Особенности фразеологизмов с флористическими компонентами в немецком языке

Авторы

  • Ташкентсий государственный аграрного университета
Особенности фразеологизмов с флористическими компонентами в немецком языке

Аннотация

Данная статья посвящена особенностям фразеологизмов с флористическими компонентами в немецком языке. В ходе исследования были проанализированы фразеологизмы с флористическими компонентами, отобранные из немецких словарей, и представлены в таблицах. Фразеологические выражения могут попасть в словарный запас языка под влиянием различных факторов и методов. Их возникновение обусловлено различными историческими событиями и явлениями, географическими и демографическими факторами, воздействием народного устного творчества, связанностью с обычаями и ритуалами, а также присутствием определённых образов религиозно-мифологического характера. Определение национальных и культурных особенностей фразеологизма тесно связано с его этимологией. Ниже представлен анализ некоторых фразеологизмов с флористическими компонентами в немецком языке с точки зрения национально-культурного аспекта. В исследовании охвачены 68 слов, относящихся к флоре, и 201 фразеологическое выражение с флористическими компонентами.

Ключевые слова:

фразеологизм фразеологическое значение национально-культурная семантика фразеологизмов географический фактор эквивалентные фразеологические единицы.

Ikki yoki undan ortiq komponentdan tashkil topgan, yaxlit frazeologik ma’no anglatuvchi turg’un til birligi frazeologizm yoki frazeologik birlik (ibora) deyiladi (Umarxo‘jayev, 2010). Frazeologizm so‘z kabi lug’aviy birlik hisoblanadi. Ular ham so‘zlar kabi tilda tayyor holda mavjud bo‘lganligi sababli nutq hodisasi emas, balki til hodisasidir. So‘z leksik ma’noga ega bo‘lgani kabi frazeologizm ham o‘zining frazeologik ma’nosiga ega (Umarxo‘jayev, 2010).

Istalgan tilning leksik-frazeologik tizimi o‘zgarib, rivojlanib hamda boyib boruvchi, nutq madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi hodisa bo‘lganligi uchun ham jahon tilshunosligida frazeologizmlarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish hamisha uning yangi-yangi qirralarini ochishga xizmat qilib kelmoqda.

Frazeologizmlarni til xodisasi sifatida e’tirof etish, uni turli aspektlarda tadqiq etish ishlarini xorijlik olimlar boshlab berishdi va rivojlantirishdi. G’arb tilshunoslari orasida birinchilardan bo‘lib F. de Sossyurning shogirdi Sh. Balli frazeologiya terminini 1905 yil qo‘llagan va frazeologizmlarni stilistik nuqtai nazardan tilning ifoda birligi sifatida talqin qilgan. XX asrning ikkinchi yarmida sobiq sovet tilshunoslari tomonidan ko‘plab tillarning frazeologik birliklari tadqiq qilindi. Bunga asosiy turtki sifatida akademik V.V.Vinogradovning 1946-1947 yillarda e’lon qilingan ilmiy izlanishlarini tilga olib o‘tish lozim. Olim rus tili frazeologiyasini semantik jihatdan klassifikatsiya qildi. Ushbu klassifikatsiya asosida nafaqat sobiq ittifoq tasarrufidagi tillarning frazeologik boyligi o‘rganildi, balki g’arb tillari frazeologiyasi monografik tadqiqodlar objektiga aylandi. Ushbu o‘rinda rus tili frazeologiyasi tadqiqodchilari V.L.Arxangelskiy, M.T.Tagiyev, M.M.Kopilenko, R.N.Popov, V.Jukov, A.M.Babkin, L.I.Molotkov, ingliz tili frazeologiyasi tadqiqodchilari N.N.Amosova, A.V.Kunin, nemis tili frazeologiyasi tadqiqodchilari I.I.Chernisheva, A.D.Rayxshtyn, fransuz tili frazeologiyasi tadqiqodchilaridan V.G.Gak, M.I.Retsker kabi olimlarni nazariy va amaliy izlanishlarini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

