Понятие культурных ценностей, структурные особенности и их виды

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
Понятие культурных ценностей, структурные особенности и их виды

Аннотация

В статье анализируется взаимосвязь языка и культуры, сущность понятия культуры, культурной ценности, её роль в обществе и основные виды в рамках теоретических основ лингвокультурологии. Культурные ценности возникли в процессе исторического становления человеческой мысли и деятельности, рассматривается их значение в стабильности и развитии общества. Также утверждается, что язык служит основным коммуникативным инструментом в организации и реализации социального бытия, что любой язык, используемый в процессе общения, функционирует со всей своей многогранностью и сложностью в зависимости от культурного контекста, и что каждое слово, используемое человеком в процессе речи, возникает на основе общего культурного и социального опыта. Когда народы культурно подражают другому народу, они обычно также перенимают его слова и выражения. В этом случае термины, связанные с обычаями, верованиями и культурными ценностями, особенно подвержены заимствованию. Основное содержание статьи заключается в том, что человек выражает посредством языка не только информацию или реальность, но и своё личное мировоззрение, взгляды и убеждения, ценности, характерные для данной социальной группы.

Ключевые слова:

Культура ценность общественное сознание цивилизация мораль идентичность универсальность национальность

Kirish

Kishilik jamiyatlarida til jamiyat a’zolari o‘rtasida tushunish va tushuntirish vositasi bo‘lib, til jamoaning madaniy mahsullaridan bo‘lgan fikrlar, g‘oyalar, nazariyalar, kechinmalar, his-tuyg‘ular va boshqa barcha madaniyat egaliklarini shu vosita orqali amalga oshiradi. Til individual bo‘lishidan tashqari, inson hayotining barcha jabhalarini, jumladan, din, e’tiqod, iqtisod, oila, adabiyot va hokazolarni o‘z ichiga oluvchi jamoaviy hayotining natijasidir. Madaniyatni anglashda tilning ahamiyati shunchalik kattaki, xalq tili – o‘sha millat madaniyatini bilish uchun kalit, madaniyatni bilish esa millatga yo‘l bo’lib xizmat qiladi. Til bu tajribalarni tasniflashning eng murakkab tizimini ifodalay oladigan hayotiy vosita bo’lib, inson ongi va dunyo tafakkurining tanqidiy oynasi vazifasini bajaradi. Shuningdek, til tafakkurning tayanchi, inson til shaklida fikr ifodalaydi, tafakkurning o‘zi esa nutqning asosi hisoblanadi.

Millat tili bir xalqning madaniyatini bilish uchun asosiy kalit vazifasini bajaradi, madaniyatni bilish esa xalq madaniyatini anglash yo‘li hisoblanadi. Til madaniy-ma’naviy o‘zgarishlarni, inson tafakkuri evolyutsiyasini, turli madaniyatlarda yagona g‘oyalarning paydo bo‘lishini kuzatib boradi va ifodalaydi. Madaniy munosabatlar va ijtimoiy-madaniy munosabatlar tilisiz tilning o‘zi ham mavjud bo’lmaydi. Chunki tilsiz madaniy voqelikni ifodalash va tushunish qiyin. Madaniyat, qadriyat – xalqlarning tarixiy tajribasi davomida shakllangan va kelajak avlodlarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan urf-odatlar, tafakkur, san’at, inson turmush tarzining murakkab hodisasi yoki madaniyat – san’at haqidagi individual bilimlar yig‘indisidir. Adabiyot, ilm-fan, siyosat va shu kabi yo’nalishlarni inson o'zining intellektual va ma'rifiy rivojlanishi uchun o'rganadi.

Asosiy qism

Insoniyat hayoti qadim zamonlardan so‘z yaratish, ularni birlashtirib ibora, jumla yaratib, sivilizatsiya jarayonida qadriyatlarni bir biriga yetkazuvchi ko‘prik vazifasini bajaradi. Agar insoniyat ixtirosi bo‘lmaganida madaniyat, sivilizatsiya va san’at bu yuksak bosqichlarga chiqa olmas edi. Tilni madaniy va adabiy nuqtai nazardan o‘rganuvchi va o‘rgatuvchilar tilning mavqei va vazifasini alohida ta’kidlaydilar, ular tilni cheksiz deb hisoblaydilar va uni inson shaxsi, madaniyati, bilim va dunyoqarashining manbai deb biladilar.

