Выражение эвфемизмов в современных аутентичных материалах

Авторы

  • Ферганский государственный университет
Выражение эвфемизмов в современных аутентичных материалах

Аннотация

Данная статья посвящена анализу изменений в семантической и функциональной структуре английских эвфемизмов в XXI веке. Глобальные социокультурные трансформации, укрепление принципов политкорректности и развитие цифровых коммуникаций расширили рамки использования эвфемизмов. Они стали не просто средством смягчения табуированных тем, но и важным инструментом инклюзивной и культурно чувствительной коммуникации. В статье рассматриваются особенности употребления эвфемизмов в современных аутентичных материалах: кино и телесериалах, политических речах, журналистских текстах, социальных сетях и рекламных дискурсах. Эвфемизмы выступают здесь не только как лексические замены, но и как стратегии влияния на восприятие, создания этичного тона общения и предотвращения социальных конфликтов. Авторы подчеркивают идеологические, манипулятивные и фильтрующие функции эвфемизмов, демонстрируя их значение как важного компонента современной лингвокультурной практики.

Ключевые слова:

эвфемизм политкорректность аутентичные материалы массмедиа цензура культурная чувствительность языковой этикет современный английский журналистика медиадискурс реклама.

Bugungi globallashgan dunyoda til nafaqat aloqa vositasi, balki ijtimoiy ong va madaniy tafakkurni shakllantiruvchi muhim omil sifatida e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, zamonaviy kommunikatsiya vositalarining kengayishi, siyosiy to‘g‘rilik (political correctness) tamoyillarining kuchayishi hamda madaniy xilma-xillikni hurmat qilishga bo‘lgan ehtiyojning ortishi tilning uslubiy qatlamiga, xususan evfemizmlarning rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Evfemizmlar faqatgina tabu yoki noxush tushunchalarni yumshatish vositasi emas, balki axloqiy, madaniy va ijtimoiy murosani ta’minlovchi til hodisasi sifatida e’tirof etiladi (Crystal, 2003). Maqolada evfemizmlarning zamonaviy autentik materiallardagi – jumladan badiiy filmlar, tele-seriallar, yangiliklar matnlari, siyosiy nutqlar, reklama va ijtimoiy tarmoqlardagi – ifoda shakllari va funksional yondashuvlari lingvokulturaviy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Maqolaning dolzarbligi shundaki, unda evfemizmlarning bugungi kommunikatsion maydonda qanday o‘zgarib, turli maqsadlarga xizmat qilayotgani – xususan, senzura, axloqiy moslashuv, manipulyatsiya va inklyuzivlik – ko‘rsatib beriladi. Bu esa evfemizmni zamonaviy tilshunoslikda ko‘p qirrali va chuqur tahlilni talab qiluvchi hodisa sifatida o‘rganish zaruratini yuzaga keltiradi.

Zamonaviy ingliz tilida evfemizmning funksional doirasi kengayib, u nafaqat madaniy sezgirlikni saqlash, balki ijtimoiy tenglikni ta’minlash, diskriminatsiyaning oldini olish va muomala madaniyatini yuksaltirish vazifasini ham bajarmoqda. Shuningdek, bugungi media maydonida evfemistik shakllar turli ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi muloqotni yumshatish, keskin ijtimoiy ziddiyatlarni silliqlashtirish, hatto siyosiy manipulyatsiyani amalga oshirish vositasi sifatida ham faol qo‘llanilmoqda (Allan & Burridge, 2006).

Bu jarayonda evfemizm nafaqat leksik birlik, balki ijtimoiy ong, axloqiy sezgirlik va madaniy muvozanatni ifodalovchi kommunikativ strategiya sifatida tilshunoslik doirasida chuqur tahlil etilmoqda (Lakoff, 2000). Ayniqsa, zamonaviy autentik materiallar (yangiliklar, siyosiy bayonotlar, ijtimoiy tarmoqlar, seriallar, blog va reklama matnlari) evfemizmlarning nafaqat semantik, balki ideologik va pragmatik yuklamaga ega til hodisasi sifatida shakllanayotganini ko‘rsatmoqda.

