Lexical-semantic study of Arabic loanwords

Authors

  • Fergana State University
  • Fergana State University
  • Fergana State University
  • Fergana State University
Лексико - семантическое исследование арабских заимствований

Abstract

This article discusses loanwords, mainly Arabic loanwords. Opinions are expressed about the semantics of Arabic loanwords and their semantic changes. Some Arabic lexemes found in the works of Ibrat, a representative of Jadid literature, are analyzed from a semantic and lexical perspective.

Keywords:

lexical-semantic loanwords Jadid literature Ibrat semantic

Kirish. Dunyodagi   barcha  tillar   o‘zga  tildan  so‘zlarni qabul  qilish  jarayonida  kengayadi.  Shuning  uchun  ham dunyoda   bironta   ham    sof til  mavjud emas.  Amaldagi   til   ikki  xil  usulda   lug‘at  tarkibini  kengaytiradi. Bulardan   birinchisi,  o‘z  qatlam, ya’ni   o‘z  ichki   imkoniyatlaridan:   masalan, shevalardan   so‘z  olish  natijasida  kengayishi   mumkin. Ikkinchisi  esa,   tashqi  manba  hisoblanib, chetdan   kirgan   so‘zlar  hisobiga  lug‘at  boyligini   oshirishi  mumkin.

Adabiyotlar   tahlili   va  metodologiya. Xalqaro   munosabatlar,   iqtisodiy-siyosiy   va   madaniy  aloqalar   natijadsida   bir   tildan  ikkinchi  tilga   so‘zlar   olinadi    va   lug‘at   tarkibiga   joylashib,  ana shu   tilning   qonun-qoidalariga   moslashadi.  Bunday   jarayonlarning   ahamiyati  haqida   atriflicha   bahs-munozaralar  olib   borilmoqda.  Bunday  hodisalar  bir  necha  yuz   yillardan   beri  tilshunoslarning  diqqat  markazida   e’tirof   etilmoqda.   O‘zbek   tili  taraqqiyotida   o‘zga   millatlarning  lisoniy  ta’siri, xususan,  lug‘at   qatlamida   yaqqol   ko‘zga  tashlanadi.

O‘zbek   tiliga  tashqi   manbalardan ,   asosan,  arabcha,   forscha-tojikcha   va   Ruscha- international   so‘zlar   kirib,   o‘zlashib   qolgan.   Professor  Fattoh  Abdullayevning  “Til  qanday  rivojlanadi?”   risolasida   ko‘rsatilishicha,    o‘tgan  asrning  yigirmanchi   yillarida   tuzilgan   bir  lug‘atdagi   so‘zlarning   28,6%arabcha,  16,9%   tojikcha,   4,7%  ruscha-internatsional,   50,3% asli   o‘zbek  so‘zlaridan  iborat   bo‘lgan[4].

R.A.Budagov  luga’viy   o‘zlashmalarning   o‘z  tildagi   shakli  bilan  so‘z  qabul   qilgan  tildagi  shakli 8  funksional  qiymat   bilan  munosabatga   kirishi  haqida  fikr  bildiradi.   Bu  fikrni  o‘zbek  tilidagi  arabcha   so‘zlar   tabiati    ham   to‘la  tasdiqlaydi[1]:

  1. Arab tilida konkret   ma’noda  ishlatiladigan   lug‘aviy  birlik  o‘zbek   tilida  mavhum   ma’no  bildiradi,    sohib-ega,   ayyom-kunlar,  mavj-to‘lqin;

2.Arab   tilida  jins  ma’nosida  ishlatiluvchi   so‘z  o‘zbek  tilida  tur  ma’nosida  qo‘llanadi,   muarbbo- marmalad,  ayol- bola-chaqa, oila;

3.Arab   tilida  bir  ma’noda  ishlatilgan   so‘z  o‘zbek  tilida   polisemantik   xarakter   kasb   etadi,  masalan,  bisot;