Har qaysi tilning frazeologik birliklari insoniy munosabatlarning ko‘z ilg’amas rang-barangligini aks ettiradi. Frazeologizmlarda ham baxt, sevgi, ajablanish, istehzo, nafrat, qiziqish, havotir shuningdek, insonning to‘g’riso‘zligi, iroda kuchi, xalollik, oliyjanoblik, aql, chaqqonlik, harakatchanlik, qaysarlik, ahmoqlik, xasislik, badjahllik – ya'ni insonning barcha ijobiy va salbiy xususiyatlari mavjud. Bundan tashqari yana o‘xshashlik va farq, ibtido va intiho, ko‘plik va ozlik, birlik – kelishmovchilik va kurash, tug’ilish, qarindoshchilik, yosh, o‘lim, baholash, muvaffaqiyat, muvaffaqiyatsizlik, haqiqat va yolg'on, tartib va tartibsizlik, farovonlik va kambag'allik, xatolar va jazo va boshqa juda ko‘p shunga o‘xshash tushunchalarning tavsif va tasvirlari mavjud.

Frazeologik birliklarning milliy-madaniy semantikasi uch qismdan iborat bo‘ladi.

Birinchidan, frazeologizmlar milliy madaniy yaxlit, kompleks tarzda, o‘zining barcha ideomatik ma’nosi bilan aks ettiradi.

Ikkinchidan, frazeologizmlar milliy madaniyatni bo‘laklarga bo‘lib, o‘z tarkibida mavjud komponentlari, ya’ni so‘zlar orqali ochib beradi. Bu so‘zlarning ayrimlari ekvivalentsiz so‘zlar bo‘lishi mumkin.

Uchinchidan, frazeologizmlar milliy madaniyatni o‘z prototiplari bilan aks ettiradilar, negaki frazeologik birlik bo‘lib qolgan erkin so‘z birikmalari ma’lum urf-odatlarni, an’analarni, turmush va madaniyatning tafsilotlarini, tarixiy voqealarni va boshqa ko‘plab narsa va hodisalarni tasvirlaganlar (Mamatov, 2020).

Nutqimiz ko‘rki bo‘lmish frazeologik iboralarning tabiati rang-barang. Tilshunos olimlarimiz bu borada talaygina ilmiy ishlar olib borganlar. Chunonchi frazeologizmlar semantikasi, stilistik funksiyasi, ayrim shoir va yozuvchilar asarlaridagi frazeologizmlar, ularning tarjima muammolari, frazeologik iboralar lug’atini tuzish shular jumlasidandir.

Frazeologik iboralarga nazar tashlar ekanmiz ularning naqadar turli-tuman va shuningdek, so‘z xazinasidan o‘rin olishiga talaygina ekstralingvistik va lingvostilistik omillar sabab bo‘lganligining guvohi bo‘lamiz. Har bir tilda, jumladan, hozirgi zamon nemis tilida o‘z frazeologik iboralari bilan bir qatorda boshqa tillardan olingan frazeologik iboralar ham uchraydi. Lekin frazeologik iboralarning asosini o‘sha tilning o‘z frazeologik iboralari tashkil etadi, boshqa tillardan olingan frazeologik iboralar ozchilikni tashkil qiladi.

Frazeologik iboralar lug’at boyligidan turli usullar va omillar sabab o‘rin olishi mumkin. Ularning yuzaga kelishida turli xil tarixiy voqea va hodisalar, geografik va demografik omillar, xalq og’zaki ijodi ta’sirida yuzaga kelgan, urf-odat va marosimlarga bog’liq bo‘lgan, diniy-mifologik xarakterdagi ma’lum obrazlarni tilga olish o‘rinlidir (Xamidova, 2024). Iboraning milliy va madaniy xususiyatlarini aniqlash uning etimologiyasi bilan chambarchas bog’liq.

Biz flora komponentli iboralarni topishda quyidagi ikki lug‘atdan foydalandik:

  1. Duden Redewendung (Wörterbuch der deutschen Idiomatik)
  2. Бинович, Гришин, 1975 – Бинович Л. Э., Гришин Н. Н. Немецкорусский фразеологический словарь.

Natijada, flora komponentli 201 ta frazeologizm saralandi. Ushbu 201 ta frazeologizmni saralashda 68 ta floraga oid so‘zlar qamrab olindi.

