Jon Tolkin asarlarida arxetiplar transformatsiyasi
Annotasiya
Mazkur maqolada badiiy asarlarda makon va zamon manzarasining o‘zaro aloqadorlikda ifodalanishi tahlil qilinadi. Badiiy makon muallifning dunyo haqidagi o‘ziga xos qarashlari, tasavvurlari va estetik pozitsiyasining in’ikosidir. U turli shakl va yo‘nalishlarda namoyon bo‘lib, ijtimoiy, axloqiy hamda madaniy omillar bilan chambarchas bog‘liq holda badiiy matnda mazmuniy yuklama kasb etadi.
Kalit so‘zlar:
Badiiy makon badiiy zamon ramz nuqtaviy makon chiziqli makon ijtimoiy omillar axloqiy kategoriyalar madaniy mazmun yo‘l ramzi estetik qarashlarKirish
Badiiy asarlarda makon va zamon manzarasi o‘zaro murakkab aloqalar orqali ifodalanadi, bunda vaqt, ijtimoiy va axloqiy omillar o‘zaro bog‘lanadi. Badiiy makon — muallifning dunyo haqidagi o‘ziga xos modeli bo‘lib, u adibning makonga oid tasavvurlarini badiiy til yordamida ifodalaydi. Badiiy makon turli shakllarda — nuqtaviy, chiziqli, tekis yoki hajmli bo‘lib, har xil yo‘nalishlarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, yo‘l ramzi vaqt kategoriyalarini modellashtirishda keng qo‘llaniladi. Makon zamon bilan birga ijtimoiy va axloqiy kategoriyalarni ham ifodalaydi; «yuqori-past», «o‘ng-chap», «yaqin-uzoqlik» kabi makoniy tushunchalar madaniy mazmunga ega bo‘lib, turli dunyoqarashlarni shakllantirishda asosiy vosita hisoblanadi.
Ushbu maqolada J.R.R. Tolkiyening «Xobbit, yoki U yoqqa va ortga» romani badiiy makon modeli sifatida tahlil qilinadi. Asarda makon arxetiplari — uy, yo‘l, o‘rmon, tog‘, yerosti, suv, osmon, chegara — voqea tuzilmasi va mifologik dunyo tasvirida qanday rol o‘ynashi ko‘rib chiqiladi. Rohatbaxsh hayot Elrond uyi arxetipida ham namoyon bo‘ladi. Ushbu oila shaklidagi do‘stona elf jamoasi daralar, jarliklar va botqoqlar bilan himoyalangan vodiysida yashaydi. Bu joyga kirish faqat oq toshlar bilan belgilangan yo‘l orqali amalga oshiriladi, bu poklik ramzi sifatida qaraladi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya
Vodiyning tinch va sehrli atmosferasi mehmonlarga moddiy va ma’naviy ta’sir ko‘rsatadi. Safarga chiqqanlar bu yerda hordiq chiqaradi, tanalaridagi jarohatlar bitadi, kiyimlari tiklanadi, hamda mezbonlar tomonidan yengil va to‘yimli taomlar taqdim etiladi. Shu bilan birga, ko‘plab maslahatlar berilib, mehmonlarning ruhiy holati yaxshilanadi (Lotman, 1998).
Tadqiqot materiali sifatida J.R.R. Tolkiyening «Xobbit» romani tanlandi. Badiiy makonning turli shakllari va ularning ramziy mazmuni tahlil qilindi. Badiiy makonni vaqt, ijtimoiy va axloqiy kategoriyalar bilan bog‘lash usullari ko‘rib chiqildi. Matnli manbalar — asar matni va olimlarning makon nazariyalari — asosida makoniy arxetiplar identifikatsiya qilindi va ularning romandagi funksiyalari o‘rganildi.
Romandagi bir arxetip -Yo’l ruhiy kamolot arxetipi sifatida gavdalangan. Xobbitlar yurtidan Yolg’iz tog’gacha bo’lgan yo’l bir holatdan boshqasiga o’tishni ifodalovchi klassik initsiatsiya arxetipini mujassam etadi. Yo’l butun roman tuzilishini belgilab, Bilboning tinch uy odamidan qahramonga aylanishdagi ichki rivojlanishidagi ramziga aylanadi (Tolkien, 1937).
