Лингводидактические основы обучения иностранным языкам с применением цифровых приложений

Аннотация
В последние годы цифровые технологии стремительно интегрируются в систему образования, оказывая значительное влияние на методику преподавания. Особенно это проявляется в преподавании немецкого языка как иностранного (DaF), где электронные средства обучения постепенно становятся неотъемлемой частью учебного процесса. В данной статье анализируются современные тенденции в цифровом обучении, обсуждаются вопросы повышения качества образования, а также подчеркивается необходимость новых подходов к формированию содержания и форм преподавания. С позиции лингводидактики подчёркивается актуальность обоснованного и систематического использования цифровых технологий как средства повышения эффективности языкового образования.Ключевые слова:
Цифровое обучение адаптивность дидактический материал онлайн-платформа цифровое приложение языковая компетенция цифровой план преподаванияKirish
Jahonda bugungi kunda raqamli ta’lim chet tillarini jumladan nemis tilini chet tili sifatida o‘qitish jarayonining ajralmas va barqaror tarkibiy qismiga aylangan. Dars jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishning bir qator afzalliklari mavjud bo‘lib, ular o‘quv jarayonining zamon va makon chegaralaridan mustaqil ravishda tashkil etilishini, yuqori darajadagi moslashuvchanlikni, didaktik materiallarning takroriy qo‘llanishi, samarali tarqatilishi, tizimli arxivlanishi, gipermatn asosida bog‘lanishi hamda interaktivlikni ta’minlaydi. Nutqqa xos bo‘lmagan (noverbal) va nutqqa parallel (paraverbal) jihatlarning yetishmasligi esa texnologik vositalar – xususan video yozuvlar va onlayn video-muloqotlar yordamida ma’lum darajada kompensatsiya qilinishi mumkin. Shunga qaramay, ta’lim samaradorligini maksimal darajada oshirish uchun raqamli ilovalar,online plattformalar ta’lim jarayonida keng qollanilmoqda.
Adabiyotlar tahlili
Rus olimlaridan Y.V. Timofeeva, Y. A. Kayl (2024) an’anaviy o‘qitish usullari va shakllarining hozirgi davr talablariga to‘liq javob bera olmasligi, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiyalash zarurligini ta’kidlaydi. Bu holat, avvalo, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan ta’lim jarayoniga kirib kelishi bilan bog‘liq.
Chet tillarni o‘qitish jarayonida IKTdan foydalanishning metodologik masalalari bilan S. M. Kashchuk, Yu. Yu. Kotlyarenko, O. B. Simonova, E. S. Polat (2019) va boshqa ko‘plab tadqiqotchilar shug‘ullangan. Ushbu ishlarning barchasida chet tilini o‘rganayotganlarning kommunikativ kompetensiyasini boshqa universal va ijtimoiy kompetensiyalar bilan uzviy bog‘liq holda rivojlantirish zarurligi, shuningdek, o‘rganilayotgan fandagi o‘ziga xosliklarni inobatga olgan holda talabalarda o‘zlashtirilgan bilimlarni shaxslararo va madaniyatlararo muloqotda qo‘llashga tayyorlikni shakllantirish lozimligi ta’kidlanadi.
N.D. Galskova, N.I. Gez, R.K. Minyar-Beloruchev, E.S. Polat (2004) va boshqa olimlar tomonidan axborot vositalaridan foydalanish talabalarning fikrlash faoliyatini faollashtirishga, shuningdek insonning deyarli barcha jismoniy sezgi organlari va psixik funksiyalarini ishga solishga yordam berishini ta’kidlaganlar.
Raqamli ta’lim barcha horijiy tillar qatori shubhasiz DaF (Nemis chet til sifatida nemis tili) darslarining ajralmas qismiga aylangan. Dars jarayonida raqamli vositalardan foydalanish ko‘plab afzalliklarga ega – vaqt va makondan mustaqillik, moslashuvchanlik, materiallarni qayta ishlatish, tarqatish, arxivlash, mazmunni gipermatn tarzida bog‘lash va interaktivlikni shular qatoriga qo’shish mumkin.Raqamli vositalar yordamida talabalar o‘zlarining til kompetensiyasini, madaniy kompetensiyalarini, media savodxonligini va jamoada ishlash hamda o‘z-o‘zini boshqarish kabi asosiy kompetensiyalarni rivojlantirishlari mumkin.
Tadqiqot metodologiyasi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari nafaqat axborot uzatish, balki o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi interaktiv muloqotni tashkil etish vositasi sifatida talqin etilgan. Bu esa zamonaviy lingvodidaktik konsepsiyalar bilan bog‘liq. Pedagog faqatgina texnologik vositalarni biluvchi emas, balki ularni samarali tarzda amaliyotga joriy eta oladigan mutaxassis sifatida tasvirlanadi. Bu fikr pedagogik kasbiy kompetensiyaning kompleks xarakterga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ularning fikricha hozirgi zamon pedagogikasi oldida turgan muhim muammolardan birini – an’anaviy va raqamli texnologiyalarning uyg‘unlashuvi zaruratini ko‘rsatib beradi. Bu masala pedagoglarning raqamli savodxonligini oshirish, o‘quv jarayonini interaktivlashtirish hamda yangi texnologiyalarni metodik asosda qo‘llash kompetensiyasini shakllantirish bilan chambarchas bog‘liqdir.
