Effective methods for strengthening foreign language vocabulary: memorizing and understanding through proverbs
Abstract
This article analyzes the effectiveness of using proverbs in strengthening foreign language vocabulary. In particular, the processes of memorizing and understanding vocabulary are examined through the example of French proverbs. Scientific research, tables, and diagrams highlight the role of proverbs in developing lexical competence. The use of French proverbs is an effective method for reinforcing foreign language vocabulary. This approach not only enriches students’ vocabulary but also enhances their cultural knowledge. Additionally, the article provides detailed information on how teachers can integrate proverbs into the learning process to increase students’ interest in language learning.
Keywords:
Lexical layer translation meaning correspondence context foreign language lexical competence proverbs memorization techniques French proverbs linguoculturology phraseologyTil insoniyat jamiyatida muhim o‘rin tutadi. Muloqot vositasi sifatida tilni tabiiy muhitda-oilada yoki jamoatchilik orasida, shuningdek, uyushgan holda – dars jarayonida amaliy egallashni juda keng imkoniyatlari mavjud. Til hodisalariga oid bilimlar esa nazariy asosda o‘rganiladi. Bugungi globallashgan dunyoda chet tillarini bilish, ayniqsa, ko‘p tillilik (poliglossiya) katta ahamiyat kasb etmoqda. (Boltayevna, 2024)
O‘zbekistonda tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalar odatda ikki va undan ortiq tillarda ta’lim olishadi. Ko‘plab yoshlarimiz bir vaqtning o‘zida ikki va uch tillarda bemalol so‘zlasha oladilar. Ona tili inson tafakkuri shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Psixologlarning ta’kidlashicha, tafakkur va so‘z o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, so‘z – tushunchaning ifodasi hisoblanadi.
Ona tilida o‘zlashtirilgan tushunchalar ikkinchi yoki chet tilini o‘rganishda yangi so‘zlar shaklida ifodalanadi. Masalan, kitob so‘zi rus tilida – книга, ingliz tilida – book, fransuz tilida – le livre so‘zlari uchta tilda turlicha ko‘rinishda bo‘lsa-da, ularning ortidagi ma’no bir xil. Shu bois til o‘rganishda ma’no va tushuncha jihatidan bog‘liqlikni anglash muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, tushuncha, tilshunoslar ta ‘biri bilan aytganda, umuminsoniy, baynalmilal hodisadir, so‘zning fonetik va grafik timsoli esa milliydir. O‘z tilida shakllangan tushunchalami o‘quvchi-talaba endi o‘rganilayotgan o‘zga til so‘zlari bilan fikran bog‘laydi. (Jalolov, 2012)
Chet tilini o‘rganishda leksik boylikni oshirish muhim ahamiyatga ega. So‘z boyligini kengaytirish nafaqat kommunikativ kompetensiyani rivojlantiradi, balki madaniy tushunchalarni ham boyitadi. Maqollar – bu til boyligi va xalq madaniyatining yorqin ifodasidir.(Boltayevna, 2024)Ushbu maqolada chet tili leksikasini mustahkamlashda maqollardan foydalanishning samarali usullari, xususan, fransuz maqollaridan foydalangan holda tahlil qilamiz. Leksik kompetensiya bu- til o‘rganish jarayonida muhim o‘rin tutadi. Talabalarning lug‘at boyligini oshirish ularning o‘qish, yozish, tinglash va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, leksik kompetensiyani rivojlantirish uchun turli usullar qo‘llaniladi, jumladan, kontekstual o‘rganish, takrorlash va assotsiativ yodlash.
Maqollar orqali leksikani mustahkamlash: Maqollar ko‘p asrlik hayotiy tajribalar, doimiy kundalik kuzatishlar xulosasini tugal fikr tarzida qat’iy qutbiylikda ifodalar ekan, ularda har bir so‘zning ma’no xilma-xiiligi, iboralarning turg‘unligi, shakliy barqarorlik ustunlik qiladi.(Ikromova,2021) Ammo qo‘llanish o‘rniga qarab ularning ma’no doirasi doimiy ravishda kengayib boradi. Shuning uchun ham maqoldagi har bir so‘zga alohida e’tibor berish kerak. Ularda shunday so‘zlar borki, bu so‘zlar tarixan butunlay boshqa ma’nolarni anglatgan. (Mirzayev, 2005).
Maqollar xalq donoligi va madaniyatining in’ikosi bo‘lib, ularni o‘rganish orqali o‘quvchilar nafaqat yangi so‘zlarni, balki ularning kontekstual qo‘llanilishini ham o‘zlashtiradilar. Fransuz tilidagi maqollarni o‘rganish o‘quvchilarga tilning madaniy jihatlarini tushunishga yordam beradi. (Boltayevna, 2023)Maqollar yordamida lug‘atlarni o‘rganish, motivatsiyani oshiradi va talabalarni darsda faolroq bo‘lishiga undagan.
