Лингвопрагматические особенности информационных текстов на испанском и узбекском языках

Аннотация
Данное научное исследование посвящено изучению лингвопрагматических особенностей испанских и узбекских информационных текстов с акцентом на лингвистические и коммуникативные критерии передачи информации в обоих языках. Информационные тексты представляют собой основной жанр современных средств массовой информации и включают в себя новости, репортажи и официальные заявления. Эти тексты служат для оперативной и точной передачи информации аудитории, формирования общественного мнения и достижения конкретных коммуникативных целей. В ходе исследования испанские и узбекские информационные тексты были сравнительно проанализированы с синтаксической, лексической и стилистической точек зрения. Для испанских текстов характерна высокая степень экспрессивности, использование эмоционально окрашенных выражений, оценочных единиц и динамичного тона. В противоположность этому, узбекские информационные тексты, как правило, отличаются официальным стилем, осторожностью, нейтральной манерой изложения и традиционными формами выражения. Кроме того, выбор языковых средств в обоих языках значительно зависит от соответствующих культурных и социальных контекстов. Результаты анализа способствуют более глубокому пониманию лингвопрагматических основ передачи информации на двух языках и служат полезной базой для дальнейших разработок в области теории перевода, журналистики и межкультурной коммуникации. Данное исследование также актуально с точки зрения межкультурной лингвистики.
Ключевые слова:
Информационный текст лингвопрагматика коммуникация аудитория язык СМИ прагматические средства изменение времени в придложение коммуникативная стратегияKirish
Zamonaviy jamiyatda axborot oqimi inson hayotining ajralmas qismiga aylangan. Har bir yangilik, xabar, bayonot yoki rasmiy murojaat o‘zida muayyan maqsad, g‘oya va auditoriyaga yo‘naltirilgan pragmatik yuklama olib keladi. Ayniqsa, ommaviy axborot vositalari (OAV) orqali tarqatiladigan matnlar tilshunoslikda alohida lingvopragmatik tahlil obyekti sifatida o‘rganilmoqda. Bu esa matnning nafaqat grammatik va leksik tuzilmasini, balki uning ijtimoiy-ma’naviy kontekstdagi ta’sirchanlik darajasini o‘rganishni taqozo etadi. Axborot matni – bu faktlarga asoslangan, muayyan voqeani yoki hodisani ifodalovchi, keng ommaga mo‘ljallangan kommunikativ birlikdir. Uning asosiy maqsadi – axborotni yetkazish, auditoriyani ma’lum darajada yo‘naltirish, ishonch hosil qilish yoki xatti-harakatga undashdir. Shu sababli lingvopragmatika – ya’ni til birliklarining maqsadga muvofiq ishlatilishini o‘rganadigan soha – bu borada juda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Axborot matnlari til va jamiyat o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi asosiy janrlardan biridir. Onlayn axborot oqimining intensivlashuvi zamon shakllarining o‘zgarishini nafaqat grammatik, balki pragmatik jihatdan ham o‘rganishni zarur etmoqda. Zamon ko‘chishi hodisasi, ya’ni bir zamondan boshqasiga o‘tish, matnning kommunikativ maqsadiga, axborotni taqdim etish uslubiga va auditoriya bilan aloqa o‘rnatish strategiyasiga xizmat qiladi. Bugungi kunda zamon ko‘chishini nafaqat grammatik me'yorlar asosida, balki nutq egasining intensiyasi va matn pragmatikasining talablari asosida tahlil qilish ilmiy dolzarb masalalardan biridir. Ayniqsa, ispan va o‘zbek tillari singari turli tipdagi tillarda bu hodisaning o‘ziga xos qirralari kuzatiladi.
Asosiy qism
Lingvopragmatika tushunchasi va uning axborot matnlariga tatbiqida lingvopragmatika – bu til birliklarining kontekstda qanday ishlatilishini, ularning qanday ma’no yuklashini va auditoriyaga qanday ta’sir qilishini o‘rganadigan fan sohasidir. U semantika bilan yaqin bog‘liq bo‘lsa-da, pragmatika faqat "nimani bildiradi?" degan savol bilan cheklanmaydi, balki "bu nimaga xizmat qilmoqda?" degan nuqtaga e’tibor qaratadi. Axborot matnida esa pragmatik vositalar quyidagicha namoyon bo‘ladi (Turayeva, 2020). Diqqatni jalb qiluvchi sarlavhalar, baholovchi va ekspressiv leksik birliklar, stereotiplarni shakllantiruvchi iboralar, ritorik savollar va bevosita murojaatlar:
“Yangi soliq islohoti: tadbirkorlar nima deydi?”