4.Arab   tilidagi   otdan    o‘zlashgan   ba’zi   so‘zlar   o‘zbek  tilida  uslubiy   muqobiliga   ega   bo‘lmaydi.  Masalan,  anhor,  anqo,   ariza,  aruz;

  1. Arab tilida noarxaik   tavsifdagi  lug‘aviy  birlik  o‘zbek  tilida  arxaiklashgan   bo‘ladi.  Masalan,  qozi,  firqa,  xikmat;

6.Arab  tilida  lug‘aviy   mustaqillikka  ega   bo‘lgan   so‘z   o‘zbek  tilida   lug‘aviy   mustaqilligini   inkor   etadi. Masalan,  almisoqdan    beri;

  1. Arab tilida lug‘aviy   birlik   ba’zan   o‘zbek  tilida   so‘z  tavsifida  bo‘ladi.  Masalan,   lisoniy, lug‘aviy,   sifat,  fe’l,  taqriz;

8.Arab   tilida   so‘z   holida  ishlatiluvchi  birlik   o‘zbek  tilida   so‘z  birikmasi   tarkibida  qo‘llaniladi. Masalan,    nazar   solmoq,  avf  etmoq,  xayol  surmoq,  bahridan   o‘tmoq.

Arab   tilidan  so‘z  o‘zlashtirish  VIII  asrdan   boshlab,   IX-X   asrlargacha   faollashgan. Arab   tilidan   so‘z  o‘zlashtirilishiga   olib   kelgan   sabablar   ichida   quyidagilari   muhim   ahamiyat   kasb  etadi:

  1. Arablar istilosi;
  2. Islom dinining   keng   tarqalishi;
  3. Arab yozuvining   qo‘llanila   boshlanganligi;
  4. Madrasalarda arab   tilining   o‘qitilishi;
  5. Turkiy arab  tilining   tarkib   topganligi;
  6. Olimlarning arab   tilida   ijod  qilganligi[1]  .

Arab tilidan so‘z o‘zlashish jarayonida so‘zlar semasi turlicha o‘zgarishlarga uchragan . Masalan  arab tilida zamir   ﻀﻣﻴﺭ  so‘zi vijdon, aql, niyat, o‘y, xayol, fikr kabi ma’nolarni anglatadi, shuningdek, arab tili grammatikasida ushbu so‘z olmosh ma’nosini ham anglatadi, o‘zbek tilining izohli lug‘atida esa tub mohiyat, ma’no, mag‘iz ma’nolarini anglatishi, eskirgan so‘z sifatida olmosh ma’nosida ham qo‘llangani ko‘rsatib o‘tilgan.

Zamzama so‘zi arab tilida ming‘illash, g‘o‘ldirash, to‘ng‘illash, guldirash, qaldirash ma’nolarini anglatsa, o‘zbek tiliga o‘zlashganda musiqiy asarning kirish qismi, sekin ovoz bilan boshlangan qo‘shiq, xirgoyi, imo, ishora, shama  ma’nolarini anglatadi[2]:

Zebo pari yengil xalq qo‘shiqlarini zamzama qilar edi...

Bisot so‘zi arab  tilida  gilam ma’nosini anglatsa, o‘zbek tiliga o‘zlashganda shaxsning, ko‘pincha xotinlarning o‘ziga tegishli bo‘lgan, to‘plab qo‘ygan mol-dunyosi, kimsada bor bo‘lgan har qanday narsa ma’nolarini anglatadi:

Haykal so‘zi  arab  tilida  juda katta, ulkan; ibodatxona, ulkan bino  ma’nolarini anglatsa, o‘zbek tiliga o‘zlashganda esa, kishi yoki hayvon gavdasining gips, tosh, metall, yog‘och va shu kabi qattiq materiallardan yo‘nib, o‘yib yasalgan tasviriga nisbatan qo‘llaniladi.