- Maqollar orqali o‘rganish leksikani tez va samarali mustahkamlashga yordam beradi
- O‘quvchilar ushbu metod bilan so‘zlarni eslab qolishda ancha yaxshi natijalarga erishadi
- Dars jarayonida qiziqish va faollik darajasi oshadi
Fransuz maqollarining leksik kompetensiyaga ta’sirini chuqurroq o‘rganish uchun ularni semantik guruhlarga ajratish mumkin. Fransuz maqollari xalq donoligi va madaniyatini aks ettirgan holda, so‘zlarni yodlash va tushunishda samarali usul hisoblanadi. (Boltayevna, 2023) Quyida fransuz maqollaridan foydalanib, qo‘shimcha tahlillar keltiramiz.
|
Maqol turlari |
Fransuzcha maqol |
Tarjimasi
|
|
Do‘stlik |
L’ami veritable est l’ami des heures difficiles. |
Kiyinchilikdagi do‘st-haqiqiy do‘stdir. |
|
Tabiat |
Nature peut tout et fait tout |
Тabiat har narsaga qodir |
|
Pul |
L’argent ne fait pas le bonheur de celui qui n’en a pas. |
Pul-puli yo‘qlаrni bаxtli qilolmаydi. |
|
Muhabbat |
L’amour est aveugle. |
Sevgining ko‘zi ko‘r bo‘ladi |
|
Yolg‘on |
lln mensonge en entraine un autre. |
Bir yolg‘on boshqа bir yolg‘onni kеltirib chiqаrаdi. |
|
Muomila |
Habit somptueux ne donne pas les bonnes manieres |
Qimmаtbаxo kiyim yaxshi xulq-аtvor bеrmаydi. |
Ushbu diagrammada fransuz maqollari orqali leksikani mustahkamlashning samaradorligini o‘rganish uchun quidagi tahlil natijalarini taqdim qilamiz. Tahlilda maqollar bilan ishlagan guruhning leksik samaradorligi yaqqol ko‘rinib turibdi. ( Tursunov,2014)
Shunday qilib, chet tilini o‘rganishda maqollar so‘z yodlash, tushunish va amaliy qo‘llash uchun samarali vosita hisoblanib, o‘quvchini lug‘at boyligini ko‘tarishga o‘z hissasini qo‘shadi. Dars jarayonida fransuz maqollaridan foydalanish bo‘yicha tahlillar va amaliy metodlarni ham qo‘llash fransuz tili haqidagi bilimlarni puxta egallashga yordam beradi. (Boltayevna, 2024)
Bundan tashqari, kontekst asosida so‘z yodlash metodi ham juda samarali usullardan biridir.
Ya’ni, O‘quvchilarga yangi so‘zlarni yodlash jarayonini osonlashtirish uchun ularni kontekstga joylashtirish muhim.
Misol:
“Petit à petit, l’oiseau fait son nid” (tarjimasi : Asta-sekin qush uy quradi). (Moy, S. (2012)
Ushbu maqol orqali “petit” (kichik), l’oiseau (qush) son (uning) va “nid”(uycha, in) so‘zlari esda qoladi. Vaholanki, bu maqolni o‘zbekcha varianti ham mavjuda bo‘lib “Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur, tomchi-tomchi yig‘ilib daryo bo‘lur” maqoliga ekvivalent bo‘ladi. (Boltayevna, 2024)
O‘qituvchi maqollarni jumlalarda ishlatish va qiyoslash orqali o‘quvchilarni yangi so‘zlarni kontekstda tushunishga o‘rgatadi.
Talabalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish uchun esa o‘qituvchi endigi navbatda ularga maqollarning ma’nosini izohlash va ularni zamonaviy kontekstda ishlatish vazifasini beradi.
Misol:
“Qui se ressemble s’assemble” (tarjimasi; O‘xshashlar birlashadi) Talabalar ushbu maqolga misollar keltirib, real hayotdan holatlar bilan bog‘lashadi.bu maqolning o‘zbekcha (Qarg‘a qarg‘ani ko‘zini cho‘qimaydi) variantini qidirib topish orqali lug‘atlar yod bo‘lib ketadi. Natijada, o‘quvchilar so‘zlarning ishlatilish kontekstini yaxshiroq tushunib oladilar. (Boltayevna, 2024)
Dars vaqtida leksikani boyitish uchun Maqollardan foydalanish va interaktiv mashg‘ulotlar qo‘llash ham ancha yordam beradi.
“Maqolni tugat” o‘yini :
Bunda avval o‘qituvchi doskaga maqolni yozadi. Biroz muddat o‘tgach o‘chiradi. Keyingi navbatda esa, o‘qituvchi maqolning yarmini aytadi, talabalar davom ettirishi kerak.
Masalan: “Il n’y a pas de fumée...”→ (...“sans feu.”)
“Maqolni tarjima qil” o‘yini:
Bunda esa talabalar maqollarni tarjima qilishadi va tushuntirishadi.