Zamonaviy kinomatografiya va seriallarda evfemizm

Zamonaviy kinomatografiya, ayniqsa, Gollivud filmlari va Netflix, HBO, BBC, NBC kabi yirik media platformalar orqali efirga uzatiladigan seriallarda evfemizm jamiyatdagi tabu sohalarni badiiy, axloqiy va madaniy jihatdan ijtimoiy maqbul tarzda ifodalash uchun faol qo‘llanilmoqda (Bednarek, 2010). Bugungi kunda kino san’ati nafaqat estetik ta’sir ko‘rsatish, balki ijtimoiy normalarni aks ettirish va tinglovchi yoki tomoshabinning madaniy qabul darajasiga moslashish vositasi sifatida evfemistik til vositalaridan foydalanadi.

Masalan, NBC telekanali tomonidan efirga uzatilgan “The Good Place” (2010–2015) komediya serialida senzura talablariga rioya qilgan holda evfemizmlar o‘ziga xos uslubda qo‘llanilgan. Serial g‘oyaviy jihatdan o‘limdan keyingi hayot tasviriga asoslangan bo‘lib, bu kontekstdagi axloqiy baholash va diniy tushunchalar ehtiyotkorlik bilan yumshatilgan. Masalan, “hell” (do‘zax) o‘rniga “the bad place”, “shit” o‘rniga “shirt”, “fuck” o‘rniga “fork” kabi so‘zlar ishlatilgan ((Dynel, 2015). Ushbu so‘zlar haqiqiy leksik birliklar emas, balki original so‘zlarning qonuniy efirga moslashtirilgan evfemistik variantlari bo‘lib, ular orqali so‘zning emotsional kuchi saqlab qolingan, biroq senzura talablariga javob beruvchi yumshoqlik ta’minlangan.

Bunday uslub o‘z ichiga hazil, lingvistik ijodkorlik, ijtimoiy muloyimlik va axloqiy senzura kabi elementlarni qamrab olib, madaniyatdagi qarama-qarshi tamoyillar  –  ochiqlik va ehtiyotkorlik, realistik tasvir va senzura talablarini muvozanatga keltirishga xizmat qiladi. Bu orqali evfemizm zamonaviy kinematik nutqda nafaqat til vositasi, balki janr uslubi, axloqiy pozitsiya va auditoriya bilan murosali muloqot shakli sifatida namoyon bo‘ladi.

Ushbu til hodisasi Gollivud mahsulotlarining global auditoriyaga mo‘ljallangan bo‘lishi bilan ham izohlanadi. Turli madaniyatlar, dinlar va axloqiy tizimlarga ega bo‘lgan tomoshabinlar uchun madaniy neytrallikka ega evfemistik shakllar – universal tushuncha va hazilni yetkazish vositasiga aylanmoqda.

Bundan tashqari, zamonaviy serial va teleserial janrida ham evfemizm ijtimoiy jihatdan sezgir mavzularni muloyimlik bilan yetkazish vositasi sifatida keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, global auditoriyaga mo‘ljallangan va axloqiy hamda tibbiy mavzularni o‘z ichiga olgan Grey’s Anatomy, House M.D., Breaking Bad kabi seriallarda o‘lim, nogironlik, homiladorlik, jinsiy orientatsiya, psixologik salomatlik kabi nozik sohalar bevosita emas, balki ijtimoiy maqbul va yumshatilgan iboralar orqali ifodalanadi. Masalan,

“passed peacefully in her sleep” iborasi o‘limni bevosita “died” shaklida emas, balki emotsional jihatdan yumshatilgan tarzda ifodalaydi.

“in a delicate condition” iborasi pregnant (homilador) so‘zining evfemistik varianti bo‘lib, bu holatni odobli nutq doirasida yetkazishga xizmat qiladi.

“terminal condition” (tuzalib bo‘lmaydigan kasallik) tibbiy kontekstdagi qattiq tushunchalarni yumshatish va bemor hamda oila a’zolari ongida umidsizlik uyg‘otmaslik maqsadida ishlatiladi.

“gender non-conforming” yoki “non-binary individual” kabi iboralar zamonaviy jamiyatda jinsiy orientatsiya va gender identifikatsiyasi bilan bog‘liq mavzularni sezgirlik bilan yoritishga qaratilgan (Burridge, 2012).

Bu iboralar orqali serial mualliflari nafaqat o‘zlarining senzura talablariga mos ravishda ishlayotganlarini, balki auditoriya bilan inklyuziv, ehtiyotkor va hurmatli muloqot yuritishga intilayotganlarini ko‘rsatadilar. Ayniqsa, sog‘liq, o‘lim va gender masalalariga doir evfemistik ifodalar tinglovchi yoki tomoshabinning psixologik holatini hisobga olgan holda tanlanadi, bu esa madaniy murosani saqlashga xizmat qiladi.

