английского языка. ‒ М., 1996. ‒ 380 с.

Маҳмудов Н. Ўхшатишлар ва миллий образ // Ўзбек тили ва адабиёти. ‒ Т., 2013. ‒ № 1. – Б. 3-8.

Телия В.Н. Коннотативный аспект семантики номинативных единиц: учеб. пособие. – Москва: Наука, 1986. – 142 с.

Buitrago A. Diccionario de dichos у frases hechas. – Madrid: Espasa Calpe, 2003. – р.676.

Dalieva Madina Xabibullaevna. (2023). Sociolinguistic aspects of polysemy: a study of the role of social and cultural factors in the creation and interpretation of polysemous linguistic terms. Open Access Repository, 4(3), 1147–1151. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/T83VS

Dalieva, M. (2023). The influence of cultural and historical factors on the term conceptualization of the scientific and linguistic picture of the world. Open Access Repository, 9(11), 11-14.

Dilrabo Bakhronova, Sobir Abduraimov. (2022) The Influence of the National-Cultural Image of the World on the Construction of Metaphors in the Poetic Discourse. ECS Trans. 107 13113. https://iopscience.iop.org/issue/1938-5862/107/1

Опубликован

Загрузки

Биографии авторов

Мадина Далиева,
Узбекский государственный университет мировых языков

доктор филологических наук (DSc), профессор

Дилрабо Бахронова,
Узбекский государственный университет мировых языков

доктор филологических наук (DSc), профессор

Как цитировать

Далиева, М., & Бахронова, Д. (2025). Кросс-культурный подход и характеристика компаративных фразеологических единиц. Лингвоспектр, 3(1), 5–9. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/484

Похожие статьи

<< < 12 13 14 15 16 17 18 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)