Возможности синонимов в отражении культурных ценностей на примере поэзии Максуда Шайхзады

Авторы

  • Шахрисабзский государственный педагогический институт
Возможности синонимов в отражении культурных ценностей на примере поэзии Максуда Шайхзады

Аннотация

В современных лингвистических исследованиях и современных парадигмах лингвистики особое значение имеет социокультурная функция языка. В данной статье рассматриваются возможности и значение синонимов в отражении их культурных ценностей на примере поэзии Максуда Шайхзады.

Ключевые слова:

синонимы лингвопоэтические особенности полисемантика лексема лексико-контекстные синонимы контекст.

Badiiy asarlarda sinonimiya muhim ahamiyat kasb etishi, uning poetic xususiyati, qolaversa, lingvodidaktik, sotsiolingvistik, psixolingvistik ahamiyati ham zamonaviy tadqiqotlarda o‘z ahamiyatini ko‘rsatmoqda.

Zamonaviy lingvistik tadqiqotlarda va tilshunoslikning zamonaviy paradigmalarida tilning ijtimoiy-madaniy funksiyasi alohida ahamiyatga ega. An’anaviy tadqiqotlarda til aloqa vositasi sifatida aks ettirlgan edi. Bugun tilshunoslikning zamonaviy paradigmalarida til milliy madaniyatning muhim tarkibiy qismi, uning tarixiy rivojlanishini aks ettiruvchi omil, ijtimoiy-siyosiy hayotning muhim bosqichi sifatida ta’kidlanmoqda.

Badiiy asarlarda sinonimiya muhim ahamiyat kasb etishi, uning poetic xususiyati, qolaversa, lingvodidaktik, sotsiolingvistik, psixolingvistik ahamiyati ham zamonaviy tadqiqotlarda o‘z ahamiyatini ko‘rsatmoqda. Sinonimiya, ya’ni bir xil yoki yaqin ma’noga ega bo‘lgan so‘zlarning mavjudligi, til boyligini va lug‘at tarkibining ko‘rsatuvchi omil bo‘lib, shuningdek, nutqning uslubiy jihatlarini, majoziy ma’nolarni ifoda etishga imkon beradi. Ushbu faslda sinonimlarning davr madaniy qadriyatlarini aks ettirishdagi lingvopoetik imkoniyatlarini ijodkor asarlaridagi misollar asosida ko‘rib o‘tamiz. Biz yuqoridagi bob va fasllarda sinonimlarning turli xususiyatlariga guvoh bo‘ldik. Xususan, sinonimlarning ma’noviy aynanligi bir xil emas, balki umumiy semalari bilan bir biriga ma’noviy yaqin turadi. Ularning ma’noviy umumiyligi va ma’noviy farqlarii, konnotatsiyalari, stilistik xususiyatlari ularni turli madaniy kontekstlarda har xil qo‘llash imkoniyatini beradi. Adibning “Toshkentnoma” bag‘ishlov dostonida turli madaniy kontekslarga guvoh bo‘lish mumkin.

Milliy madaniyatimizga oid kiyim-kechaklarni anglatuvchi sinonimlarning qo‘llanishi shoirning o‘z davrida tilni hurmat qiluvchi posponi sifatida aks ettiradi.

Chirchiq uvasiga qo‘ngan shaharda,

Quyosh xizmatini boshlab saharda,

Mehnatga bel bog‘lar odamdan burun,

Oltin jomakorin yechar kechqurun.