Shu nuqtai nazardan, bugungi audiovizual san’atda evfemizm  –  bu shunchaki stilistik bezak emas, balki axborot filtrlash, madaniy ehtiyotkorlik, va ijtimoiy kontekstga moslashuvchan til strategiyasi sifatida e’tirof etilishi lozim.

Zamonaviy jurnalistik matnlarda va siyosiy nutqda evfemizm

Zamonaviy yangiliklar diskursida evfemizm siyosiy tilning ajralmas komponenti sifatida shakllanmoqda. Ayniqsa, BBC, CNN, The Guardian, The New York Times kabi nufuzli xalqaro OAVlar og‘ir, nozik yoki mojaroli ijtimoiy hodisalarni yumshoqroq, neytralroq va axloqiy jihatdan maqbulroq tarzda yetkazish uchun evfemistik iboralardan keng foydalanmoqda (Chilton, 2004). Bu uslub nafaqat axborotni senzura va ommaviy ta’sirdan himoya qilish, balki ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ideologik muvozanatni ta’minlash va psixologik himoya vositasi sifatida ham xizmat qiladi.

Siyosiy va harbiy kontekstdagi eng ko‘p ishlatiladigan evfemistik iboralar quyidagilardir:

“military intervention”  –  urush yoki harbiy bosqinchilik o‘rniga,

“collateral damage”  –  tinch aholining o‘limi o‘rniga,

“regime change”  –  hukumatni ag‘darish (puxta rejalashtirilgan siyosiy inqilob) o‘rniga,

“enhanced interrogation techniques”  –  qiynoq usullari o‘rniga,

“ethnic tensions”  –  etnik zo‘ravonlik yoki genotsid holatlarining yumshatilgan ifodasi sifatida (Lakoff & Johnson, 1980).

Bunday iboralar semantik noaniqlikni yaratish orqali ijtimoiy keskinlikni pasaytiradi, tinglovchini axborotga emotsional jihatdan haddan ortiq reaksiya bildirishdan tiyadi va siyosiy subyektga ijobiy yoki betaraf ijtimoiy qiyofa yaratishga xizmat qiladi. Evfemizm bu yerda manipulyativ kommunikatsiya vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Shuningdek, siyosiy to‘g‘rilik (political correctness) tamoyillarining mustahkamlanishi bilan birga, zamonaviy jurnalistik tilda irq, jins, salomatlik holati, yosh yoki imkoniyatlar bilan bog‘liq mavzular madaniy sezgirlik asosida evfemistik tarzda ifodalanmoqda:

“visually impaired”  –  ko‘rishida nuqsoni bor odamlar uchun,

“hearing challenged”  –  eshitishda muammosi bor shaxslar uchun,

“senior citizens”  –  keksalar o‘rniga ishlatiladi,

“differently abled”  –  nogiron (disabled) so‘zining ijtimoiy jihatdan maqbul variantidir,

“person experiencing homelessness”  –  homeless (uy-joysiz) so‘zining zamonaviy inkluziv versiyasi (Tagg, 2015).

Bu iboralar orqali til nafaqat muloqot vositasi, balki ijtimoiy tenglikni saqlash, insoniy qadr-qimmatni hurmat qilish va madaniy xolislikni ta’minlash mexanizmiga aylanadi.

Shu tariqa, zamonaviy yangiliklar tili evfemizm vositasida lingvistik diplomatiya, ideologik yumshoqlik va jamiyatning axloqiy-madaniy tamoyillariga moslashtirilgan axborot oqimini shakllantiradi.

Internet va ijtimoiy tarmoqlarda evfemizm

Raqamli kommunikatsiya vositalarining, ayniqsa, Twitter (hozirgi X), Reddit, YouTube, TikTok va Facebook kabi platformalarning global miqyosda keng tarqalishi, internet tilida o‘ziga xos evfemistik ifoda usullarining paydo bo‘lishiga olib keldi. An’anaviy evfemizmlardan farqli o‘laroq, internet va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari til orqali axborotni nafaqat yumshatish, balki platformalardagi senzura algoritmlarini aldash yoki aylanib o‘tish maqsadida qisqa, kodlangan, ko‘pincha sarkazm va kinoya tusidagi ifodalarni yaratmoqda.