Fitna suzi  arab  tilida maftun etish, yuldan ozdirish; isyon, g‘alayon ma’nolarini anglatsa, o‘zbek tiliga o‘zlashganda g‘arazli maqsadga erishish yulida birovni qoralash uchun qilinadigan yashirin xatti-harakat ma’nosini anglatadi.

Almisoq suzi arab  tilida ahd, kasam; shartnoma, bitim ma’nolarini anglatsa, o‘zbek tiliga o‘zlashganda ma’nosi biroz o‘zgargan. Hozirgi o‘zbek tilida qadim zamondan qolgan, juda eski ma’nolarida qo‘llaniladi. Misol uchun almisoqdan qolgan narsa—eski, juda qadimdan qolgan buyum

Hasham so‘zi  arab tilida hurmat, ehtirom, xizmatkorlar, navkarlar ma’nosini anglatsa, o‘zbek tiliga o‘tib o‘zlashganda  bezash uchun ishlatiladigan  narsa, buyum, bezak ma’nolarini anglatadi[2].

Arab tilidan o‘zlashgan farrosh so‘zining o‘zagi farasha, ya’ni yoymoq, degan ma’noni anglatadi. Qadimda farrosh so‘zi podshoxlar saroyida gilam yoyuvchilarga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lsa, vaqtlar o‘tishi bilan bu tushuncha o‘zgarib borgan va hozirgi kunga kelib biz ko‘cha-ko‘yda hovli, bog‘larni supurib yuruvchi, idora va muassasalarda xonalarni tozalovchi xodimlarga nisbatan farrosh so‘zini qo‘llaymiz.

Maxluq so‘zi arab tilida  yaratilgan narsa ma’nosini bildirsa, o‘zbek tiliga o‘zlashish jarayonida o‘xshovsiz, jirkanch, xunuk jonivorga nisbatli haqoratni ifodalash semasi kuchaygan.

Fuqaro so‘zi arab tilida faqir so‘zining ko‘pligi hisoblanib, ya’ni faqirlar ma’nosini bildirsa , o‘zbek tiliga o‘zlashganda biror mamlakatning doimiy (muayyan yuridik huquqlarga ega bo‘lgan) aholisi sifatida o‘zlashgan, masalan  Rossiya fuqarosi, Angliya fuqarosi kabi, bunda faqirlik semasi yo‘qolgan.

Avlod  so‘zini  ham misol  tariqasida keltirishimiz mumkin. Sababi bu so‘z ham arab tilida o‘g‘il bolaning ko‘plik formasi ya’ni bolalar (o‘g‘il bolalar) semasini ifodalasa, o‘zlashish natijasida  otabobodan qolgan naslga nisbatan qo‘llanila boshlangan. Misol uchun  O‘TIL da  bunday misol keltiriladi[5]:

                      Ajdodlar bo‘lmaydi avlodsiz,

                       Avlodlar ko‘rkidir, ajdodlar.

Misol tariqasida ustoz so‘zini ham keltiradigan bo‘lsak, bu so‘z o‘zbek tiliga arab tilidan o‘zlashgan arabiy so‘z hisoblanadi , aslida bu so‘z arabiy o‘zlashma emas, ya’ni  أُسْتَاذ=ustoz    “أستاذ” so‘zining etimologiyasi fors tiliga borib taqaladi. Bu so‘z aslida “ustod” bo‘lib, fors tilida “ustoz, mahoratli o‘qituvchi yoki hunarmand” ma’nosini bildiradi.

So‘zning rivojlanishi:

  1. Ushbu so‘z islom davri boshida arab tiliga fors tili orqali kirib kelgan.
  2. So‘z arab tilida “ustoz” shaklida talaffuz va yozuvga moslashtirilgan.
  3. Arab tilida bu so‘z o‘qituvchi, universitet professori yoki o‘z sohasida mutaxassis bo‘lgan odam ma’nosida qo‘llanila boshlagan.