Til jamiyatdagi kishilar bir-birining niyat va maqsadlaridan xabardor boʻlish, bir-biri bilan muloqot qilish, moddiy va maʼnaviy boyliklarni koʻchirish uchun jamiyatni tashkil etish omili sifatida foydalanadigan ijtimoiy-madaniy institutdir (Samiei, 2008). Ya’ni, til ijtimoiy hodisa bo‘lib, tilsiz jamoa mavjud bo‘lmaydi deb hisoblashadi.

Bir xalqning tarixi davomida mavjud bo‘lgan va uning tilida qo‘llanib kelgan so‘zlar yig‘indisi o‘sha xalqning voqealari, turmush tarzi, madaniyati, sivilizatsiyasi, tafakkuri, orzu-niyatlari mahsuli hisoblanadi. Bu lingvistik birikmalarni o‘rganish orqali har birining moddiy va ma’naviy tarixidan o‘tish mumkin. Til va madaniyat insoniyat jamiyatlaridan xabardor bo‘lishning asosiy kaliti bo’lib xizmat qiladi. “Til – doimo sariq, qurigan barglar orasidan unib chiqadigan va faqat madaniyat hamda adabiyotning yashil, barhayot yaproqlarini asrab qoladigan daraxtdir. Undagi har bir so‘z – barcha sirlarni ochuvchi sehrli kalit, mavhumlikni yorituvchi moʻjizaviy alifbodir”. Shuningdek, til insonning his-tuyg‘ulari, xatti-harakatlari, e’tiqodlari va fikrlarini o‘zgartirish orqali dunyoni o‘zgartira oladigan kuchli madaniy vositadir (Khanlari, 2007).

Til madaniy va ma’naviy taraqqiyotning, inson tafakkurining aks ettiruvchisi bo‘lib, ular bir-biriga ta’sir qiladi; turli madaniyatlardagi yagona g‘oyalar qanday vujudga kelgani, ularning izlari va ifodasini ko’rsatib beradi (Arlotto, 1981).

Har bir til faqat leksik va sintaktik elementlargina emas, balki boy madaniy va milliy asoslarga ham ega: allegoriyalar, kinoyalar, afsonalar, maqollar va matallar, milliy va diniy kinoyalar, tarixiy va milliy rivoyatlar hamda adabiy an’analar. Adabiyotda ushbu madaniy va lingvistik ma’lumotlardan foydalanish nutqning badiiy kuchini oshiradi va tinglovchiga (yoki o‘quvchiga) ta’sir qilish uchun zarur bo‘lgan madaniy kontekstni taqdim etadi. Bu elementlar – tajribaning bebaho xazinasi bo‘lib, har bir maqol va matal ortida ijtimoiy tajriba yashiringandir.

Shuni ta’kidlash kerakki, til bo‘lmasa – madaniy munosabatlar, madaniy munosabatlar bo‘lmasa – tilning o‘zi ham barqaror yashay olmaydi. Zero, tilsiz madaniy haqiqatlarni bayon etish va ularni anglash nihoyatda murakkab jarayon bo‘ladi.

Madaniyat – bu bir xalqning urf-odatlari, an’analari, ilmlari va san’atlari, millatning tarixiy merosini tashkil qiluvchi bilimlar, til boyligi, adabiyot, din va e’tiqodlar, sanoat, me’morchilik va shaharsozlik uslubi, xalq og‘zaki ijodi, marosim va udumlar, tarbiya va hayot tarzi, musiqiy va tasviriy san’at, fe’l-atvor, kiyinish va ovqatlanish madaniyati, hamda hayotning barcha ko‘rinishlarining majmuidir.

