Семантический анализ фразеологических единиц и пословиц с именами собственными в английском языке

Авторы

  • Ургенчский государственный педагогический институт, факультет филологии
  • Ургенчский государственный педагогический институт
Семантический анализ фразеологических единиц и пословиц с именами собственными в английском языке

Аннотация

В данной статье рассматриваются наиболее часто используемые в лингвистике фразеологические единицы и пословицы с именами собственными. Анализируются способы их выражения в английском и узбекском языках, выявляются сходства и различия на конкретных примерах. В ходе исследования изучаются семантические изменения, возникающие при включении имен собственных в фразеологические единицы, а также их смысловые особенности. Кроме того, анализируется использование имен собственных в составе пословиц и их роль в культурно-историческом контексте. В статье освещается фразеологическое богатство английского языка и функциональная значимость имен собственных на примерах. Результаты исследования имеют важное значение с точки зрения лингвистической теории и практики.

Ключевые слова:

источники обогащения языка фразеология фразеологические сочетания фразеология в мировом языкознании фразеологизмы с участием именитых существительных пословицы

    Kirish: Ingliz tilidagi frazeologik birliklar va maqollar tilning boyligi hamda madaniy merosining muhim qismidir. Ayniqsa, atoqli otlar (proper nouns) ishtirokidagi frazeologik birliklar va maqollar o‘ziga xos ma’no yukiga ega bo‘lib, tarixiy, madaniy va lingvistik omillar ta’sirida shakllangan. Ushbu maqolada atoqli otlar bilan bog‘liq frazeologizmlar va maqollarning semantik xususiyatlari tahlil qilinadi.  Hammamizga ayonki, har bir tilning imkoniyatlari va lug‘at  boyligi ham salmoq jihatdan juda ham kengdir. Barcha tillar tarkibi o‘zgaruvchan hisoblanadi, shuning uchun ham vaqt o‘tishi bilan o‘z shaklini va mohiyatini o‘zgartirib, kengaytirib boradi. Tilda lug‘atlarning boyishi asosan ikki turga bo‘linadi. Bularning birinchi ichki manba bo‘lsa, ikkinchisi tashqi manba hisoblanadi. Tilda lug‘atlarning ichki manba asosida boyishi deganda sheva va lahjalardagi so‘zlar bilan boyishini tushunsak, tashqi manba deganda boshqa chet tillaridan o‘zlashtirish yo‘li orqali vujudga kelgan so‘zlarni tushuniladi.

     Ammo, tilimizda qancha vaqt o‘tsa ham eskirib-yo‘qolib ketmaydigan va o‘z mazmun-mohiyatini yo‘qotmaydigan so‘zlarni ham uchratamiz. Bunday so‘zlarni biz frazeologik birikmalar deb ataymiz. Hozirgi kunda frazeologik birikmalar juda ommalashgan bo‘lib, ular bizni nutqimizga ko‘rk bag‘ishlaydi, tilni jozibasini yanada oshiradi. Ingliz tilidagi frazeologik iboralar (idiomalar) juda muhim vazifalarni bajaradi: tildagi boylikni, xalqning madaniyati va  unda yashovchi odamlarning dunyoqarashini ham aks ettiruvchi muhim til birliklaridir (Seidl, J., McMordie, W, 2016).  Ular ko‘pincha ko‘chma ma’noga ega bo‘lib, so‘zma-so‘z tarjima qilinsa, asl ma’nosi tushunarsiz bo‘lishi mumkin, bu esa frazeologik birliklarni asosiy mazmunini va jozibadorligini yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Shu sababli, frazeologik iboralarni o‘rganish va to‘g‘ri qo‘llash til o‘rganuvchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi . Keling tilshunoslikni muhim bo‘limlaridan biri bo‘lmish frazeologiya bo‘limini maqsad va vazifalarini ko‘rib chiqsak.

