Особенности перевода метафор, выражающих ласку на узбекский язык

Авторы

  • Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои
Особенности перевода метафор, выражающих ласку на узбекский язык

Аннотация

В статье анализируются особенности перевода метафор ласки, представленных в произведении Уильяма Шекспира «Ромео и Джульетта», а также рассматриваются их переводы на узбекский язык с точки зрения применённых переводческих стратегий и факторов культурной адаптации. Метафоры, выражающие ласку, занимают значимое место в художественном переводе, поскольку они отражают человеческие чувства, нежность и искренность. Обладая не только лингвистическими, но и культурными компонентами, такие метафоры ставят перед переводчиком задачу сохранения смыслового, интонационного и эмоционального баланса в целевом тексте. Кроме того, в исследовании уделяется внимание вопросам эквивалентности и адекватности перевода, что позволяет выявить особенности передачи эмоционально-оценочных образов оригинала в узбекской переводческой традиции.

Ключевые слова:

Метафора ласки художественный перевод эквивалентность адекватность культурный контекст Шекспир «Ромео и Джульетта»

Kirish

Tarjima nazariyasida metaforalarni tarjima qilish masalasi jiddiy yondashuvni talab etadi. Ayniqsa, erkalashni ifodalovchi metaforalarining tarjimasiga alohida e’tibor bermoq lozim, chunki ular inson ruhiyatidagi nozik hissiyotlar, mehr-muhabbat, samimiylik va iliqlik kabi holatlarni ifodalaydi. Ingliz tilidagi badiiy asarlarda uchraydigan erkalash metaforalari ko‘pincha tasviriylik bilan bir qatorda, ularning madaniy ildizlari va tarixiy kontekstini ham aks ettiradi. O‘zbek tilida erkalash ifodalari ko‘proq hissiylikka, xalqona iliqlikka tayanadi. Shu sababli ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda erkalash metaforalarini to‘laqonli yetkazish uchun tarjimon nafaqat so‘zma-so‘z tarjima, balki madaniy interpretatsiya yo‘lidan ham foydalanishi zarur.

Mazkur tadqiqotning maqsadi – Uilyam Shekspirning “Romeo va Julyetta” asaridagi erkalash metaforalarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda qo‘llanilgan strategiyalarni tahlil qilish va ularning semantik, emotsional hamda madaniy jihatlarini yoritishdan iborat.

Adabiyotlar tahlili va Mеtodlar

Erkalash metaforasi – bu shaxslararo yaqinlik, muhabbat yoki iliq munosabatni ifodalovchi obrazli vosita bo‘lib, u ko‘pincha o‘xshatish, metafora yoki emotsional parallelizm asosida quriladi. Masalan, “my sunshine”, “my angel” kabi ifodalar erkalash ma’nosini bildiradi. Ushbu metaforalarda erkalanuvchi shaxs quyosh nuriga va ilohiy farishtaga o‘xshatiladi.

Tilshunoslikda bunday metaforalar konseptual metafora turiga kiradi. Lakoff va Johnson ta’kidlaganidek, metaforalar biror bir hodisani boshqa hodisa orqali idrok etishga xizmat qiladi (Lakoff & Johnson, 1980).

Tarjimashunos olim E. Naydaning fikricha, metaforalar – madaniyatga xos iboralar bo‘lib, ma’lum bir xalqning tajribasi, dunyoqarashi va qadriyatlarini ifodalaydi. Shu bois, ularni tarjima qilishda madaniy kontekstni hisobga olish zarur deb o‘ylaydi (Nida, 2001). Shunday ekan, erkalash metaforalarini tarjima qilish — bu faqat so‘z almashuvi emas, balki madaniy konseptlarni moslashtirish jarayonidir.

  1. Musayev tarjima jarayonida asl mazmunni yetkazish bilan bir qatorda shaklning ham saqlanishi adekvatlikka erishishning asosiy shartlaridan biri deb hisoblaydi (Musayev, 2005).

