Узбекская ССР основная Республика производства хлопка в СССР
Аннотация
В статье выявлено, что Узбекистан выведен в ведущую республику среди хлопкосеющих регионов СССР, показатели увеличения объемов экспорта в зарубежные страны, основное внимание было сосредоточено на увеличении количества хлопка, качественные показатели хлопка снизились, что повлекло за собой нарушение договоров с зарубежными странами.
Ключевые слова:
Средняя Азия Узбекская ССР союзные республики хлопководческие зоны Советская власть хлопковые поля тонковолокнистый хлопок международный рынок производительность.Kirish (Introduction). Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyo hududining tabiiy, moddiy va madaniy boyliklarga ega bo‘lish, mintaqani Rossiyaning xomashyo bazasiga aylantirishdan iborat bo‘lgan maqsadlari sovet davlati hukmronligi davrida ham davom etdi. SSSRda paxta yetishtirish ikkita zonada joylashtirilgan. Bular: Markaziy Osiyo hamda Kavkaz orti hududlari. Markaziy Osiyo hududiga: O‘zbekiston SSR, Tojikiston SSR , Turkmaniston SSR , Qirg‘iziston SSR, Janubiy Qozog‘iston SSR kirsa, Kavkaz orti hududiga Armaniston SSR, Ozarbayjon SSR kirgan[1; 23-b.]. Sovet olimlarining ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston paxtachilikni rivojlantirish uchun qulay tabiiy ob-havo sharoitiga ega bo‘lgan hudud bo‘lib, SSSRning paxtachilik mintaqasi taxminan 370-470 shimoliy kenglik oralig‘ida joylashgan, O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston SSRda yilning 180-210 kunida ob-havoning issiq bo‘lishi bu yerda g‘o‘zaning yaxshi o‘sishiga sharoit yaratgan[2; 3-b.]. Shu sababli O‘zbekiston SSR yillar davomida sovet mamlakatning asosiy xom ashyo yetishtirib beruvchi respublikasi bo‘lib keldi.
Sovet hukumatining O‘zbekistonda paxtachilikni yanada rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan ketma-ket qarorlari oqibatida, respublika xalqaro miqyosdagi yirik paxtachilik hududiga aylandi. Natijada O‘zbekistonda yildan-yilga paxta maydonlarini kengayirib borildi. O‘zbekiston xalqaro maydonda paxta ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi mamlakatlar orasida yetakchilar qatorida turdi”[3; 86-b.]. O‘zbekistonda yetishtirilgan paxtaning tolasi uzun va mayin bo‘lgani uchun “AQSh, Angliya, GDR, Polsha, Chexoslovakiya, Bolgariya, Fransiya, Vengriya, Kuba, Xitoy Xalq Respublikasi, VDR, Ruminiya, Yugoslaviya, FRG, Finlyandiya, Yaponiya, Italiya, Avstriya, Daniya, Kanada kabi bir qator davlatlarga eksport ham qilindi”[4; 37-b.].
Mavzuga oid adabiyoylarning tahlili (Literature review). Mazkur maqolada ijtimoiy-iqtisodiy tahlil, qiyosiy-mantiqiy tahlil, ilmiy va xolislik tamoyillari asosida tarixiy aspektda yoritilgan. O‘zbekiston SSRni paxtachilikka ixtisoslashtirish, O‘zbekistonda yetishtirilgan paxtani chet elga eksport qilinishi, mamlakatda asosiy urg‘u hosil xajmiga qaratilganligi sabab sifatning pasayishi, shunga qaramasdan ekin maydonlarining kengaytirilishiga oid tadbirlar bayon etilgan.