Avvalo, mazkur she’rda kiyim-kechak nomlaridan tashqari bir nechta mavzular aks etadi. Xususan, tabiat bilan uyg‘unlik ilk misralarda yaqqol namoyon bo‘ladi. “Chirchiq uvasiga qo‘ngan shaharda” misrasida uva leksemasi “togʻ yonbagʻirlaridagi cheti qiyalab koʻtarilgan yerlar, pasttekislik” ma’nosini bildirib, Chirchiq daryosi va uning atrofidagi tabiatning ahamiyatini, inson hayoti bilan uyg‘unligini ko‘rsatadi. Bu O‘zbekiston madaniyatida tabiatga hurmat va uning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi qarashlarni aks ettiradi. “Uva” so‘zining sinonimi sifatida “sohil”, “qirg‘oq” yoki “pasttekislik” so‘zlarini ishlatish mumkin edi, ammo “uva” so‘zi she’rga o‘ziga xos milliy qiyofa bera olgan.

Misralarda o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan, uni dunyodagi juda ko‘p xalqlar e’tirof etadigan xususiyati – mehnatsevarligi haqida ajoyib qatra bor. “Mehnatga bel bog‘lar odamdan burun” misrasi o‘zbek xalqining mehnatsevarligini va erta turish an’anasini aks ettiradi. Bu milliy mentalitetning muhim qismi hisoblanadi. “Bel bog‘lash” atamasi mehnatga kirishishning jiddiy va mas’uliyatli ekanligini bildirib, eng asosiy madaniy qiyofa “belbog‘”, “belni bog‘lab kirishish” ta’rifi juda muhim va e’tiborga molikdir. Zero “yeng shimarib” ifodasi umumiy xususiyatga ega bo‘lsa-da, uni barcha millatda turli ma’noda ishlatsalar-da, ammo “bel bog‘lamoq” ifodasi xususiy, milliy-madaniy qiyofamizni aks ettiradi.

She’rda sahar va kechqurun vaqtlari ta’kidlanadi. Bu O‘zbekistonning iqlim sharoitlariga mos keladigan kundalik hayot tarzini aks ettiradi. Quyosh chiqishi bilan mehnat boshlanishi va kun bo‘yi davom etishi, kechqurun esa dam olish vaqti ekanligi ta’kidlanadi. “Saharda” so‘zining sinonimi sifatida "tongda", "ertalab" so‘zlarini qo‘llash mumkin, biroq milliy-madaniy qiyofamiz hisoblangan “sahar” musulmon olamida e’tiqod bilan bog‘iq tushunchani ham aks ettiradi. Zotan ijodkor qaysi millatda bo‘sa, shu millat lisoniy manzarasini tabiiy ravshda aks ettiradi. Shu boisdan so‘zlar ma’no jihatdan biroz farqlanadi va she’rning ritmiga ham ta’sir qilishi mumkin.

"Oltin jomakorin yechar kechqurun" misrasidagi jomakorin leksemasi “ish kiyimi, korjoma”[1] ma’nosini anglatib, korjoma bilan sinonimik munosabatda qo‘lanadi. Shoir o‘sha zamonda ruscha so‘zlar bilan faol munosabatda bo‘layotgan davrdan chekini, uzilib milliy madaniyatimizga xos so‘zlardan foydalanganligi tahsinga loyiq. “Jomakor”ning sinonimi sifatida “korjoma, kombinezon, spetsovka” kabi so‘zlarni keltirish mumkin edi, sababi bugun ham bu so‘zlar oddiy xalq tilida qo‘llanadi, lekin shoir oz ona tilidagi sinonimlarda foydalangan holda obraz yarata olgan.

Xulosa qilib aytganda, she’rda o‘zbek xalqining milliy madaniy xususiyatlarini tabiat, milliy liboslar bilan uyg‘unlik, mehnatsevarlik, kundalik hayot ritmi va boylikka intilish kabi jihatlar orqali aks ettiradi. Sinonimlarning qo‘llanilishi she’rga o‘ziga xos badiiy ifoda berishi va uning mazmunini boyitishi mumkin, ammo ehtiyotkorlik bilan tanlanishi lozim, chunki ular she’rning ritmiga va ma’nosiga ta’sir qilishi mumkin.

