Освещение личной дейктики в религиозных текстах на немецком языке

Авторы

  • Наманганский академический лицей МВД Республики Узбекистан
Nemis tilidagi diniy matnlarda shaxs deiktikasining yoritilishi

Аннотация

В данной статье рассматриваются лингвистические и коммуникативные особенности личной дейктики в немецкоязычных религиозных текстах. В религиозном дискурсе личная дейктика — такие местоимения, как ich (я), du (ты), wir (мы) — выполняет функцию установления семантической и эмоциональной связи. В исследовании анализируется роль этих языковых единиц в контексте идейной нагрузки, духовного воздействия, обращения к Богу и религиозного наставления. В статье раскрывается стилистическая и прагматическая значимость дейктических средств, через которые формируется логическая и духовная структура религиозного текста.

Ключевые слова:

Личная дейктика немецкие религиозные тексты местоимения религиозный дискурс коммуникативная функция прагматический анализ стилистические средства

Kirish

Til faqat aloqa vositasi emas, balki inson tafakkuri va ijtimoiy ongining ifodasi sifatida har bir nutqiy birlik orqali muayyan kontekstda ma’no anglatadi. Shuningdek, tilshunoslikda deiktika tushunchasi muloqot ishtirokchilari, vaqt, joy va sharoitga bog‘liq holda ma’noni anglatuvchi unsurlarni o‘rganadi. Ayniqsa, shaxs deiktikasi – ya’ni nutqda ishtirok etuvchi shaxslarni (gapiruvchi, tinglovchi yoki uchinchi shaxs) ifodalovchi olmoshlar – kommunikatsiyaning asosiy pragmatik vositalaridan biridir.

Nemis tilidagi diniy matnlar bu borada alohida e’tiborga loyiq, chunki unda shaxs olmoshlari orqali inson va ilohiy zot o‘rtasidagi munosabat, ruhiy bog‘lanish va diniy ta’sir vositasi shakllanadi. Ich, du, wir, Sie kabi olmoshlar muayyan kontekstda nafaqat grammatik, balki emotsional va ideologik yuklama hamga ega bo‘ladi. Ushbu olmoshlar yordamida matn muallifi o‘zini, o‘quvchini va umuman jamoani diniy g‘oyaga jalb etadi, e’tiqodiy g‘oyalarni yetkazadi.

Mazkur maqolada aynan shu jihatlar – shaxs deiktikasining diniy matnlardagi lingvistik vazifasi, uning stilistik va pragmatik xususiyatlari, shuningdek muallif va muhatab o‘rtasidagi kommunikativ munosabatlarni qanday tashkil etishi tahlil qilinadi. Tadqiqot diniy diskursda deiktik vositalarning mazmuniy yukini aniqlash, ularning ta’sirchanlik darajasini ochib berishga qaratilgan.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya

Shaxs deiktikasi masalasi lingvistikada keng o‘rganilgan bo‘lsa-da, uning diniy matnlardagi funksional yoritilishi, ayniqsa nemis tili materiallari asosida, nisbatan torroq sohaga tegishlidir. Quyidagi asosiy adabiyotlar ushbu mavzuni tahlil qilishda asosiy ilmiy manbalar sifatida qaraladi. John Lyons pragmatikaning asosiy obyekti sifatida tilni foydalanish, ya’ni gapiruvchining niyati va kontekstdagi ahamiyatiga urg‘u beradi. Uningcha, tilshunoslikda nafaqat grammatika va leksik tizim, balki real nutq holatlarida til qanday ishlatilayotgani ham o‘rganilishi zarur. Bu yondashuv diniy matnlar tahlilida ayniqsa ahamiyatlidir. (Al-Tekreeti, 2016).

Masalan:

Injil matnidagi “Ich bin der Weg, die Wahrheit und das Leben” (Men yo‘lman, haqiqatman va hayotman) degan ibora tahlil qilinsa, bu yerda shaxs deiksisi “Ich” (Men) orqali gapiruvchining ilohiy maqomi, ya’ni Iso Masihning o‘zini yo‘l ko‘rsatuvchi, najot beruvchi sifatida ko‘rsatishi seziladi. (Lyons, 1981).

Bu esa nafaqat sintaktik tuzilma, balki semantik va pragmatik kontekstda chuqur ma’no kasb etadi. “Ich” olmoshi orqali ilohiy identitet, gapiruvchining avtoriteti va murojaatning universal xitobga aylanishi yuz beradi. Shu tarzda, Lyons’ning yondashuvi diniy matnlardagi shaxs deiksisini g‘oyaviy maqsad, kontekstual kuch va psixologik ta’sir vositasi sifatida tahlil qilish imkonini beradi.