Tablitsa 1.

1.

Apfel

10

35.

Lorbeer

2

2.

Banane

3

36.

Nuss

12

3.

Baum

15

37.

Palme

6

4.

Bäumchen

1

38.

Peterle

1

5.

Birne

3

39.

Petersile

1

6.

Blume

3

40.

Pfeffer

7

7.

Bohne

8

41.

Pflaume

1

8.

Bohnenstroh

3

42.

Pilz

2

9.

Brombeere

2

43.

Radieschen

1

10.

Buche

1

44.

Rasen

4

11.

Busch

4

45.

Reis

1

12.

Christbaum

1

46.

Rose

5

13.

Eiche

1

47.

Rübchen

1

14.

Erbse

5

48.

Rübe

3

15.

Fichte

3

49.

Saat

1

16.

Frucht

5

50.

Salat

3

17.

Gemüse

1

51.

Schnittlauch

1

18.

Gras

6

52.

Spargel

1

19.

Gurke

2

53.

Senf

2

20.

Hafer

1

54.

Spreu

2

21.

Hanf

3

55.

Stängel

1

22.

Häcksel

1

56.

Stroh

6

23.

Heu

5

57.

Strohhalm

3

24.

Hopfen

1

58.

Süßholz

1

25.

Kaffeebohnen

1

59.

Tabak

2

26.

Kaktus

1

60.

Tomate

2

27.

Kartoffel

4

61.

Traube

2

28.

Kastanie

1

62.

Tulpe

1

29.

Kirsche

1

63.

Unkraut

2

30.

Klee

1

64.

Veilchen

1

31.

Kohl

6

65.

Weizen

1

32.

Korn

4

66.

Wurzel

3

33.

Körnchen

1

67.

Zitrone

1

34.

Kraut

6

68.

Zimt

4

Jami

 

201 ta

 

      Shulardan 10 tasi meva, 11 ta sabzavot, 13 ta daraxt, 10 ta don, 5 ta gul, 6 ta somon va 13 tasi o‘simlik bilan bog’liq terminlar.

Ularni quyidagi tablitsada yanada aniqroq ko‘rish mumkin:

Tablitsa 2.

Obst

Gemüse

Baum

Getreide

Blume

Stroh

Pflanze

40

30

43

26

11

20

31

Quyida nemis tilidagi flora komponentli frazeologizmlarning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. Har bir tilda frazeologik birliklarning asosini geografik faktorlar: o‘simliklar, hayvonlar, qushlar tashkil etadi. Har bir mintaqaning o‘ziga xos o‘simlik va hayvonot dunyosi bor. Shu bilan birga har bir xalqda ma’lum o‘simlik va hayvon turi timsol, ramz sifatida qaraladi. Masalan, inglizlar landshaftiga “archagul (supurgi gul)” xos va u tez-tez badiiy adabiyotda qo‘llanib turiladi. Qayin daraxti rus millati uchun milliy ramz sanaladi. XIV asr ohirida Germaniya o‘rmonlarida asosan Buche (qoraqayin, buk daraxti), Eiche (eman), Birnenbaum (nok, nashvati), Nussbaum (yong’oq), Ahorn (zarang daraxti), Linde (lipa, arg’uvon daraxti), Esche (shumtol daraxti), Apfelbaum (olma daraxti), Erle (olxa, zirk daraxti) bo‘lgan.

Germaniya hududi Yevropaning markazida joylashgan. Bu hudud uchun aynan qoraqayin, eman, qarag’ay daraxtlari o‘ziga xoslik sanaladi.

O‘rmon dehqonlar hayotida katta rol o‘ynagan. Shu sababli ham ba’zi frazeologizmlarda bu o‘z aksini topgan.

Auf einen (keinen) grünen Zweig (Ast) kommen – Yutuqni qo‘lga kirgizmoq, muoffaqiyatga erishmoq, muoffaqiyat qozonmoq (Binovich & Grishin, 1975).

Bu frazeologizm XV asrda adabiyotda qo‘llanilgan. Qizlar o‘z sevgisini yam-yashil yaproqqa tenglashtirganlar:

- Ich liebe dich ja… wie heiβt es doch, wenn man einen Zweig abbricht und die Blätter abreißt? Von Herzen, mit Schmerzen, über alle Massen… (Th. Fontane).