Zamonaviy jamiyatda madaniy qadriyatlarning o‘zgarishi sinonimlarning qo‘llanilish chastotasiga va ma’noviy talqiniga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, bugungi kunda “paxsa” so‘zi yoshlar lug‘atida kam qo‘llanadi, yoki so‘zning ma’nosini tushunishmaydi. Sababi zamonning taraqqiyoti, eng avvalo, so‘zda aks etishini bugun Yoshi katta vakillarimiz hayotlarida ko‘rib turishibdi. Nabiralari aynan shu va shu shakldagi qurilishga oid so‘zlarga xos tushunchalarni bilishmaydi. Adib o‘z zamonida milliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lagan  uysozlik bilan bog‘liq terminlarni chiroyli tarzda qo‘llay olgan.

Naqllarga, qo‘shiqqa, rivoyatlarga,

Maqollarga, ertakka, hikoyatlarga,

Men umrimda juda ko‘p quloq osibman,

Eshitibman, bog‘bondan, nonvoy kosibdan,

Paxsazonlar – tuproqni pishitganlardan,

Ular o‘zi eshitgan eshitganlardan.

Ushbu misradan paxsa leksemasi “PAXSA f.t ] 1 Pishitilgan loydan ustma-ust bosib qurilgan devor va uning har bir qavati, qatori[2]” ma’nosini bildiradi. Bugungi kunda aksariyat qurilish ashyolari orasida paxsa leksemasi nofaol tarzda qo‘llanadi, ba’zi hududlarda saqlangan bo‘lishi mumkin, biroq faol leksema sifatida qo‘llanmaydi. O‘TIL da paxsazon leksemasi kiritilmagan, bunga ikki sabab bor. Birinchisi, shoirning okkozional yasalmasi bo‘lib, zon affikisi(garchi bu affiks O‘TIL da uchramaydi)ni qo‘shish orqali yangi ma’noli so‘zni yuzaga keltirmoqda. Ikkinchidan, bu yasalma adabiy me’yor doirasida yasalmagan. Ammo so‘z milliy-madaniy qadriyatlarimizga oid leksema hisoblanadi.

  Davrning uslubiy xususiyatlarini aks ettirishda sinonimlarning ma’noviy va stilistik farqlari muhim rol o‘ynaydi. Masalan, adabiyotda sinonimlarning poetik funksiyasi, majoziy ma’nolarni ifodalash, obrazlilikni oshirish, ritm va ohangni yaratishda qo‘llanishi davrning estetik qarashlarini aks ettiradi.

Ba’zi sinonimlar tarixiy rivojlanish jarayonida ma’no va stilistik ranglarini o‘zgartirib, yangi madaniy konnotatsiyalarni o‘zlashtirishi mumkin. Masalan, “Qo‘lini paxsa qilmoq Kaftini katta ochgan holda qo‘lini tinglovchi tomon cho‘zib, dag‘dag‘a bilan gapirmoq. Oqsoqol odamlami klubga to‘plab, va’zxonlik qildi. Qiziq, chol qo‘lini paxsa qilib, shunaqangi gaplar aytdiki, hammasi qulog‘imga mixlanib qoldi. O‘.Hoshimov, Ikki eshik orasi.

  • ko‘chma Karra, daraja. Ganjaning kayfiyati yana bir paxsa ko‘tarildi. E.Samandar, Daryosini yo‘qotgan qir- g‘oq[3]” Mazkur leksema semantik taraqqiyot natijasida konnotatsiyani yuzaga keltirgan.

