Функционально-семантическое описание традиционных единиц измерения в английском языке

Авторы

  • Наманганский государственный институт иностранных языков имени Исхокхона Ибрата
Функционально-семантическое описание традиционных единиц измерения в английском языке

Аннотация

В данной статье всесторонне рассматривается функционально-семантическое описание и значение традиционных единиц измерения, применяемых в английском языке. В частности, речь идет о нестандартизированных, но исторически укоренившихся единицах измерения, используемых на протяжении веков. Основное внимание уделяется единицам измерения, применяемым в США и Великобритании, а также имеющим хождение в международной практике. В настоящее время любой процесс измерения осуществляется с использованием различных стандартных единиц измерения таких как метр, грамм, секунда и т.д. (вспомним систему СИ). Однако в прошлом, вплоть до конца XX века, подобные стандартизированные системы отсутствовали, и народы пользовались своими традиционными мерами, унаследованными из древности, такими как пядь, локоть, шаг, пригоршня и др., исходя из повседневных нужд и практических задач. Лишь система СИ позволила стандартизировать единицы измерения на международном уровне. Это, в свою очередь, обеспечило возможность производить товары, соответствующие единым требованиям, и сделать их конкурентоспособными на мировом рынке.

Ключевые слова:

процесс измерения эталон расстояние плотность масса объём площадь масса.

Til madaniyatni aks ettiruvchi omillardan biridir. Madaniyat esa ko‘p jihatlarni va hodisalarni o‘z ichiga oluvchi mohiyatdir. Millat madaniyati o‘z tili yordamida borliq (olam)ning lisoniy tasvirini yaratadi. Dunyoning lisoniy tasvirini yaratishda inson ongi katta rol o‘ynaydi. Tasvirni yaratish uchun birinchi navbatda uni anglash kerak. Bu jarayon lisoniy ong vositasida amalga oshiriladi. Ong dunyodagi narsa, hodisa va harakatlarni anglashi uchun ularning tuzilishi, hajmi, og‘irligi, massasi, zichligi, mavjudlik holati, kuchi, harorati va shu kabi tashqi dunyo omillarini bilishi, nomlashi va ularning mavjudligiga tegishli turli maʼlumotlarga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun u koʻzi yordamida ko‘rgan holatlarni tili yordamida statik va dinamik nuqtai-nazardan baholay olishi kerak. Obyekt bir xil koʻrinishda bo‘lsa, ularning dunyodagi tutgan o‘rnini baholash uchun ularni turli parametrlar bo‘yicha o‘rganish kerak bo‘ladi. Xuddi shu jarayon oʻlchash jarayoni yoki o‘lchov deb ataladi.

Linguistika va semiotikadagi dolzarb masalalardan biri – tilning ijtimoiy va madaniy kontekstda qanday ifodalanishi va qabul qilinishini tushunishdir. Til nafaqat muloqot vositasi, balki insoniyatning dunyoni anglash va o‘zaro aloqalarini shakllantirishdagi muhim vositasidir. Tilshunoslikdagi bir qancha yondashuvlar tilni madaniyat, ong va jamiyat bilan chambarchas bog‘laydi (de Saussure, 1959; Humboldt, 1988).

O‘lchov birliklari tilning mavjud tizimi ichida o‘zgacha ahamiyatga ega va ularga berilgan ma’no va funktsiyalarni tushunish, shuningdek, ular yordamida dunyoqarashni ko‘rsatish muhimdir (Lyons, 1977). Har qanday o‘lchash uchun qiyos qilib dunyoda mavjud obyektlar etalon qilib olinadi. Chunki etalonsiz oʻlchov jarayonida yagonalik, bir xil natija koʻrsatishning imkoni yo‘q. Hozirgi paytda har qanday oʻlchov jarayoni turli standart o‘lchov birliklari yordamida amalga oshiriladi.

O‘lchov birliklari ingliz tilida an’anaviy tarzda ishlatiladigan, ko‘p hollarda madaniyatning umumiy doirasida zamonaviy kundalik hayotda mavjud bo‘lgan atamalardir. Masalan, vaqt va miqdor o‘lchovlari insonlarning kundalik hayoti, ijtimoiy aloqalar va hatto psixologik holatlarini aks ettiradi. Bu o‘lchovlarning tilshunoslikdagi ahamiyati, ularning ma’no va funksiyalarini, shuningdek, madaniyat va til o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni anglashda yotadi (Whorf, 1956; Jackendoff, 2002).

