Теоретическое и лингводидактическое значение изучения пословиц

Аннотация
Данная научная статья всесторонне исследует лингвистические, культурные, дидактические и стилистические аспекты пословиц. Автор анализирует пословицы как выражение культуры различных народов, их исторического опыта, нравственных взглядов и мировоззрения. Через призму взглядов ученых на пословицы в статье рассматриваются их лингвистические особенности, стилистические приемы и образовательная значимость. Также описываются семантический, контекстуальный и модульный теоретические подходы, применяемые в изучении пословиц. В статье анализируется, как учащиеся воспринимают и используют пословицы, преодолевая различные уровни фразеодидактических барьеров (семантические, синтаксические, парафрастические, контекстуальные и прагматические). Исследование подчеркивает важность интеграции пословиц в процесс обучения иностранным языкам, особенно акцентируя внимание на их прагматических функциях и практическом применении. Статья обосновывает необходимость использования методических подходов, основанных на лингвистических и дидактических теориях, для формирования межкультурной коммуникативной компетенции учащихся через пословицы в преподавании иностранных языков.
Ключевые слова:
Пословицы культура паремиология (наука о пословицах и поговорках) лингвистические особенности дидактический подход прагматика обучение иностранным языкам контекстное обучение.Maqollar turli xil millatlarning madaniyatini, turmush tarzini dunyo qarashini ifoda etib, ular haqida turli xil tilshunoslar o‘zlarini ta’riflarini berib borganlar. Shunday tilshunoslardan biri V.I.Dalning (1984) fikricha maqollar xalqning o‘ziga xos mulki bo‘lib, avlodlar donoligi sifatida o‘sha xalq boshidan kechirgan qiyinchiliklar oqibatida kelib chiqqan qayg‘u va shodlikni tavsiflaydi. Paremiologiya sohasida ma’lum va mashhur nemis olimi Wolfgang Medier (2004) maqollar haqida shunday deydi “Maqol xalqning qisqa, hammaga maʼlum boʻlgan gapi hisoblanib, unda hikmat, haqiqat, axloq va an’anaviy qarashlar majoziy, sobit va esda qolarli shaklda avloddan-avlodga oʻtadi”. Har bir xalqning maqollarida o‘ziga xos tarzda, milliy-madaniy, tarixiy, psixologik va boshqa qadriyatlarning mazmuni va hayotga tadbiq etilishidan kelib chiqib, ijobiy yoki salbiy, lekin har doim majoziy, axloqiy jihatdan tavsiflanadi.
Ba’zi adabiyotlarda maqollar haqida birinchi o‘ringa chiqqan prototiplar mavjud ammo maqollarning o‘ziga xos xususiyatlari mohiyatan hamma maqollarda mavjud emas. Eng keng tarqalgan xususiyatlar Ulusoy Aranyosi (2010) ta’riflarida atamalar bo‘yicha maqollarning besh jihati keltirilgan.:
Madaniy jihatlar: |
Rasmiy jihatlar:
|
An’anaviy Avloddan-avlodga o‘tib kelgan Foydalanishda tez-tez va keng tarqalgan Tanish va taniqli Muayyan manbasiz
|
Qisqa, mazmunli gaplar Tugallangan Yodga olinadigan
|
Pragmatik jihatlar:
|
Adabiy jihatlar: |
Maslahat berish, didaktik va harakatga rahbarlik qilish
|
Majoziy Alliteratsiyaga ega |
Semantik jihatlar:
|
|
Mashhur umumiy haqiqat yoki faktlarni, xalq donoligini, an’anaviy qarashlarni ifodalash; xulq-atvor, axloq, tajriba, kuzatishlar va ijtimoiy normalar |
Maqollarni lingvistikada nazariy o‘rganish Aristotel davriga borib taqaladi. Aristotel (1833)o‘zining ‘Retorika’ degan asarida maqollarni tasviriy ma’noga ega ekanligini tushuntirib barcha turdagi maqollar metaforik ma’noga egaligini tasniflaydi. Zamonaviy tilshunoslikda maqollarni o‘rganish xalqaro paremiologiyaning XX asr dahosi Archer Teylor (1931)tomonidan boshlangan. U 1931 yilda o‘zining "Maqol" nomli kitobida maqolning kelib chiqishi juda oz o‘rganilganligini ta’kidlaydi. Muhimi, (Nasisione,2010) maqollar uslubiy bo‘shliq emas: uning tasviriy ma’nosi turli stilistik naqshlarga yoki ularning kombinatsiyasiga asoslangan bo‘ladi. Maqollardagi uslubiy naqshinkorlikni tahlil qilib chiqishimiz mumkin:
Metafora ega: There is no smoke without fire. ( ma’nosi:shamol bo‘lmasa daraxt uchi qimirlamaydi). Antetiziyaga ega maqol: Less is then more. (ma’nosi: toma toma ko‘l bo‘lur).