Madaniy almashinuv va globalizatsiya jarayonlari ham sinonimlarning qo‘llanilishida o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Chetdan kirib kelgan so‘zlarning natijasida yangi sinonimik qatorlar paydo bo‘lib, tilning boyishiga olib keladi, lekin bir vaqtning o‘zida tilning milliy o‘ziga xosligini saqlab qolish masalasi ham dolzarb bo‘lib qoladi. Biroq masalaning ikkinchi tomoni ham borki, bu davr mafkurasining ta’siridir. Sho‘ro davrida ijod qilgan shoir va yozuvchilarning asarlarida rus var us tili orqali kirib kelgan so‘zlarning ishlatilishi sermahsul davr bo‘lgan. Sababi ijtimoiy-siyosiy hayotning ta’siri har bir insonning ona tiliga ta’sirini ko‘rsatadi. Adibning “Raqamlarning husniga doir” she’rida quyidagi o‘zlashma so‘zlarga guvoh bo‘lamiz.

Singib Kreml kurantlariga,

U Vatanning farzandlariga

“Yuz yasha” deb berganda muhlat –

Muhr bosar pasportlariga

Va qo‘ngali Oy portlariga

Qo‘limizga beradi bilet.

“Kreml kurantlari” birikmasi rus tilidan o‘zlashgan bo‘lib, “Kreml” – Moskva Kremlini anglatadi, “kurantlar” esa soat minorasidan eshitiladigan qo‘ng‘iroqlar ovozini anglatadi. Ushbu so‘z birikmasining sinonimi sifatida ‘Moskva qo‘ng‘iroqlari”, “Kreml soatlari ovozi”, “soatlarning jiringlashi” kabi variantlarini qo‘llash mumkin, biroq bu sinonimlar asl so‘z birikmasining obrazliligini, tarixiy va madaniy konnotatsiyasini to‘liq anglatmaydi, shu boisdan xal ichra ommalashgan birikmadan foydalangan holda obraz yaratishga harakat qilgan.  Ular o‘zbek tilining lug‘aviy boyligini oshirish bilan birga, nozik ma’nolarni ifodalash imkonini beradi.

“Pasportlar” so‘zi fransuz tilidan o‘zlashgan bo‘lib, rus tili orqali o‘zbek tiliga kirib kelgan. Bugungi kunda biz “shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma” yoki “shaxsni tasdiqlovchi hujjat” kabi so‘zlarni qo‘llayotganimiz uning muqobil variant ommalashayotganligini ko‘rsatadi. O‘sha davrda “pasport”, “bilet” va shu kabi o‘zlashmalarning kirib kelishi – xalqaro aloqalarning kuchayayotganligini ham ko‘rsatadi.

“Bilet” so‘zi ham fransuz tilidan o‘zlashgan. Sinonimi sifatida “chipta” so‘zi bugungi kunda faol qo‘llanadi, barcha ish yuritish hujjatlarida ham aks etadi, bundan tashqari “yo‘l varaqasi” varianti ham ishlatilayotganligini kuzatish  mumkin. Shoir o‘sha davr uchun zamonaviy hayotning elementlarini aks ettirayotganligi neologizmlar orqali ko‘rsatadi.

O‘zlashma so‘zlarning ishlatilishi madaniy almashinuvni, turli madaniyatlarning o‘zaro ta’sirini ko‘rsatadi. Neologizmlarning o‘zbek tiliga kirib kelishi va qo‘llanishi tilning leksik tarkibiga o‘zgarishlar kiritadi. Ular ba’zan yangi ma’no va konnotatsiyalarni ham olib kelishi mumkin. O‘zbek tiliga chetdan o‘zlashgan so‘zlarning ta’siri murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u tilning boyishini, rivojlanishini va o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. She’rda o‘zlashma so‘zlarning qo‘llanilishi o‘sha davr uchun tilga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan, balki uning stilistik imkoniyatlarini kengaytiradi va badiiy ifodalilikni oshiradi. Ammo, chet so‘zlarni qo‘llashda o‘rinli va maqsadga muvofiq bo‘lishi, o‘zbek tilida muqobil so‘zlar mavjud bo‘lsa, ularni afzal ko‘rish kerakligini unutmaslik zarur. Ortiqcha chet so‘zlar tilning o‘ziga xosligini pasaytirishi mumkin. Shoir o‘zlashmalarning haddan tashqari ko‘p va o‘rinsiz qo‘llamaydi. Buni “Bu kecha” she’ri misolida ko‘rish mumkin.