Bir o‘lchovning semantik tafsiri tilning madaniy va ijtimoiy tuzilmalari bilan bevosita bog‘liq. Shuningdek, ularni ijtimoiy muloqotda qanday ishlatilishini tahlil qilish, lingvistik vakillar va madaniy mazmunlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega (Eco, 1976; Halliday, 1978).

Anʼanaviy o‘lchov birliklari bir necha guruhlarga bo‘linadi.

  1. Masofa, uzunlikni bildiruvchi o‘lchov birliklari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

 

Big line-katta chiziq (1/10d)

Cabelts-kabeltov (xalqaro)-185.2 m

Calibre-kalibr-254 mkm

Chain-cheyn-20.1168 m (aniq)

Dot, Tochka-351.460 mkm

Foot-fut-304.8 mm (aniq)

Furlong-furlong-201.168 m

Hand-qo‘l-101.6 mm

Inch-dyuym-25.4 mm

Legal league-qonuniy liga (AQSH)-4.82803 km

Line-chiziq (1,12d)-2.117 mm

Link-link-201.168 mm

Macro-inch – makro dyuym-25.4 m

Mile-xalqaro milya-1.60934 km

Mile-mil-24.4 mkm

Naval league-dengiz ligasi (xalqaro)-5.55600 km

Naval mile-dengiz milyasi (Buyuk Britaniya)-1,852 km (aniq)

Naval mile-dengiz milyasi (xalqaro)-1.852 km (aniq)

Naval mile-dengiz milyasi (AQSH)-1.85318 km

Phatom-fatom (dengiz sajeni)-1.8288 m

Pike, cicero-payk, sitseron-4.27252

Rod, pol, perch-rod pol perch-5.0292 m

Span-spen-226.6 mm

Yard-yard-914.4 mm

  1. Maydon oʻlchov birliklari

Acre (akr)-4046.86 m²

Round mile (aylana milya) 506.708 mkm2

Rude (rud)-1011.71 m2

Square chain (kvadrat cheyn)-404.686 m²

Square foot (kvadrat fut)-929.03 cm²

Square inch (kvadrat dyuym)-645.16 m²

Square mile (kvadrat milya)-645.16 mkm2

Square mile (kvadrat mil)-2.58999 km2

Square phatom (kvadrat fatom)-3.34454 m2

Square rod, pole, perch (kvadrat rod, kvadrat pol va kvadrat perch)-25.2929 m

Square yard (kvadrat yard)-0.836127 m²

Township (Shahar)-93.2396 km2

  1. Hajm, sigʻimni bildiruvchi olchov birliklari.

Acre foot (akr fut)-1233.49 m3

Bushel (bushel)-Buyuk Britaniya-36.3687 dm³

Bushel (bushel)-AQSH-35.2391 dm³

Cord (kord)-3.62456 m³

Cubic Foot (kub fut)-28.3871 dm3

Cubic Inch (kub dyuym)-16.3871 cm3

Cubic Yard (kub yard)-0.764555 m3

Cubic Phatom (kub fatom)-6.11644 m3

Dry Barrell (quruq barrel)-USA-115.027 dm³

Dry Gallon (gallon)-AQSH-4.40488 dm3

Dry Pinta (pinta)-AQSH-0.550610 dm³

Dry Quarta (kvarta)-AQSH-1.10122 dm3

Gallon (gallon)-Buyuk Britaniya-4.54609 dm³

Liquid Pinta (pinta)-AQSH-0.473176 dm³

Oil Barrel (neft barreli)-USA-158.987 dm3

Oil Gallon (gallon)-AQSH-3.78541 dm³

Oil Quarta (kvarta)-AQSH-0.946353 dm3

Pek (pek)-Buyuk Britaniya-9.09218 dm³

Pek (pek)-AQSH-8.80977 dm³

Pinta (pinta)-Buyuk Britaniya-0.568261 dm3

Quarta (kvarta)-Buyuk Britaniya-1.1361 dm³

Registerary Ton (registr tonnasi)-2.83168 m3

Uncia Liquid (unsiya)-Buyuk Britaniiya-28.4131 cm3

Uncia Liquid (unsiya)-AQSH-29.5735 cm3

  1. Massa, og‘irlik birliklari.

Drahma (draxma)-Buyuk Britaniya-1.77185 gr

Gran (gran)-64.7989 mg

Long centner (uzun sentner)-Buyuk Britaniya-50.8023 kg

Long Ton (uzun tonna)-Buyuk Britaniya-2240 funt-1.01605 t

Pennyweight (penniveyt)-1.55517 gr

Probar Ton (probir tonnasi)-29.1667 gr

Quarter (kvarter)-12.7006 kg

Scrupulus of Drugstorer’s (aptekachining skrupuli)-1.29598 gr

Short centner (qisqa sentner)ning yana bir nomi bor Quintal (kvintal)

