The usage of verb patterns in Arabic proverbs and sayings
Abstract
This article analyzes the use of Arabic verb patterns (verb “bāb”) in proverbs from linguistic-cultural and grammatical perspectives. Unlike other languages, Arabic verbs are divided into various patterns, and the influence of these patterns on meaning, stylistic function, and cultural content is demonstrated scientifically. A combination of descriptive, comparative, semantic, and synthesis methods is used to examine the form, meaning, and function of verbs found in proverbs. The views of European Arabists such as Thomas Erpenius and Wright are studied as historical sources and compared with modern proverb data. As a result, it is identified that forms of the I, II, III, IV, VI, V, VII, VIII, and X verb patterns are actively used in proverbs, while the patterns افعلّ and افعالّ are almost absent. Additionally, the capabilities of triliteral and quadriliteral verbs are differentiated. The passive voice is noted for creating cultural meanings that emphasize human weakness, submission to fate, and focus on results. The study reveals that verb patterns in Arabic are important not only grammatically but also semantically and culturally. It also highlights the importance of using verb patterns correctly.
Keywords:
Maqol matal fe’l fe’l boblari Tomas Erpenius V. Rayt uch o‘zakli fe’llar to‘rt o‘zakli fe’llar ma’lum nisbat majhul nisbatKirish
Arab tilida fe’llar boshqa ko‘plab tillardan farq qilgan holda maxsus vazn va boblarga bo‘linadi. Har bir fe’lning qaysi bobga mansubligi uning sintaktik vazifasi, semantik xususiyati va ma’no soyalarini belgilab beradi. Shu sababli bir xil ildizdan yasalgan fe’llar turli boblarda turlicha ma’noni anglatishi, ba’zida esa zid ma’no hosil qilishi mumkin. Bu holat o‘zbek tilidagi fe’l nisbatlari bilan qisman qiyos qilish imkonini bersa-da, aslida bob va nisbat tushunchalari to‘liq mos tushmaydi. Chunki o‘zbek tilidagi nisbatlar ko‘proq fe’lning ichki grammatik ma’nosini bildirsa, arab tilidagi boblar esa ma’no va shakl o‘rtasidagi chuqur morfologik munosabatni ifodalaydi.
Aynan mana shu fe’l boblarining arab maqol va matallarida qanday funksional yuklama bilan qo‘llanilishi alohida ilmiy e’tibor talab qiladigan masalalardan biridir. Chunki maqol va matallar – xalq tafakkurining mahsuli bo‘lib, unda tilning eng tabiiy, eng qadimiy va eng obrazli shakllari saqlanib qolgan bo‘ladi. Shunga qaramay, arab maqol-matalarini o‘rganishda ko‘pincha ism, sifat yoki iboralarning uslubi tahlil qilingan, lekin fe’llarning o‘rni, boblar orqali ma’no kuchayishi yoki o‘zgarishi yetarlicha tadqiq qilinmagan. Natijada fe’llar maqol matnida qanday pragmatik vazifani bajarishi, qanday morfologik vositalar bilan obrazlilik hosil qilishi ko‘p hollarda ochiq qolgan.
Ayni shu ilmiy bo‘shliq bizning izlanishimiz uchun zarurat va turtki bo‘lib xizmat qildi. Chunki agar maqollardagi fe’llar chuqur tahlil qilinsa, biz arab xalqining dunyoqarashi, harakat va holatlarni ifodalash uslubi, madaniy qadriyatlari haqida yanada teranroq xulosalar chiqarishimiz mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, fe’l boblarining qo‘llanish chastotasi, qaysi boblar kuchli ma’no, qaysilari keskin ohang yoki kinoya ifodalashi ham maqollar misolida yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, bu mavzu nafaqat nazariy tilshunoslik uchun, balki tarjima, ta’lim va leksikografiya uchun ham amaliy ahamiyatga ega. Demak, ushbu maqolaning yuzaga kelishi tabiiy ehtiyoj bo‘lib, u arab tilidagi fe’l boblari va maqol-matallar orasidagi chuqur ichki bog‘liqlikni yoritishga qaratilgan.