Doktor esa bermas ijozat,

“Qon bosimi oshiq, – der sizda”

“Asabiyat, bor”,  deydi, sizda!”

Odatda, bugungi kunda ham qon bosimi bilan birga “davleniye” so‘zini ham nutqimizda qo‘llaymiz. Ammo shoir mazkur so‘z o‘rnida “qon bosim”, “nerv kasalligi” o‘rnida “asabiyat” kabi adabiy me’yorga xos so‘zlardan foydalangan holda milliy-madaniy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan nutq madaniyatiga rioya qilgan holda ijod qilgan adiblardan.

Sinonimlarning to‘g‘ri tanlanishi nutq madaniyatining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Ushbu ko‘rsatkich nutqning aniqligi, ravshanligi, obrazliligini ta’minlaydi. Sinonimlarni noto‘g‘ri qo‘llash esa, nutqning noaniqligi, stilistik xatolarga olib kelishi mumkin. Zamonaviy nutq madaniyati sinonimlarning o‘rinli va o‘z vaqtida qo‘llanilishini taqozo etadi.

She’riyatda sinonimlarning roli beqiyosdir. Ular orqali shoir obrazlarni yanada chuqurroq ochib berishi, his-tuyg‘ularni aniq ifodalashi, she’r ritmini va ohangini boyitishi mumkin. Sinonimlar yordamida she’riy tilning obrazliligi va ifodali-ligi yuksaladi. Masalan, turli sinonimlarning bir-biriga mos kelishi, she’rning ritmik tuzilishini, uyqalarini yaratishda muhim rol o‘ynaydi.

Sinonimlar til boyligining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, davrning madaniy qadriyatlarini, uslubiy xususiyatlarini va nutq madaniyatini aks ettirishda muhim rol o‘ynaydi. Ularning semantik maydoni, stilistik ranglari va madaniy kontekstlari tilning rivojlanishi va o‘zgarishi bilan uzviy bog‘liqdir. Lingvopoetik tahlil sinonimlarning badiiy adabiyotda, she’riyatda qo‘llanilishini, ularning obrazlilikni, hissiy ifodani kuchaytirishdagi rolini o‘rganishga imkon beradi. Zamonaviy kommunikatsion muhitda sinonimlarning to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llanilishi aniq, tushunarli va madaniy jihatdan boy nutqni yaratishga xizmat qiladi.

Библиографические ссылки

Турдиалиев Б. Ҳамза ва ўзбек адабий тили. – Тошкент: фан, 1981.,

Шукуров Р. Синтактик параллелезимнинг услубий вазифалари. // ЎТА,2004,№2, 73-бет

Umurqulov B.Badiiy adabiyotda so‘z.Toshkent.Fan.1993

Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati.T-Fan 2002

O‘zbek tili leksikologiyasi.T-Fan 1981

Xudoyberdiyeva H..Osoyishta shamT-O‘zbekiston,2017

Арутюнова Н. Д. Метафора и дискурс // Теория метафоры. – М., 1990. – С. 5 – 51

Богданова О.Ю., Леонов С.А., Чертов В.Ф. Методика преподавания литер O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. Toshkent: O‘zMU nashriyoti. 6-jildli. 3-J. 682

O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. Toshkent: O‘zMU nashriyoti. 6-jildli.3- J 682

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Феруза Маханова ,
Шахрисабзский государственный педагогический институт

независимый исследователь

Как цитировать

Маханова , Ф. (2025). Возможности синонимов в отражении культурных ценностей на примере поэзии Максуда Шайхзады. Лингвоспектр, 3(1), 736–740. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/611

Похожие статьи

<< < 22 23 24 25 26 27 28 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.