Short Ton (qisqa tonna)-AQSH- 2000 funt-0.907185 t

Slag (slag)-14.5939 kg

Trade pound (savdo funti)-0.453592 kg

Trade pound (savdo funti)-0.453592 kg

Troyan Drahma (troya draxmasi)-3.88793 gr

Troyan Pound, Chemist’s Pound (traya funti, aptekarlar funti)-31.1035 gr

 

  1. Zichlik oʻlchov birliklari.

Long Ton in Cubic Yard (kub yarddagi uzun tonna)

Pound in Cubic Foot (kub futdagi funt)-16.0185 kg/m2

Pound in Cubic Gallon (kub gallondagi funt)

Pound in Cubic Inch (kub dyuymdagi funt)

Pound in Cubic Yard (kub yarddagi funt)

Slag in Cubic Foot (kub futdagi slag

Uncia in Cubic Foot (kub futdagi unsiya)

 

  1. Tezlik o‘lchov birliklari.

Mile in an hour (soatiga mil)

Mile in a second (sekundiga mil)

Foot in an hour (soatiga bir fut)

Foot in a second (sekundiga fut)

  1. Tezlanish: foot in a square second (sekundiga kvadrat fut).

Bundan tashqari ingliz tilida anʼanaviy o‘lchov birliklaridan poundal (paundal); short power (qisqa kuch); long power (uzun kuch); horse power (ot kuchi) va boshqalar AQSH, Buyuk Britaniya va Hamdo‘stlik mamlakatlari, shu jumladan, sobiq mustamlaka mamlakatlarida hozirgacha ancha kam doirada bo‘lsa-da hanuzgacha ishlatilib kelinmoqda.

Til axborot tashish, almashish, saqlash, madaniyatlar, anʼanalarni saqlash va avloddan-avlodga yetkazish kabi o‘ziga xos ijtimoiy vazifalarni bajaruvchi aloqa vositasidir. Tilshunoslikda til haqidagi fikrlar o‘zaro bir-biridan farqlanadi.Til odamlarning oʻzaro muloqotga kirishuvida foydalaniladigan, ularning ongida saqlanadigan, biroq konkret fikrlaridan, hissiyotlaridan, istaklaridan xoli bo‘lgan material birliklar tizimidir.Ilk tilshunoslar tilni belgilar tizimi sifatida o‘rganishgan. Belgilar esa muayyan maʼnoni va uni ifodalash vositasining umumlashmasidir, deb hisoblashgan.

Insoniyat jamiyatida muloqot, o‘zaro fikr almashinuvning ro‘y berishi, ya’ni qanday vositalar bilan axborotni bir-birlariga uzatish, bu vositalarning paydo bo‘lishi, ularning qanday qo‘llanilishi, qanday oʻzgarishlarga duchor bo‘lishi haqidagi fan semiotika (grekcha “sema”- belgi) deb ataladi.Tilshunos olimlardan semiotika fanining rivojlanishiga Ferdinand de Sossyur katta hissa qoʻshgan. Shuning uchun agar Ch.Pirs semiotika fanining asoschisi hisoblansa, Sossyurni, tom ma’noda, tilni belgilar sistemasi sifatida o‘rganadigan umumiy tilshunoslikning bir bo‘limi-lingvosemiotika fanining asoschisi deb atash mumkin.