Bu sarlavhada axborot taqdim etilmoqda, lekin u o‘quvchini bevosita ishtirokchi sifatida jalb etadi, u savolga javob kutadi.
Axborot matnining struktura va kompozitsion xususiyatlarida axborot matni odatda quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: sarlavha (tezisli); kirish (asosiy faktlar); asosiy qism (detallashtirilgan axborot); xulosa yoki taklifdan iborat bo‘ladi. Har bir qismda lingvopragmatik usullar o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Sarlavha – diqqatni jalb qiladi, kirish – ishonch uyg‘otadi, asosiy qism – dalillarga tayanadi, xulosa – xatti-harakatga undaydi yoki fikr shakllantiradi. Axborot matnlarida stilistik vositalar va ularning funksiyasida axborot matnlarida quyidagi stilistik vositalar pragmatik maqsadlarga xizmat qiladi. Metafora – ma’naviy kuch va obrazlilik yaratish uchun, litota va giperbolalar – hodisaning darajasini ifodalash, ironiya – ijtimoiy tanqid yoki baho ifodasini, sitatalar – mualliflik ishonchliligini oshirish uchun xizmat qiladi ( Garcia Yebra, 1997).
“Bozorimizda narxlar uchib ketdi – oddiy xalq qayerga borsin?”
Bu misolda gipérbola (uchib ketdi) va ritorik savol kuchli pragmatik effekt beradi. Auditoriya va kontekst omilida axborot matnining lingvopragmatik xususiyatlari, avvalo, uning kimga qaratilganiga bog‘liq. O‘zbek tilidagi matnlar, ayniqsa, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, mentalitet kabi omillar bilan bog‘liq holda shakllanadi. Shu bois matn pragmatik jihatdan yoshlarga mo‘ljallangan – dinamik, qisqa va ko‘proq inglizcha terminlar bilan boyitilgan, keksalarga mo‘ljallangan – rasmiy, ehtiyotkorona, murosa tilida, tadbirkorlar uchun – faktlarga boy, raqamli statistikaga tayanilgan shaklda tuziladi (Safarov, 2000) .
Yolg‘on xabarlar va manipulyativ pragmatikaga hos yangiliklar ham borki so‘nggi yillarda “fake news” (yolg‘on xabarlar) fenomeni tilshunoslikda ham dolzarb mavzuga aylandi. Yolg‘on axborotlar ko‘pincha manipulyativ usullardan foydalanadi, yolg‘on statistikalar, noto‘g‘ri iqtiboslar, nomuvofiq kontekstlarda qo‘llangan tasvirlar bu holatda pragmatika vositasi auditoriyani chalg‘itishga xizmat qiladi. Axborot matnlarida ijtimoiy va madaniy kontekstning roli beqiyos til bu oddiy aloqa vositasi emas, balki jamiyatning madaniy kodyozuvchisidir. Ayniqsa axborot matnlarida tilni qo‘llashda jamiyatning qadriyatlari, tarixiy xotirasi, kollektiv ong va milliy mentaliteti sezilarli darajada namoyon bo‘ladi. O‘zbekistondagi OAV tilida madaniy qadriyatlarni yuksaltirish "Ajdodlar merosi", "buyuk siymolar", "xalqimizning sabr-toqati" kabi iboralar bilan ma’naviy birlik va jipslik "bir yoqadan bosh chiqarib", "xalqimiz birdam", "yurtimiz tinch bo‘lsa" kabi so‘z birikmalari orqali ifodalanadi. Bunday frazeologik birliklar nafaqat axborotni yetkazadi, balki u orqali muayyan ijtimoiy qarashlarni shakllantiradi.
Til va mafkura o‘rtasidagi bog‘liqlik axborot matnida – bu mafkuraviy vosita til orqali Hukumat qarorlari legitimlashtiriladi. Muayyan ijtimoiy guruhlarga ijobiy yoki salbiy munosabat shakllanadi. Ijtimoiy xotira yaratiladi yoki qayta yoziladi. Bu jarayonlarda tilni sinchiklab tanlash – pragmatikaning eng nozik jihatlaridandir. Multimedia axborot matnlarining lingvopragmatik qirralari bugungi kunda axborot matnlari faqatgina matnli formatda emas, balki audio, video, vizual elementlar bilan boyitilgan holatda taqdim etilmoqda. YouTube yangiliklar, Telegram-kanallar, Instagram postlari va hatto TikTok yangiliklari ham axborot diskursining tarkibiy qismiga aylangan. Bu yangi shakllarda til vositalari quyidagicha evolyutsiyalanmoqda: Emojilar – pragmatik yuklamani kuchaytiradi yoki yumshatadi, hashtaglar – axborotni kontekstga joylashtiradi yoki tez tarqalishiga xizmat qiladi, memlar – axborotni kulgi orqali yetkazib, hissiy rezonans hosil qiladi.