Metonimiyaga ega:Two heads are better than one.(tarjima: bir kalladan ikkita kalla yaxshiroq).
Jonlantirishga ega: Actions speak louder than words (tarjima: harakat so‘zdan ko‘ra balandroq gapiradi. Ma’nosi: gap bilguncha ish bil).
Efimizmga ega maqol: Heads will roll. (tarjima: boshlar aylanadi. Ma’nosi: jazolanadi). Mubolag‘aga ega maqol: A watched pot never boils. (tarjima: kutgan qozon hech qaynamas).
Hozirgi ta’lim dasturlarida maqollarni o‘rgatish keng yo‘lga qo‘yilgan bunga asosiy sabab talabalarni maqollardagi madaniy, pragmatik va sotsiopragmatik xususiyatlarini shakllantirish. Shunday pedagog olimlardan biri Djusupov (2022) “Antropotsentrik materialni o‘rganish va o‘rgatish chet tili maqollari (ingliz, rus, ...) ichida turkiyzabon auditoriya uchun yuqori lingvo-nazariy va lingvo-uslubiy ahamiyatga ega” ligini ta’kidlaydi. Maqollarni chet elliklar tomonidan o‘zlashtirilishi o‘rganilayotgan til bo‘yicha nazariy va amaliy bilim, ko‘nikma va malakalarni oshirishga, xalq madaniyati, tarixi va turmush tarzi bilan yaqindan tanishishga, millatlararo va madaniyatlararo muloqotni ongli ravishda to‘g‘ri amalga oshirishga xizmat qiladi va talabalarning ikki tilli-kommunikativ kompetensiyasini yaxshilaydi.
- Kanning (2011)fikricha nafaqat darsliklar, balki o‘quv dasturi va baholashda ham maqollarni o‘rgatishga alohida e’tibor qaratish lozimki, o‘qituvchi ham, o‘quvchilar ham darsliklarga kiritilgan maqollarga ko‘proq e’tibor berish zarurligini tushunib yetishlari kerak. O‘qituvchilar maqollarni o‘rgatish uchun mos darsliklarni tanlashlari yoki ularni maqollarga bo‘lgan ehtiyojini yaxshiroq qondirish uchun moslashtirishlari kerak. Agar ma’murlar maqollarni o‘qitishni o‘quv dasturiga kiritmasalar, u holda o‘qituvchilarning mas’uliyati darsning mazmuni va mohiyatini bilish, o‘quv materiallarni o‘zlari loyihalashtirishi mumkin. Lekin bu yangi materiallarni tayyorlash uchun qo‘shimcha vaqt yetishmasligi tufayli o‘qituvchilardan qo‘shimcha harakat talab qiladi. O‘quv dasturlarini ishlab chiquvchilar maqollarga kamroq e’tibor qilishsa o‘quvchilarga maqollarni kerakligi haqida ishonchsizlik yuzaga keladi. O‘quv dasturlarini ishlab chiquvchilar ELT (ingliz tilini o‘qitish) o‘quv dasturidagi komponentlarga maqollarni kiritishni ahamiyati va imkoniyatlarini muhokama qilishlari kerak. Tadqiqotchining fikricha, ingliz tilining xalqaro til sifatida o‘sishi EFL maqollarni o‘quv dasturiga kiritilishiga sabab bo‘ladi. Kanning tadqiqotiga ko‘ra, uning bir qismi sifatida ular Turkiyadagi o‘qituvchilarning ingliz tilini o‘rganish tajribasiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan tashqi omillar mavjudligini aniqlashga qaratilgan. Ularning tadqiqotiga ko‘ra, Anotoliy o‘qituvchilarni tayyorlash universiteti (AO‘TU) bo‘lajak o‘qituvchilarining atigi 32 foizi darslarda maqol o‘rgatish uchun qo‘shimcha materiallardan foydalangan. O‘rganish natijasida so‘rovnoma ishtirokchilarning aksariyati darslarda asosiy material sifatida AO‘TU faqat darsliklardan foydalanilgan va ingliz tilini sinfdan tashqarida muloqot vositasi sifatida ishlatish uchun ko‘p imkoniyatlarga ega emasligi aytilgan. Shu sababli, darsliklar talabalarning ingliz tilini o‘rganish va lingvistik va pragmatik bilimlarini rivojlantirishga bog‘liq bo‘lgan asosiy manbalardir.
