Методы создания учебных материалов для преподавания английского языка

Авторы

  • Самаркандский государственный институт иностранных языков
Методы создания учебных материалов для преподавания английского языка

Аннотация

В данной статье рассматриваются ключевые принципы и практические методы создания эффективных учебных материалов для преподавания английского языка. Освещены проблемы, возникающие при создании материалов, и пути их решения, а также подробно рассматриваются методы и подходы этого процесса. Учитывая потребности учащихся, подчеркиваются преимущества разработки интерактивных, визуальных и контекстуальных материалов. В статье обсуждается процесс создания учебных ресурсов с использованием современных технологий, таких как мобильные приложения и онлайн-платформы. Также даются рекомендации по использованию аутентичных материалов, применению игр и заданий для развития лингвистической компетенции, а также обеспечению индивидуального подхода к обучению. Результаты исследования подчеркивают необходимость внедрения инновационных подходов для того, чтобы процесс изучения английского языка был интересным и эффективным. Данная статья может стать полезной методической основой для преподавателей языков.

Ключевые слова:

дидактическая проблема контент контекстуальная адаптация геймификация дифференцированный подход аудиовизуальные материалы смешанное обучение

Ingliz tilini o‘qitish zamonaviy ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismidir. Bugungi globallashuv davrida ushbu tilni bilish nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki xalqaro maydonda muvaffaqiyatga erishishning ham muhim omili hisoblanadi. Ammo ingliz tilini o‘rgatishda samaradorlikka erishish uchun o‘quv materiallarini yaratish jarayonida turli muammolarga duch kelinmoqda. Bu muammolar o‘quvchilarning bilim darajasi, ta’lim standartlari va innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular sifatli va qiziqarli materiallar ishlab chiqishni talab qiladi.

Eng ko‘p uchraydigan muammolardan biri bu o‘quvchilarning ehtiyojlarini to‘g‘ri aniqlash va ularga mos keluvchi o‘quv resurslarini ishlab chiqishdir. Shuningdek, o‘quv materiallarining mazmuni va dizayni o‘qitish jarayonini osonlashtiruvchi hamda qiziqarli qiluvchi darajada bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, ingliz tilini o‘rganishni motivatsiya qiluvchi interaktiv vositalarni o‘z ichiga olgan innovatsion yondashuvlarni qo‘llash zaruriyati ham dolzarbdir. Mazkur masala yuzasidan chuqur tadqiqot olib borish va muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq strategiyalarni ishlab chiqish bugungi kunda ta’lim sohasi oldidagi asosiy vazifalardan biridir.

O‘quv materiallarini yaratishda bir nechta asosiy muammolar mavjud, ularning ba'zilari quyidagilardir:

  1. Kontentning sifatini ta'minlash: O‘quv materiallarining aniq, to‘liq va ishonchli bo‘lishi juda muhim. Kutilgan bilimlarni samarali yetkazish uchun materiallar ilmiy asoslangan va dolzarb bo‘lishi kerak. Materiallar grammatik va stilistik xatolardan xoli bo‘lishi kerak. Bunda noto‘g‘ri ma'lumotlar yoki eskirgan bilimlar o‘quvchilarga zarar yetkazishi mumkin. Masalan, yangi boshlovchilar uchun ingliz tili darsligida "he go" kabi noto‘g‘ri iboralar kiritilishi o‘quvchilarni chalkashtiradi. Mutaxassislar ishtirokida tahrir qilinadigan va xalqaro standartlarga mos kontent yaratish bunga yechim bo‘la oladi.
  2. Turli yosh guruhlari va ehtiyojlarga moslashtirish: Har bir o‘quvchi turli yoshdagi, o‘qish qobiliyatiga ega va o‘ziga xos ehtiyojlarga ega bo‘lishi mumkin. O‘quv materiallarini yaratishda bunday farqlarni hisobga olish zarur. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun materiallarni sodda va tushunarli qilish kerak, yuqori sinf o‘quvchilari uchun esa yanada murakkab tushunchalar talab etiladi. Yoshi va maqsadi turlicha bo‘lgan o‘quvchilar uchun alohida darajadagi materiallar ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘lardi.
  3. Didaktik muammolar: O‘quv materiallarini yaratishda didaktik prinsiplarga amal qilish juda muhim. Bu o‘quvchilarni faollashtirish, bilimni qiziqarli tarzda taqdim etish va o‘rganish jarayonini soddalashtirishni anglatadi. Agar materiallar o‘quvchilarning ehtiyojlari va qiziqishlariga mos bo‘lmasa, samarali o‘qitish qiyinlashadi. Faoliyatga asoslangan o‘quv usullarining yetishmasligi yoki murakkabligi didaktik muammo sanaladi (Littlejohn, 1989). Masalan, "Present Perfect" zamonini tushuntirishda faqat nazariy ma’lumot keltirish o‘rniga, talabalarga “Have you ever…?” savollarini berib, amaliy mashg‘ulot o‘tkazilmasligi. Interaktiv metodlardan foydalanish, masalan, o‘yinlar yoki guruh ishlari tashkil qilish yuqoridagi muammoga yechim bo‘la oladi.
  4. Texnologik qiyinchiliklar: O‘quv materiallarini raqamli formatda yaratish va taqdim etish ko‘pincha texnik muammolarni keltirib chiqaradi. Multimedia elementlari (videolar, animatsiyalar, interaktiv simulyatsiyalar) bilan ishlashda maxsus dasturlar va vositalarga ega bo‘lish talab qilinadi. Masalan, videodarslar orqali talaffuzni o‘rgatish uchun platforma mavjud bo‘lmasligi mumkin. Yuqoridagi muammoni hal etish uchun texnologiyalarni bosqichma-bosqich kiritish va ulardan maksimal darajada foydalanish kerak bo‘ladi.
  5. Moliya va resurslar yetishmovchiligi: Yangi va sifatli o‘quv materiallarini yaratish ko‘pincha katta mablag‘ va resurslarni talab qiladi. Ba'zan, moliyaviy cheklovlar va texnik vositalarning yetishmasligi materiallarni tayyorlashni qiyinlashtiradi. Yangi darslliklar va qo‘shimcha materiallar ishlab chiqishga yetarli byudjet ajratilmasligi mumkin. Masalan, matnlarni ovozli formatga o‘tkazish uchun ovozli aktorlar bilan ishlash imkoniyatining yo‘qligi. Grantlar yoki homiyliklarni jalb qilish, ochiq resurslardan foydalanish bunga yechim bo‘ladi.
  6. Kontekstual moslashuv: O‘quv materiallari global yoki mintaqaviy kontekstga moslashtirilishi kerak. Har bir mamlakatning o‘ziga xos madaniyati, tarixiy sharoiti va ta'lim tizimi mavjud, shuning uchun materiallar o‘sha sharoitga mos ravishda tayyorlanishi zarur (Karimova, 2023). Masalan, AQSh madaniyatiga oid matnlar O‘zbekistonda qiziqarsiz bo‘lishi mumkin. Masalan, “Thanksgiving” mavzusini o‘rganish talabalarda rag‘bat uyg‘otmasligi. Bunday holatlarda mahalliy madaniyatga oid mavzularni ingliz tilida o‘rgatish, masalan, "Navruz" yoki "Somsa" maqsadga muvofiq bo‘ladi.
  7. Baholash va qayta ishlash: O‘quv materiallari sinovdan o‘tkazilmay turib samarali bo‘lmaydi. Ularni sinovdan o‘tkazish, o‘quvchilarning fikrlarini olish va kerakli o‘zgartirishlarni kiritish juda muhim. Ba'zan bu jarayon ko‘p vaqt va mehnat talab qiladi. Masalan, talabalar ingliz tili materiallari orqali o‘z lug‘at boyligini oshiradimi yoki yo‘qmi, baholash tizimi aniqlanmagan bo‘lishi mumkin. Bunda o‘quvchilarning rivojlanishini monitoring qilish uchun maxsus testlar va tahliliy hisobotlar kiritish muhim sanaladi.