Hozirgi zamonda ishlatilishi:

  • So‘z hozirda quyidagi kontekstlarda ishlatiladi:
  • Oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchisi (Professor).
  • Maktab o‘qituvchisi (Ustoz).
  • San’at yoki adabiyot sohasida mahoratli mutaxassis (Usta).

Fors tilidagi ildizi:

  • “Ustod” so‘zi fors tilida “ust” ildizidan kelib chiqqan bo‘lib, bu ildiz “asos” yoki “baza” ma’nosini bildiradi[6]. Bu esa o‘qituvchi yoki mutaxassisning o‘z sohasidagi asosiy va muhim rolini ta’kidlaydi. Bu degani o‘zbek tilidagi usta va ustoz so‘zlari o‘rtasida bog‘liqlik ham bor degani. Bu so‘z arab tilidagi ko‘plab boshqa forscha so‘zlar qatorida o‘zlashgan va hozirgi kunda ham keng qo‘llaniladi. Bu so‘z asl arab so‘zi emasligiga yana bir dalil shuki, asl arab tili so‘zlarida odatda"س" va "ذ" harflari bitta so‘zda jamlanmaydi[6].

 Yuqoridagi misollar qatoriga ko‘prik so‘zini ham qo‘shish mumkin. Köpri yoki arab tilida "كوبري" (o‘qilishi: kūbrī) so‘zi Misr va Sudan arab lahjalarida “ko‘prik” ma’nosini anglatadi. Bu so‘zning tarixi turk tilidagi "köprü" so‘ziga borib taqaladi va u ham "ko‘prik" degan ma’noni bildiradi. Ushbu so‘z 16-asrdan 20-asrgacha davom etgan Usmoniylar imperiyasi davrida arab tiliga kirib kelgan.Qisqacha tarixi:Usmoniylar imperiyasi Misr va boshqa arab mamlakatlarini boshqargan davrda ko‘plab turkcha so‘zlar arab tiliga kirib kelgan. Ayniqsa, infratuzilma va boshqaruvga oid so‘zlar arabcha shevalarda keng qo‘llana boshlagan. “Köpri” so‘zi ham shular jumlasidan. Arab tiliga moslashuvi: Aslida, arab tilida “ko‘prik” ma’nosini bildiruvchi “جسر” (jisr) so‘zi bor edi. Lekin, Misr arab shevasida “كوبري” keng tarqalib ketgan va xalq tilida qo‘llanadigan asosiy so‘zga aylangan. Boshqa arab davlatlarida esa “جسر” ko‘proq qo‘llaniladi.

Hozirgi kundagi qo‘llanilishi: Bugungi kunda “كوبري” so‘zi Misrda va Sudanda “ko‘prik” deganda ishlatiladigan asosiy so‘z bo‘lib, yo‘l belgilari va kunlik suhbatlarda keng qo‘llaniladi[5]. Xulosa qilib aytganda, “كوبري” so‘zi turk tilidan olingan bo‘lib, u arab tilida o‘ziga xos o‘rin tutadi va Misr hamda Sudan lahjalarida “ko‘prik” ma’nosida keng ishlatiladi. Bu esa arab tili ham turk tillaridan so‘z o‘zlashtirganining yorqin misoli hisoblanadi.

Natijalar va Muhokama. Arabcha o‘zlashmalar o‘zbek tilining leksik boyligini shakllantirishda muhim omillardan biri hisoblanadi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, arab tili bilan til aloqalari Islom dini qabul qilinganidan so‘ng yanada faollashgan va natijada yuzlab so‘zlar turli bosqichlarda o‘zbek tiliga kirib kelgan[8]. Bu so‘zlarning aksariyati diniy, ilmiy, ma’muriy, huquqiy va madaniy kontekstlarda qo‘llanilgan bo‘lib, ular semantik jihatdan sezilarli o‘zgarishlarga uchragan. Ushbu o‘zgarishlar tilning tabiiy taraqqiyoti, ijtimoiy-siyosiy omillar, diniy ta’sirlar va madaniy muhit bilan chambarchas bog‘liq. Shuningdek, semantik o‘zgarishlar leksik birliklarning kommunikativ ehtiyojga moslashuvi natijasidir.