Maqsadga erishish va vazifalarni hal qilish uchun quyidagi tadqiqot usullari qo'llanildi: psixologik-pedagogik ilmiy adabiyotlar bo‘yicha tarixiy-mantiqiy va taqqoslama tahlil;chet tillarni o‘qitishning ilg‘or va xorijiy tajribasini umumlashtirish;tizimlashtirish va tasniflash.
Tahlillar va natijalar
Chet tillarni o‘qitish jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishning metodologik masalalari bilan S. M. Kashchuk, Yu. Yu. Kotlyarenko, O. B. Simonova, E. S. Polat (2019) va boshqa ko‘plab tadqiqotchilar shug‘ullangan. Ushbu ishlarning barchasida chet tilini o‘rganayotganlarning kommunikativ kompetensiyasini boshqa universal va ijtimoiy kompetensiyalar bilan uzviy bog‘liq holda rivojlantirish zarurligi, shuningdek, o‘rganilayotgan fandagi o‘ziga xosliklarni inobatga olgan holda talabalarda o‘zlashtirilgan bilimlarni shaxslararo va madaniyatlararo muloqotda qo‘llashga tayyorlikni shakllantirish lozimligi ta’kidlanadi.
Ushbu olimlarning nuqtai nazarini rivojlantirar ekanmiz, OTMda chet tillarni o‘qitish jarayoni bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ta’kidlash lozim. Bu xususiyatlar nafaqat fanning o‘ziga xosligidan, balki uni o‘rganish davomida shakllanadigan universal kompetensiyalarning tabiatidan ham kelib chiqadi:
- o‘rganilayotgan chet tili - bu shaxslararo va madaniyatlararo aloqaning vositasidir;
- real til muhiti yo‘qligi sharoitida bu bo‘shliqni turli xil texnik va elektron o‘quv vositalaridan foydalangan holda to‘ldirish zarur, bu vositalar modellashtirilgan vaziyatlarda chet tilidagi muloqotni imitatsiya qilish imkonini beradi;
- o‘qitish metodlari va texnologiyalarining tanlovi nafaqat o‘quv maqsadlariga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak, balki ular akademik, ilmiy va ishbilarmonlik sohalarida chet tilida muloqot kompetensiyasini shakllantirishga faol motivatsiya uyg‘otish qobiliyatiga ega bo‘lishi ham lozim.
- D. Galskova, N. I. Gez, R. K. Minyar-Beloruchev, E. S. Polat (2004) va boshqa olimlar tomonidan axborot vositalaridan foydalanish talabalarning fikrlash faoliyatini faollashtirishga, shuningdek insonning deyarli barcha jismoniy sezgi organlari va psixik funksiyalarini ishga solishga yordam berishini ta’kidlaganlar.
Ilmiy adabiyotlarda mavjud bo‘lgan raqamli texnologiyalar funksiyalari klassifikatsiyalariga (Warschauer, & Healey, 1988) asoslanib, chet tilini o‘qitish jarayonida raqamli ilovalarning quyidagi funksiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
- Ta’limiy funksiyasi – yangi materialni tushuntirish, nutq ko‘nikmalari va malakalarini mustahkamlash hamda ularni nazorat qilish jarayonida elektron va multimedia vositalari yordamida haqiqiy chet tili muloqotining video va audio tasvirlarini yaratishda namoyon bo‘ladi;
- Rivojlantiruvchi funksiyasi – muloqot vazifalarini hal qilishda yordam beruvchi izlanish va ijodiy xarakterdagi fikrlash amallari va aqliy faoliyat usullarini rivojlantirishga qaratilgan;
- Tarbiya beruvchi funksiyasi – shaxsiy fazilatlar va gumanistik qadriyatlarni tarbiyalash, o‘rganilayotgan til mamlakati madaniyati, xalqaro nutqiy va xulq-atvor etiketi bilan tanishtirish, o‘quvchilarda universal va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan;
- Motivatsion funksiyasi – raqamli texnologiya imkoniyatlaridan faol foydalanish orqali talabalarda yangi til materiallari va mamlakatshunoslik mazmuniga qiziqish uyg‘otish, o‘quv jarayonini qiziqarli va jalb etuvchi qilishni nazarda tutadi;
- Bilish funksiyasi – shaxsiy ichki madaniyatni boyitishga, turli kommunikativ aloqalar jarayonida o‘quvchining har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi.