     Frazeologiya – bu tilshunoslikning frazeologik birliklar (turg‘un birikmalar) tuzilishi, ma’nosi va ularni tilda to‘g‘ri foydalanishni o‘rganadigan bo‘limidir. Ushbu so‘zning lug‘aviy ma’nosi o‘zi yunon tilidan olingan va “phrasis” – "ifoda" va “logos” —“fan”. “ta’limot"so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, “ifodalar haqidagi ta’limot” degan ma’noni anglatadi.

Frazeologiya tilshunoslikda nafaqat iboralarni o‘rganadi, balki ularning tuzilishi, semantikasi (ma’nosi), uslubiy xususiyatlari va tarixiy rivojlanishiga ham e’tibor qaratadi.

Jahon tilshunosligida ham ko‘plab tilshunoslar o‘z izlanishlarini olib borganlar. Ulardan:

Sharl Balli (Charles Bally) Shveysariyalik mashhur  tilshunos bo‘lib, frazeologiya bo‘limini semantik jihatdan maxsus birliklar deb hisoblagan (Ro‘zmetova, S. (2024).

  1. A. Potebnya (Ukraina) – frazeologiyani xalq tafakkurining o‘ziga xos jihatlari va qirralarini o‘zida aks ettiruvchisi deb hisoblab, ularni etnolingvistik ya’ni til va tilni foydalanuvchisi hisoblangan xalq bilan bog‘likligin nuqtayi nazardan o‘rganish muhimligini ta’kidlagan.
  2. Kunitz va N. Amosova – ushbu ikki tilshunoslar frazeologiyani tarjima va lingvokulturologik(tilni ma’daniy fenomen sifatida o‘rganuvchi ) tadqiqotlarda muhim vosita deb hisoblashgan va ularni lingvistikani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega deb qarashgan.

 Frazeologik birliklarni o‘rganish biz uchun quyidagicha afzalliklarni yaratadi:

  1. Til boyligini oshiradi va so‘zlashuv nutqini jozibaliroq qiladi.

2.Xalqning madaniyati va mentalitetini yaxshiroq tushunib, tahlil qilishga yordam beradi. 3.Matnlarni tahlil qilish, tarjima qilish ko‘nikmasini rivojlantiradi.

  1. So‘zlashuvda tabiiyroq eshitilish imkonini beradi.

   Ingliz tilida frazeologik iboralarni tarjima qilishdagi biz bir qator muammolarga duch kelishimiz mumkin. Misol uchun:

Ma’no yo‘qolishi: So‘zma-so‘z tarjima qilish iboraning asl ma’nosini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin.

Madaniy farqlar: Iboralar ko‘pincha xalqning madaniyati va urf-odatlariga bog‘liq bo‘lgani uchun, ularni boshqa tilga tarjima qilishda qiyinchiliklar tug‘iladi.

Ekvivalent topish qiyinligi: Ba’zi iboralar uchun boshqa tilda to‘liq ekvivalent topish qiyin bo‘lishi mumkin.

Atoqli otlar ishtirokidagi frazeologik birliklarning xususiyatlari Frazeologik birliklar tarkibida atoqli otlarning ishlatilishi ma’no ko‘chishi va metaforik ma’nolar yaratishga xizmat qiladi. Ingliz tilida quyidagi asosiy toifalar mavjud:

  • Tarixiy va mifologik shaxslar: Masalan, “Achilles’ heel” (Axilles tovoni) iborasi zaif joyni bildiradi.
  • Adabiy qahramonlar: “A Romeo” iborasi romantik shaxsni ifodalaydi.
  • Geografik nomlar: “Crossing the Rubicon” iborasi hal qiluvchi qarorni anglatadi.
  • Diniy va mifologik nomlar: “Pandora’s box” iborasi kutilmagan muammolarni bildiradi.

      Ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik iboralarning qiyosiy tahlili:

Ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik iboralar ko‘pincha bir-biriga ma’nosi mos kelmaydi, chunki har bir til o‘ziga xos madaniyat va tarixga ega (Alibekova, D. A. (2021). Masalan, ingliz tilidagi "to kick the bucket" iborasi "vafot etmoq" ma’nosini bildiradi, lekin so‘zma-so‘z tarjima qilinganda "chelakni tepmoq" degan ma’noni anglatadi, bu esa o‘zbek tilida tushunarsiz bo‘lishi mumkin. Shu sababli, tarjimada iboralarning ma’nosini to‘g‘ri yetkazish uchun ularning ekvivalentlarini topish yoki mazmunini izohlash muhimdir.

       Ingliz tilidagi ba’zi frazeologik birliklarga misollar:

1️.A blessing in disguise – Yomon ko‘ringan narsa aslida yaxshi bo‘lib chiqishi."Losing that job was a blessing in disguise – I found a much better one."

2️.Every cloud has a silver lining – Har bir yomonlikning ichida ham yaxshilik bor."Don’t worry about failing the exam. Every cloud has a silver lining."

3.The ball is in your court – Qaror sizning qo‘lingizda."I’ve given you all the options. Now the ball is in your court."

4.When pigs fly – Hech qachon amalga oshmaydigan narsa haqida gapirganda ishlatiladi."I’ll clean my room when pigs fly."

  1. Climb the corporate ladder – Martabada ko‘tarilmoq."He’s determined to climb the corporate ladder."
  2. Bring home the bacon – Pul topib kelmoq, oilani boqmoq."I work hard to bring home the bacon."
  3. Go the extra mile – Ortig‘i bilan harakat qilish."She always goes the extra mile to help her team."
  4. Back to the drawing board – Qaytadan boshlash."Our plan failed, so it’s back to the drawing board."
  5. Call it a day – Ishni tugatmoq, dam olishga ketmoq."We’ve done enough work for today – let’s call it a day."
  6. Cost an arm and a leg – Juda qimmat bo‘lmoq."That designer bag costs an arm and a leg."

          Ingliz tilida atoqli otlar (Proper nouns) – bu shaxslar, joylar, tashkilotlar, tarixiy davrlar, hodisalar va maxsus nomlarga ishora qiluvchi otlar hisoblanadi. Keling ushbu turdagi atoqli otlar ishtirok etgan frazeologik birliklarni tahlillari bilan ko‘rib chiqamiz:

 1.Achilles’ heel – Axilles tovoni (bu ibora insonning eng zaif joyi, og‘riqli nuqtasi ma’nosida ishlatiladi)."Math has always been my Achilles’ heel."

2️.Jack of all trades, master of none – Hammasidan oz-moz biladi, lekin hech birida ustasi emas.(Ushbu ibora o‘zbek tilidagi “Ikki kemani boshini tutgan g‘arq bo‘ladi maqoli bilan mazmunan bir xil hisoblanadi)."He’s a Jack of all trades, but master of none."

3.Romeo and Juliet romance – Fojeali yoki ilohiy sevgi hikoyasi."Their love story felt like a modern Romeo and Juliet romance."

4️.Einstein moment – Aqlli, ijodiy fikr paydo bo‘lishi.(Biz fizikadan Albert Eynshteyn naqadar aqlli odam bo‘lganini bilamiz. Bu ibora ham unda nisbat berilgan holda vujudga kelgan)."I had an Einstein moment and solved the puzzle."

5️.Caesar’s wife must be above suspicion – Shaffof, pok bo‘lish kerak (Cezarning xotini hamma shubhalardan xoli bo‘lishi kerak degan ifoda)."A politician should remember: Caesar’s wife must be above suspicion."

6.All roads lead to Rome – Barcha yo‘llar Rimga olib boradi (hamma yo‘l bir maqsadga eltadi).

"When it comes to success, all roads lead to hard work – all roads lead to Rome."