Masalan, TikTok, YouTube yoki Instagram kabi platformalarda moderatsiya tizimlari ayrim so‘zlarni avtomatik tarzda bloklashi sababli “unalive” (o‘lish o‘rniga), “S-word” (suicide), “N-word” (irqiy so‘z), yoki “the big C” (cancer – saraton) kabi alternativ evfemistik birliklar keng qo‘llanilmoqda. Bu ifodalar foydalanuvchilarga kontentni senzurasiz yetkazish, lekin shu bilan birga ijtimoiy va axloqiy chegaralarga rioya qilish imkonini beradi. K. Allan bu kabi til hodisalarini "axborot senzurasining lingvistik aylanma yo‘li" deb baholab, ularni kommunikatsion moslashuv strategiyasining zamonaviy shakli sifatida izohlaydi

Shuningdek, gender va jinsiy orientatsiyaga oid mavzularda ham internet tilida evfemistik ifodalar tobora ommalashmoqda. Masalan, “on the rainbow spectrum” (LGBTQ+ spektrida), “family-oriented values” (an’anaviy gender rollariga sodiqlik), “intimate lifestyle” (jinsiy hayotga doir shaxsiy tanlovlar) kabi iboralar orqali foydalanuvchilar o‘z shaxsiyati yoki dunyoqarashini senzura yoki ijtimoiy muhokamaga sabab bo‘lmasdan ifodalay olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bunday iboralar “madaniy sezgirlik” tamoyilidan kelib chiqib tanlanadi va ijtimoiy maqbul nutq doirasida fikr bildirishga xizmat qiladi (Myers, 1994).

Internet evfemizmi ko‘p hollarda sleng, hashtaglar, emojilar, qisqartmalar va homofonik ifodalar orqali vujudga keladi. Bu esa ularni nafaqat lingvistik, balki kiber-kognitiv va psixolingvistik hodisa sifatida ham o‘rganishga zamin yaratadi.

Shunday qilib, internet va ijtimoiy tarmoqlarda evfemizm  –  bu senzurani aylanib o‘tuvchi, ijtimoiy me’yorlarga moslashuvchi va til orqali shaxsiy xavfsizlikni saqlab qolishga qaratilgan zamonaviy kommunikatsion strategiyadir. U o‘z mohiyatiga ko‘ra internet tilining yangi qatlamini shakllantirib, madaniyatsizlik va senzura o‘rtasida til vositasida muvozanat yaratishga xizmat qiladi.

Reklama va tijorat matnlarida evfemizm

Zamonaviy marketing va reklama diskursida evfemizm tilning estetik va manipulyativ imkoniyatlaridan biri sifatida faol qo‘llaniladi. Bu sohada evfemistik birliklar iste’molchiga mahsulot yoki xizmat haqida ijobiy, madaniy maqbul va emotsional jihatdan yumshoqroq taassurot qoldirish uchun tanlanadi. Reklama tilidagi evfemizmlar bevosita haqiqatni yashirish emas, balki uni ommaviy ongda qulayroq, qabul qilinuvchanroq ko‘rinishda taqdim etishga xizmat qiladi.

Masalan, quyidagi reklama evfemizmlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi:

used (ishlatilgan) o‘rniga → pre-owned (avval egalik qilingan),

cheap (arzon, salbiy konnotatsiyali) o‘rniga → affordable (hamyonbop),

second-hand o‘rniga → certified previously loved (oldin sevib ishlatilgan),

toilet paper o‘rniga → bathroom tissue (gigiyenik yumshoqlikka urg‘u berilgan),

fat (semiz) o‘rniga → curvy, full-figured yoki plus-sized (Goddard, 2002).

Bu evfemistik iboralar reklama tilining asosiy maqsadi  –  auditoriyani jalb qilish, brendga nisbatan ijobiy hissiyot uyg‘otish va xarid qilishga undash kabi funksiyalarni bajarishda persuasive strategy (ishontiruvchi strategiya) sifatida ishlatiladi.

Shunday qilib, reklama va tijorat matnlarida evfemizm bu nafaqat leksik tanlov, balki brend imiji, maqsadli auditoriya mentaliteti va til orqali iste’molchilik madaniyatiga moslashish vositasi sifatida faol ishlaydi. Ular orqali mahsulotlar estetik, axloqiy va emotsional jihatdan maqbulroq talqinda taqdim etilib, marketing kommunikatsiyasining samaradorligi oshiriladi.