Demak, raqamli texnologiyalarni funksiyalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, yangi raqamli ilovalardan foydalangan holda ta’lim jarayonini amalga oshirish innovatsion xarakterga ega bo‘lishiga qaramay, bu vositalar ta’lim jarayonida vujudga keladigan asosiy an’anaviy pedagogik vazifalarni hal qilishga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi funksiyalarini bilish ushbu texnologiyalar klassifikatsiyasini yaratishga urinishlarda foydali bo‘lishi mumkin. Chunki bir qator ilmiy nashrlarda (Baxmutova, 2021) mualliflar raqamli texnologiyalarga oid klassifikatsiya taklif qilishni maqsad qilgan bo‘lsalar-da, faqat ularning ro‘yxatini berish bilan cheklangan, bu esa asosan o‘sha davrda eng mashhur bo‘lgan vosita va texnologiyalarni ajratib ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan. Raqamli texnologiyalar talabalarga nafaqat til kompetensiyasini, balki (inter)madaniy kompetensiyalarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini (media savodxonlik), shuningdek, zamonaviy ta’limda muhim o‘rin tutuvchi jamoaviy ish faoliyati va o‘z-o‘zini boshqarish kabi transversal (asosiy) kompetensiyalarni ham rivojlantirish imkonini beradi. (Kukulska-Hulme & Shield, 2008).
Raqamli vositalarni darsga jalb etishda ular faqatgina an’anaviy darsni boyituvchi yoki yordamchi vosita sifatida emas, balki mustaqil va maqsadli o‘qitish rejalari doirasida ishlatilishi kerak. Aks holda, bunday yondashuvlar an’anaviy o‘qituvchi markazli ta’lim shakllaridan sezilarli darajada farqlanmaydi. O‘qituvchilar raqamli vositalar orqali talabalarga mustaqil o‘rganish va konstruktiv bilim olishga zamin yaratishi lozim.
Xulosa
Raqamli ilovalarning nemis tilini o‘qitish jarayoniga integratsiyalashuvi o‘qituvchilar va talabalar oldiga yangi kompetensiyalarni shakllantirishni talab etadi. Avvalo, pedagog ham, talaba ham raqamli vositalardan samarali foydalanish uchun zarur bo‘lgan kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi lozim. Ya’ni, ular elektron resurslar bilan ishlash, raqamli topshiriqlarni bajarish, o‘quv platformalaridan foydalanish kabi amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari zarur.
O‘qituvchi dars jarayonida raqamli vositalardan foydalanishning maqsadga muvofiqligini chuqur anglab, darsning har bir bosqichida qanday raqamli ilovalarni qo‘llash lozimligini aniq belgilashi kerak. Bu, o‘z navbatida, dars samaradorligini oshirish, talabalarning individual ehtiyojlariga moslashish va o‘quv jarayonini diversifikatsiya qilish imkonini beradi. Ya’ni, ta’lim jarayonini turli shakl va uslublar bilan boyitish, uni xilma-xil qilish imkonini beradi. Darsni talaba markazli qilish orqali ta’lim sifatini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Shu sababli, raqamli o‘qitish vositalarini lingvodidaktik tamoyillar asosida puxta rejalashtirish, o‘qituvchilarning professional tayyorgarligini oshirish va yangi ta’lim ssenariylarini ishlab chiqish bugungi kundagi asosiy ilmiy-amaliy vazifalardan biri hisoblanadi.
Библиографические ссылки
Baxmutova, M. A. (2021). Lingvodidaktika asoslari. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti.
Gal’skova, N. D., & Gez, N. I. (2004). Teoriya obucheniya inostrannym yazykam: Lingvodidaktika i metodika [Theory of foreign language teaching: Linguodidactics and methods]. Moskva: Akademiya.
Kashchuk, S. M., Kotlyarenko, Y. Y., & Simonova, O. B. (2019). Didakticheskiye aspekty primeneniya multimedia tekhnologiy v prepodavanii inostrannogo yazyka v vuze [Didactic aspects of using multimedia technologies in university foreign language teaching]. Pedagogika. Voprosy teorii i praktiki, 4(4), 168–172.
Kukulska-Hulme, A., & Shield, L. (2008). An overview of mobile assisted language learning: From content delivery to supported collaboration and interaction. ReCALL, 20(3), 271–289.
Minyar-Beloruchev, R. K. (1959). Metodika obucheniya perevodu na slukh [Methods of teaching translation by ear]. M., Publ. Izdatel'stvo instituta mezhdunarodnykh otnosheniy.
Timofeeva, E. V., & Kail’, Yu. A. (2024). Tsifrovyye instrumenty kak sredstvo intensifikatsii obucheniya inostrannomu yazyku studentov inzhenernykh profiley [Digital tools as a means of intensifying foreign language learning for engineering students]. In S. E. Tsvetkova (Ed.), Inzhenernoye obrazovaniye, (35), 19–35.
Warschauer, M., & Healey, D. (1998). Computers and language learning: An overview. Language Teaching, 31(2), 57–71.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Мутабархон Бахридинова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.