She’riy tarjima adekvat bo‘lishi kerakligini ko‘p olimlar ta’kidlaganlar. Sh. Sirojiddinov va G. Odilova she’riy tarjimada adekvatlikning afzalliklari sifatida ekvivalent tarjima, ruhiy yaqinlik, muallif uslubiyatining berilishi, asliyat g‘oyasining berilishi, lingvistik yaqinlik va ohangni keltiradilar (Sirojiddinov & Odilova, 2011).

  1. Fyodorovning nazariy qarashlariga ko‘ra, tarjimonning asosiy vazifasi – bu metaforaning badiiy funksiyasini saqlash, ya’ni metaforani funksional ekvivalentlik asosida tarjima qilish demakdir. Buning uchun ba’zida obrazni boshqasi bilan almashtirishga to‘g‘ri keladi (Fyodorov, 1983).

Bizning fikrimizcha, erkalashni ifodalovchi metaforalarni tarjima qilishda mazmun, shakl, denotativ/konnotativ ma’no, ohang va tabiiylik kabi lingvistik va madaniy mezonlarni inobatga olish zarur. Masalan, o‘zbek tilida ko‘p ishlatiladigan “mening ko‘zmunchog‘im” erkalash metaforasini olamiz. Ushbu so‘z o‘zbek madaniyatiga xos so‘z bo‘lgani bois, ingliz tilida uning to‘liq ekvivalenti yoki muqobili yo‘q. Bunda “ko‘zmunchoq” so‘zining funksional ekvivalenti yoki adekvat tarjimasini taqdim etish talab etiladi. Xalqimiz orasida yosh bolalarni yomon ko‘zlardan asrab, qo‘liga ko‘zmunchoq taqish holatlari uchrab turadi. Ingliz tilida ushbu vazifani bajaruvchi funksional jihatdan ekvivalent so‘zni topgan taqdirda ham, o‘sha so‘zni tarjimada ishlatib bo‘lmaydi. Gap shundaki, “ko‘zmunchog‘im” – bu eliziya (tovush tushishi) va assimilyatsiya (qo‘shilib ketish) oqibatida paydo bo‘lgan so‘z. Aslida, bu “ko‘zi / ko‘zlari munchog‘im, munchoq ko‘zligim” degan iboradan paydo bo‘lgan. Demak, bu metaforaning ma’nosi funksional jihatdan “meni yomon ko‘zlardan asraydiganim” emas, balki jismoniy o‘xshashlik jihatidan “ko‘zlari munchoqdek dumaloq va munchoqdek chiroyligim” yoki “ko‘zlari qora, ko‘zmunchoqdek chiroyligim” degan ma’noni anglatadi. Ushbu erkalash iborasining ingliz tilidagi ekvivalenti “my beautiful-eyed baby” va undan ham tabiiyroq eshitiladigan “my bright-eyed darling” variantidir. Badiiy tarjimada “my jewel” iborasini poetik va adekvat deb hisoblaymiz.

Natijalar

Shekspirning “Romeo va Julyetta” asari o‘zbek tiliga Maqsud Shayxzoda tomonidan bilvosita (ruschadan) va Jamol Kamol tomonidan bevosita tarjima qilingan. Ushbu asardan erkalash metaforalari mavjud parchalarni keltiramiz:

 

 

U. Shekspir

(Act 1 Scene 3)

 

NURSE

I bade her come. What, lamb! what, ladybird!

God forbid! Where’s this girl? What, Juliet!

M.Shayxzoda tarjimasi

(44-bet)

 

ENAGA

Uni boya chaqirgandim: Qoʻzichoq! Qumrim!

Qani, qizcha? Voy oʻlay e – qani Julyetta?

J. Kamol tarjimasi

(25-bet)

 

ENAGA

Men chaqirdim, qoʻzichogʻim, ovunchogʻim, kel!

Voy, Xudoyim! Qayda bu qiz? Hoy, Julyetta!

1-jadval.