Romanda o’rmon arxetipi noaniqlik va sinovlar arxetipi sifatida tasvirlangan. Qorong’u o’rmon- bu qahramon noma’lum va xavfli holatlar bilan yuzlashadiga sinovlar Makoni arxetipidir. Liholes’ye esa osongina adashib qolish mumkun bo’lgan labirint, vaqt va makonning odatiy qonunlari buzilgan makondir. O’rmon- bu ongsizlik, xaos va ibtidoiy unsur ramzidir. Aynan shu yerda Bilbo birinchi marta chinakkam jasoratni namoyon etadi- u gnomlarni o’rgimchaklar va elflarning qo’lidan qutqaradi, bu esa uning qahramon sifatida shakllanishidagi muhum bosqichini anglatadi (Tolkien, 1937).
Romandagi yer osti dunyosi o’lim va qayta tug’ilish arxetipi sifatida gavdalantirilgan. Yerosti makonlari -Gollum g’ori, goblinlar tunellari, Yolg’iz tog’ ichki qismi- o’lim va oz’garish Makoni bo’lgan quyi dunyo arxetipini anglatadi. Gollum g’orida Biblo o’zining eski “men”ining ramziy o’limini boshdan kechiradi va sehrli artefakt-yangi imkoniyatlar va kuchlarni ifodalovchi uzukni qo’lga kiritadi. Yer osti Makoni tashabbus marosimi o’tkaziladigan joyga aylanadi, bu yerda u o’z soyasi bilan hal qiluvchi uchrashuvni boshdan kechiradi (Nasriddinov, 2021).
Natijalar
Bu idillik joyda havoning tinchlantiruvchi ta’siri, ko‘k yulduzlar nur sochishi va “elflar isi”ning mavjudligi sababli kayfiyat ko‘tariladi. Vodiyning yovuzlikdan xoli bo‘lishi tufayli barcha o‘zini yaxshi his qiladi va vaqtning o‘tishi sezilmaydi (Lotman, 1998).
Tahlil natijasida «Xobbit» romanida makoniy arxetiplarning muhimligi aniqlanadi.
- Uy arxetipi — Bilboning kulbasi qulaylik, xavfsizlik va o‘ziga xos tinchlik maskani sifatida ifodalangan. Dumaloq eshik, shinam xonalar, oziq-ovqat zaxiralari va jihozlar uning ideal uy ekanligini tasvirlaydi. Bu makonning badiiy til orqali timsoli o‘quvchiga iliq, samimiy va qulay olamni taqdim etadi.
- Yo‘l arxetipi — chiziqli, yo‘nalgan makon sifatida vaqt va xarakter rivojlanishini ifodalaydi. Yo‘l ramzi orqali «hayot yo‘li» va voqealar rivoji modellashtiriladi.
- Boshqa arxetiplar — o‘rmon, tog‘, yerosti, suv, osmon va chegara kabi makonlar romandagi syujet va dunyoqarashni boyitadi, voqealar o‘rtasida bog‘lanishlar o‘rnatadi (Lotman, 1992).
Tolkienning fazoviy arxetiplari shunchaki geografik joylar emas, balki chuqur ramziy ma’noga ega mifologik toposlardir. Ular O‘rta Yerning kosmologiyasini — butun bir olam modeli sifatida shakllantiradi, bunda har bir joy koinotning umumiy tuzilishida o‘ziga xos vazifaga ega.
Hobbit asarida ko‘plab fazoviy arxetiplar bor, lekin ularning orasida uchta eng asosiy shaklni ajratish mumkin: Zanjirlangan makon arxetipi — Elf zindoni. Tolkien asarlarida “zanjirlangan makon” klassik qamoqxona emas, balki qahramonning ruhiy o‘sishi va sinovdan o‘tishi uchun yaratilgan joy sifatida ko‘rinadi. Elf zindoni — to‘liq berk, tashqariga chiqish yo‘li yo‘qdek tuyuladigan makon. Bu makon ramziy ma’noda insonning tushkunlikka tushishi, qamalib qolishi, umidsizlikdan chiqish uchun ichki kuch topishi jarayonini ifodalaydi. “The Hobbit”da Bilbo va gnomlarning elf zindoniga tushishi — ruhiy izolyatsiya tajribasi bo‘lib, hobbit asta-sekin faol tashabbus ko‘rsatib, do‘stlarini qutqaradi. Demak, zanjirlangan makon arxetipi qahramonning ichki “o‘zini topish” yo‘lida zaruriy to‘siq sifatida talqin qilinadi (Nasriddinov, 2021).