Til belgisi moddiy tuzilmadir. U voqe’likdagi predmetni, xususiyatni, munosabatlarni ifodalaydi. Til belgilarining majmui belgilar sistemasining vujudga kelishiga olib keladi. Ushbu sistema muayyan fikriy (mantiqiy) mazmun (ifodalanmish) va fonematik jihatdan bir-birlaridan ajrala oladigan belgilar (ifodalovchi) yig‘indisidan iborat. Lisoniy beligining bu ikki aspekti inson ongiga doimiy bog‘langani holda turg‘un birikuvni hosil qiladi va ijtimoiy ahamiyatga molik maʼnoni anglatadi. Bu ikkala aspektning ajralmasligi, yagona butunligi asosida borliqning muayyan bir bo‘lagi, ya’ni alohida voqea va hodisalar inson ongida o‘z aksini topadi va lisoniy ifodalanadi. Belgining har ikkala aspekti bir-biriga bog‘liq holda mavjud bo‘ladi, ammo til tizimining umumiy assimetriya qonunlariga boʻysunadi.Eng tipik lisoniy belgi soʻzdir. Chunki insoniy bilimlarning barchasi va predmetlarni obrazlari orqali bilish ajdodlarning fikrlash jarayonining natijasi sifatida soʻzlarda o‘z ifodasini topgan. Shunday qilib, so‘z birligi kumulyativ ma’noga ega, u yaʼni ilgaridan jamlanib kelinayotgan axborotlar yig‘indisidan iborat.

Ayrim soʻz birliklarida ifodalangan ma’no insoniyat to‘plagan tajribalarning, ularni o‘rab turgan olamdagi fakt va hodisalarning sxematik ini’kosi bo‘lib, ular tavsiflovchi, ta’riflovchi belgilarni, yaʼni to‘liq maʼnoli soʻzlarni hosil qiladilar. Boshqa til belgilari ifodalaydigan maʼnolar (olmoshlar, predloglar, bog‘lovchilar) til belgilari orasidagi ichki munosabatlarni, murakkab lisoniy belgilar-gaplar tarkibida fikrning turli munosabatlarini ifodalovchi axborotdan iborat.

Alohida ichki tizim orqali ifodalanadigan maʼnolar, masalan, oʻziga xos ma’no anglatuvchi belgilar so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi morfemalar boʻlib, ular ma’no ifodalaydilar va shu sababli ularni ayrim hollarda “yarim belgilar” deb ham atashadi. So‘z belgisining asosiy farqlovchi xususiyatlardan biri u ifodalaydigan maʼnoning (ifodalanmishning) bosqichli prinsip asosiga qurilganidir. Zero, har qanday soʻz belgisi ifodalagan shakl fonemalardan, har qanday tilda chegaralangan miqdordagi “semasiologiyalashgan” (I.A.Boduen de Kurtene, 1963) tovushlaridan tashkil topadi. Ular turli brikuvlar orqali obyektiv borliqdagi, inson faoliyatining barcha jihatlariga oid tushunchalarni nomlovchi birliklarni yasaydilar. Soʻz birligining quyi bosqichida turuvchi ishtirokchilari fonemlarning farqlovchi belgilari bo‘lib, ular faqat perseptiv (his qilish, idrok qilish) funksiyanigina emas, balki distinktiv (farqlovchi) funksiyani ham bajaradilar. Differensial belgili fonemalar oʻziga xos “belgilarning belgisi” (Byuler, 1934; Axmanova, 1966; Stepanov, 1975), “figuralar” deb ham talqin qilinadi.

Shunday qilib, so‘z belgisi umumiy bilishga oid vazifadan tashqari, tilning kichik strukturaviy (fonema, morfema) va katta (soʻz birikmalari, gap) birliklarini identifikatsiyalash (ajratish) vazifasini ham bajaradi.

Lisoniy belgilar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi va shuningdek, bir-biridan ajralgan holda ishlatilmaydi. Har qanday til elementi u yoki bu sistema, mikrosistema, qator doirasida sayqallangan na’munalar asosida ikki turdagi strukturaviy o‘zgarishlar, ya’ni paradigmatik va sintagmatik birikuv qonuniyatlariga ko‘ra qo‘llaniladi. Misollarda keltirilgan oxirgi ikki lisoniy belgi o‘zaro oppozitsiyaga ega: virtual so‘z belgisi (leksik sistemada)-aktual so‘z belgisi (nutq aktida); Ular o‘rtasidagi oraliq oʻzi ma’lum darajada faollashgan soʻz belgisi-til leksik tizimining elementi (birligi).

  1. Termin-umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir;
  2. Termin-konkret narsa-predmet, ashyo hamda mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;
  3. Termin uchun muayyan ta’rif zaruriydirki, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarini ravshanroq ko‘rsatish mumkin.