 

 

Navbatdagi parchamiz mashhur balkon sahnasidan olingan. Romeo balkonda Julyettani xayol surib gapirayotganini ko‘rgach, shunday deydi:

 

 

U. Shekspir

(Act 2 Scene 2)

 

 

 

ROMEO

She speaks:

O, speak again, bright angel! for thou art

As glorious to this night, being oʻer my head

As is a winged messenger of heaven

M.Shayxzoda tarjimasi

(68-bet)

 

 

ROMEO

Gapga kirdi! Gapiraver, nuroniy malak!

Boshim uzra goʻyo tiniq, yorqin bir falak –

Sen falakda uchar mehmon singari goʻzal,

J. Kamol tarjimasi

(47-bet)

 

 

ROMEO

U gapirdi! Gapir yana, nozli malagim.

Sen shu ajib tun qoʻynida boshim ustida

Osmonlardan uchib kelgan qanotli elchi.

2-jadval.

 

 

Muhokama

Birinchi parchada enaga Julyettani mehr bilan “lamb” va “ladybird” so‘zlari bilan chorlamoqda. “Lamb” erkalash metaforasining tilimizda to‘liq ekvivalenti mavjud bo‘lgani bois, so‘z to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘girilgan va “qo‘zichoq(-im)” so‘zi farzand va nabiralarni erkalashda keng qo‘llaniladi.

Lug‘atda “ladybird” so‘zining denotativ ma’nosi “xonqizi” deb keltiriladi. Etimologik lug‘atda: ladybird (n.) also lady-bird, 1590s, “sweetheart” a term of endearment, from lady + bird” ya’ni “1590-yillarda “shirinim”, “jonim” ma’nolarida ishlatilgan erkalash iborasi” (bizning tarjima).

Yuqoridagi manbalarda keltirilishicha, xonqizi – Bibi Maryam timsoli bo‘lib, nasroniylar uni (qo‘ng‘izni) juda ardoqlaydilar; “ladybird” so‘zi arxaik bo‘lib, zamonaviy ingliz tilida ushbu so‘z erkalash ma’nosida ortiq ishlatilmaydi. Ushbu ma’lumotlardan xulosa qilib aytish mumkinki, “ladybird” so‘zining asliyatdagi mohiyatini shunchaki “jonim” yoki “asalim” so‘zlari orqali ifodalab bo‘lmaydi, chunki asliyatda so‘zning “poklik” va “beg‘uborlik” konnotatsiyalari mavjud.

 Fikrimizcha, ushbu tarjima muammosiga tarjimonlarimiz nihoyatda go‘zal yechim taqdim qilganlar. Aslida “qumrim” so‘zi – o‘zbek adabiyoti va she’riyatida sevgi va nafosat timsoli bo‘lib, ayol va qizlarni erkalashda qo‘llaniladi. Ushbu so‘zni tarjima qilishda adaptatsiya usuli qo‘llanilgan va tarjima ushbu mantiqiy zanjir asosida amalga oshirilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi:

LADYBIRD → BIRD → QUSH → QUMRI (aslida ladybird hech qanday qush bo‘lmasa-da, so‘z tarkibida “bird” so‘zi bor).

Ikkinchi tarjimadagi “ovunchog‘im” varianti ham hissiy jihatdan boydir va “beg‘uborligi bilan qalbga quvonch bag‘ishlovchi” ma’nosida bolalarga nisbatan tilimizda keng qo‘llaniladi. Bu so‘z ham asliyatdagi so‘zning konnotatsiyasiga mos tushadi.

Balkon sahnasi parchasidagi “bright angel” erkalash metaforasi M. Shayxzodaning tarjimasida “nuroniy malak” sifatida ko‘rishimiz mumkin. O‘zbek tilining izohli lug‘atida keltirilishicha, “nuroniy – yuzidan nur yog‘ilib turadigan, fayzli (keksalar haqida)” ma’nosini anglatadi. Garchi so‘zning “nurli” degan ma’nosi bo‘lsa ham, odatda “nuroniy” so‘zi keksa otaxon va onaxonlarga nisbatan qo‘llaniladi. Muammoni go‘zal / nurli / nozli malak iboralari orqali hal qilsa bo‘ladi.