Xotira arxetipi — Rivendell bu shunchaki geografik joy emas, balki xotira va afsona saqlanadigan makon. U yerda vaqt oqimi boshqa joylardagidek sezilmaydi: kundalik hayot to‘xtagandek, odam “afsonaviy vaqt”ga tushib qoladi. Rivendellning ramziy ma’nosi — madaniy va tarixiy xotira. Elflar asrlar davomida shajara, afsona va bilimlarni saqlab kelgan, shu sababli Rivendell insoniyatning kollektiv xotirasi timsoli bo‘lib xizmat qiladi. Bilbo bu joyni orzu yoki tushdek eslaydi: u yerda hamma narsa go‘zal, elflar ham qadimiy, ham yosh bo‘lib ko‘rinadi.
Demak, Rivendell qahramon uchun o‘zligini eslash va tarixiy ildizlarga qaytish imkonini beradi. Hunarmand makoni arxetipi — Gnomlar konlari Erebor — hunarmandchilikning markazi, gnomlarning mehnat va mahorati bilan yaratilgan podshohlikdir. Bu makonning ramziy mohiyati — insonning yaratuvchanligi va mehnat orqali o‘zini anglash jarayoni. Gnomlarning konlari va ustaxonalari oddiy moddiy ishlab chiqarish emas, balki insonning ichki dunyosi bilan bog‘liq ma’noga ega: u yaratgan narsasi orqali o‘zini kashf etadi. Erebor — oltin, qimmatbaho toshlar va qurollar bilan bezalgan, haqiqiy “mehnat xazinasi”. Shu bilan birga, Tolkien bu makonni ochko‘zlik va xazina uchun kurashning xavfli tomoni bilan ham tasvirlaydi.
Demak, hunarmand makoni arxetipi ikki tomonlama: bir tomondan ijod va bunyodkorlik, boshqa tomondan halokat va ochko‘zlik.
Muhokama
Tolkiyening «Xobbit» romani makoniy munosabatlar tilining murakkab tizimini ochib beradi. Badiiy makon orqali vaqt, ijtimoiy va axloqiy tushunchalar sintez qilinadi, bu esa asarning mazmuniy va mifologik qatlamlarini boyitadi. Uy arxetipi qahramonning ruhiy holatini va jamiyat bilan munosabatini aks ettirsa, yo‘l arxetipi xarakterning rivojlanishi va voqea o‘sishini modellashtiradi. Makoniy kategoriyalar madaniy tafakkurda chuqur o‘rin egallagan bo‘lib, «yuqori-past», «o‘ng-chap» kabi qarama-qarshiliklar orqali axloqiy va ijtimoiy modellarga xizmat qiladi.
«Hobbit»dagi makon arxetiplari nafaqat fantastik olamning geografiyasini, balki inson ruhining xaritasini ham yaratadi, bunda tashqi sayohat qahramonning ichki yo‘lini — voyaga yetmaganlikdan donolikka, qo‘rqinchdan jasoratga, izolyatsiyadan katta dunyoda o‘z o‘rnini anglashga o‘tishni aks ettiradi.
Elrond uyining mukammalligi, ya’ni taom, uyqu, mehnat, hikoya aytish, kuylash yoki shunchaki o‘ylash kabi faoliyatlarni yoqtirishdan qat’i nazar, har bir kishiga mos keladi. Bu holat yovuz narsalarning vodiyni tark etishini ta’minlaydi. «Hobbit»dagi makon arxetiplari nafaqat fantastik olamning geografiyasini, balki inson ruhining xaritasini ham yaratadi, bunda tashqi sayohat qahramonning ichki yo‘lini — voyaga yetmaganlikdan donolikka, qo‘rqinchdan jasoratga, izolyatsiyadan katta dunyoda o‘z o‘rnini anglashga o‘tishni aks ettiradi (Tolkien, 1937).
Tolkien makonlarni aniq ikkiga bo‘ladi: “o‘z” (xavfsiz, do‘stona) va «boshqalar» (xavfli, dushmanona): O‘z makonlari: Xobbitoniya, Rivendell’dagi Elrondning uyi, Beorning maskani. Boshqalar makonlari: goblinlarning panohi, Lixoles o‘rmoni, ajdaho g‘ori. Bu dikotomiya kosmos (tartibli olam) va xaoz (tartibsiz tabiat) arxetipik qarama-qarshiligini aks ettiradi.