Madaniy hayot, qadriyatlar asosan til va boshqa belgilar tizimi orqali avloddan-avlodga uzatiladi. Til faqat og‘zaki emas, balki yozma shaklda qo‘llanila boshlaganda, madaniy merosning, qadriyatlaring saqlanishi va uzatilishi uchun yangi imkoniyatlar ochiladi va natijada madaniy rivojlanish sur’ati keskin tezlashadi. Turli madaniy jihatlar bilan bog‘liq tarixiy ma’lumotlarni aniqlashning eng             muhim usullaridan biri – muayyan tildagi mavjud birliklarni, unsurlarni o‘rganish va tahlil qilishdir. Tillararo kirishmalar, ayniqsa sivilizatsiya va madaniyatga oid sohalarda, ko‘pincha boshqa xalqlarning ta’siri natijasida yuzaga keladi (Arlotto, 1981). Millatlar                boshqa millatlardan madaniy jihatdan taqlid qilganda, odatda ularning so‘z va iboralarini ham o‘zlashtiradi. Bunda ayniqsa urf-odatlar, e’tiqodlar va madaniy qadriyatlarga oid atamalar o‘zlashtirishga uchraydi, chunki              bular inson tomonidan yaratilgan madaniyatning asosiy ko‘rinishlaridir. Shu asosda, muayyan tarixiy davrlarda bir xalq qaysi sivilizatsiyadan ta’sirlangani, kimdan qanday ijtimoiy-madaniy unsurlarni o‘zlashtirgani            tahlil qilinadi (Khanlari, 2007). Biror             jamiyatning tili – uning madaniyatining,              undagi qadriyatlarning in’ikosidir.           Madaniyatni, qadriyatni o‘rganish tildan boshlanadi, chunki har ikkisi ham aql-idrok mahsuli bo‘lgan ijtimoiy-psixologik haqiqatlardir. Shunday ekan, tilni tavsiflash – madaniyatni tavsiflash demakdir.

Demak, madaniyat, qadriyatlarni saqlash va davom ettirish tilsiz mumkin emas.                     Til nafaqat madaniyatning asosiy ifodasi, balki uning mustaqilligi, uzluksizligi va himoyasining eng muhim vositasidir. Shu bois, til – madaniyat, qadriyatning yashovchanligi uchun zaruriy shart sifatida e’tirof etiladi.

Madaniyat va qadriyatlar – bu ikki tushuncha bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisining mazmuniy va funksional asosini tashkil qiladi. Ular bir-birini to‘ldiruvchi va o‘zaro mustahkamlovchi tushunchalardir. Qadriyatlar – madaniyatning ichki ruhiy mazmuni, madaniyat esa bu qadriyatlarni tashuvchi, ifodalovchi va saqlovchi tizimdir. Shu sababli har qanday madaniyatni o‘rganish, tahlil qilish va rivojlantirish jarayonida aksiologik yondashuv – qadriyatlar mezonini asosiy metodologik yondashuv sifatida tan olish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi global madaniy muloqotlar, ma'naviy o‘zgarishlar va identitet inqirozlari davrida qadriyatlarning o‘rni va mezoni masalasi dolzarb mavzuga aylangan. Qadriyatlar shaxs va jamiyat hayotining yo‘nalishini belgilovchi ijtimoiy-axloqiy me’yorlar tizimidir. Ularning o‘zaro uyg‘unligi, nisbiyligi, barqarorligi va uzviyligi haqida ilmiy tahlillar asosan aksiologik yondashuv doirasida olib boriladi. Aksiologiya qadriyatlarni falsafiy, ijtimoiy va madaniy fenomen sifatida o‘rganadi. Shu bois, aksiologik yondashuv til, madaniyat, axloq, din, tarbiya va sivilizatsiya singari konseptlarning mazmunini aniqlashda asosiy metodologik vosita hisoblanadi.

Aksiologiya (yun. axios – “qimmatli”, logos – “taʼlimot”) qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot sifatida XIX asr oxiri – XX asr boshlarida G‘arb falsafasida shakllangan. Uning asoschilari sifatida F. Brentano, E. Xartmann, R. Lotse,                M. Sheler, N. Hartmann, V. Vindelband kabi olimlarni ko‘rsatish mumkin. Nemis faylasufi Mak Sheler o‘zining qadriyatlar toifasini quyidagicha izohlaydi: “Qadriyatlar ob’ektiv mavjud bo‘lib, inson ular ustida hukm yuritmaydi, balki ularni intuitiv ravishda sezadi va tan oladi. Qadriyatlar mavjudotlar ustida emas, ularning ma’nosida yashaydi” (Scheler, 1921). Sheler qadriyatlarni ierarxik tartibda quyidagicha bo‘ladi, deb hisoblaydi: hissiy qadriyatlar → hayotiy qadriyatlar → ruhiy qadriyatlar → diniy qadriyatlar. Bu yondashuv qadriyatlar mezonlarini madaniy rivojlanish bosqichlari bilan uyg‘unlashtiradi. Nikolay Hartmann esa aksiologiyani “aks ettiruvchi emas, belgilovchi” soha deb ataydi: “Qadriyatlar – bu inson ongi tomonidan yaratilmagan, balki idrok etilgan ob'ektiv holatdir; ular ideal mavjudotlardir” (Hartmann, 1935).