Endi “winged messenger of heaven” ya’ni “jannatning qanotli xabarchisi” erkalash metaforasiga e’tiborimizni qaratamiz. M. Shayxzoda ushbu erkalash iborasini “falakda uchar mehmon” deb tarjima qilgan. M. Shayxzoda asarni B. Pasternakning rus tilidagi variantidan o‘zbek tiliga o‘girganligi ushbu noaniqlikka sabab bo‘lgan degan taxminimiz xato chiqdi, chunki B. Pasternakning tarjimasida “messenger – вестник deb o‘girilgan:

Ромео: Проговорила что-то. Светлый ангел,

Во мраке над моею головой

Ты реешь, как крылатый вестник неба

Вверху, на недоступной высоте…

Asliyatda Romeo Julyettani farishtaga qiyoslayapti. Bizning fikrimizcha, “falakda uchar mehmon” o‘rnida farishta / gozal pari iboralari ishlatilsa, ma’no ancha oydinlashadi, masalan:

Sen jannatiy farishta singari gozal;

Sen jannatning farishtasi singari gozal; (metrik tuzilishi saqlangan)

Sen qanotli farishta singari go‘zal, va hokazo.

Jamol Kamolning “qanotli elchi” varianti tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan aniqroq bo‘lsa-da, ushbu iborani tabiiy va ohangdor deb bo‘lmaydi. Fikrimizcha, ushbu misraga “Jannatning xabarchisi – farishta kabi” ko‘proq mos keladi.

Xulosa

Erkalash metaforalarining o‘zbek tiliga tarjima qilinishi faqat lingvistik jarayon emas, balki madaniy moslashtirish amaliyoti hamdir. Erkalash metaforalarini tarjima qilish jarayonida kuzatiladigan asosiy muammolar: semantik noaniqlik, madaniy va erkalash haroratining darajasidagi tafovutlardir. Tarjimon nafaqat so‘zning ma’nosini, balki undagi kayfiyat va obrazni ham uzatishi zarur. “Romeo va Julyetta” asarining o‘zbek tarjimalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, muvaffaqiyatli tarjimalar aynan madaniy va hissiy uyg‘unlikni ta’minlaydi. Erkalash metaforalarining tarjimasida, asosan, adaptatsiya, (madaniy) ekvivalent va kontekstual kengaytirish kabi tarjima strategiyalari qo‘llaniladi.

Библиографические ссылки

Butayev, Sh. (2013). Inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha lug‘at (80 000 so‘z va ibora). O‘qituvchi NMIU.

Fyodorov, A. (1983). Osnovy obschey teorii perevoda: Lingvisticheskiye problemy. Vysshaya shkola.

Lakoff, G., Johnson, M. (1980). Metaphors We Live By. University of Chicago Press.

Musayev, Q. (2005). Tarjima nazariyasi asoslari. Fan nashriyoti.

Nida, E. A. (2001). Language, Culture, and Translating. Shanghai Foreign Language Education Press.

Shakespeare, William. (1984). Romeo and Juliet (Edited by G. Blakemore Evans). Cambridge University Press.

Shekspir, V. (1981). Tanlangan asarlar: I-jild. G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.

Shekspir, V. (2008). Saylanma. Uch jildlik. Ikkinchi jild. Fan nashriyoti.

Sirojiddinov, Sh., Odilova, G. (2001). Badiiy tarjima asoslari. Mumtoz so‘z.

https://www.etymonline.com/search?q=lady-bird

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Шоира Ходжаева,
Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

Независимый исследователь

Как цитировать

Ходжаева, Ш. (2025). Особенности перевода метафор, выражающих ласку на узбекский язык. Лингвоспектр, 11(1), 45–49. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1139

Похожие статьи

<< < 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.