J.-P.Kolson (1995) turg‘un birikmalarni o‘qitishda qo‘llaniladigan ba’zi didaktik g‘oyalarni taklif qiladi. Ularning asosiy maqsadi til o‘rganuvchilarda turg‘un birikmalarga nisbatan ko‘nikmani shakllantirishdan iborat. Bu g‘oyalarni biz maqollarni o‘rgatishda ham qo‘llasak bo‘ladi. J.-P.Kolson tomonidan taklif qilingan didaktik yondashuvlarning 3 tasi maqolarni o‘rgatishda qo‘llanilishi mumkin; Semantik tahli, kontekst tahlil va modulli nazariy yondashuv.
- Semantik tahlil. Maqollar o‘rgatishda tanlangan maqollar ma’no tahlilining predmeti bo‘lishi kerak. Bunga sinonimlar va semantik sohalarni o‘z ichiga olgan mashqlar yordam berishi mumkin. Sinonimlar va antonimlar lug‘at va iboralar haqidagi bilimlarni takomillashtirishga imkon beradi va tarjima lug‘ati tomonidan taklif qilingan yechim bilan cheklanmaydi. Semantik sohalar esa so‘zlarning ma’nosi haqidagi tushunchani kengaytiradi va o‘rganilayotgan tilda ekvivalentini izlashni osonlashtiradi.
2.Kontekstdagi tahlil. Maqollar lingvistik va ekstralingvislik kontekstda tahlil qilinib o‘rganilishi kerak. Bunday tahlil natijasida maqollarni ko‘chma va kinoyali ma’noga ega bo‘lishini va natijada ularni kontekstdan kelib chiqqan boshqa ma’no variantlari mavjud bo‘lishini bilish mumkin.
3.Modulli nazariy yondashuv. Paremiologik ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonini boshlang‘ich nazariy tayyorgarlik bilan birga olib borish ham muhimdir. O‘quvchilarni darajasiga mos bo‘lgan maqollarni to‘plab ularni nazariy tahlilar orqali bosqichma bosqich tushuntirib borish va mavzu bo‘yicha tasniflangan nazariy fayl yaratish va asta-sekin ularni tarjima qilishning asosiy tushunchalarini egallash kerak. Shubhasiz, maqollar misollar bilan tasvirlangan mavzulashtiriligan bo‘lishi mumkin. Modulli yondashuv tufayli talabalar maqollarni o‘quv materiallari orqali bosqichma-bosqich kashf etadilar va parallel ravishda ona tili va chet tilidagi matnlarni o‘qish orqali amaliy ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.
H.Lyuger (1997) fikriga ko‘ra, turg‘un birikmalarni o‘rganishda talabalar ma’lum bir darajadagi bilimlarga ega bo‘lishlari kerak va ularni quyidagi ko‘rinishda ifoda etsak bo‘ladi.