Oʻzbek tili lugʻaviy tarkibining asosini tashkil etuvchi asli o‘zbekcha, fors-tojikcha, arabcha leksemalardan iborat iqtisodiy terminlar sinonimiyasini darslik va qoʻllanmalarda, lugʻatlarda va boshqa manbalarda bot-bot uchratib turish mumkin. Masalan: mile-mil, line-chiziq, inch-dyuym, square mile-kvadrat mil, foot-fut, pound-funt, Barrel-barrel, Bushel-bushel, gallon-gallon, uncia-unsiya, pinta-pinta, quarta-kvarta, centner-sentner, acre-foot-akr fut, phatom-fatom, pike-payk, calibre-kalibr, rude-rud, yard-yard, cicero-sitsero, hand-qo‘l, dot-nuqta, cord-cord, ton-tonna,peck-pek, long ton-uzun tonna, probar ton-probar tonna, a liquid pinta-suyuq pinta, cabelts-kabelit, rod-rod.

Xulosa: Ba’zi hollarda morfologik usulda, ya’ni affikslarning qoʻshilishidan hosil bo‘lgan bir asosli leksemalar yonida shu asos ishtirokida hosil qilingan birikmalar paydo boʻlib qoladiki, bu ham oʻziga xos sinonimiyani yuzaga keltiradi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida tilimizga ko‘pdan-ko‘p terminlar (atamalar) kirib kelmoqda. Bularning muayyan qismi ona tilimiz imkoniyatlari asosida o‘zbekchalashtirib berilmoqda, ma’lum qismi esa baynalminal oʻzlashma sifatida ishlatilmoqda. O‘lchov birliklari tilshunoslikda o‘ziga xos o‘rin tutadi va ularning lingvistik tahlili, madaniyat va tilning o‘zaro bog‘liqligini anglashda muhimdir. O‘lchov birliklari insonlarning dunyoqarashi, ijtimoiy va madaniy xususiyatlarini aks ettiradi, bu esa lingvistik va semiotik tadqiqotlarda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi (Lyons, 1977; Crystal, 2003).

Библиографические ссылки

Axmanova, O.S. (1966). Slovar’ lingvisticheskikh terminov. Moscow: Sovetskaya Entsiklopediya.

Boboyeva, M.N. (2023). Interpretation of the problem of world linguistic representation in modern linguistics. International Journal of Teaching and Learning and Education (IJTLE), 2(2). https://dx.doi.org/10.22161/ijtle.2.2.2

Boduen de Courtenay, I.A. (1963). Izbrannye trudy po obshchemu yazykoznaniyu [Tanlangan asarlar, umumiy tilshunoslikka oid maqolalar]. Moscow: Izdatel’stvo SSSR.

Bühler, K. (1934). Sprachtheorie: Die Darstellungsfunktion der Sprache. Jena: Fischer.

Crystal, D. (2003). The Cambridge encyclopedia of the English language (2nd ed.). Cambridge University Press.

De Saussure, F. (1959). Course in general linguistics (W. Baskin, Trans.). McGraw-Hill. (Original work published 1916)

Eco, U. (1976). A theory of semiotics. Indiana University Press.

Gumperz, J.J., & Hymes, D. (Eds.). (1986). Directions in sociolinguistics: The ethnography of communication. Blackwell.

Halliday, M. A. K. (1978). Language as social semiotic: The social interpretation of language and meaning. Edward Arnold.

Humboldt, W. von. (1988). On language: The diversity of human language-structure and its influence on the mental development of mankind (P. Heath, Trans.). Cambridge University Press. (Original work published 1836)

Jackendoff, R. (2002). Foundations of language: Brain, meaning, grammar, evolution. Oxford University Press.

Lakoff, G., & Johnson, M. (1980). Metaphors we live by. University of Chicago Press.

Lyons, J. (1977). Semantics (Vols. 1–2). Cambridge University Press.

Sapir, E. (1921). Language: An introduction to the study of speech. Harcourt, Brace and Company.

Stepanov, Yu.S. (1975). Semiotika i filosofiya yazyka. Moscow: Nauka.

Whorf, B.L. (1956). Language, thought, and reality: Selected writings of Benjamin Lee Whorf (J.B. Carroll, Ed.). MIT Press.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Муаззам Бобоева ,
Наманганский государственный институт иностранных языков имени Исхокхона Ибрата

Стажер-преподаватель

Как цитировать

Бобоева , М. (2025). Функционально-семантическое описание традиционных единиц измерения в английском языке. Лингвоспектр, 4(1), 160–165. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/640

Похожие статьи

<< < 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.