Aka-uka Grimmlarning “die drei grünen Zweige” ertagida ham yashil yaproq yangi hayot ramzi sifatida namoyon bo‘ladi.

Eiche. Eman daraxti kuch-qudrat ramzi sanaladi.

Er stand fest wie eine Eiche. – U chinordek mustaxkam turardi.

Er war stark wie eine Eiche – U chinordek baquvvat (Mamatov, 2020).

Bu frazeologizmlardan ko‘rinib turibdiki, nemis va tilida eman daraxti keltirilgan, o‘zbek tilida esa kuch-quvvat ramzini chinor daraxti ifodalaydi.

Viele Streiche fallen die Eiche – Tomchilagan suv toshni teshar.

Yong‘oq (nem. Haselnüsse) bir vaqtlar nemislarning kundalik hayotida katta rol o‘ynagan va qadim zamonlardan beri hayotiylik va unumdorlik ramzi hisoblangan: shunga o‘xshash assotsiativ bog'liqlik yog‘oqning erta gullashi, tez o‘sishi va mo‘l-ko‘l meva berishi bilan bog'liq edi (Мальцева Д. Г., 2002).

Weizen (bug’doy). Shimoliy Germaniyada bug’doy asosiy ekin hisoblanadi.  Avvallari bug’doy yetishtirish uchun yerning unumdorligi juda yaxshi bo‘lishi lozim bo‘lgan va talaygina mehnat talab qilgan, bu ekindan olingan yaxshi hosil esa katta muvaffaqiyat, ulkan yutuq hisoblangan.

jmds. Weizen blüht –taraqqiy qilmoq, ravnaq topmoq; omad kelmoq, ishi o‘ngidan kelmoq (Duden Redewendung, 2013);

Bu frazeologizm XV asrdayoq adabiyotda qo‘llanilgan. Bug’doydan olingan yaxshi hosil tinchlik, xotirjamlik ramzi sanaladi.

Den Weizen mit dem Unkraute ausjäten – Xaddan oshmoq.

Tilga oid materiallarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, nemis tilida flora komponentli frazeologizmlarning ko‘pchiligini daraxt va meva-sabzavotlarga oid so‘zlar tashkil etyapti. Bundan tashqari nemis tilidagi mamlakatshunoslikka asoslangan ko‘plab mavzulashtirilgan guruh frazeologizmlari uchun o‘zbek tilida ekvivalent frazeologik birliklar mavjud emas. Ushbu holatda ekvivalentning yo‘qligi boshqa xalq hayotida bo‘lmagan voqea-hodisalar, faktlarni aks ettirayotganligi bilan izohlanadi.

Библиографические ссылки

Binovich, L.E., & Grishin, N.N. (1975). Niemetskoro-russkij frazeologicheskij slovar'. Moscow: Russkij Yazyk.

Duden. (2013). Redewendung (Wörterbuch der deutschen Idiomatik).

Kamariddinovna, M.E. The role of intercultural communication in the training for future specialist of different fields. Zbiór artykułów naukowych recenzowanych, 2, 169.

Maltseva, D.G. (2002). Niemetskoro-russkij frazeologicheskij slovar' s lingvostranoevedcheskim kommentariem. Moscow: Azbukovnik, Russkie Slovari.

Mamatov, A.E. (2020). Zamonaviy lingvistika: Darslik. Tashkent.

Umarxo‘jayev M.E. Nemis til Leksikologiya Leksikografiya Frazeologiya Frazeografiya. Andijon. 2010

Xamidova, T. (2024). Nemis tilidagi fitonim komponentli frazeologizmlarning milliy-madaniy xususiyatlari va ularning kelib chiqishidagi omillar. NamDU axborotnomasi, 4.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Тиловатхон Хамидова,
Ташкентсий государственный аграрного университета

Преподаватель

Как цитировать

Хамидова, Т. (2025). Особенности фразеологизмов с флористическими компонентами в немецком языке. Лингвоспектр, 3(1), 307–311. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/536

Похожие статьи

<< < 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.