Metodlar
Ushbu tadqiqotda arab maqol-matallarida uchraydigan fe’l boblarini o‘rganish maqsadida bir nechta ilmiy metodlardan kompleks tarzda foydalanildi. Avvalo, deskriptiv metod yordamida maqollarda uchraydigan fe’llar yig‘ilib, ularning morfologik shakllari, bobga oid xususiyatlari va grammatik qurilishi tavsiflab chiqildi. Shundan so‘ng qiyosiy-chog‘ishtirma metod asosida turli maqollarda bir bobga mansub fe’llarning qo‘llanish usuli, mazmuniy farqlari va stilistik yuklamalari solishtirildi. Bu metod fe’l boblarining maqollarda turlicha maqsadlar bilan qo‘llanayotganini aniqlashga xizmat qildi. Shu bilan birga, fe’llarning ma’lum va majhul nisbatlarda kelishi semantik o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi kuzatilib, semantik tahlil metodidan ham foydalanildi.
Olingan ma’lumotlar asosida sintez metodi orqali fe’l boblarining maqol-matallarda qo‘llanishiga doir umumiy qonuniyatlar va tipik modellari umumlashtirildi. Bu esa har bir bobning nafaqat grammatik funksiyasini, balki ma’naviy-ma’rifiy mazmunga qanday ta’sir ko‘rsatishini ochib berishga imkon yaratdi. Mazkur metodlarning uyg‘un qo‘llanilishi tadqiqot natijalarini yanada ishonchli va ilmiy asosli holga keltirdi.
Natijalar
Yevropa ilmida arab tilini o‘rganish Tomas Erpenius tomonidan XVII asrdan boshlab rivojlangan. U o‘zining “Grammatica Arabica” kitobida arab tili va arab madaniyati, she’riyatini tadqiq qilgan. Arab an’anaviy nahvchilari va Yevropa arabshunoslari asarlaridagi asosiy bayon qilish usullaridan biri shuki, arab nahvchilari kalimaning ta’rifi bilan boshlaydi, yevropalik olimlar esa harflar imlosi bilan boshlaydi. Bunga sabab sifatida Indoneziyaning Ahmad Dahlan universiteti doktori Yoyo yevropalik olimlar asarlarini yevropaliklar uchun yozishgan, ular arab harf va belgilarini bilishmaydi, shuning uchun ularga avvalo arab harflari va harflar imlosini tanitish dastlabki va fundamental bilim bo‘lgan, deb o‘z maqolasida keltirib o‘tgan (Erpenius, 1613).
Tomas Erpenius fikricha shakllar fignifikatsiyaning faol yoki passiv shaklini o‘z ichiga oladi.فَعَلَ paradigmasining qolipi asosida uchdan o‘n uchtagacha shakllar hosil qilinadi. Bunda har biriga belgi va ma’no beriladi.
Tomas Erpenius fe’llarni bo‘lib bergan boblar keyingi Yevropa arabshunoslari uchun dasturulamal sifatida xizmat qilib kelmoqda.
Birinchi bob fe’llari haqida Reytning arab tili grammatikasi kitobida arab tilidagi uch o‘zakli fe’llarning ayn barobaridagi harakati bilan ham bir-biridan farqlanishi keltirib o‘tilgan.
Masalan, ayn barobari fatha (a) bo‘lsa ko‘p hollarda bu fe’l o‘timli bo‘ladi (ضرب، قتل، كتب). الله يستر على الضأن بأذنابها (Alloh qo‘ylarni dumlari bilan berkitdi).
Agar o‘tgan zamon shaklining ayn barobari kasra (i) bo‘lsa odatda o‘timsiz fe’l bo‘ladi, o‘tgan zamon shaklida ayn barobari damma bo‘lsa, doimo o‘timsiz fe’l bo‘ladi. Masalan, فَرِحَ yoki جَذِلَ – xursand bo‘lmoq, quvnamoq, صَغُرَ – kichkina bo‘lmoq (Erpenius, 1613).
Ammo اللي ما يشرَب بكفوفه من يدين الرجال هماج (Kim o‘z kaftidan ichmasa, boshqaning qo‘lidan sho‘r suv ichadi). Bu maqolda ishlatilgan شَرِبَ fe’li o‘tgan zamon shaklda ayn barobari kasra bo‘lsa ham o‘timli fe’l bo‘lib kelmoqda. Shuning uchun bundan fe’llarni ishlatishda diqqatli bo‘lish talab qilinadi.