Tahlil davomida aniqlanishicha, arabcha o‘zlashmalarning aksariyati fonetik va morfologik jihatdan o‘zlashtirilgan bo‘lsa-da, semantik jihatdan ular yangi kontekstga moslashtirilgan, ko‘p hollarda esa sinonimlar tarmog‘ida o‘z o‘rnini topgan[3]. Bu esa tilimizda arabcha o‘zlashmalarning faqat passiv qatlam emas, balki faol ishlatiluvchi qatlamga aylanganini ko‘rsatadi.

Arab   tili    va  adabiyotining   sharq   xalqlari,  jumladan,  o‘zbek   xalqi  orasida   keng   yoyilishining   o‘zi  muhim   omillardan   biridir. Islom  mazhabi,   arab  tili   va  adabiyoti   o‘sha   paytda   ar  arab    so‘zlarining     o‘zbek   tiliga   kirib   kelishi   xilma-xil   bo‘lganligi   kabi,    uning   semantik   tuzilishidagi   o‘zgarishlar   ham  turlicha    hisoblanadi. T.I.Rahmonov     o‘zining   ilmiy   ishida  o‘zlashma   so‘z  semantik    tuzilishi    3   xil  ekanligini  aytib   o‘tgan:

1.So‘z  ma’nolarining  kengayishi.

2.So‘z  ma’nolarining  torayishi.

  1. So‘z ma’nolarining ko‘chishi.

Etib  ko‘b  xalqni  majruhu ma’dum,

Qo‘lida   tasbehu  oqi   hamoyil.

                                                      (Ibrat)

Ushbu   baytda  bir   nechta   arabcha   so‘zlar    ishtirok   etgan.  Masalan,   majruh-   bu   arabcha  macruh(un)   shakliga   ega;  o‘zbek   tiliga   cho‘ziq  u   unlisi  y   unlisiga,   xoyu xutti   undoshini   x  undoshiga   almashtirib   qabul   qilingan; Macruh-majruh,  asli  “jismoniy  shikast  yetkazdi”   ma’nosini   anglatuvchi  caraha  fe’lining  I   bob  majhul   nisbat  sifatdoshi   bo‘lib,  “jarohatlangan”,  “nogiron”,    “mayib”   ma’nolarini   anglatadi.   Hozirgi  zamon   o‘zbek  tilida   ham  bu   so‘z    xuddi   mana   shu  semalari  bilan   ifodalanib   kelinmoqda. Tasbeh-  bu   arabcha   so‘z  tasbih(un)   shakliga    ega;   o‘zbek  tiliga  cho‘ziq  I   unlisi   e  unlisiga,  xoyi   xutti    undoshi  x   undoshiga   almashtirib   qabul   qilingan:  tasbix- tasbeh;   ko‘pma’noli  sabaha  fe’lining  “maqtadi”   ma’nosi   bilan   hosil   qilingan   II   mastari  bo‘lib,  asli  “maqtov”  ma’nosini    anglatadi.   Subxon  ollo!  Maqtov  so‘zlari    maxsus   miqdorda   ipga   tizilgan   munchoqlarni   birma-bir   ayirib   aytilagni  uchun   bu  so‘z  keyinchalik   “maxsus   miqdorda  ipga  tizilgan   munchoqlar”   ma’nosini   anglatish   uchun  ishlatiladigan  bo‘lgan[11].