Madaniyat qadriyatlar ifodasi orqali jamiyat tafakkurining o‘ziga xosligini ko‘rsatadi. Amerikalik antropolog Klifford Girts madaniyatni “belgilarning to‘riga o‘ralgan tushunchalar tizimi” deb ataydi: “Madaniyat – bu inson tomonidan yaratilgan, simvollar orqali tashkil etilgan axborot tizimi bo‘lib, bu orqali insonlar o‘z hayot tarzini talqin qiladi” (Geertz, 1973). Rus olimi Yu.M. Lotman madaniyatni semiosfera – ya’ni belgilar va ma’nolar olami deb atagan. Uning fikricha, madaniyatda qadriyatlar til orqali shakllanadi: “Madaniyatning yadro qismini qadriyatlar tashkil qiladi. Ular til orqali kodlanadi va avloddan avlodga o‘tadi” (Lotman, 1992). Qadriyatlar – jamiyat yoki shaxs uchun           muhim deb hisoblangan ideal-mazmunli g‘oyalar va me’yorlardir. Sorokin qadriyatni “ijtimoiy ongning rag‘batlantiruvchi kuchi” (Sorokin, 1992) deb belgilasa, Inglehart qadriyatni “individual va kollektiv ehtiyoj orientirlari” (Inglehart, 1997) sifatida tahlil qiladi. Bu fikrlar natijasida aksiologik yondashuv til va madaniyatni o‘zaro bir-birini shakllantiruvchi qadriyatlar tizimi sifatida talqin etadi deyishimiz mumkin.

Aksiologik yondashuv lingvistik tadqiqotlarda ham keng qo‘llaniladi. Til       nafaqat aloqa vositasi, balki qadriyatlar ifodasidir. Susan Heller Case bu haqda shunday deydi: “Til – bu qadriyatlar to‘plamining ifoda shaklidir. U jamiyat tomonidan qanday qadriyatlar ustun qo‘yilganini tahlil qilish imkonini beradi” (Case, 2001).

Bugungi kunda globallashuv, texnologik taraqqiyot va madaniyatlararo aloqalarning intensivlashuvi fonida madaniy qadriyatlarning roli va funksiyasi yanada murakkablashmoqda. Shu sababli madaniy qadriyatlarning ilmiy asosda o‘rganilishi dolzarb ilmiy masala sifatida qaralmoqda. Madaniy o‘ziga xoslikni asrash, uni avloddan-avlodga yetkazish til orqali amalga oshiriladi. Lingvokulturologiya – aynan shu jarayonni ilmiy asosda o‘rganuvchi fan sifatida qadriyatlarning til orqali uzatilish mexanizmlarini tahlil qiladigan, til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni o‘rganadigan fan sohasidir.

Ushbu yondashuv tilni faqat kommunikativ vosita emas, balki xalqning tarixiy tajribasi, dunyoqarashi, mentaliteti va qadriyatlari mujassam topgan madaniy fenomen sifatida o‘rganadi (Алефиренко, 2003). Lingvokulturologiya "madaniyatni til orqali talqin qilish modeli"dir. Ya’ni, til           birliklari orqali jamiyat o‘z tarixiy, diniy, axloqiy va estetik qadriyatlarini ifodalaydi. Madaniy qadriyatlar – xalqning axloqiy, estetik, e’tiqodiy tajribasining asosiy tayanchi bo‘lib, ular tilda bevosita va bilvosita aks etadi (Слышкин, 2004). Lingvokulturologiya fanining asosiy yutuqlaridan biri – madaniy qadriyatlarning til vositasida saqlanishi va tarqalishini ko‘rsatishidir. Madaniy qadriyatlar – bu shunchaki urf-odatlar yoki odatiy me’yorlar emas, balki insoniyat tafakkurining tarixiy va ijtimoiy shakllanish jarayonida hosil bo‘lgan, jamiyatning ruhiy-axloqiy hayotini boshqaruvchi kuchli konseptual tizimdir. Ularni o‘rganish va anglash orqali nafaqat o‘z jamiyatimizni, balki butun insoniyat sivilizatsiyasining chuqur qatlamlarini idrok qilish imkoniyati yuzaga keladi. Til esa qadriyatlarni nafaqat saqlaydi, balki yangilaydi, ijtimoiy ongda barqarorlashtiradi. Qadriyatlar frazeologik birliklar, maqollar, atamalar, metaforalarda o‘z aksini topgan bo‘lib, ular til birliklari orqali saqlanadi va uzatiladi, bu esa lingvokulturologik tahlilning naqadar dolzarbligini belgilaydi.