“Davlat boshqaruvi isloh qilinmoqda Yangi O‘zbekiston O‘zgarishlar Davrida”
Bu yerda emoji va hashtaglar bevosita lingvopragmatik funksiyani bajaradi ya’ni ishonch, motivatsiya va ijobiy fon yaratadi.
Qiyoslash uchun o‘zbek tilidagi va ingliz tilidagi axborot matnlarida axborot matnlarining lingvopragmatik xususiyatlari tillar o‘rtasida sezilarli farq qiladi. Masalan, ingliz tilidagi yangiliklarda bevosita sarlavhalar – “Government Faces Backlash over Tax Hike”, o‘tkir tanqidiy ohang va faol fe’llar – “blasts”, “slams”, “raises concerns”, faktlarga asoslangan aniq struktura – “who-what-when-where-why-how”,(Levinson, 1983). o‘zbek tilida esa sarlavhalar ko‘proq diplomatik – “Yangi qaror tadbirkorlar faoliyatini yengillashtiradi”, xolislikka intilish, lekin ijobiy konnotatsiyalarga moyillik mavjud so‘zlar rasmiy va ehtiyotkorona tanlanadi bu farq til madaniyatidagi pragmatik qadriyatlar bilan bog‘liq bo‘lib, har bir til o‘z jamiyatining siyosiy va axloqiy mezonlarini aks ettiradi.
“El Gobierno afronta duras críticas tras la subida del IVA. La oposición califica la medida como ‘un golpe al bolsillo del pueblo’.” (El País, 2023):
Pragmalingvistik xususiyatlar:
“afronta duras críticas” – faol fe’l + salbiy baho = urg‘u va dramatizm.
“un golpe al bolsillo del pueblo” – metafora + xalq nomidan gapirish = hissiy ta’sir.
Ochiq tanqid + dramatik ohang – demokratik jamiyatga xos (Calsamiglia & Tusón, 2007; Calsamiglia & Tusón, 2007).
“Yangi soliq islohoti tadbirkorlar faoliyati uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Mazkur qaror iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.” (UzA, 2023):
Pragmalingvistik xususiyatlar:
“qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi” – ijobiy baho.
“xizmat qiladi” – diplomatik ifoda.
Rasmiy, salmoqli tildan foydalanish.
Lingvopragmatik tahlil shuni ko‘rsatadiki, xabarni faqat faktlar asosida emas, balki his-tuyg‘ular orqali taqdim etish ham muhim, baholovchi nutq birliklari “hayratlanarli”, “keskin”, “xalqni larzaga solgan”, “ta’sirli” bu so‘zlar voqeaga bo‘lgan munosabatni shakllantiradi. Hissiy fon vositalari musiqa (video yangiliklarda), intonatsiya (audio-podcastlarda), vizual kontrast (qora fon, qizil rang – xavf, jiddiylik) kabilar. Shu vositalar auditoriyani voqeaga hissiy jalb etadi va ularni ichki fikrlash jarayoniga undaydi. Axborot matnlarida zamon shaklining kommunikativ yuklamasi zamonga oid birliklar nafaqat vaqtni ifodalaydi, balki axborotni qaysi ruhda taqdim etishni ham belgilaydi: shoshilinchlik, dolzarblik, rasmiylik yoki hissiy baholash. Ispan tilida "El presidente anuncia nuevas medidas." o‘zbek tilida "Prezident yangi choralarni e'lon qildi."
Bu holat ispan tilida zamon ko‘chishi orqali axborotga “emotsional yaqinlik” berishga intilish mavjudligini ko‘rsatadi.
Aspekt |
Ispan tili |
O‘zbek tili |
Emotsionallik
|
Yuqori – eksklamatsiya, kuchli metaforalar |
Pastroq – ehtiyotkor, vazmin
|
So‘z tanlovi
|
Qattiq, qamrovli (criticismo, protesta)
|
Iloji boricha muvozanatli (rag‘bat, barqarorlik) |
Sarlavha stili
|
Provokatsion yoki qisqa (Ej. “¡Escándalo político!”) |
Neytral, informativ (“Yangi hujjat tasdiqlandi”) |
Auditoriya reaksiyasi
|
Faol ishtirok, bahs va muhokama
|
Yondashuvda ishonch va sadoqat |
Table 1.