F.I.Kotov, S.X.Yudashev, N.A.Utegenov, E.Yu.Yusupov, X.Egamberdiyev, M.Ne’matov, A.Yahyoyev, P.Xidirov, Sh.Haqnazarov, O.Mo‘minov, U.Ismoilov, O.Ko‘chkinov, A.Tursunov, E.Shodmonov, M.Boboyevlarning olib borgan ilmiy-tadqiqot asarlarida qishloq xo‘jaliklarining sug‘oriladigan yer maydonlarini asosiy qismini paxtachilikka ixtisoslashtirilishi, paxtachilikni yanada rivojlantirish maqsadida yangi xo‘jaliklarni tashkil etilishiga oid ma’lumotlar uchraydi. Mustaqillik yillarida ham D.Avliyaqulova, E.M.Erkayev, D.I.Xomidov, N.Jo‘rayeva, M.K.Saribayev, A.Azizxo‘jayev, X.Yunusova kabi o‘zbek olimlari O‘zbekistonni paxtachilikka ixtisoslashirishga oid mavzularda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan.
Mavzu yuzasidan Rumer, Boris Z., Hayami Y., Ruttan V.W. kabi chet el olimlarining asarlarida ham ma’lumot uchratish mumkin.
Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology) Ushbu maqola umume’tirof etilgan metodlar, jumladan tarixiylik, ilmiylik, va holislik yondoshuvlar kabi tarixiy metodlar asosida o‘rganilgan bo‘lib, unda Sovet hukumatining O‘zbekistonda paxtachilikni yanada rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan ketma-ket qarorlari oqibatida, respublika xalqaro miqyosdagi yirik paxtachilik hududiga aylantirilgani hamda umumiy ekin maydonlarida paxta ekinlarining ulushi oshirib borilganligi ochib berilgan.
Tahlil va natijalar (Analysis and results). 1960-yillarda respublikada ishlab chiqarilgan paxta mahsulotlaridan (mamlakat ehtiyojidan tashqari): 288475 tonna paxta tolasi va 14 tonna paxta momig‘i Kuba, Yaponiya va boshqa davlatlarga, 11 ming 700 tonna paxta yog‘i va Germaniya va Fransiyaga, 160 ming 500 tonna paxta keki (жмыx), Chexoslovakiya va Yevropadagi boshqa davlatlarga eksport qilindi [5; 11-b.].
Umumiy ekin maydonlarida paxta ekinlarining ulushi oshib bordi. Jumladan, agar 1860-yilda 36 ming gektar yer maydonida paxta yetishtirilgan bo‘lsa, 1966-yilga kelib 1,625 ming gektar maydonda paxta yetishtirildi [6; 23-b.].
1971, 1975, 1980-yillarda SSSR va uni tarkibidagi O‘zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston SSR, Qirg‘iziston SSR, Qozog‘iston SSR va Ozarbayjon SSRda paxta ekiladigan yer maydonlari, yalpi hosildorlik va solishtirma og‘irlik bo‘yicha statistik ma’lumotlar keltirilgan. Umuman, respublikada, paxtachilikning rivojlantirilishi natijasida O‘zbekiston SSR nafaqat ittifoqda, balki jahonda ham paxta yetishtiruvchi davlatlar orasida uni yetishtirish va hosildorligi bo‘yicha yuqori o‘rinlarda turadi.