O‘zbek  tilida   ham  tasbeh   so‘zi duolar    va  ibodat  so‘zlarini    hisoblab    boorish   maqsadida   ishlatiladigan    munchoqlar   shodasi   hisoblanadi.  Tasbeh    so‘zining   kelib   chiqish  tarixi   uzoqqa    borib   taqaladi. “Rasululloh   solallallohu   alayhi   vasallam   bir  ayolning    oldiga  kirdilar,   u  paytda  ayol  danak   yoki  mayda  toshlarni    sifatida   ishlatib   ollohu   duo,   zikr   keltirayotgan   ekan,  shunda   U   zot   “Men  senga   undan     oson   yoki   Afzal   narsaning   xabarini    beraman  deb,  zikrni   ko‘p  takrorlash   va   uni   qo‘ldan   boshqa   narsa   bilan   ham  sanash  mumkinligini   aytganlar”.  Mana    shu    ma’noni  anglatish   maqsadida  mashhur   muhaddis  imom   Abu  Dovud   o‘z   kitobida  “mayda  tosh   bilan   tasbeh  aytish”   bobini   yaratgan.  Mana   shu  voqealardan   keyin   bizda  “tasbeh”  nomini  olgan,  arabcha  “  subha”   deb  nomlanadigan   danak   yoki   dumaloq   narsalarni  ipga   tizib    yaratiladigan   narsa   paydo   bo‘lgan. 

Boshqa   bir  hadis  kitoblarida,   tasbeh  namozdan  tashqari  holatlarda  ollohga   ko‘p  martalab  zikr  aytish  jarayonida  ishlatilishi  kerakligi   haqida   ham  ma’lumotlar   uchraydi,  shunday  qilib   musulmon  xalqi mana  shunday   tasbehlarni  yasab   foydalanganlar.

Bizdan   odob  usul  etmang  umid,

Odami qishloqidurmiz   uch kishi.

                             (Ibrat. Hikoyati uch kishi)

Ushbu  parchadagi  odam  so‘ziga  diqqat  qarataylik.  Odam  so‘zi   lug ‘atimizga   arabchada   kirib  kelgan.  O‘TILda    ushbu   so‘zga   shunday  ta’rif  beriladi: ar-Odamato; inson. Fikrlash,  so‘zlash   va   mehnat   qilish   qobiliyatiga   ega  bo‘lgan,   shu   tufayli  boshqa   hamma  maxluqotdan   ustun  turuvchi  jonli  zot; kishi,  inson.  Odam   leksemasini  semalarga  ajratamiz:

  1. Kishilik jamiyatining   bir  vakili.
  2. Tarbiya ko‘rgan, yaxshi   xislatlarga   ega   insonga  el  orasida  “odam  bo‘lgan”   iborasi  qo‘llaniladi.
  3. Oila a’zolarning har  biriga  nisbatan. Masalan: Odam  boshiga  uch   so‘mdan.

Xulosa. Ushbu tadqiqot orqali o‘zbek tilidagi arabcha o‘zlashmalar ko‘p asrlik tarixiy, madaniy va diniy aloqalar natijasida shakllanganligi, ularning nafaqat fonetik va morfologik, balki semantik jihatdan ham chuqur o‘zgarishlarga uchraganligi aniqlandi. Tadqiqotda aniqlanganidek, arabcha so‘zlar o‘zbek tiliga kirib kelgach, o‘z ma’nolarini butunlay saqlab qolmagan, balki torayish, kengayish, salbiylashuv, ijobiylashuv, neytrallashuv kabi semantik o‘zgarishlarga duch kelgan. Bu jarayon til taraqqiyotining tabiiy qonuniyatlariga asoslanadi va leksik birliklarning yangi ijtimoiy-madaniy kontekstlarga moslashuvi bilan bog‘liqdir[9].