7.Cross the Rubicon – Qaytish yo‘q qaror qabul qilish (Yuliy Sezar Rubikon daryosidan o‘tganidan keyin orqaga yo‘l bo‘lmagan)

8.When in Rome, do as the Romans do – Qayerga borsang, o‘sha joy odatiga amal qil.( “Har yerni qilma orzu, har yerda bor toshu-tarozu”)."When in Rome, do as the Romans do – I’ll try the local food."

9.Mount Everest of something – Nimadirning eng yuqori cho‘qqisi, eng qiyin vazifa.

"This project is the Mount Everest of my career."

"Atoqli otlar ishtirok etgan frazeologik iboralar tilni nafaqat boyitadi, balki tarix va afsonalarning o‘tmishidan saboq olishga undaydi. Bunday iboralar vaqt sinovidan o‘tib, o‘z dolzarbligini saqlab qolgan." (Karimov, A. 2020)

     Maqollar (Proverbs) Proverb – bu qisqa bo‘lsada chuqur ma’no anglatadiga ibora yoki gap bo‘lib, u odatda xalq donoligi., odamlarning turmush tajribalaridan belib chiqadi va bu maqollar ko‘p holatlarda nasihat tarzida bo‘lib, tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Maqollar ko‘plab xususiyatlarga ega bo‘lib, ular qisqa va lo‘nda esda qoladigan bo‘ladi va obrazli bo‘ladi. Maqol  bilan iborani bir-biridan farqi shundaki, maqollar-to‘liq mustaqil gap bo‘ladi va asosan nasihat tarzida bo‘ladi. Iboralar esa so‘z birikmasi hisoblanadi va har doim ko‘chma ma’noda ishlatiladi. Quyida  ba’zi maqollarga namunalarni ko‘rib chiqamiz

  1. "Better late than never."Ma’nosi: Kech bo‘lsa ham, umuman qilmagandan yaxshiroq.

Misol:"I finally finished my project. It took longer than expected, but better late than never."

(Nihoyat loyihamni tugatdim. Kutilganidan ko‘ra ko‘proq vaqt oldi, lekin hech bo‘lmagandan kech bo‘lsa ham yaxshi.):

  1. "No pain, no gain."Ma’nosi: Og‘riq bo‘lmasa, yutuq ham bo‘lmaydi – muvaffaqiyatga erishish uchun harakat qilish va qiyinchiliklarni yengish kerak.

Misol:"I know studying for exams is tough, but no pain, no gain."

(Imtihonlarga o‘qish qiyinligini bilaman, lekin mehnatsiz yutuq bo‘lmaydi.)

  1. "Actions speak louder than words. "Ma’nosi: Harakatlar so‘zlardan kuchliroq – kimdir nima deyishidan ko‘ra nima qilishini kuzatish muhimroq.

Misol:"He keeps saying he’ll help, but actions speak louder than words."

(U doim yordam berishini aytadi, lekin amallari ko‘proq gapiradi.)

  1. "Time heals all wounds."Ma’nosi: Vaqt bilan barcha yaralar tuzaladi – og‘riqli voqealar va his-tuyg‘ular vaqt o‘tishi bilan yengillashadi.

Misol:"I know the breakup hurts now, but time heals all wounds."

(Bilaman, ajralish hozir og‘riqli, lekin vaqt hamma yaralarni davolaydi.)

  1. "Knowledge is power." Ma’nosi: Bilim – kuch. Yaxshi bilgan odam boshqalardan ustun bo‘ladi.

Misol:"Keep learning new skills – knowledge is power."

(Yangi ko‘nikmalar o‘rganishda davom et – bilim kuchdir.)

  1. "Two heads are better than one."Ma’nosi: Ikki bosh – bitta boshdan yaxshiroq – hamkorlik va birgalikdagi fikrlash yaxshiroq yechim beradi.