Frazeodidaktikada to‘siqlar |
|||||
|
|||||
Semantik daraja |
|
Parafraza darajasi |
|||
Kontekstdagi darajasi |
|
Pragmatik darajasi |
|||
- Kontekst darajasidagi ko‘nikmalar talabalarni maqollarni o‘rganish jarayonida maqollarni ma’lum bir kontekstda ma’no o‘zgarishi ya’ni unda kinoya yoki ko‘chma ma’no bo‘lishi mumkin.
- Semantikani bilish darajasi, ayniqsa, talabalar egallashi kerak bo‘lgan eng muhim ko‘nikma hisoblanib bunda talabalar maqollardagi oson tushunishga yordam beradi.
- Sintaktik darajada talabalar maqollarni o‘ziga xos gap strukturasiga ega ekanligi va ularni ishlatganda gap bo‘laklarining o‘rnini o‘zgartirmaslik yoki boshqa so‘zlar bilan almashtirib bo‘lmaydigan turg‘un gap shakliga ega ekanligini bilishlari zarur.
- Parafrazalash qobiliyatiga ega bo‘lish talabalarni maqollarni umumiy ma’nosini va ularning qismlari ma’nosidan kelib chiqib bo‘lmaydigan lisoniy birlik (idioma kabi) ma’nosini tushunib foydalanishga imkon beradi.
- Pragmatik daraja talabalarga maqollarning kommunikativ jihatini hisobga olgan holda foydalanishga imkon beradi. Ushbu qobiliyat bilan talaba vaziyatga mos keladigan maqoldan foydalanishi mumkin.
Sinfda (Kan, 2011) maqollarning pragmatik xususiyatlarini ko‘rib chiqish o‘quvchilarga maqollarning ma’lum kommunikativ vazifalarini (g‘oyaviy, manipulyatsiya va tasavvur vazifalarini) bajarish uchun qanday foydalanish, ular qanday xushmuomalalik strategiyasini (yuzni saqlash harakati) va bilvosita nutq harakati sifatida ishlatilishini, shuningdek, maqollar tilning hazil va kinoya maqsadlarida qanday ma’no o‘zgarishini bilish imkoniyatini beradi. Shunday qilib, til o‘rganuvchilarning o‘zlari maqollar orqali ma’lum nutqiy harakatlarni bajarishga, xushmuomalalikka, hazil va kinoya yaratishga o‘rganadilar. Agar o‘quvchilar maqollar haqida ma’lumotga ega bo‘lmasalar, ular odatda maqollar orqali yaratilgan kinoya va hazilni tushunmasliklari mumkin. Shuning uchun talablarga anti-maqollardan gaplarda qanday foydalanish, anti maqollarni qo‘llanish sabablari to‘g‘risidagi tushunchalarini oshirish kerak. Xuddi shunday, madaniyatning umumiy mulki sifatidagi maqollar odatda qisqartirilgan shakllarda qo‘llaniladi, ularning to‘liq shakllari ma’lum bo‘lmasa, tushunib bo‘lmaydi.
Maqollarning pragmatik tomonlarini sinfga olib kirishda o‘qituvchilar haqiqiy va kontekstli faoliyatni rejalashtirishi kerak. Maqollar qoʻllanilgan kontekstga qarab haqiqiy va mazmunli boʻlganligi uchun ularni asl kontekstda taqdim etish va oʻrgatish zarur. Bu borada Turkol (2003) “kontekstda keltirilgan maqollar ikkinchi til o‘qituvchisiga o‘sha tilning majoziy ifodasi va madaniy qadriyatlarini aks ettirishi mumkin bo‘lgan madaniy ob’ektlar sifatidagi matnlarni o‘quvchilarga tanishtirishga yordam beribgina qolmay, balki xushmuomalalik, rasmiy-norasmiy nutq, bilvosita til va navbat bilan so‘zlashish qoidalarining tuzilishi va shakllarini ko‘rsatishga yordam beradi”, deb ta’kidlaydi. Boshqacha qilib aytganda, maqollarni yodlashni ma’nosi yo‘q, chunki “haqiqiy lingvistik vazifa til o‘rganuvchini maqolni qachon va qanday qilib aniq kommunikativ vaziyatda qo‘llashni o‘rganishga harakat qilganda boshlanadi” (Nuessel, 2003). Bundan tashqari, maqollarning pragmatik vazifalarini o‘rganish va amalda qo‘llash uchun talabalarga aniq maqsadlarga ega (Littlmore & Lov, 2006) haqiqiy vazifalarni bajarish imkoniyati berilishi kerak.