Zamonaviy davrda madaniy qadriyatlarning o‘zgarishi, yangilanishi va ayrim hollarda eroziyasi kuzatilmoqda. Internet madaniyati, individualizmning kuchayishi, diniy va milliy qadriyatlarning sekulyar qadriyatlar bilan qarama-qarshiligi bu jarayonning murakkabligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, madaniy qadriyatlar ko‘p millatli, diniy va madaniy xilma-xil jamiyatlarda tinchlik va barqarorlikni ta’minlovchi asosiy poydevor hisoblanadi. Madaniy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni zamonaviy sharoitda moslashtirib rivojlantirish – nafaqat milliy madaniyat barqarorligi, balki global tinchlik uchun ham zaruriyat hisoblanadi.

Madaniy qadriyatlarning strukturaviy xususiyatlari, ya’ni asosiy vazifalari mavjud va ular bir-biridan farqlanadi: Ma’naviy-me’yoriy funktsiya: qadriyatlar axloqiy mezonlarni belgilaydi, ijtimoiy xatti-harakatni tartibga soladi; Identifikatsiya funktsiyasi: shaxs va jamiyatning o‘zini anglash, milliy va sivilizatsion identitet shakllanishida muhim o‘rin tutadi; Integratsion funktsiya: turli ijtimoiy guruhlar va avlodlar orasida madaniy uzviylikni ta’minlaydi; Motivatsion funktsiya: shaxs faoliyatiga ichki rag‘bat uyg‘otadi, hayotiy ideallar va maqsadlar bilan bog‘laydi; Transmissiv funktsiya: qadriyatlar madaniy meros sifatida avloddan-avlodga o‘tkaziladi.

Madaniy qadriyatlar muayyan jamiyatning tarixiy taraqqiyot bosqichlari, diniy e’tiqodlari, milliy tafakkur shakllari va sivilizatsion xususiyatlariga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Ular quyidagi asosiy toifalarga ajratiladi:

  1. Axloqiy qadriyatlar. Bular jamiyatda qabul qilingan axloqiy mezonlar, ya’ni halollik, vijdon, adolat, poklik, sabr, fidoyilik kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Ular shaxs xulqini ijtimoiy maqbul yo‘nalishga yo‘naltiradi.
  2. Estetik qadriyatlar. Go‘zallik, uyg‘unlik, nafosat, badiiyat kabi tushunchalarni anglatadi. Bu qadriyatlar san’at va ijod orqali namoyon bo‘ladi, inson estetik didi va hissiy dunyosini boyitadi.
  3. Diniy qadriyatlar. Iymon, ibodat, tavoze, sabr, taqvo kabi diniy tushunchalar orqali ifodalanadi. Diniy qadriyatlar shaxsning ma’naviy kamolotida asosiy o‘rin tutadi.
  4. Milliy qadriyatlar. Muayyan millatga xos urf-odatlar, tarixiy xotira, til, an’analar, mentalitet kabi elementlardan iborat. Milliy qadriyatlar milliy o‘zlik va g‘ururni shakllantiradi.
  5. Umuminsoniy qadriyatlar. Tinchlik, erkinlik, inson sha’ni, huquq, bag‘rikenglik kabi qadriyatlar barcha insoniyat uchun umumiy hisoblanadi. Bu qadriyatlar globallashuv va sivilizatsiyalararo muloqotda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