Zamonaviy autentik materiallar  –  ya’ni badiiy filmlar, yangiliklar, internet matnlari va reklama diskurslari  –  evfemizmlarning faqat leksik yumshoqlik vositasi emas, balki ijtimoiy ongni shakllantirish, siyosiy manipulyatsiya, madaniy ehtiyotkorlik, estetik talablarga moslashuv va axloqiy filtrlash funksiyalarini ham bajarayotganini yaqqol tasdiqlaydi. Ular orqali til jamiyatdagi muhim sotsiomadaniy jarayonlarga moslashadi, mojaroli yoki sezgir mavzular ijtimoiy maqbul shaklda ifodalanadi va umumiy kommunikativ muhitda madaniy muvozanat saqlab qolinadi.

Bugungi globallashgan kommunikatsiya muhitida evfemizmning bunday ko‘p funksiyaliligi uni lingvistik, sosiologik, madaniy va siyosiy tahlil uchun sermazmun obyektga aylantirmoqda. Evfemistik ifodalar tilning qanday qilib real ijtimoiy reallikni yumshatgan holda aks ettirishi, ideologik pozitsiyani yashirishi yoki estetik jihatdan maqbullashtirishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Zamonaviy kommunikatsiyada evfemizmlarni o‘rganish til va madaniyat o‘rtasidagi murakkab o‘zaro ta’sirni anglash, turli madaniy kontekstlarda lingvistik ehtiyotkorlik bilan muomala qilish, va axborotni axloqiy jihatdan muvofiqlashtirilgan shaklda yetkazish zaruratini ochib beradi. Evfemizmlarni zamonaviy autentik materiallar orqali tahlil qilish esa nafaqat lingvistik hodisani chuqur tushunishga, balki jamiyatdagi madaniy, axloqiy va siyosiy jarayonlarni til vositasida anglashga xizmat qiladi. Bu esa evfemizmni zamonaviy lingvistik tadqiqotlar uchun dolzarb va sermazmun obyekt sifatida ko‘rsatadi. Bu esa evfemizmlarni zamonaviy tilshunoslikda chuqur va ko‘p qirrali tahlil qilishni taqozo etadi.

Библиографические ссылки

Allan K., & Burridge K. (1991). Euphemism and dysphemism: Language used as shield and weapon. Oxford University Press.

Bednarek, M. (2010). The Language of Fictional Television: Drama and Identity. Continuum.

Burridge, K. (2005). Political correctness: Euphemism with attitude. Oxford University Press.

Cameron D. (1995). Verbal hygiene. Routledge.

Chilton, P. (2004). Analyzing Political Discourse: Theory and Practice. Routledge.

Crystal, D. (2003). The Cambridge Encyclopedia of the English Language (2nd ed.). Cambridge University Press.

Dynel, M. (2015). Humor, Language and the Media: Discourse Analysis of Satirical TV. Cambridge Scholars Publishing.

Goddard, A. (2002). The Language of Advertising: Written Texts. Routledge.

Lakoff G. (1987). Women, fire, and dangerous things: What categories reveal about the mind. University of Chicago Press.

Myers, G. (1994). Words in Ads. Edward Arnold.

Rawson, H. (1981). A Dictionary of Euphemisms and Other Doubletalk. Crown Publishers.

Tagg, C. (2015). Exploring Digital Communication: Language in Action. Routledge.

Zаfаrjon, D. (2024). Dushatova Shohsanam. European Journal of Contemporary Business Law & Technology Volume, 1(2).

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Шохсанам Душатова ,
Ферганский государственный университет

Данная статья посвящена анализу изменений в семантической и функциональной структуре английских эвфемизмов в XXI веке. Глобальные социокультурные трансформации, укрепление принципов политкорректности и развитие цифровых коммуникаций расширили рамки использования эвфемизмов. Они стали не просто средством смягчения табуированных тем, но и важным инструментом инклюзивной и культурно чувствительной коммуникации. В статье рассматриваются особенности употребления эвфемизмов в современных аутентичных материалах: кино и телесериалах, политических речах, журналистских текстах, социальных сетях и рекламных дискурсах. Эвфемизмы выступают здесь не только как лексические замены, но и как стратегии влияния на восприятие, создания этичного тона общения и предотвращения социальных конфликтов. Авторы подчеркивают идеологические, манипулятивные и фильтрующие функции эвфемизмов, демонстрируя их значение как важного компонента современной лингвокультурной практики.

Как цитировать

Душатова , Ш. (2025). Выражение эвфемизмов в современных аутентичных материалах. Лингвоспектр, 4(1), 391–396. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/673

Похожие статьи

<< < 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.