Yuqorida berilgan barcha fikrlarga tayanib chet tillarini samarali o‘rgatish maqollarni hisobga olmasdan tasavvur qilish qiyin. Shu nuqtai nazardan, maqollarni oson va nutqda qiyinchiliksiz foydalana olish imkoniyatini beruvchi har xil metodik va didaktik nazariyalarni o‘rganishimiz muqarrar va zarur. Bu sohalar ko‘proq vositalar va takliflarni taqdim eta olishlari va paremiologik ko‘nikmalarga kirishni osonlashtirish uchun doimo rivojlanishi kerak. Shu nuqtai nazardan, ular eng dolzarb va foydali amaliy sohalar hisoblanadi.
Библиографические ссылки
Aristotel. (1833). Ritorika. Oksford: Talboys va Braun.
Dal, V.I. (1984). Rus xalqining maqollari: koll.: 2 jildda (T. 1–2). Moskva: Rassom. lit.
Djusupov, M. (2022). Antroposentrik maqollar lingvokontrastiv va lingvometodik muammo sifatida. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Kan, N. (2011). O‘rganilgan maqol – erishilgan maqol: Kelajakdagi ingliz tili o‘qituvchilarining Turkiyadagi Anadolu o‘qituvchilari tayyorlaydigan litseylarida ingliz tili maqollarini o‘rganish tajribasi (Magistrlik dissertatsiyasi). Yaqin Sharq Texnika Universiteti, Ingliz tilini o‘qitish bo‘limi, Turkiya. https://hdl.handle.net/11511/20206
Kolson, J.P. (1995). Bo‘lajak tarjimon va tarjimonlarga frazeologizmlarni o‘rgatish bo‘yicha ba’zi mulohazalar. Til va inson, 147–156.
Littlemore, J., & Low, G. (2006a). Tasviriy fikrlash va chet tillarini o‘rganish. Nyu-York, NY: Palgrave Macmillan.
Lyuger, X.H. (1997). Frazeodidaktika bo‘yicha takliflar. Chet tillarini o‘qitishga qo‘shgan hissasi, 69–120.
Mieder, W. (2004). Maqollar – Qo‘llanma. Westport, CT: Greenwood Press.
Naciscione, A. (2010). Frazeologik birliklarning nutqda stilistik ishlatilishi (36b).Amsterdam /Filadelfiya: Jon Benjamins nashriyot kompaniyasi.
Nuessel, F. (2003). Ikkinchi tilni o‘zlashtirishda maqollar va metafora tili. In W. Mieder (Ed.), Idrok, tushunish va muloqot. Shimoliy Amerika maqollarini o‘rganish o‘n yilligi (pp. 395–412). Xohengehren: Shnayder-Verlag.
Taylor, A. (1931). The Proverb. Cambridge, MA: Harvard University Press.
Tomlinson, B. (Ed.). (2003). Til o‘rgatish uchun materiallar ishlab chiqish. Nyu-York, NY: Davomiylik.
Turkol, S. (2003). Ingliz tilida ona tili bo‘lmagan ilg‘or odamlarda maqol bilan tanishish va talqin qilish (ProQuest dissertatsiyasi va tezislaridan olindi). (AAT 1414311)
Ulusoy Aranyosi, E. (2010). “Maqol” nima edi, nima bo‘ldi? Milliy folklor, 22(88), 5–15.
Villis, J. (1996). Vazifaga asoslangan ta’lim uchun asos. Harlow: Longman.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Madinabonu Muxammadiyeva

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.