Bu muammolarni bartaraf etish uchun o‘qituvchilar, metodistlar va dizaynerlar birgalikda ishlashlari zarur. Yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilish orqali sifatli, qiziqarli va samarali ingliz tili materiallarini yaratish imkoniyati oshadi. Har bir qiyinchilikka alohida e’tibor qaratish va innovatsion yechimlar topish muhim.

Umuman olganda, o‘qituvchilar odatda darslik tomonidan taqdim etilgan barcha ko‘rsatmalardan foydalanishga moyildirlar. Biroq, haqiqat shundan iboratki, darslik har doim ham til o‘qitish darsidagi turli sharoitlarga mos kelavermaydi. Ba'zida o‘qituvchilar darslikdan tashqaridagi o‘quv materiallarini o‘rganish va ularni ma'lum bir o‘quvchilar guruhining ehtiyojlari va talablariga moslashtirish zaruratiga duch keladilar.

Materiallarni ishlab chiqishda o‘qituvchilarning tajribasi va o‘quvchilarini tushunishi juda muhimdir, chunki bu ularning maqsadli tilni o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradi. Tomlinsonning fikriga ko‘ra (Tomlinson, 2013), materiallarni ishlab chiqish – bu yozuvchilar, o‘qituvchilar yoki o‘quvchilar tomonidan tilni o‘rganish uchun manba yaratish va undan foydalanish ehtimolini maksimal darajada oshirishni nazarda tutuvchi har qanday faoliyatdir. Bu jarayonda materiallarni ishlab chiquvchilar, jumladan o‘qituvchilar, sinfga rasmlar yoki reklama e'lonlarini olib kirishi, darslik yozishi, o‘quvchilarga mo‘ljallangan ish daftarlarini loyihalashi, she’r yoki maqolalarni ovoz chiqarib o‘qishi mumkin.

Tomlinson tilni o‘qitish uchun materiallarni ishlab chiqishda ba'zi asosiy tamoyillarni taklif qiladi (Tomlinson, 2017):

  • Materiallar ta’sir ko‘rsatishi, o‘quvchilarning o‘zlarini xotirjam his qilishiga yordam berishi va ularda ishonch hosil qilishi kerak.
  • O‘quvchilarga o‘rgatilayotgan narsa dolzarb va foydali deb qabul qilinishi kerak.
  • Materiallar o‘quvchilarning mustaqil ishtirokini talab qilishi va qo‘llab-quvvatlashi, o‘quvchilarga maqsadli tilni kommunikativ maqsadlarga erishish uchun ishlatish imkoniyatlarini taqdim etishi kerak.
  • Materiallar shuni hisobga olishi kerakki, o‘qitishning ijobiy ta'siri odatda vaqt o‘tib ko‘rinadi, o‘quvchilar turli o‘quv uslublariga ega va hissiy munosabatlarda farq qiladi.
  • Materiallar o‘rgatishning boshida "sukunat davri"ni ta’minlashi, haddan tashqari boshqarilgan mashqlarga tayanmasligi va natijalarni tahlil qilish uchun imkoniyatlar yaratishi kerak.

Bundan tashqari, Kroufordning fikriga ko‘ra, materiallar muallifning til va o‘qitishga bo‘lgan qarashlarini aks ettiradi va o‘qituvchilar (va o‘quvchilar) ushbu qarashlar o‘zlarining e’tiqodlari va kutishlariga qanchalik mos kelishiga qarab javob beradilar (Crawford, 1990). Samarali materiallarni yaratishda quyidagi jihatlar inobatga olinishi kerak:

  • Til funksional bo‘lishi, kontekstualizatsiya qilinishi, haqiqiy va real bo‘lishi hamda o‘quvchilarni maqsadli ravishda tildan foydalanishga jalb qilishi kerak.
  • Sinfdagi materiallar odatda audiovizual komponentni o‘z ichiga olishi kerak.
  • Ikkinchi tilni o‘rganuvchilar yozma va og‘zaki janrlar bilan ishlash qobiliyatini rivojlantirishlari kerak.
  • Materiallar individual va kontekstual farqlarga moslashuvchan bo‘lishi kerak.