Masalan: “Mieux vaut tard que jamais”→ (Hechdan ko‘ra kech.)
Natijada, O‘yinlar orqali talabalar so‘zlarni tezroq va qiziqarli tarzda yodlab qolishadi.
Bu mashqalar yordamida talabalar maqollarni kontekstda to‘g‘ri tushunishlari va ulardan foydalana olishlari baholanadi.
Shunday qilib, keyingi bo‘limga o‘tamiz. Bunda talabalarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, maqollarni kontekstda ishlata olish qobiliyatini oshirish, lug‘atlarni oson yodlash va ularni mustahkamlashga yordam beradi.
Bu mashg‘ulotda, talaba har bir maqolning ma’nosini tushuntirib beradi va hayotiy misol keltiradi.
1️. “Il ne faut pas vendre la peau de l’ours avant de l’avoir tué”(o‘zbek maqoli : Buzoqdan oldin qoziq qoqilmas)
Savol: Bu maqol nimani anglatadi? Hayotda bunday vaziyatga duch kelganmisiz?
2️. “Quand on parle du loup, on en voit la queue” (o‘zbek maqol : Bo‘rini yo‘qlasang qulog‘i ko‘rinadi). ( Signification des proverbes français, 2019)
Savol: Ushbu maqol qanday holatlarda ishlatiladi? Siz bunday holatni boshdan kechirganmisiz?
3️. “On ne peut pas être au four et au moulin. (o‘zbek maqoli : Ikki kemaning boshini tutgan g‘arq bo‘ladi)
Savol: Zamonaviy hayotda bu maqolning ahamiyati qanday? Qaysi kasblarda ko‘proq muhim?
Ushbu ochiq savollar va topshiriqlar talabalarning yozma va og‘zaki ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Talabalar maqollarni nafaqat eslab qolishadi, balki ularni real hayotda qanday qo‘llashni ham o‘rganishadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Fransuz maqollaridan foydalanish chet tili leksikasini mustahkamlashda samarali usuldir. Bu usul o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish bilan birga, ularning madaniy bilimlarini ham boyitadi. O‘qituvchilar maqollarni dars jarayoniga kiritish orqali o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishlari mumkin. Fransuz tilining maqollarini o‘rganish qadimiy an’analarga borib taqalishi sababli unga qiziqish kattadir. Shunday ekan, har bir tilning boyligi va mavjudligi haqida gapirilganda shu tilni jozibali va obrazli qilib ko‘rsatadigan turli iboralar, frazeologizmlar va maqollar nazarda tutiladi.
References
Jalolov, J. (2012). Chet til o‘qitish metodikasi. O‘qituvchi.
Mirzayev, T., Musoqulov, A., & Sarimsoqov, B. (2005). Oʻzbek xalq maqollari. Sharq.
Tursunov, X. (2014). Dictionnaire d’aphorismes français-ouzbek / Французча-ўзбекча афоризмлар луғати. Наманган
Moy, S. (2012). 100 proverbes français (les plus courants) et leurs significations. Franc-Parler.
https://fr.wiktionary.org/wiki/Annexe:Liste_de_proverbes_fran%C3%A7ais
SIGNIFICATION DES PROVERBES FRANÇAIS. (2019, Mai). URL (https://www.idiomasymas.com/wp-content/uploads/2019/05/PROVERBES-FRANCAIS.pdf)
Ikromova, L. (2021). MAQOL VA MATALLARNING MILLIY-MADANIY JIHATLARI. Журнал иностранных языков и лингвистики, 2(6).
Boltayevna, I. L. (2024). Expression of seasons in french proverbs and sayings and their equivalents in uzbek. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 2, 458-461.
Boltayevna, I. L. (2024). USE OF PROVERBS IN THE EDUCATIONAL PROCESS. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 2, 462-466.
Ikromova, L. (2024). MAQOL VA MATALLARNING QIYOSIY CHOG‘ISHTIRMA TAHLILI (FRANSUZ VA O‘ZBEK MAQOL VA MATALLARI MISOLIDA). ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 45.
Boltayevna, I. L. (2024, January). CULTURAL SIGNIFICANCE OF UZBEK FOLK PROVERBS AND SAYINGS. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS (Vol. 1, No. 1, pp. 173-176).
Икромова, Л. Б. (2024). СХОДСТВА И РАЗЛИЧИЯ ФРАНЦУЗСКИХ И УЗБЕКСКИХ ПОСЛОВИЦ И ПОГОВОРОК. Miasto Przyszłości, 48, 1413-1416.
Boltayevna, I. L. (2023). USE OF PROVERBS IN LITERATURE. Gospodarka i Innowacje., 42, 722-725.
Ikromova, L., & Suvonova, M. (2023). OʻZBEK XALQ MAQOLLARIDA HAYVON NOMLARI BILAN BOGʻLIQ RAMZLAR TALQINI. Philological issues are in the eyes of young researchers, 1(1).
Published
Downloads
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Лола Икромова

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