Qadriyatlar jamiyat hayotining tamal toshi bo‘lib, ularning ichida diniy qadriyatlar alohida o‘ringa ega. Ular inson hayotini ma’naviy-ruhiy jihatdan tartibga soluvchi, axloqiy mezonlar, e’tiqodiy prinsiplar va muqaddaslik tushunchalari asosida shakllanadi. Insoniyat tarixida diniy-madaniy qadriyatlar jamiyat hayotining eng muhim mezonlaridan biri bo‘lib kelgan. Ular inson tafakkuri, axloqiy me’yorlar, ijtimoiy institutlar va madaniy amaliyotlar shakllanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu qadriyatlar har bir millatning tarixiy xotirasi, axloqiy ideallari va ma’naviy yuksalishini belgilovchi asosiy vosita sifatida qadrlanadi. Aksiologik nuqtai nazardan qaralganda, diniy qadriyatlar boshqa qadriyat turlaridan o‘ziga xos belgilar bilan ajralib turadi. Buni birqancha dunyo olimlarining fikrlari asosida ko’rish mumkin. Mashhur nemis faylasufi Immanuel Kant axloqiy qonunlar ilohiy ong bilan uyg‘un holda mavjud bo‘lishini ta’kidlab, diniy qadriyatlarni universal axloq manbai deb e’tirof etgan (Kant, 1788). Yana bir nemis aksiologi Max Scheler qadriyatlarni ierarxik tizimda joylashtirar ekan, diniy (ilohiy) qadriyatlarni eng yuqori darajaga qo‘yadi. U buni “insoniy mavjudlikning eng oliy darajasi” deb ataydi. “Diniy qadriyatlar mutlaqdir, ularni boshqa qadriyatlar bilan tenglashtirib bo‘lmaydi, chunki ular insonning mavjudlikdagi eng chuqur darajasiga tegishlidir” (Scheler, 1921). Amerikalik sotsiolog Emile Durkheim diniy qadriyatlarni jamiyatning asosiy birlashtiruvchi omillaridan biri sifatida ko‘radi. “Din – bu ijtimoiy ongning kollektiv ifodasi. Diniy qadriyatlar orqali jamiyat o‘zini tashkil etadi va barqarorlikni saqlaydi” (Durkheim, 1912). Unga ko‘ra, diniy e’tiqod va qadriyatlar jamiyatdagi normalar va ijtimoiy tartibning asosidir. Shuningdek, Nemis faylasufi Nikolai Hartmann diniy qadriyatlarni “transsendent” ya’ni inson tafakkuridan yuqoridagi qiymatlar sifatida ta’riflaydi. Eronlik faylasuf Sayyid Husayn Nasr esa diniy qadriyatlarni insonning ichki olamiga chuqur ta’sir qiluvchi ma’naviy manba deb ataydi (Nasr, 1996).

Amerikalik antropolog Clifford Geertz diniy qadriyatlarni madaniyatning ma’no beruvchi tizimi sifatida tushuntiradi. U dinni “ma’nolar tizimi” (Geertz, 1973) deb atab, uni inson tafakkuri va qadriyatlar bilan bevosita bog‘laydi. Yuqoridagi fikrlar asosida shuni aytish mumkinki, diniy qadriyatlar – aksiologik tizimning yadro elementi, ular doimiy,           absolyut va muqaddas deb qabul qilinadi.      Diniy qadriyatlar doimiylik, abadiylik va mukammallik xususiyatiga ega bo‘lib, ular jamiyat madaniy ongining negizini tashkil            etadi (Yusupov, 2019).

Diniy-madaniy qadriyatlar insoniyat hayotida ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy va           madaniy rivojlanishni belgilovchi yadro sifatida xizmat qiladi. Ular orqali jamiyat o‘zining axloqiy ideallarini, madaniy merosini, tarixiy ongini va ruhiy kamolotini ta’minlaydi. Shu sababli, aksiologik yondashuvda diniy qadriyatlar nafaqat afzallik, balki jamiyat barqarorligining mohiyati sifatida talqin qilinadi. Bu qadriyatlar orqali jamiyat o‘zining ma’naviy asoslarini mustahkamlaydi va global miqyosda ham o‘z o‘rnini topadi.