Misol:"Let’s work on this project together. Two heads are better than one."(Bu loyihani birga bajaramiz. Ikki bosh bir boshdan yaxshiroq.) (Orifjonov, S. 2017)

Atoqli otlar ishtirokidagi maqollar va ularning ma’nosi Maqollar xalq donoligini aks ettiruvchi iboralar bo‘lib, ular tarixiy va madaniy kontekstni tushunishda muhim ahamiyatga ega. Ba’zi misollar:

  • “Rome was not built in a day.” – Buyuk ishlar vaqt talab qiladi.
  • “To carry coals to Newcastle.” – Keraksiz ish bilan shug‘ullanish.
  • “As rich as Croesus.” – Nihoyatda boylikka ega bo‘lish.
  • “Beware of Greeks bearing gifts.” – G‘arazli sovg‘alardan ehtiyot bo‘lish.
  • “All roads lead to Rome.” – Barcha yo‘llar bitta natijaga olib keladi.

Xulosa Ingliz tilidagi atoqli otlar ishtirokidagi frazeologik birliklar va maqollar madaniy kontekst, tarixiy hodisalar va adabiy obrazlar bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu iboralarni o‘rganish nafaqat til bilimini oshirishga, balki ingliz madaniyatini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Bundan tashqari, bunday frazeologizmlarni qo‘llash nutqni jonlantiradi va obrazli qiladi.

Til o‘rganishda va tarjimada bunday iboralarni aniq tushunish muhim bo‘lib, ular ba’zan so‘zma-so‘z tarjima qilib bo‘lmaydigan, balki ma’nosiga mos muqobil topiladigan birliklardir.

Библиографические ссылки

Oxford Dictionary of English Proverbs. Oxford University Press, 2021.

Alibekova, D. A. (2021). Translational and linguistic analysis of phraseological units. Science and Education, 2(5), 784-789.

Ro‘zmetova, S. (2024). Metafоraning unga yоndоsh hоdisalar bilan ifоdalanilishi, о ‘xshatish san’ati bilan farqlari. Journal of science-innovative research in Uzbekistan, 2(9), 150-153.

Cambridge Idioms Dictionary. Cambridge University Press, 2019.

McCarthy, M., O‘Dell, F. “English Idioms in Use.” Cambridge University Press, 2017.

Seidl, J., McMordie, W. “English Idioms and How to Use Them.” Oxford University Press, 2016.

Speake, J. “Oxford Dictionary of Phrase and Fable.” Oxford University Press, 2015.

Crystal, D. “The Cambridge Encyclopedia of the English Language.” Cambridge University Press, 2020.

Kirkpatrick, B. “Clichés: Over 1500 Phrases Explored and Explained.” Bloomsbury Publishing, 2018.

G‘ulomov, M. “Inglizcha-O‘zbekcha Frazeologik Lug‘at.” O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2015.

Yo‘ldoshev, N. “Frazeologik Birliklarning Semantik Xususiyatlari.” Toshkent Davlat Universiteti Nashriyoti, 2018.

Karimov, A. “O‘zbek tilida Frazeologizmlar: Tarjimasi va Tahlili.” Fan va Texnologiya, 2020.

Orifjonov, S. “Maqollar va Ularning Semantik-Strukturaviy Tahlili.” O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, 2017.

Karomatova K., Karomatov H. (2000). Proverbs – Maqollar – Пословицы. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.

https://cyberleninka.ru/article/n/ingliz-tilida-so-zlashuv-frazeologik-birliklarining-funksional-xususiyatlari

Опубликован

Загрузки

Биографии авторов

Шохида Рўзметова ,
Ургенчский государственный педагогический институт, факультет филологии

преподаватель английского языка 

Лайлохон Саидназарова ,
Ургенчский государственный педагогический институт

студентка 1 курса 

Как цитировать

Рўзметова , Ш., & Саидназарова , Л. (2025). Семантический анализ фразеологических единиц и пословиц с именами собственными в английском языке. Лингвоспектр, 3(1), 160–165. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/511

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.