David Crystal (2008) pragmatika fanini "tilning kommunikativ qo‘llanilishini boshqaruvchi tamoyillarni o‘rganadigan fan" deb ta’riflaydi. Bu yondashuvga ko‘ra, tilshunoslikda muloqot markaziy element hisoblanadi, shaxs deiktik birliklar esa bu muloqotni ijtimoiy, axloqiy va madaniy kontekstda shakllantiruvchi asosiy vosita sifatida ko‘riladi.

  1. Axloqiy-ma’naviy murojaat shakllanishi. Masalan, Injil matnlarida ko‘p uchraydigan buyruklar:

“Du sollst nicht töten.” (Levinson, 1983)

(Seni o‘ldirma.) Bu yerda “du” olmoshi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muhatobga (har bir inson) murojaat qilinadi. Bu nafaqat grammatik nuqtayi nazardan, balki axloqiy mas’uliyatni individuallashtirish orqali ruhiy javobgarlikni kuchaytiradi. Deiksis bu yerda ilohiy so‘zning har bir kishiga shaxsiy murojaat shaklida etkazilishiga xizmat qiladi.

  1. Ijtimoiy masofa va sotsiopragmatik vaziyat

“Ich bin der Weg, die Wahrheit und das Leben.” (Fillmore, 1978)

(Men – yo‘lman, haqiqat va hayot.)Bu iborada “Ich” (birinchi shaxs olmoshi) Iso Masihning ilohiy maqomini bildiradi. Bu deiktik birlik orqali gapiruvchi (ya’ni ilohiy shaxs) va tinglovchi (inson) o‘rtasidagi sotsiopragmatik masofa aniqlanadi. Bu masofa, bir tomondan, muqaddaslikni, boshqa tomondan, insonning itoatkorlik maqomini bildiradi.

  1. Madaniy va diniy me’yorlarni mustahkamlash

Diniy matnlardagi shaxs deiktikasi orqali kultural axloqiy tamoyillar mustahkamlanadi. Masalan:

“Ihr seid das Licht der Welt.” (Bühler, 1990)

(Siz dunyoning nurisiz.) Bu yerda “ihr” olmoshi jamoaga murojaatni bildiradi va shu orqali ijtimoiy birlik, iymonli insonlar               orasidagi birdamlik va umumiy axloqiy qadriyatlar targ‘ib qilinadi. David Crystalning yondashuvi diniy matnlardagi shaxs     deiktikasini faqat grammatik ko‘rsatkich emas, balki axloqiy-ruhiy ta’sir ko‘rsatuvchi, madaniy me’yorlarni shakllantiruvchi kommunikativ vosita sifatida talqin qilish imkonini beradi. Bunday yondashuv orqali diniy matnlar muloqotli, hissiy, va kontekstual jihatdan chuqur tahlil qilinadi.

Tahlil va natijalar

Diniy matnlar o‘z mohiyatiga ko‘ra faqat informativ emas, balki ta’sirchan, ruhiy va aksariyat hollarda emotsional kommunikatsiya vositasidir. Shu bois, bu matnlarda ishlatiladigan shaxs deiktikasi (olmoshlar) muhim pragmatik va stilistik rol o‘ynaydi. Ayniqsa, nemis tilidagi diniy nutqda “ich”, “du”, “wir” kabi olmoshlar orqali ilohiy va inson o‘rtasidagi bevosita aloqa tuyg‘usi yaratiladi.

  1. Birinci shaxs birlikdagi olmosh – “ich” (men)

Ushbu olmosh, odatda, Xudo yoki Iso Masihning shaxsiy murojaati sifatida ishlatiladi. U orqali ilohiy so‘z bevosita aytilayotgan kabi ko‘rinadi. Bu, o‘z navbatida, matnga og‘zaki yaqinlik va hissiy ta’sirchanlik bag‘ishlaydi:

“Ich bin der Weg, die Wahrheit und das Leben.” (Karl-Heinz, 2002)

(Men – yo‘lman, haqiqat va hayotman)

(Yuhanno 14:6) Bu yerda “ich” olmoshi orqali ilohiylik shaxsga nisbatan jonli ifodalanadi. O‘quvchi ilohiy voqelikni yaqinlashtiradi.

  1. Ikkinchi shaxs birlikdagi olmosh – “du” (sen)

Bu olmosh Xudo tomonidan insonlarga murojaat qilishda ishlatiladi. Masalan:

“Du sollst nicht töten.”

(Sen o‘ldirmagin)

(Chiqish 20:13) “du” olmoshi orqali individual murojaat yuzaga keladi. Bu formadagi deiksis, odatdagi matnlardan farqli ravishda, do‘stona yoki ogohlantiruvchi ohang hosil qiladi.

“Du bist mein Sohn, heute habe ich dich gezeugt.”