Diniy-madaniy qadriyatlar o‘ziga xos ilmiy va aksiologik maqomga ega bo‘lib, ular inson hayotiga ma’no bag‘ishlaydi, uning ruhiy-axloqiy kamoloti, ma’naviy uyg‘oqligi va ijtimoiy muvozanatini ta’minlovchi mezon sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Diniy qadriyatlar nafaqat dini amaliyot doirasida, balki kundalik hayotiy qarorlar, mehnat madaniyati, oila, ta’lim-tarbiya va insonlararo munosabatlarda ham faol aks etadi. Xususan, e’tiqod, halollik, sabr, kechirimlilik, poklik, mehr-shafqat kabi qadriyatlar universal axloqiy me’yorlar qatoriga kirib, diniy madaniy qadriyatlar nafaqat ma’naviy hayotni tashkil etuvchi ichki kuch, balki xalqning madaniy identiteti, tarixiy xotirasi va milliy birligini mustahkamlovchi kuch sifatida qaraladi. O‘zbek xalqining diniy madaniy qadriyatlari asosan islom diniga tayangan holda “halollik”, “sabr-toqat”, “ehson”, “kattalarga hurmat”, “mehr-oqibat”, “ibodatning muqaddasligi” kabi tushunchalarda mujassam bo‘lgan. Bu qadriyatlar oilaviy tarbiya, urf-odatlar, marosimlar, diniy bayramlar va folklor og‘zaki ijodi, maqol, metal va aforizmlarda mustahkam aks etgan.

Ingliz xalqining diniy madaniy qadriyatlari esa, ko‘proq xristianlik (asosan protestantlik) asosida shakllanib, “vijdon erkinligi”, “halollik va mehnatsevarlik”, “do‘stlik va kechirimlilik”, “axloqiy javobgarlik” kabi mezonlarga tayanadi. Protestant etikasi, ayniqsa, jamoat manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo‘yish, vaqtni qadrlash va o‘z-o‘zini boshqarish orqali madaniy qadriyat sifatida rivojlanib kelgan.

Bayramova fikriga ko‘ra, diniy-madaniy qadriyatlar tilning semantik tizimida izchil           aks etgan, ular ijtimoiy xotiraning asosiy komponentlaridan biridir. O‘zbek tilidagi “sabr”, “halol”, “taqvo”, “shukr”, “tavakkal” kabi diniy komponentli so‘zlar yoki “haqiqat              nuri”, “yo‘lga solmoq” kabi e’tiqodiy tushunchalarning metaforik modellar tarzida berilishi orqali musulmon dunyoqarashi ifodalanadi. Ingliz tilida esa “grace”, “sin”, “faith”, “salvation”, “charity” kabi birliklar xristianlik madaniyatiga xos qadriyatlarni ifodalaydi.

Har ikki xalqda ham diniy qadriyatlar madaniyatning asosini ifodalab, bu            qadriyatlar til orqali ifodalangan, adabiyot, san’at, marosimlar va urf-odatlarda mustahkam joy egallagan. Ingliz faylasufi T.S. Eliot ta’kidlaganidek, “Madaniyatning asosi din bilan belgilanadi. Dinsiz madaniyat yo‘q” (Eliot, 1948). O‘zbek mutafakkiri Abduhalil Qutbiddin esa “Din madaniyatning yuragi bo‘lib, u yuraksiz tanaga aylanishi mumkin emas” (Qutbiddin, 2012) deya e’tirof etgan.

Xulosa

Zamonaviy globallashuv sharoitida til, madaniyat va diniy madaniy qadriyatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik insoniyatning sotsiomadaniy taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan asosiy omillardan biri sifatida qaralmoqda.        Til – bu nafaqat aloqa vositasi, balki madaniyatni saqlovchi va avloddan-avlodga uzatuvchi, diniy qadriyatlarni ifoda etuvchi va shakllantiruvchi ijtimoiy-madaniy fenomen bo‘lib xizmat qiladi. Til orqali madaniy me'yorlar va diniy g‘oyalar ifodalaniladi, madaniyat orqali ular shakllantiriladi va amaliyotga tatbiq etiladi, diniy qadriyatlar esa bu jarayonlarni ruhiy-ma’naviy asos bilan mustahkamlaydi. Madaniyatning strukturaviy tizimida diniy qadriyatlar yadro rolini bajarib, insonlarning axloqiy yo‘nalishini belgilash, jamoaviy ongni shakllantirish, ijtimoiy tartib             va birdamlikni saqlab qolish vazifasini           bajaradi. Ayniqsa, globallashuv jarayonida madaniyatlararo integratsiya chuqurlashib borayotgan bir paytda, mahalliy va milliy qadriyatlar tizimining barqarorligi, tilning saqlanishi va diniy madaniy qadriyatlarning mustahkamlanishi – ijtimoiy identitet va              milliy ongni saqlashda hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Библиографические ссылки

Azimova, M. (2024). Lexical-semantic field of “laugh” in English and Uzbek in taxonomic aspect. Академические исследования в современной науке, 3(36), 71-75. https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/50004

Azimova, M. (2024). The semantic field of crying (Yig’i semantik maydoni). Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(10), 79-81. https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/37346

Azimova, M. (2025). Semantik maydon konsepsiyasining lingvistik talqinlari. Lingvospektr, 6(1), 94–101. https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/917

Azimova, M. (2024). Teaching language based on tasks (TBLT): Theory and practice. Lingvospektr, 2(1), 116-119.