Arab maqol-matallarida فعّل bobi tez-tez ishlatilib turiladi. Masalan: بارك الله فيمن زار و خفّف (Ziyorat qilgan va oz o‘tirganga Allohning barakasi bo‘lsin). Bundan tashqari otning ma’nosini yuzaga keltirish ma’nosi (خَيَّمَ chodir tikmoq خيمة (chodir) so‘zidan olinganini bayon qilib o‘tgan bo‘lsada, ikkinchi fe’l asosidagi rangga kirish ma’nosini keltirib o‘tmagan. Arab tilida بَيَّضَ yoki سَوَّدَ fe’llar ham mavjud bo‘lib, ular “oqartirmoq, oqqa bo‘yamoq; qoraytirmoq, qoraga bo‘yamoq” degan ma’nolarida ishlatiladi. Masalan:بيض الله سوّد الله (Alloh (yuzini) oq qildi, Alloh (yuzini) qora qildi). Ammo بَيَّضَ fe’li “tuxum qo‘ymoq” ma’nosida ham arab maqol-matallarida uchrab turadi. إلىبيّض الصعَو (Bigiztumshuq tuxum qo‘ysa)
Uchinchi bob فاعل esa birga bajarilgan harakatni olib borgan shaxslarga nisbatan harakatni anglatadi. إلى صار خصيمك القاضي مَن تقاضي (Agar raqibing qozi bo‘lsa, kimni sudga berasan).
Yana فَعَلَ vazni anglatgan ma’noni ifodalaydi. قال من شاهدْك يا با الحصين قال ذنبي (Dedi, – ey tulki, kim seni ko‘rdi, dedi – dumim).
Bundan tashqari fe’l III bobga o‘tganda I bob ma’nosiga qarama-qarshi ma’noni ifodalash holati ham kuzatilib turadi. Ammo bu ma’nosi biz tahlil qilayotgan mualliflarning kitobida berilmagan. Masalan, دَوِيَ “kasal bo‘lmoq” bo‘lsa, دَاوَى “davolamoq, tuzatmoq, parvarishlamoq” ma’nolarini ifoda etadi. Masalan: طبيب يداوي الناسَ و هو مريض (Tabib o‘zi kasal bo‘la turib odamlarni davolaydi).
Boshqa bir holatda فعل vazni bilan فاعل vazni ma’no jihatidan o‘zgarishga uchramaganini ham ko‘rish mumkin. Masalan, رعى “kuzatmoq, rioya qilmoq” fe’li راعى shakliga o‘zgarganda ham “rioya qilmoq, asramoq” singari ma’nolarni saqlab qolgan. راعى التمني مثل زرّاع طايه (Tomga (dehqonchilik qiladigan) dehqon singari umidim saqlanib qolgan). Bundan tashqari III bob fe’llarini kuzatish orqali uning I bob ma’nosidan farqli ma’noga o‘tib ketish holatlarini ham ko‘rish mumkin. Masalan:رافق الوزرا و عاد السلاطين (Vazirlarga hamroh bo‘ldi, sultonlar bilan qaytdi). رافق fe’li “hamroh bo‘lmoq, do‘stlashmoq” ma’nosini ifoda etmoqda. I bobda رفق fe’li “yordam bermoq, foyda keltirmoq; yumshoq muomala qilmoq” ma’nolarini ifodalaydi.
IV bob fe’llari esa أفْعلَ vaznida yasalib, I bobdagi o‘timsiz fe’lni o‘timliga, o‘timli fe’lni esa o‘ta o‘timliga aylantiradi. أكرم رجال تريد قتله (O‘ldirmoqchi bo‘lgan odamingni ikrom qil).
Oltinchi تفاعل vazni o‘zaro harakat va hamkorlikni ifoda etadi. إلى صار خصيمك القاضي مَن تقاضي (Agar raqibing qozi bo‘lsa, kimni sudga berasan).
Beshinchi ,(تفعّل) yettinchi (انفعل), sakkizinchi (افتعل) boblari yana o‘zlikka qaytaradi. Ushbu vazn fe’llari arab maqol-matallarida ham qo‘llanilishi kuzatiladi. إذا عزمت فتوكل على الله (Agar azm qilsang, Allohga tavakkal qil). الأجواد مثل الصون ينفتّون (Sahiylar eshak go‘nggi singari parchalanadilar. احتارت المشاطه في رأس القرعى (Kalning boshida soch stilisti tanlandi). إلى اشتد الحرج قرُب الفرج (Qiyinchilik kuchaysa, yengillik yaqinlashadi).
To‘qqizinchi افعلّ va o‘n birinchi bob افعالّ ranglarni kuchaytirishi bilan ajralib turadi. Masalan, اصغرّ “sariq bo‘lmoq, sarg‘aymoq” – اصغارّ “juda sariq bo‘lmoq”, yoki deformatsiya holati bo‘ladi. Ammo bu bobdagi fe’llarni maqol-matallar tarkibida uchratmadik.