Ingliz tilini o‘qitishda o‘quv materiallarini yaratish uchun qo‘llaniladigan usul va metodlarga quyidagilar misol bo‘ladi:

  1. Interaktiv metodlar

Interaktiv metodlar o‘quvchilarni o‘quv jarayonida faol ishtirok etishga undaydi.

Misollar:

  • Rolli o‘yinlar: O‘quvchilar real hayotiy vaziyatlarni sahnalashtiradi, masalan, "ordering food at a restaurant".
  • Savol-javob mashqlari: "Have you ever...?" yoki "What would you do if...?" kabi savollarni berib, o‘quvchilar orasida muloqot tashkil qilish.
  • Quizlet yoki Kahoot kabi platformalar: Talabalar uchun qiziqarli viktorinalar yaratish orqali yangi lug‘atni o‘zlashtirish (Karimova, 2023).
  1. Audio-vizual materiallardan foydalanish

Ko‘rish va eshitishga asoslangan materiallar o‘quvchilarning o‘rganishini samarali qiladi.

Misollar:

  • Videodarslar: YouTube-dagi ta’limiy videolar yoki TED Talks mavzulari asosida mashqlar tuzish.
  • Podkastlar: Tinglab tushunishni rivojlantirish uchun Beginner’s English Podcast kabi podkastlardan foydalanish.
  • Infografikalar: Grammatik qoidalarni oddiy va ko‘rgazmali tarzda taqdim etish.
  1. Gamifikatsiya (oyinlar orqali orgatish)

O‘yin usullari o‘quvchilarning o‘quv jarayoniga qiziqishini oshiradi.

Misollar:

  • Scrabble: Talabalar bilan yangi so‘zlarni o‘rganish uchun so‘z tuzish o‘yini.
  • Hangman: Yangi lug‘at so‘zlarini topish uchun oddiy va qiziqarli o‘yin.
  • Language learning apps: Duolingo yoki Memrise kabi ilovalar orqali o‘quv jarayonini qiziqarli qilish (Valievna, 2024).
  1. Project-based learning (loyihalarga asoslangan o‘qitish)

O‘quvchilarni o‘ziga xos loyiha yaratish orqali ingliz tilini o‘rganishga jalb qilish.

Misollar:

  • Sayohat rejasi tuzish: Talabalar turli mamlakatlar uchun sayohat rejasi yaratib, o‘z taqdimotlarini ingliz tilida qiladi.
  • Poster yaratish: Ekologiya yoki boshqa mavzular bo‘yicha plakat tayyorlash va taqdim etish.
  • Intervyu olish: O‘quvchilar bir-birlaridan ingliz tilida intervyu olib, matnlar tayyorlaydi.
  1. Differensial yondashuv

Har bir o‘quvchining ehtiyojlarini inobatga oluvchi metodlar.

Misollar:

  • Ikkita darajada topshiriqlar tayyorlash: Yangi boshlovchilar uchun sodda matnlar va ilg‘or o‘quvchilar uchun murakkab grammatik mashqlar.
  • Individual mashqlar: Har bir o‘quvchining qiyinchiliklariga mos materiallar ishlab chiqish.
  1. CLIL (Content and Language Integrated Learning)

Ingliz tilini boshqa fanlar bilan birgalikda o‘rgatish.

Misollar:

  • Tarix mavzulari: "The American Civil War" haqida dars tashkil qilish.
  • Tabiatshunoslik: Ingliz tilida biologiya mavzularini o‘rgatish.
  • Matematika: Oddiy matematik amallarni ingliz tilida o‘rgatish (masalan, "Addition and Subtraction").
  1. Texnologiyaga asoslangan metodlar

Zamonaviy texnologiyalar ta’lim jarayonini yanada samarali qilishga yordam beradi.