(Sen — mening o‘g‘limsan, bugun men seni paydo qildim)

(Zabur 2:7) Bu yerda ruhiy bog‘liqlik va shaxsiy aloqa kuchli bo‘ladi.

  1. Ko‘plikdagi olmosh – “wir” (biz), “ihr” (sizlar), “sie” (ular)

Bu olmoshlar orqali umumiy jamiyat, dindorlar, xalq yoki butun insoniyat murojaat qilinadigan subyekt sifatida namoyon bo‘ladi. Jumladan:

“Ihr seid das Licht der Welt.”

(Siz – dunyo nurisiz)

(Matto 5:14) Bu yerda “ihr” olmoshi yordamida e’tiqodli insonlarga nisbatan ruhiy maqom beriladi. Bu shakl diniy nasihatni ta’sirli va universal qiladi.

Shaxs deiktikasi diniy nutqda quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:

  1. Murojaatning aniqligini ta’minlaydi

Shaxs deiktikasi orqali xabar kimga qaratilganini aniqlash mumkin. Ayniqsa, diniy matnlarda bu juda muhim:

Biror buyruq yoki nasihat kimga qaratilgan?

Kim so‘zlayapti – Xudo, payg‘ambar yoki ilohiy vakil? Masalan: “Du sollst nicht stehlen.” (Sen o‘g‘irlamagin.) Bu yerda “du” olmoshi orqali shaxsiy murojaat ochiq ifodalanadi, bu esa adresatni bevosita jalb qiladi. Bu turdagi deiksis tinglovchi yoki o‘quvchining o‘zini xuddi shu murojaatga bevosita daxldor his qilishiga olib keladi.

  1. Emotsional kuch beradi

Shaxs deiktikasi matnga hissiy rang-baranglik qo‘shadi. Ayniqsa, birinchi va ikkinchi shaxs olmoshlari matnni abstrakt fikrdan shaxsiy aloqaga aylantiradi. “ch liebe dich mit ewiger Liebe.” (Saeed, 2016) (Men seni abadiy sevaman.) (Yeremiyo 31:3) “Ich” va “dich” olmoshlari orqali ifodalangan so‘zlar sevgi, mehr, sadoqat kabi his-tuyg‘ularni kuchli tarzda yetkazadi. Bu kabi formulalar faqat axborot yetkazish bilan kifoyalanmay, inson qalbiga ta’sir ko‘rsatishga xizmat qiladi.

  1. Ilgari surilayotgan g‘oyani individuallashtiradi

Shaxs deiktikasi umumiy diniy konseptlarni konkret shaxsga oid mazmunga aylantiradi. Bu vosita orqali: Har bir o‘quvchi matn faqat unga aytilayotgandek tuyadi, Bu esa ichki tafakkur, poklanish va ruhiy uyg‘onishga sabab bo‘ladi.

Misol: “Du bist mein Diener, ich habe dich erwählt.” (Sen – Mening qulimsan, Men seni tanladim.) Bu jumlada “du” va “ich” vositalari individuallashtirilgan diniy chaqiriq rolini o‘ynaydi. Shunday qilib, abstrakt g‘oyalar (masalan, ilohiy tanlov, najot) shaxsiy tajriba shaklida qabul qilinadi.

  1. Ruhiy ta’sirni kuchaytiradi

Diniy matnlar ko‘pincha axloqiy, ma’naviy yoki ruhiy o‘zgarishlarga da’vat etadi. Shaxs deiktikasi bu jarayonda bevosita ruhiy aloqani mustahkamlash vositasi sifatida xizmat qiladi. Ayniqsa:

Ilohiyning shaxs sifatida nutq so‘zlashi,

Insonni o‘zining ruhiy holatini idrok qilishga undashi,

Buyruq, duo, va’dalar orqali ruhiy holatni chulg‘ashi shaxs deiktikasi orqali yuzaga keladi. Masalan: “Fürchte dich nicht, denn ich bin mit dir!” (Wierzbicka, 2001). (Qo‘rqma, chunki Men sendaman!) Bu kabi iboralar tinchlantiruvchi, ilhomlantiruvchi va himoya qiluvchi xususiyatga ega bo‘lib, shaxsiy aloqa ko‘rinishida ifodalanadi. Bu ta’sir faqat lingvistik emas, balki psixologik va ruhiy jihatdan ham kuchlidir.

Shaxs deiktikasi – bu nafaqat grammatik birlik, balki til vositasida axborotni kontekstda, shaxsiy va ijtimoiy nuqtayi nazardan aniqlashtiruvchi muhim pragmatik ko‘rsatkichdir. Ayniqsa, nemis tilidagi diniy matnlarda shaxs deiktik birliklar alohida ahamiyat kasb etadi. Ular orqali:

  • Xudoning insonlarga murojaati shaxsiylashtiriladi,
  • Diniy buyruq va nasihatlar bevosita muhatob ongiga ta’sir qiladigan shaklda ifodalanadi,
  • Ruhiy va axloqiy mas’uliyat har bir tinglovchiga individual tarzda yuklanadi,
  • Ilohiy zot bilan inson o‘rtasidagi kommunikativ va sotsiopragmatik masofa belgilanadi.