Afkhami, R. (2009). Zaban va Farhang (Language and Culture). Tehran: Samt.

Alefirenko, N. F. (2003). Лингвокультурология. Ценностно-смысловое пространство языка: учебное пособие.

Anvari, H. (2011). Intensive culture of speech. Tehran: Scientific Publications.

Arlotto, A. (1981). Introduction to historical linguistics. Washington, D.C.: University Press of America.

Case, S. H. (2001). Language and values: Cultural windows and mirrors. New York: Palgrave Macmillan.

Durkheim, E. (1912). The elementary forms of religious life.

Egamnazarova, D. (2023). The use of paradox in prose: An exploration of contradiction as a literary device. American Journal of Philological Sciences, 3(06), 23-33. https://doi.org/10.37547/ajps/Volume03Issue06-05

Egamnazarova, D. Sh. (2020). The problem of inversion at the communicative level of speech. In Proceedings of the International Scientific-Practical Conference “Current issues of speech culture and Uzbek linguistics”. Andijan: AUL Publishing House.

Egamnazarova, D. Sh. (2023). Unraveling linguistic deviation: Some thoughts on the variances in language patterns. Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.10130742

Eliot, T. S. (1948). Notes towards the definition of culture. London: Faber & Faber.

Geertz, C. (1973). The interpretation of cultures. New York: Basic Books.

Ghamari, M. (2010). Culture and national identity. Tehran: Nashr-e Ney.

Hall, E. T. (1976). Beyond culture. New York: Anchor Books.

Hartmann, N. (1935). Ethik. Berlin: De Gruyter.

Inglehart, R. (1997). Modernization and postmodernization. Princeton: Princeton University Press.

Kant, I. (1788). Critique of practical reason.

Karimov, I. A. (1998). Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat.

Khanlari, P. (2007). Linguistics and language (7th ed.). Tehran: Toos Publications.

Lotman, Yu. M. (1992). Kul’tura i vzryv (Culture and explosion). Moskva: Gnosis.

Martin, J. R., & White, P. R. R. (2005). The language of evaluation: Appraisal in English. New York: Palgrave.

Nasr, S. H. (1996). Routledge History of World Philosophies. Taylor & Francis.

Qodirov, M. (2020). Diniy qadriyatlarning jamiyat axloqiy hayotidagi roli. Sharqshunoslik ilmi jurnali, (2), 45–52.

Qutbiddin, A. (2012). Din va jamiyat: qadriyatlar tizimi. Toshkent: Adolat.

Rokeach, M. (1973). The nature of human values. New York: Free Press.

Saidov, A. X. (2014). Aksiologiya: qadriyatlar nazariyasi va metodologiyasi. Toshkent: Akademnashr.

Saidov, F. (2021). O‘zbek tilida diniy qadriyatlar ifodalanishi: Semantik va madaniy yondashuv. Til va adabiyot ta’limi,(4), 23–29.

Samiei, A. (2008). Basics of linguistics. Tehran: Madrasa Publications.

Scheler, M. (1921). Formalism in ethics and non-formal ethics of values (M. Frings, Trans.). Evanston: Northwestern University Press.

Slyshkin, G. G. (2004). Лингвокультурные концепты и метаконцепты.

Sorokin, P. (1992). Sotsiologiya tizimi. Moskva: Nauka.

Yusupov, A. (2019). Qadriyatlar va milliy identitet. Toshkent: Ijtimoiy fanlar nashriyoti.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Мохларойим Рахимова,
Узбекский государственный университет мировых языков

Самостоятельный соискатель

Как цитировать

Рахимова, М. (2025). Понятие культурных ценностей, структурные особенности и их виды. Лингвоспектр, 9(1), 99–107. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1031

Похожие статьи

<< < 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.