Misollar:

  • Online darsliklar yaratish: Google Docs yoki Canva orqali o‘quv materiallarini raqamlashtirish.
  • Virtual darslar: Zoom yoki Microsoft Teams orqali masofaviy o‘qitish.
  • AI vositalari: Grammarly yoki ChatGPT kabi vositalardan foydalanib yozma mashqlarni tahlil qilish va tuzatish.
  1. Blended Learning (aralash ta’lim)

An’anaviy darslarni onlayn ta’lim bilan birlashtirish.

Misollar:

  • O‘quvchilar dars vaqtida grammatika bo‘yicha nazariy ma’lumotlarni o‘rganib, uyda onlayn platformalarda mashqlarni bajarishi mumkin.
  • Talabalar darsdan tashqari Quizlet yoki Padlet kabi vositalardan foydalanib, o‘z materiallarini boyitishi.

Yuqoridagi metodlar va usullarni birlashtirish orqali o‘quv materiallari qiziqarli, moslashuvchan va samarali bo‘lishi ta’minlanadi.

Ingliz tilini o‘qitishda sifatli va samarali o‘quv materiallarini yaratish ta’lim jarayonining muhim qismidir. Ushbu materiallarni ishlab chiqishda interaktiv metodlar, audio-vizual vositalar, gamifikatsiya, loyihalarga asoslangan o‘qitish, differensial yondashuv, CLIL, texnologiyaga asoslangan usullar va aralash ta’lim (Blended Learning) kabi zamonaviy usullar keng qo‘llanilmoqda. Bu yondashuvlar o‘quvchilarni qiziqtirish, ularning ehtiyojlariga moslashish va ta’lim samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Shu bilan birga, kontent sifatini ta’minlash, turli yosh guruhlari uchun mos materiallar ishlab chiqish, texnologik va moliyaviy cheklovlarni yengish kabi muammolarni hal qilish zarur. Ushbu muammolarni tizimli yondashuv orqali hal qilish va zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish nafaqat materiallar sifatini yaxshilaydi, balki ta’lim jarayonini interaktiv va qiziqarli qiladi. Bu esa ingliz tilini o‘rganishni yanada samarali qiladi.

Библиографические ссылки

Crawford J. (1990). How authentic is the language in our classrooms? Prospect 6(1): 47-54.

Jolly D., Bolitho R. A. (1998). Framework for materials writing. In B. Tomlinson (Ed.), Materials development in language teaching. – Cambridge: Cambridge University Press.

Karimova, S. V. (2023). Innovative forms of organizing an English lesson. Science and Education, 4(6), 655-659.

Karimova, S. V., & Köse, D. (2023). The use of case-study method in foreign language lessons. Science and Education, 4(6), 639-643.

Littlejohn A., Windeatt S. (1989). Beyond language learning: Perspective on materials design. In R. K. Johnson (Ed.), The second language curriculum. – Cambridge: Cambridge University Press.

Tomlinson B. (2013). Developing Materials for Language Teaching. – London: Bloomsbury Press.

Tomlinson B. Masuhara H. (2017). The Complete Guide to the Theory and Practice of Materials development in language teaching. – New Jercey: John Wiley&Sons Inc.

Valievna, K. S. (2024). THE ROLE OF GAMES IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES. Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari, 31(2), 176-181.

Каримова, Ш. В. (2023). CREATION OF TEACHING MATERIALS FOR YOUNG LEARNERS. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 6(5).

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Шахноза Каримова,
Самаркандский государственный институт иностранных языков

Преподаватель

Как цитировать

Каримова, Ш. (2025). Методы создания учебных материалов для преподавания английского языка. Лингвоспектр, 4(1), 105–110. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/276

Похожие статьи

<< < 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.