Arabcha o‘zlashmalarning hozirgi o‘zbek tilidagi faol qatlamga aylanishi ularning semantik rivojlanishini doimiy jarayon sifatida кўрсатади.Тадқиқот natijalari shuni ko‘rsatdiki, arabcha o‘zlashmalar tilimizda nafaqat tarixiy yodgorlik sifatida, balki amaldagi lingvistik vosita sifatida ham muhim o‘rin egallaydi. Shu sababli, bunday leksik birliklarning o‘zgarishlarini chuqur ilmiy asosda o‘rganish, ularni zamonaviy til tizimida to‘g‘ri talqin qilish va tahlil etish bugungi tilshunoslik uchun dolzarb masaladir. Kelgusida bu yo‘nalishda yanada kengroq korpusga asoslangan tadqiqotlar olib borish, ayniqsa, matn lingvistikasi va kognitiv lingvistika nuqtayi nazaridan yondashuvlar orqali arabcha o‘zlashmalarning semantik evolyutsiyasini chuqurroq ochib berish мумкин.Биз yuqorida semantik jihatdan o‘zgarishga yuz tutgan ayrim arabcha o‘zlashmalarga to‘xtaldik xolos,  o‘zbek tilida bunday arabcha o‘zlashmalar ko‘plab uchraydi.

Xulosa o‘rnida   shuni  ta’kidlash  kerakki,  olib   borilgan   kichik   tadqiqotimiz   shuni   ko‘rsatadiki,  o‘zlashma    so‘zlar      o‘zbek   tili   lug‘at    tarkibining   ajralmas   bir   qismi  hisoblanadi.

 Tilimizda   ishlatilayotgan   faol   so‘zlarning   kelib   chiqishini   o‘rganish   va  tadqiq  etish   jarayoni     o‘tgan   asrdan   buyon   tilshunos   olimlarning   diqqatini   tortib   kelmoqda.  Bu   mavzu   yuzasidan   ko‘plab  ilmiy  ishlar  yaratilgan.  Shunday  ekan,   millatimizning   ulkan   va  bebaho  boyligi   hisoblangan  ona  tilimizning    so‘z   boyligini   oshirishda   qaysi  tillar   o‘z  ta’sirini   o‘tkazganligini   aniqlash   bugungi   kundagi   dolzarb  masalalardan  biridir.

References

Абдурахмонов, Ғ. (1995). Ўзбек тилида арабча сўзлар. Фан.

Абдуллаева, М. (2014). Ўзбек тилида ўзлашмаларнинг семантик ўзгариши. Фан.

Қаюмов, А. (1983). Луғавий сўзлар тарихи. Ўқитувчи.

Мирзаева, Д. (2019). Ўзбек тилидаги нейтраллашган ўзлашмалар. Фан.

Маҳмудов, Н. ва бошқалар [and others]. (2006). Ҳозирги ўзбек адабий тили. Ўқитувчи.

Хидоятов, А. (2009). Ўзбек тилидаги ўзлашма сўзларнинг шаклланиш жараёнлари. Самарқанд.

Лингвистический энциклопедический словарь [Linguistic Encyclopedic Dictionary]. (1990). Советская энциклопедия.

Versteegh, K. (2001). The Arabic language. Edinburgh University Press.

Kaye, A. S. (Ed.). (1987). Semitic studies in honor of Wolf Leslau. Otto Harrassowitz.

Ali, A.Y. (1991). Arabic loanwords in Central Asian languages. Al-Azhar University Press.

Rahmatullayev, Sh. (2003). O‘zbek tilining etimologik lug‘ati [Etymological dictionary of the Uzbek language] (2-tom) Toshkent.

Published

Downloads

Author Biographies

Sharifaxon Iskandarova ,
Fergana State University

Professor, (DSc)

Muxtorjon Amonov ,
Fergana State University

Associate Professor (PhD)

Odina Axmadaliyeva,
Fergana State University

Master’s Student

Xurshidaxon Zikiryayeva ,
Fergana State University

Master’s Student

How to Cite

Iskandarova , S., Amonov , M., Axmadaliyeva, O., & Zikiryayeva , X. (2025). Lexical-semantic study of Arabic loanwords. The Lingua Spectrum, 4(1), 700–705. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/787

Similar Articles

<< < 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.