1976-yilda respublikada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish 1975-yildagiga nisbatan 10,3 foizga oshib, u 1,18 mlrd. rublni tashkil etdi. Shu bilan birga, paxta tolasini eksport qilish, jumladan, Indoneziya, Nepal, Afg‘oniston, Eron, Mavritaniya, Kuba, Vetnam, Efiopiya, AQSh, Yaponiya, GFR, Fransiya, Angliya kabi davlatlarga eksport qilish yildan yilga ortib bordi [7;11-b.]. 1976-yilda paxtani eksport qilish rejasi 103,4 foizga bajarilib, eksportga yuklangan paxta 724,3 ming tonna yoki 1,12 mlrd. rublni tashkil etdi[8; 85-b.]. Asosiy e’tibor kuchi miqdorni oshirishga qaratilganligi bois, ayni paytda eksportga chiqarilayotgan mahsulotlarining sifatida jiddiy nuqsonlar uchradi. Masalan, 1975-yilning birinchi choragida Bermen (GDR)portiga kelib tushgan birinchi navli 2 190 goy toy paxta tolasi, 205 toy Yakkabog‘niki, 254 toy G‘uzorniki, 1 731 toy Shahrisabzniki bo‘lgan paxtalarni talab darajasida bo‘lmaganligi uchun xorijiy firma ma’muriyati qabul qilishdan bosh torgan. 1976-yilda yuklash uchun tayyorlangan birinchi va ikkinchi navli mahsulot jo‘natilmagan, uchinchi va to‘rtinchi navga dahldor respublika bo‘yicha 16,0 ming tonna paxta tolasi uchun jo‘natuvchilarga nisbatan xorijiy valyutada 1,5 mln. miqdorda jarima belgilangan. 1976-yilda “Eksportlen” Butunittifoq eksport birlashmasi uchinchi navli paxtani jo‘natmaganligi uchun Kuba, Bolgariya, Ruminiya, Polsha, Yaponiya, Fransiya va boshqa mamlakatlar bilan tuzilgan shartnoma majburiyatini bajara olmagandi. Paxta tolasining sifati tufayli jarimalar yildan yilga ortib boravergan[9; 86-b.].
Paxtani ingichka tolasi xalqaro bozorda xaridorgir bo‘lganligi bois, bu yerlarda ingichga tolali paxta yetishtirishga ham alohida e’tibor qaratildi. 1930-yildan yo‘lga qo‘yilgan ingichga tolali paxta yetishtirish shu yili har gektar yerdan 9,7 sentnerdan paxta terilgan bo‘lsa, umumiy hisobda 0,2 tonna ingichka tola olindi. Bu 1966-yilda 22,7 sentnerga, 1980-yillarda esa 33-35 sentnerga yetkazildi.
Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations). Tadqiqot natijalari quyidagicha xulosa qilish imkonini berdi:
birinchidan, O‘zbekiston nafaqat Ittifoq respublikalari orasida balki, paxtachilik bilan shug‘ullanadigan xalqaro maydonda paxta ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi mamlakatlar orasida yetakchilar qatorida turdi;
Ikkinchidan, SSSRda paxta yetishtirish ikkita zonada joylashtirilgan bo‘lib, bular Markaziy Osiyo va Kavkaz orti hududlaridir. XX asrning 50-yillarini o‘zidayoq SSSRda yetishtirilgan paxtaning 60 foizidan ko‘proq qismi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keldi.
Uchinchidan, paxtani ingichka tolasi xalqaro bozorda xaridorgir bo‘lganligi bois, ingichga tolali paxta yetishtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Библиографические ссылки
Автономов, А.И., Казиев, М.З., Шлейхер, А.И. и др. (1983). Хлопководство. Колос. 23.
Аберқулов, Н. (1975). Ўзбекистон –“оқ олтин” ўлкаси. Ўзбекистон. 3.
Узбекистан: страницы истории [Uzbekistan: Pages of history]. (1991). Фан. 86.
Зинина, Т. Г., & Ржевский, Г. К. (1967). Справочник “Хлопководство Узбекистана за 50 лет”. Узбекистан. 37.
Ахмедов, Э. (1969). Ўзбекистон ва унинг иқтисодий районлари. 11.
Зинина, Т. Г., & Ржевский, Г. К. (1967). Справочник “Хлопководство Узбекистана за 50 лет”. Узбекистан. / Хлопководство Узбекистана за 50 лет /Колхозы. Узбекистан. 23.
Ахмедов, Э. (1969). Ўзбекистон ва унинг иқтисодий районлари. 11.
Хайдаров, И. (2019). Ўзбекистон саноатининг совет иттифоқи ягона халқ хўжалиги комплексидаги ўрни. 1945-1991 йиллар. 85.
Хайдаров, И. (2019). Ўзбекистон саноатининг совет иттифоқи ягона халқ хўжалиги комплексидаги ўрни. 1945-1991 йиллар. 86.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Дильнавоз Рахматова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