O‘ninchi bob استفعل iltimosni ifodalaydi. اللي في بطنه ريح ما يستريح (Qorni dam bo‘lgan dam olmas).
Oxirgi ikki bob esaافعوعل va افعوّل juda kam ishlatiladi. إلى اعمومست أرياك فانحرْ الظفر (Agar chalkashib ketsang ham, sen zafarni maqsad qil). Bu bobga oid fe’llarning maqol-matallarda kelishi ham juda kamyob holatlardan sanaladi.
To‘rt o‘zakli fe’llar borasida esa hozirgi kundagi boblar bilan bir xillik kuzatiladi. Bular: فعلل، تفعلل، إفعنلل، إفعللّ. Bu boblar ishtirok etgan maqollardan ba’zilarini keltirib o‘tamiz. أحدٍ يشعب واحدٍ يطنقر (Kimdir tezlatay desa, kimdir sekinlatadi).
Arab maqol-matallarida fe’llarning qanday kelishiga qarab ham ligvomadaniy yuklama yuklanadi va semantik jihatdan o‘zgarish hosil qiladi. Boshqa xalqlarda bo‘lganidek, asosan, ma’lum nisbatda fe’l ishlatilsa-da, majhul nisbatda ishlatilgan fe’lli maqol-matallar ham kam emas. Majhul nisbat orqali arab madaniyatida, arab tilidagi fe’llar semantikasida insonning ojizligi, taqdirga bo‘ysunish, vazifalarning yuklanishi, taqdir, zamon, kuch singari mavhum tushunchalarga urg‘u berish old o‘ringa chiqadi. من عوفي فليحمد الله (Kim sog‘aysa, Allohga hamd aytsin), السعيد من وُعِظَ بغيره (Boshqalar bilan unga vaz qilingan odam baxtlidir). Ushbu maqollarda birinchisida insonning sog‘ayish o‘z qo‘lida emasligi, Allohga bog‘liqligi, ikkinchi maqolda esa ba’zida harakat bajaruvchisi muhim bo‘lmasdan natija-oqibat muhim bo‘lsa ham, majhul nisbat ishlatilishi ko‘ringan.
Xulosa
Yuqoridagi natijalardan ko‘rinib turibdiki arab maqol-matallarida uch o‘zakli fe’llarning افعلّ va افعالّ boblaridagi fe’llar uchramaydi. To‘rt o‘zakli fe’llarning esa فعللdan boshqasini uchratish juda qiyin. Majhul nisbat esa inson irodasi va xohishidan tashqarida sodir bo‘ladigan yoki bajaruvchi emas, natija-oqibat muhim bo‘lganda ishlatiladigan shakl hisoblanadi.
Shuning uchun arab tilini o‘rganishda fe’llarning boblarini ishlatishda hushyor bo‘lish har bir o‘rganuvchi uchun muhim sanaladi.
References
Al-Dusuqi, I. (2008). The semantic field of the verb and the meaning of the preposition associated with it. Cairo: Dar Al-Ghareeb. (in Arabic)
Al-Juhayyimān, ʿA. al-K. (1983). Al-amthāl al-shaʿbiyya fī qalb Jazīrat al-ʿArab (Vol. 6, 3rd ed.). Riyadh: Dār Ashbāl al-ʿArab. (Original work published 1403 AH) (in Arabic)
Krikman, A. (2009). Proverb semantics: Studies in structure, logic and metaphor. Proverbium. (in English)
Nazarova, S. (2025). The national uniqueness of proverbs and sayings. Modern Education and Development, 28(6), 314–319. Tashkent University of Applied Sciences. (in English)
Sulaymonova, M. (2021). The verb as a part of speech and its lexical-semantic classification. Oriental Art and Culture: Scientific-Methodical Journal, 187–191. (in Uzbek)
Erpenius, T. (1613). Grammatica Arabica. (in Latin)
Uralova, T. Sh. (2022). Expression of verbs of emotional relation in English lingvoculturology. International Journal of Pedagogics, 2(4), 8–10. Nurafshon. (in English)
Wais, A. H. (2022). The conditional style in Arabic proverbs: A syntactic and semantic study (Master’s thesis). Syria. (in Arabic)
Published
Downloads
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Аброр Диникулов

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