Shuningdek, shaxs deiktikasi yordamida diniy matnlar nafaqat axborot yetkazadi,               balki iymon, itoat, muhabbat va axloqiy qadriyatlarni chuqurlashtiradi, madaniy me’yorlarni mustahkamlovchi vosita sifatida xizmat qiladi.

David Crystal, Levinson kabi tilshunoslarning pragmatik yondashuvlari diniy nutqdagi shaxs deiksisini kengroq va chuqurroq tahlil qilishga imkon beradi. Natijada, diniy matnlar o‘zining             kommunikativ kuchi, axloqiy yuklamasi va madaniy ta’siri bilan yanada mazmunli va ta’sirchan bo‘ladi.

Xulosa

Nemis tilidagi diniy matnlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, shaxs deiktikasi bu matnlarda nafaqat grammatik va sintaktik birlik               sifatida, balki ijtimoiy-madaniy va kommunikativ funksiyalarga ega bo‘lgan muhim pragmatik vosita sifatida xizmat qiladi. Matn yuzasidan olib borilgan lingvopragmatik tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, birinchi va ikkinchi shaxs zamirlarining ishlatilishi adresant va adresat o‘rtasidagi kommunikativ munosabatlarni aniq belgilaydi hamda diniy diskursda sadoqat, bo‘ysunish, iltijo va ilohiy murojaat kabi ma’naviy-psixologik holatlarni ifodalaydi.

Shuningdek, shaxs deiktikasining kontekstual moslashuvchanligi, uning tekst ichidagi funksional pozitsiyasi va kommunikativ vazifalariga muvofiqligi diniy matnlarning semantik qatlamini chuqurlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, nemis tilidagi diniy matnlar o‘ziga xos dejiktik modellar orqali ijtimoiy-huquqiy, axloqiy-estetik va ilohiy tushunchalarni kodlaydi hamda o‘quvchi (yoki eshituvchi) ongida muayyan interpretativ maydonni shakllantiradi.

Xulosa qilib aytganda, nemis diniy diskursida shaxs deiktikasining o‘rganilishi nafaqat lingvistik jarayon, balki diniy-kommunikativ va madaniy-falsafiy jarayon sifatida ham alohida ilmiy e’tibor talab qiladi. Ushbu o‘rganish diniy tilning kommunikativ tabiatini chuqurroq anglashga, shuningdek, tarjima, madaniyatlararo muloqot va diniy tilshunoslik sohalarida amaliy yondashuvlar ishlab chiqishga imkon yaratadi.

Библиографические ссылки

Al-Tekreeti, A. S. (2016). Deixis and its Function in Religious Discourse. International Journal of English Linguistics, 6(4), 1–9. https://doi.org/10.5539/ijel.v6n4p1

Bühler, K. (1990 [1934]). Theory of Language: The Representational Function of Language. Amsterdam: John Benjamins Publishing.

Crystal, D. (2008). A Dictionary of Linguistics and Phonetics (6th ed.). Oxford: Blackwell Publishing.

Eco, U. (2001). La struttura assente [The Absent Structure]. Milano: Bompiani. (Pragmatik va kontekstual yondashuvlar uchun)

Fillmore, C. J. (1975). Deixis and the Role of Semantics in Grammar. In E. Keenan (Ed.), Formal Semantics of Natural Language (pp. 1–44). Cambridge: Cambridge University Press.

Lyons, J. (1981). Language and Linguistics: An Introduction. Cambridge: Cambridge University Press.

Levinson, S. C. (1983). Pragmatics. Cambridge: Cambridge University Press.

Karl-Heinz Ohlig (2002). Religion und Sprache: Beiträge zur Religionswissenschaft. Marburg: Diagonal Verlag.

Saeed, J. I. (2016). Semantics (4th ed.). Oxford: Wiley Blackwell. (Olmosh va kontekstual ma’no tushunchasi)

Wierzbicka, A. (2001). What Did Jesus Mean? Explaining the Sermon on the Mount and the Parables in Simple and Universal Human Concepts. Oxford University Press. (Diniy matnlarni soddalashtirilgan semantik tahlili)

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Раъно Абдурахмонова ,
Наманганский академический лицей МВД Республики Узбекистан
Заведующая кафедрой изучения языков, кандидат филологических наук

Как цитировать

Абдурахмонова , Р. (2025). Освещение личной дейктики в религиозных текстах на немецком языке. Лингвоспектр, 7(1), 110–115. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/979

Похожие статьи

<< < 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.