Bilboning sayohati siklik xarakterga ega — «borish va qaytish». Ushbu tuzilma abadiy qaytish arxetipini aks ettiradi, ammo qaytish yangi bosqichda sodir bo‘ladi. Bilbo aynan o‘sha kulbaga qaytadi, lekin u endi sarguzasht boshida uyini tark etgan hobbit emas.
Shu tarzda, «Xobbit»dagi makoniy arxetiplar badiiy matnning strukturasini shakllantirishda va o‘quvchining voqelikni qabul qilishida muhim vosita hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, badiiy makonning zamon, ijtimoiy va axloqiy komponentlari bilan birga murakkab tizim ekanligini ko‘rsatadi.
Xulosa
Jon Tolkin asarlarida arxetiplarning transformatsiyasi badiiy adabiyot va mifopoetik tafakkur o‘zaro aloqasining yorqin namunasidir. Muallif klassik mifologik va diniy arxetiplarni (qahramon, donishmand, sinov yo‘li, yovuz kuch, najotkor va hokazo) ijodiy qayta talqin qilish orqali ularga yangi mazmun bag‘ishlagan. Bu jarayonda u uchta asosiy yo‘nalishda transformatsiyani amalga oshiradi:
- Strukturaviy transformatsiya – qadimiy mifologik qahramonlik arxetiplari zamonaviy fantaziya kontekstida qayta yaratiladi. Masalan, Frodo obrazi klassik qahramon arxetipidan farqli o‘laroq, kuch-qudrat emas, balki iroda va ma’naviy barqarorlik orqali sinovlardan o‘tuvchi timsol sifatida gavdalanadi.
- Semantik transformatsiya – arxetiplar ichki mazmun jihatidan boyitilib, Tolkin asarlarida universal axloqiy g‘oyalarni ifoda etadi. “Halqa” arxetipi qadimiy sehrli buyum an’anasidan o‘tib, mutlaq hokimiyatning halokatli mohiyatini ramziy ifodalovchi ma’noga ega bo‘ladi.
- Kulturologik transformatsiya – Tolkin turli madaniyat va miflardan olingan arxetiplarni uyg‘unlashtirib, ularni yagona mifopoetik tizimda birlashtiradi. Bu orqali u o‘zining “ikkinchi dunyo”si – Yangi mifologiya (Sub-creation)ni yaratadi, bu esa zamonaviy fantastik adabiyotning asosiy paradigmasiga aylangan.
Umuman olganda, Tolkin ijodida arxetiplar nafaqat takrorlanadi, balki dinamik ravishda transformatsiyaga uchrab, zamonaviy kitobxon ongida qadimiy miflarning yangi badiiy va ma’naviy talqinini shakllantiradi. Shu bois uning asarlaridagi arxetiplar transformatsiyasi nafaqat adabiy-estetik hodisa, balki madaniy-falsafiy jarayon sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bibliografik manbalar
Lotman, Y. M. (1998). Struktura khudozhestvennogo teksta. In Y. M. Lotman, Ob iskusstve (p. 138). Sankt-Peterburg: Iskusstvo–SPB.
Lotman, Y. M. (1992). Problema khudozhestvennogo prostranstva v proze Gogolya. Zametki o khudozhestvennom prostranstve. In Y. M. Lotman, Izbrannye stat'i (Vol. 1, pp. 413–463). Tallinn.
Tolkien, J. R. R. (1937). The Hobbit, or There and Back Again (Chapter 3: A Short Rest, p. 62). London: George Allen & Unwin.
Tolkien, J. R. R. (1937). The Hobbit, or There and Back Again (Chapter 9: Barrels Out of Bond). London: George Allen & Unwin.
Tolkien, J. R. R. (1937). The Hobbit, or There and Back Again (Chapter 1: An Unexpected Party). London: George Allen & Unwin.
Nasriddinov, D. A. (2021). Dzhordzh Martin fentezi asarlari poetikasi [Doctoral dissertation abstract, Tashkent State University]. Tashkent.
Koshelev, S. L. (1984). K voprosu o zhanrovykh modifikatsiyakh romana v filosofskoy fantastike. In Problemy metoda i zhanra v zarubezhnoy literature (Issue 9, pp. 133–134). Moscow: MGPI.
Tolkien, J. R. R. (2000). Khobbit, ili Tuda i Obratno; Priklyucheniya Toma Bombadila i drugie istorii (Trans. from English, p. 68). Sankt-Peterburg: Azbuka.
Nashr qilingan
Yuklashlar
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Nashr
Bo'lim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2025 Жавлон Музаффаров

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 Worldwide.