Ispan va o‘zbek axborot matnlarida zamon ko‘chishining pragmatik sabablari zamon ko‘chishi ko‘pincha matnning maqsadi va auditoriyaga ta’sir etish strategiyasiga bog‘liq. Ispan matnlarida jurnalistlar matnni jonli, faol qabul qilinishiga erishish uchun "presente histórico" usulidan foydalanadilar (Saldarriaga, 2012). O‘zbek matnlarida esa xabarni aniq, voqelik sifatida tasvirlash muhim sanaladi.
Lingvopragmatik funksiyalar va stilistik o‘zgarishlar lingvopragmatik nuqtai nazardan, zamon ko‘chishi matnni emotsional yoki neytral qilish, auditoriyani matnga jalb qilish, xabarni dolzarb ko‘rsatish, muallif pozitsiyasini yashirin tarzda bildirish kabi maqsadlarda qo‘llanadi (Пирс, 2000). Zamon ko‘chishining funksional tasnifi va asosiy funksiyalari aktualizatsiya, emotsional intensivlik, stilistik uslub yaratish, nutqni soddalashtirishdan iborat.
Xulosa
Axborot matnlarining lingvopragmatik xususiyatlari – bu matnni nafaqat qanday yozish kerakligini, balki uni qanday qilib ta’sirli, ishonchli va madaniy jihatdan mos qilishni tushunishga yordam beradigan nazariy va amaliy asosdir. Bugungi zamonaviy media maydoni doimo o‘zgarib borayotgan bo‘lsa-da, uning markazida har doim til turadi. Shu bois axborot matnlarini yozishda, o‘qishda va tahlil qilishda til vositalarining maqsadga yo‘naltirilgan ishlatilishini chuqur anglash lozim. Ispan va o‘zbek tillarida axborot matnlari pragmatik jihatdan sezilarli farqlarga ega: biri faol va tanqidiy bo‘lsa, ikkinchisi barqarorlikka va muvozanatga yo‘naltirilgan. Bu farq faqat til emas, balki jamiyatning siyosiy-madaniy kontekstidan ham kelib chiqadi. Shu bilan birga, ikkalasida ham axborot matni auditoriyani ishontirish, xabardor qilish va jamiyatga ta’sir qilishga xizmat qiladi. Bu esa har ikkala til uchun pragmalingvistik yondashuvni zamon ko‘chishi axborot matnlarining grammatik va pragmatik xususiyatlarini aniqlovchi muhim omildir. Ispan va o‘zbek tillarida bu hodisa turlicha namoyon bo‘ladi. Lingvopragmatik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, zamon shakllarini to‘g‘ri va maqsadga muvofiq ishlatish xabar Axborot matnlarining lingvopragmatik tahlili ularning qanday qilib auditoriyaga ta’sir ko‘rsata olishini tushunish uchun zaruriy vositadir. OAV tilidagi har bir birlik – bu shunchaki ma’lumot emas, balki ong va qarashlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi qudratli vositadir. Shu sababli axborot matnlarining tuzilishi, stilistik vositalari, ularning auditoriyaga ta’siri va kontekstdagi roli doimo tahlil etilishi lozim.samaradorligini oshiradi chuqur o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.
Библиографические ссылки
Abdullaeva, F. (2019). Chances for using the translation method in mastering the terms. Philology Matters, 2019(3), 15-15.
Calsamiglia, H., & Tusón, A. (2007). Las cosas del decir: Manual de análisis del discurso. Barcelona: Ariel. [315 pages]
García Yebra, V. (1997). Traducción e interpretación. Madrid: Editorial Gredos. [528 pages]
Levinson, S. C. (1983). Pragmatics. Cambridge: Cambridge University Press. [420 pages]
Pirs, Ch. P. (2000). Nachala pragmatizma (V. V. Kiryushchenko & M. V. Kolopotina, Per. i predisl.). Sankt-Peterburg: Laboratoriya metafizicheskikh issledovaniy filosofskogo fakulteta SPbGU; Aleteyya. [352 pages]
Safarov, Sh. (2000). Pragmalingvistika. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. [300 pages]
Saldarriaga, J. E. (2012). Narrativa y tiempo en el periodismo contemporáneo. México: Fondo de Cultura Económica. [224 pages]
Turaeva, M. (2020). O‘zbek matbuot tili uslubi. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti. [300 pages]
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Умида Душаева

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.